February 17

Killer

Bugun yakshanba edi. Taehyung bir ish bilan ketdi ammo telefoni uyda qolib ketgandi. Uni telefoniga sms keldi. Jungkook uni ochib oʻqiganda ishonolmadi.

Sms
Salom Taehyung men Suxoman. Sevgiling bilan baxtli yashab yurgan boʻlsang hursandman. Oldingi mijozga seni qotilliging yoqgan. Sen Jungkookni onasi Senani oʻz qoʻllaring bilan oʻldirgansanku. Menimcha Jungkook buni bilmaydi. Bilsa sen bilan bir daqiqa ham qolmasdi. Ha aytgancha yana bir buyurtma bor. Bu safar ham yaxshi narx taklif qilishdi. Bir mafiani yolgʻizgina qizi bor. Oʼsha qizni oʻldirish kerak. Javobingni ayt

Jungkook qotib qoldi. Naxot sevgan insoni onasining qotili boʻlsa?

Jkpov: men oyimni oʻlimidan keyin hech narsaga qiziqmay qoʻydim. Men shu paytgacha oyim uchun oʻqiyotgandim. Ammo endi qizigʻi ham qolmadi. Bugun yakshanba edi. Taehyung ishim bor deb ketdi. Men uyda oʻtirganimda Taehyungni telefoniga sms keldi. Men negadir qiziqdim va ochib oʻqidim. Men bu xabarni oʻqir ekanman men bunga ishonolmasdim. Men sengan insonim, hayotimdagi omadim deb hisoblagan kishim oʻz onamni qotili boʻlsa. Menga aytgandi onangni oʻldiraman degandi ammo men unga rozilik berdimku. U ham mayli dediku. Undan xafa boʻlib gapirmaganim uchun oyimni oʻldirdimi? Kim Taehyung sendan nafratlanaman. Hali shoshma bir kun keladi. Sendan ham kuchli boʻlib oʻzim seni yoʻq qilaman. Meni hayotimdagi yagona bir insonim onam edi. Sen meni boshimga kelgan kulfat boʻlding. Hamma meni lanatlardi. Sen meni tavqi lanatimsan. Seni oʻliming bir mecha yildan soʻng albatta keladi. Ammo ungacha mazza qilib yashab ol

Jungkook yigʻlab yubordi.

U bunga ishonolmadi. Taehyung oʻldirmayman degandiku. Jungkookni sevgisi tugadi. Bu goʻzal sevgini oʻrnini qahraton qishdek nafrat egalladi. Jungkookni koʻzini nafrat qopladi. Yuragi, koʻzi, aqli barchasini endi sevgi emas nafrat boshqarayapti

Taehyung ishini bitirib keldi. Yani u oʻsha Jungkookga hushomad qilgan sotuvchini gumdon qilib kelyotgandi. Uyga kirganida bir burchakda Jungkook yigʻlab oʻtirgandi. Jungkookni koʻzi yigʻlayverganidan qizarib ketgandi

Uyda yertoʻlada emas

Taehyung uni oldiga bordi va koʻtarib oldi.

Azizlarim boshqa rasm topolmadim. Jungkook sal normal kiyimda

Jungkook hali ham bir nuqtaga qarab yigʻlardi. U shunchalar jim yigʻlardiki uni koʻrganlar yigʻlayapti deyolmasdi ammo koʻzidan chiqgan marjondek yoshlari yaqqol isbot edi. Kipriklari nam, koʻz qovoqlaro shishgan, koʻz ichi qizargan, koʻz yoshlari hattoki boʻynidan pastgacha oqgandi. Yuzi esa yuvilgandek boʻlib qolgandi

Taehyung uni yotoqga qoʻydi va qoʻlini ushladi

Tae: mittivoyim nega yigʻlayapsan? Nima boʻldi? Kim seni xafa qildi?

Jk: agar xafa qilgan biror kishi boʻlsa nima qilasiz?

Tae: shunaqangi azobmaymanki oʻlimini soʻrab yolvoradi. Ayt kim seni xafa qildi?

Jk: hech kim....oyimni sogʻindim. Ha aytgancha telefoningiz qolib ketibdi

Taehyung uni quchoqladi

Kiyimi bor

Telefoniga ahamiyat bermadi. Jungkookni quchogʻiga olib uxlatdi va telefoniga qaradi. Suxodan sms kelgan ekan

Taepov: men yakshanba boʻlishiga qaramay oʻsha sotuvchini oʻldirish uchun ketdim. Jungkook uyda qoldi. Men sotuvchini oʻldirdim va jasadni ham gumdon qildim. Uyga qayganimda Jungkook bir nuqtaga qaragancha yigʻlardi. Men bu holatga chidolmadim. Uni kimdir xafa qilgani aniq edi. Meni oʻziga choʻktirgan oʻsha jigarrang koʻzlar shunchalik jim yigʻlardiki koʻrgan odam yigʻlamayapti derdi. Ammo koʻzidagi yoshi uni sotardi. Uning kipriklari nam, yuzlari xuddi yuvilgandek edi. Koʻz yoshlari hattoki boʻynigacha borgandi. Men uni koʻtarob yotoqga qoʻydim va nega yigʻlaganini soʻradim. U onasini soʻgʻinganini aytdi. Men ham indamadim. Chunki Jungkookni onasi qanchalar yomon boʻlmasin Jungkook uni yaxshi koʻradi. U menga telefonim uyda qolib ketganini aytdi. Men telefonimga etibor bermadim. Jungkookni quchogʻimga olib uxlatdim. U yigʻlagani sababli tez uxladi. Telefonimga qaraganimda Suxodan sms kelgan ekan. Men oʻqib yurahim orqaga tortib ketdi. Nima boʻlsa ham bu xabarni Jungkook oʻqimagan boʻlsin. Agar u oʻqiganida janjal qilardi. Demak u oʻqimagan. Ha oʻqimagan. U buni bilmaydi. Hech qachon bilmaydi

Taehyung shunday deya oʻzini tinchlantirdi. Ammo bu boshlanishi edi