June 9

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

11-qism

Taehyung Jungkookni koʻtarib olib tushdi. Buni koʻrgan Bogumning ichidan nimadirlar uzuldi. Axir shuncha yil Taehyungga xizmat qilgan boʻlsa-da, Taehyung uni aslo koʻtarmagan. Taehyung umrida hech kimni koʻtarmagan, ammo Jungkook.....

Bgpov: Jungkookni oʻrnida boʻlishni istardim. Uni sevadigan kishi bor. Mendachi? Menda kim bor? Na oilam, na sevganim. Men shunchaki foxishaman. Lider uchun yaralgan. Shuncha yil Liderga xizmat qilibmanki biror marta meni koʻtarganini eslolmayman. Soren aslo bunday qilmasdi. Lekin Jungkookda nimadir bor? U nimanidir yashiryapti va bu sevgilisi bilan bogʻliq emas. Uni kuzatishim kerak

Ular ketishdi. Taehyung Jungkookni quchoqlagani, oʻpgani va uni koʻtarganidan hursand edi. Taehyung mashinadan tushdi. U Jungkook uchun yumshoq oʻyinchoq sotib oldi va unga koʻrsatdi

Jk: bu mengami?

Tae: ha senga. Yoqdimi? Xuddi senga oʻxshagan shaytoncha ekan

Jk: rahmat. Bu senga

Jungkook shunday deya Taehyung uchun qizil oʻyinchoqcha berdi. Bu oʻyinchoqni mashina, uy kalitlari va sumkalarga osish uchun moʻljallangandi. Yana uni mashina oynalariga ilsa ham boʻlardi

Taehyung esa juda ham hursand boʻldi. Qanday qilib kulganini bilmay qoldi. Odatda Taehyung kulmaydi. Ammo Jungkook unga bergan hamma narsa muhum va qadrli. Bu oʻyinchoq ham yoqimtoygina edi

Tae: rahmat rahmat rahmat!!! Chiroyli ekan. Mashinamga ilib qoʻyaman

Taehyung shunday deya oʻyinchoqni mashinaning oynasiga ilib qoʻydi va kuldi.

Jkpov: ikki ogʻiz shirin soʻzga eriydigan darajada u mening mehrimga muhtojmi? Hech kim uni bu holatda koʻrsa qudratli Lider Soren demaydi. Eh Jungkook nimalar qilib qoʻyding? Lekin men Sugamdan kechmayman

Taepov: men bugun juda ham hursandman. Jungkook menga sovgʻa berdi. Menga qarab kuldi. Men hech qachon Jungkook bilan bu kunlarni koʻramam deb oʻylamagandim. U bilan kun kelib yaxshi odamga oʻxshab gaplashamiz deb oʻylamagandim. Hattoki toʻyimiz kecha boʻlgan boʻlsa ham. Men baxityorman. Jungkook menga dunyolar kerak emas, seni kulib boqishing kerak

Taehyung mashinani haydab ketdi. Taehyung Jungkook uchun eng qimmat va sofatli butikka keldi. Bu butik Lider uchun edi. Lider va uning xotinini koʻrgan xodimlar yetti bukchayib salom berishdi

Tae: bugun bazm bor. Xotinim uchun eng yaxshilarini koʻrsat. Men keyin tanlayman

Xd: hoʻp boʻladi liderim

Jungkook birinchi kiyimni kiydi

Tae: koʻkraklaringni kimga koʻrsatmoqchisan? Alishtir!

Tae: orqangga nechta odam qarashini bilasanmi? Alishtir!

Tae: belingdani karset nimasi? Belingni kimga maqtanmoqchisan? Boshqasini kiy?

Tae: yoʻqot bu kiyimni! Kiymaysan

Tae: ha bu boshqa gap. Kel sochingni ham turmaklab qoʻyaman

Taehyung shunday deb choʻntagida rezinka chiqarib sochiga qistirib qoʻydi. Jungkook buni koʻrib kuldi

Tae: yoʻq boʻlmadi. Kelchi

Taehyung Jungkookni oyna oldiga oʻtirgʻizib soch dazmol bilan tekislab yarmino yigʻdi. Bu Jungkookka yarashdi

Jk: yoqmadi!

Taehyung bu safar uning sochkarini jinglakak qildi. Bu Jungkookka yarashdi

Tae: bu boshqa gap. Bugun bazm bor. Sen ham borasan. Shuning uchun Liderning xotiniga oʻxshab chiroyli kiyinishing kerak

Xodimlar birinchi marta Lider kimgadir yaxshi gapirganidan hayron qoldi. Taehyung avvaldan Jungkookka uylanishini bilgan, hattoki sochlari uzunroq ekanligini ham. Shu sababdan soch turmaklashni u uchun oʻrgangan. Taehyung Jungkookni sochini turmaklashda xato qilmadi

Jk: hhmm bu yoqdi. Bazmga Bogumni ham olib borasizmi?

