September 21

Stalk

1-qism

Erta tongdan xonaning ochiq oynasidan kirayotgan quyoshning zarin nurlari Jungkookni yuziga tushar ekan bu uning shirin uyqusini buzib yubordi. Albattada ahir u deyarli tong otay degan vaqtda uxlasa yani uning uchun yarim tun tong otishni boshlaganida bo'ladi😂

Jungkook tezda kiyinib chiqdi. Hattoki yuvinmadi. Kollejga yoʻl oldi. U yurmadi, yugurdi. Chunki kechiksa tamom. Qoʻliga tayoq bilan urushadi. Ammo ortidan yana bir inson chopardi.

Kim Taehyung - 3 kurs talabasi. Yuvosh, qoʻrqoq, boʻysunuvchan, kambagʻal, ojiz va omegadek koʻrinadi biroq unaqa emas. Taehyung mutlaq teskarisi. Kollejning eng boyvachcha talabasi biroq buni yashiradi. Kollejga ham bir inson deb oʻtgan

Unga yetish uchun. Taehyung qanchalar boy boʻlmasin Jungkook uchun uning uyiga yaqinroq uydan uy ijaraga oldi. Toʻgʻri sotib olsa ham boʻlardi ammo oʻzini oddiy koʻrsatish uchun ijaraga olgan

Taepov: jonim nega buncha shoshmasang a?

Jungkook beparvolarcha yugurar edi. Uni ko'cha boshida o'ziga o'xshagan bezori do'stlari kutib turishar edi. Jungkook ular bilan doimgidak ertaroq ko'rishishga kelishib yana uhlab qolgandi. Aslida u doim shunday qiladi. Jungkook ularni oldiga yetib kelganida uning eng yaqin do'sti bo'lgan Jimin Jungkookga qarata motosikli kalitini otdi.

Jungkook: Hoy sekinroq ahmoq

Jimin: Yana uxlab qoldingmi😠

Jungkook: Ha endi shunday bo'lib qoldi. Shunga shunchami😏

Jimin: Har doimgidak😒

Jungkook: Ketdikmi

Jimin: Yo'q turamiz. Ketamizda ahmoq shu siz ham yetarlicha turdikku😠

Jungkook: Yaxshi qani unda ketdik

Hammalari ketishdi. Taehyungga negadir Jungkookning shu doʻstlari va odatlari yoqmasdi. Aniq biladiki ular kollejga bormaydi. Demak oʻsha poyda maydoni

Ammo Taehyung poyga maydoniga bormadi. U toʻgʻri oʻqishga ketdi, chunki undan hech kim shubhalanmasligi kerak edi

Jungkook yallo qilib 2 paraga yetib keldi. Jimin, Jungkook va Taehyung birga oʻqishardi. Jiminga negadir Taehyungni mazax qilish yoqardi. Biroq Taehyung indamasdi, asl sababi bu Jungkook edi. Jungkook uchun u koʻplarga tegmasdi va Jungkookka yaqin boʻlishga urunardi

Hozir tanaffus vaqti edi va ikki doʻst kirib kelishdi. Taehyung oʻylaganidek tanaffus vaqtida. Uning rejalaroga asosan Jungkook hozir borib muzdek Americano ichadi. Va u toʻgʻri oʻyladi. Jungkook Americano ichdi va uning koʻzi Taehyungga tushdi.

Taehyung ham indamay unga qarab turaverdi. Jimin ham Jungkook qaragan tomonga qaradi va Taehyungganing oldiga bordi. Taehyung esa yana oʻzini bosishni mashq qila boshladi

Jm: iye bizning qoʻroqqinamiz shu yerda ekanku😂 Jungkookning oʻrniga pollarni artdingmi?

Taehyung har doim Jungkook qiladigan ishlarni qilardi. Pol artardi, hovli supurardi. Bari Jungkook uchun edi va Jungkook unga buyurardi. Taehyung sevgani bois indamay qilardi

Tae: h.ha artdim🥺

Jm: Jungkook qara sening oʻrningga pollarni artibdi😁 oʻzi ojizgina boʻlsa ham kuchi yetadi buni

Jungkookka esa bu yoqardi. Uning oʻrniga kimdir ish qilishi yoqardi

Jungkook Taehyungga yaqin kelub be pisandlarcha qaradi va gap boshladi.

