Killer
Jungkook koʻrgan manzarasidan hayratda qoldi negaki onasi unga qarab turardi
Jkpov: men Taehyungni koʻndirdim. Yoʻlda ketayotganimda u menga olishni orzu qilgan kiyimlarimni olib berdi. Men uni yaxshi inson ekanligiga ishondim. Men uyga keldim, uyga kelganimda onamni koʻrdim. Onam hech qachon u payt uyda boʻlmasdi. Balki men kecha uyda boʻlmaganimdan xavotir olgandir. Ha oyim mendan xavotir olgan. Men uni oʻgʻlimanku. Oyim meni yaxshi koʻradilar
U shunday deb oʻylab ich-ichidan hursand edi. Ammo onasi gʻazab bilan kelib unga tarsaki tushirdi. Jungkook onamni qoʻrqib kegan deb oʻyladi toki onasini gaplarini eshitmagunicha
Jkʼs mom: sen yaramas bola meni sharmanda qildingku! Bu ustingdagi qimmat kiyimlarni kim olib berdi? Boyvachcha erkak topdingmi? Sen ham otangni oʻzisan! Pulga ochsan! Sen foxisha! Sendek oʻgʻlim yoʻq meni yoʻqol uyimdan chiqib ket
Jungkook xafa boʻlganini yashirdi. Jungkook xissiyotini yashirishga usta edi. U oʻzini ayyor kulgusi bilan xafa boʻlganini yashirdi va magʻrur holda gapirdi
Jk: Ha boyvchachcha erkak topdim. U sizdan koʻra ming chandon pok. Qotil boʻlsada siz kabi shaytonga ustozlik qilmagan. Siz aytmasangiz ham chiqib ketaman
Jungkook shunday deb xonasidagi narsalarni olib chiqib ketdi. U juda ham ranjidi. Onasidan koʻngli sovudi. Unga oʻz tuqqan onasi shunday deb turganda boshqalarni gapi u uchun hech narsa edi. U shu paytgacha onam uchun deb maktabda urushmadi, yomon yoʻllarga yurmadi, hammani rad qildi, faqat va faqat oʻqidi. Kelajakda onasi bilan yaxshi yashash uchun onasi sogʻ va omon boʻlishi uchun oʻqiyotgandi. Ammo ikki ogʻiz soʻz uni oʻzgartirdi. U Taehyungnikiga bordi. Chunki boradigan boshqa joyi ham yoʻq edi. Jungkook onasini gaplaridan yigʻlagandi. Eshikni qoʻngʻirogʻini chaldi. Taehyung eshikni ochganda Jungkook chemadani bilan yigʻlab turganini koʻrib xayron boʻldi. Ammo uni dilini xira qilgani Jungkook yigʻlardi. Jungkook uni quchoqlab battar yigʻladi
Tae: gulgʻuncham nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan?
Taehyung Jungkookni uyga olib kirdi ammo Jungkook hali ham Taehyungni qoʻyib yubormadi. Jungkookni koʻz yoshlaridan Taehyungni yelkasi hoʻl boʻldi. Jungkook unga boʻlgan voqeani aytib berdi va battar yigʻlay boshladi
Tae: gulgʻuncham aslo yigʻlama! Sen endi men bilan yashaysan! Seni hech kimga xafa qildirmayman. Kimdir seni xafa qilsa, mazax qilsa, ustingdan kulsa, ursa menga ayt, hoʻpmi? Ularni oʻldiraman
Jungkook xursand boʻldi. Chunki u bu dunyoda kimgadir kerak ekanligidan baxtiyor edi. Naxotki u haqida qaygʻuradigan odam boʻlsa? Taehyungni quchogʻida Jungkook uxlab qoldi
Taepov: men Jungkook uchun kiyimlar sotib oldim va uyiga tashlab qoʻydim. Ammo koʻp oʻtmay eshik taqqiladi. Men eshikni ochganimda mening gulgʻuncham yigʻlardi. Qaysi itdan tarqagan xaromi uni yigʻlatdi ekan? Kim boʻlsa ham oʻldiraman uni? Ammo u meni quchoqladi. Men uni koʻtarib oldim va chemadanlarini uyga olib kirdim. U hali hamon yigʻlardi. Uni koʻz yoshlaridan meni yelkalarim hoʻl boʻldi. Undan nima boʻlganini soʻraganimda u menga boʻlgan voqeani aytdi. Men hayron qoldim. Naxotki ona oʻz bolasiga shunday desa? Xavotir olish oʻrniga shu gaplarni qanday qilib meni gulgʻunchamga ayta oldi? Ona ham shunchalik bemehr boʻladimi? U yana biroz yigʻlab meni quchogʻimda uxlab qoldi
Taehyung uni koʻtarib xonaga olib kirdi va divanga yotqizdi. Chemadanlarini ochib ichidagi narsalarni joylashtira boshladi, gʻijim boʻlgan kiyimlarni yuvib dazmolladi va garderob shkaflaridan biriga osib qoʻydi. Oyoq kiyimlarini tozaladi va oyoq kiyim uchun maxsus polkaga qoʻydi. Darsliklari uchun esa maxsus stol buyurtma berdi. Bu stolga kitoblarini qoʻydi. Yana kompyuter, Ipad va noutbook ham buyurtma berdi. Hullas Jungkookni orzusidagu dars qilish stolini yaratdi.
Jungkook shunday narsalari boʻlishini istagandi. Ovoz chiqarmasdan koʻp narsalarni bajardi va Jungkookni qoʻlidan ushlab uygʻinishini kuta boshladi. Uygʻonganida bu narsalarni koʻrib hursand boʻlishini bilardi. Taehyung yana bir narsa buyurtma berdi. Penyuar va pijama ham buyurtma berdi. U Jungkook uchun ajoyib xonani yaratdi. Bu Taehyungni xonasi edi va u xona qora rangda edi. Ish kabineti alohida edi. Ammo Jungkook uchun xonasini stillini biroz oʻzgartirdi