Tae: nega olib boray? Sen mening xotinimsan! U emas

Jk: u xafa boʻladi. Olib boraylik

Tae: mayli.

Ular uyga kelishdi. Janob Kim ularni koʻrdi. Megadir u har safar Jungkookka qaraganida doʻstini gaplari esiga kelardi. Jungkookni nimasidan ehtiyot boʻlish kerak degan savol uni qiynardi

J.k: keldinglarmi?

Tae: ha dada. Bugun men Jungkook bilan bazmga boraman

J.k: Taehyung gapingda turibsan. Toʻydan keyin Jungkook tilini tiyadi deganding. Barakalla oʻgʻlim

Bu gapdan Jungkook kuldi. Shunchaki miyigʻida kuldi.

Ammo asl haqiqat! Jungkook Taehyungga rahmi kelganidan, uni xafa qilib onasiga bergan vadasini buzgani uchun jim turgandi. Janob Kim esa notoʻgʻri oʻyladi. Jungkook esa Taehyungni xijolatga qoʻymay deya yana jim turdi. Jungkook vadasini buzmaydigan odam.

Jk: men dadamni oldiga ketdim!

Tae: yaxshi bor

Jungkook otasini emas Suganing oldiga ketgandi. Bogum Jungkook uydan chiqganini koʻrdi va izidan tushdi. Bogum sezdirmay Jungkookni poyladi. Jungkook oʻrmonga keldi va oʻsha koʻlga sakradi. Bogum esa hayron.

Bgpov: Jungkook har kecha shu koʻlga kelarmidi? Qiziq...ammo nimadir yashiringan?! Bu oʻrmonga Jungkookdan boshqa hech kim kelmaydi. Tagiga yetaman

Jungkook iblislar olamiga oʻtdi va Suganing qasriga keldi. Suga bogʻda edi va Jungkookni koʻrdi

Sg: Yagonam!

Jungkook kelib Sugani quchoqladi. Suga uming yuzidan oʻpdi. Jungkook unga sevgi toʻla koʻzlari bilan qarardi

Jk: Yoongiya gaplashib olaylik

Ular stullarga oʻtirishdi. Suga Jungkookning qoʻlini ushladi va

Sg: nima gap yagonam?

Jk: Yoongiya kech boʻlmasidan dadamni bu yerga olib kelishim kerak. Sorenga sevgilim bor deganman. U shu masalaga chuqurlashib ketyapti. Men sizni aytmayapman. Buni bilish uchun dadamdan foydalanishi mumkin. Lekin men juda ham koʻp marta Sorenni xafa qildim. Ammo u menga hech narsa qilmadi. Suga...dadamni olib kelay

Sg: albatta yagonam...olib kel. Hammamiz birga yashaymiz. Sen, men, dadang va bolalarimiz birga yashaymiz. Soren sizlarni topolmaydi. Men seni himoya qilaman

Suga shunday deya koʻylagining choʻntagidan bir taqinchoq berdi. Bu taqinchoq chiroyli edi

Jk: bu nimaga?

Sg: Soren hammasini bilib qolsa taqinchoqning koʻk koʻzini bos. Men yetib kelaman

Jk: agar men ulgurmasamchi? Ungacha oʻlsamchi?

Sg: oʻlimni gapirma! Sen hali juda ham koʻp yashaysan. Men doim seni yoningda boʻlaman

Jk: yaxshi ham siz borsiz Yoongiya

Jungkook Sugani quchoqladi. Ular ajoyib vaqt oʻtkazishdi. Birgalikda uchishdi, poyga oʻynashdi, raqa tushishdi. Keyin Jungkook odamlar olamiga ketdi. U vaqtda kelgani

Tae: Kookie kiyinib chiq. Ketamiz

Allaqachon Taehyung va Bogum kiyinib boʻlishgandi

Jungkook ham kiyinib chiqdi. Taehyung qilgan turmak hali ham buzulmagandi. Ular bazm boʻlayotgan joyga yetib kelishdi

Musiqa ajoyib edi. Lider va uning xotini kirib kelgandan soʻng musiqa oʻchdi. Hamma Liderga tazim qildi

Tae: davom etaveringlar

Taehyung Lider uchun moʻljallangan kursiga bordi. Ammo bu yerga Jungkook uchun kursi yoʻq edi

Tae: mening rafiqam uchun kursi qani?

Xd: kechirin Liderim. Siz doim yolgʻiz kelardingiz....shuning uchun Liderxonimga kursi tayyorlamagandik

Taehyungni jahli chiqdi. Yana oʻsha musiqa oʻchdi