Jungkook: Barchasini bajardingmi kichkintoy

Taehyung: H h ha Jun Jungkook

Jungkook Taehyungni yelkasidan ushlab uni o'ziga tortdi.

Jungkook: Meni aytganlarimni bajarar ekansan hech narsadan qo'rqishga hojat yo'q kichkintoy.

Taehyungga Jungkookga yaqin bo'lish juda yoqar edi. U bu holatdan rohatlanar edi. Ammo bu uzoqga cho'zilmadi. Jimin gapga aralashdi.

Jimin: Bu omadsiz bunchalik noshud bo'lmasa

Jungkook: Jimin uyalmaysanmi bizni kichkintoy qo'rqoq quyonchamiz haqida bunday deyishga. Ahir u doim biz haqimizda qayg'uradi. To'g'rimi Taehyung?

Taehyung: H h ha shsh shunday

Jungkook: Ana ko'rdingmi aqilliy bola. Jimin qani ketdik bo'lmasa janga kech qolamiz.

Jimin: Ha yaxshi. Aytib qo'yay agar jangda yutkazib qo'ysang kelgusi gal senga pul tikmayman🙂‍↔️

Jungkook: Men qachondir yutkazganimni eslay olasanmi😒

Ular ikkisi ketishdi. Taehyung esa ich-ichidan juda hursand. Lekin buni koʻrsatmasligi kerak. Chunki u boshqalar uchun yuvvosh koʻrinishi shart, boʻlmasa Jungkook unga yaqin boʻlmaydi

Jungkook va Jimin yetib kelishdi. Jungkook ringga chiqdi va raqibiga qaradi

Raqib anchagina kuchli lekin Jungkookni oʻzigq boʻlgan ishonchi bor va oʻziga katta baho beradi

Jkni raqibi

Jkpov: sendek raqib hali uchramagan ammo men yutaman. Men har doim yutishga odatlanganman va yutaman

Bularning barini tepadan Taehyung kuzatib turardi. Boshqalar uni tanimasligi uchun unuman boshqacha styleda kiyingan va yuzida niqob, boshida esa kepka bor

Jang boshlandi. Jungkook yutishga urunardi. Tan olamiz ikkisi ham kuchli ammo Jungkook jangda anchagina tayoq yedi. Bularni barini koʻrib turib ammo hech narsa qila olmayotgan Taehyung ich-ichidan gʻazabda edi. Axir uning yagona sevgilisi hozirda qayoqdagi bir begonada tayoq yeyapti

Taepov: kimnidir oʻldirmaganimga ham ancha boʻlgandi. Jungkookim sen meni hayotimga sal boshqacha rejim olib kirding. Avvallari odam oʻldirmasam nimadir kamdek tuyulardi. Hozir esa senda va boshqalarda shubha uygʻotmaslik uchun hech nima qilmayapman lekin rosti juda ham sogʻingandim oʻldirishni. Ammo bil! Hech biri seni sogʻinganimchalik emas

Bu yoqda Jiminni asabi buzulardi. Axir u Jungkookka moʻmaygina pul tikkan

Jm: JUNGKOOK SEN YUTISHING KERAK BUNAQA QILIB TAYOQ YEYAVERMA! SENGA ISHONAMAN

Jungkookning raqibi negadir Jiminga qarab qolgandi va shu bilan jagʻiga qattiqqina musht kelib tushdi. Jungkook vaziyatdan foydalanib uni urgandi. Raqibinibg miyyasi bir oʻchib yondi ammo endi kech! Jungkoon gʻalaba qozondi

Jimin hursand bo'lgan holda ring tomon otildi va yugurib Jungkookni maxkam quchoqlab oldi. Bu holat Taehyungga umuman yoqmadi. U doim Jungkookga biron bir begona tegingudak bo'lsa g'azabdan qaynar va uni parchalab tashlashni istar edi. Bu gal ham shunday bo'ldi. Unga qolganda Jiminni allaqchon o'ldirib yuborgan bo'lar edi. Ammo na chora u Jungkook uchun qadirli agar u o'lsa Taehyungning tengsiz muhabbati bo'lgan Jungkook undan ranjiydi ahir. Shu tariqa Jimin anchagina kaltaklangan Jungkookni shifokor xonasiga olib kirdi.

Jimin: Bu galgi raqib rossa adabingni berdiya

Jungkook: Nima hech hamda bunga o'zim qo'yib berdim. Agar qo'yib bermaganimda u menga barmog'ini ham tekkaza olmas edi😏

Jimin: 😒 Barmog'ini uchini ham tekkaza olmasdimish

Jungkook: Nima shubhang bormi shubhang bormi? Qani kel ko'rsataman. Qani buyoqga kelchi.

Jimin: Avval aftingni o'nglab ol maqtanchoq.

Jungkook va Jimin bir biriga hazil huzul qilib turishgan bir vaqtda Taehyung muhimroq ishlar bilan band edi.

Taehyung oʻzining katta boʻlgan hashamdor uyining yertoʻlasida edi. Stolga Jungkookning raqibi bogʻlangan. Taehyung oversize styleda kiyinadi va shu sababli hamma uni omega deb oʻylaydi. Biroq umuman unaqa emas. Taehyung aslida mushakdor. Lekin buni payqashmaydi. Unga kimdir yaxshilab etibor bersa, hattoki kiyiming ichidan ham sezsa boʻladi

Raqib koʻzini ochdi. Qarasa qarshizida bamisoli ajal turardi

R: sen kimsan? Meni nega olib kelding? Nima istaysan mendan?

Raqib kuchim koʻp deb maqtanadiganlardan emas. U muammo chiqarishni istamaydi va tinchgina hal qiladigan odam turidan

Tae: sen bugun Jeon Jungkook bilan urushding! Roppa-rosa 1 soat-u 32 daqiqa oldin. Uni chap koʻzining suyak qismiga, oʻng qoshining oʻrtasiga va labini tepa va pas qismiga zarba beding va terisini yording. Ammo bu ishing xato edi. U meni jondan aziz sevgilim. Uni joni ogʻrisa men nima qilishimni bilasanmi? Men oʻsha kishini oʻldiraman. Men hattoki unga qattiq gapirganni ham oʻldirgim keladi va bugun sen oʻlasan.

R: mening aybim yoʻq. Bu jang. Bizga pul tikishadi va biz bir-birimizdan xafa boʻlmaymiz

Tae: ringing,janging va pulingni menga tiyinlik ham qizigʻi yoʻq

Taehyung ishga kirishdi. U raqibni shunchalar oʻldirdiki, oʻzi bilgan hamma usulni sinab koʻrdi. Jungkookning raqibi oʻldi va Taehyung bu yerni yigʻishtirishni buyurdi

Tae: hech qachon hech kim mening yagonamni xafa qilmaydi, unga ozor yetkazmaydi. Yetkazganni jazosi shu boʻladi. Eh yagonam seni qanchalar sevishimni bilsang nima qilarkansan😊 sen uchun hammasini qilamanku. Umrimda pol artmaganman ammo 3 yildan beri artib kelaman😂 men pol artsam chinniyu-chiroq boʻladi sen esa doim nimadir toʻkib yurasan😂 ha mayli bir kun ikkimiz shu balkonda birga quchoqlashib turamiz. Sen mening bagʻrimda boʻlasan. Xuddi men orzu qilganimdek🤭

Jungkook va Jimin jangdan so'ng birgalikda barga borishib g'alabalarini yuvishdi. Ular doim shunday qilishadi. Ammo bu gal ular ichkilikni meyyoridan anchagina oshirib yuborishdi. Ularni ikkisi ham yo'lida yura olmaydigan darajada mast edilar. Jungkook va Jimin bir birlariga suyalganicha bazo'r yo'lida yurishga urunishar edi ammo foydasiz ular o'sha yerni o'zida uhlab qolishdi. Bularni barini chetdan kuzatib turgan Taehyung esa o'zining mast bo'lishiga qaramay nihoyatda yoqimtoy sevgilisiga muhabbat to'la nigohlar bilan qarar edi. U asta o'rnidan turib Jungkook tamon harakatlanishni boshlaganida qandaydir bir mast erkak Jungkookga yaqin kelib unga suykala boshladi.

X: Qanday yoqimtoy va xot yigitcha balki bugun sen bilan hursandchilik qilarmiz.

U Jungkookni iyagidan ushlab uning yuzini o'ziga qaratdi. Shu payit birdan uning boshiga urulgan qattiq Soju shishasi tufayi uning boshidan qon sizib chiqa boshladi. U nima bo'lganini bilishga ulgurmay boshini changallab olgancha yerga yiqildi va uning tepasida telbalarcha nigoh bilan unga tikilib turgan Taehyungni ko'rdi. Taehyung qilgan ishidan zavqlanganicha unga qarab kular edi.

Taehyung: Ahmoq sen uni kimga tegishli ekanini bilasanmi? Sen iflos meni sevgilimga qoʻl tekkizdingmi? Qaysi qoʻling bila teginding? Bu tun yana birini oʻldiramanmi deymana😂

Taehyung shunday deya indamadi. U bilardi. Yoki jondan aziz Jungkookni yokisa bu erkakni olib ketishini. Taehyung Jungkookni olib ketdi va Jungkookning uyiga olib bordi. Baxtiga uyida hech kim yoʻq, uyning kaliti esa Jungkookning choʻntagida. Taehyung ham Jungkookning choʻntagidan kalitni olib eshikni ochdi va toʻgʻri Jungkookning xonasiga chiqdi. Jungkookni yotqizdi va unga termuldi. Bu goʻzallik naqadar ajoyib, biroq uni ilk marta koʻrgan inson uni bunchalar bezori deb oʻylamaydi.

Tae: seni qattiq sevaman Jungkook. Lekin sen menga yaqin boʻlishing uchun oʻzimni yashirishga majburman. Meni qandayligimni bilsang menga yaqinlashmay qoʻyasan borligʻim. Men esa har soniya senga yaqin boʻlishni istayman, seni koʻrishni, seni his etishni, seni quchoqlash-u oʻpishni juda qattiq hohlayman. Lekin sen meni umuman boshqacha inson deb bilasan. Borligʻim biz ikkimiz albatta birga boʻlamiz

Taehyung gapini yakunlagach asta Jungkookni oldiga yotdi va uni yuziga yaqin kelib uni tomosha qilgancha yotar ekan unga qo'ng'iroq bo'ldi.

X: Allo qayerdasan ahmoq

Taehyung: Nima deysan nega meni bezovta qilyabsan? Men sevgilim bilan ekanimda meni bezovta qilishlarini yoqtirmasligimni juda yaxshi bilasan.

X: Senga o'shaning bo'lsa bo'ldi. Aqlingni yo'qotasan qo'yasan.

Taehyung: Ha aynan shunday uni yonida o'zimni yo'qotaman. Senga nima kerak o'zi

X: Manavi g'irt mast mishqini nega menga qoldirding ahmoq.

Taehyung: Uni ismi Jimin u yagonamni do'sti. U aynan sening tiping emasmi ahir unga g'amxo'rlik qil. Uni mening yagonamga ko'p suykalishi menga yoqmaydi. Vaqtingni yaxshi o'tkaz.

Taehyung shunday deb qo'ng'iroqni yakunladi. Xni bundan jaxli chiqar edi.

X: Alo alo ahmoq telba 😡😡 Kimsan men Min Yoongi endi oddiy ichkilikni ham ko'tara olmaydigan mishqilarga enagalik qilishim qolgandi.

Yoongi Jiminni no iloj ko'tarib uyiga olib ketdi. Yoongi hali bilmasdi bu mast bolakay kelajakda u uchun eng qadirli insonga aylanishini.

Yoonmin

Taehyung telefonni oʻchirdi va esladi. Yoongi uning sevgilisini oʻshaning dedi va jahli chiqdi

Tae: meni sevgilimni oʻshaning dedimi bu pati yulungan tovuq😒 hali boray yulunmagan patini bittalab yulaman

Bu yoqda esa Yoongi asabiylashgancha yotardi. Jimin esa oʻzidan-oʻzi bir nimalar der ammo yotgan joyida tinch yotardi

Yg: mazza qilib uxlashinichi buni? Meni karavotimda yotibdi janobi oliylari😒 anavi aktyor ham taxtakanasini oldida...oʻlay agar oʻshanisi chiroyli boʻlsa. Mana manavi doʻsti sal chiroyli ekan. Taehyung boylikka uchmaydi oʻshanisini boyligi uchun sevadi desam tovba hammani sevgani bor bitta men yakkapes😑

Jm: ooo....mmmmm...eeeeeeeuyyyyy

Yg: jim boʻlaqolmadida shu alkash🤦 psixvachcha ham menga tashadi ketdi jonini oldiga. Men esa manavinga enagalik qilaman ey allohim oʻzing sabr ber menga bir kum hammasini oʻldirib qoʻya qolmay

Taehyungga qolsa tongacha Jungkookni yonida qolardi ammo buni iloji yoʻq. U uyiga ketishi kerak