Sevgisi oldidagi ojiz mafia 2
Suga va Jiyoon Jiminni uygʻonishini kutar ekan vaqt allaqachon tushlikka yaqinlashdi
Suga: oʻgʻlim yuraqol biror nima sotib olamiz
Ular shunday deya chiqib ketishdi va yoʻlaklarda yurar ekan Suga negadir qolgisi keldi va qoʻriqchiga qarab
S: mana bu karta oʻgʻlim nimani soʻrasa olib ber
Jiyoon ham indamay ketdi. Suga xonaga qaytdi va yana jonidan aziz koʻrgan va koʻz qorachigʻidek himoya qilgan xotinini qoʻlidan ushladi
Suga: Jimin, sevgilim meni eslaysanku toʻgʻrimi? Vada beraman agar meni tashlab ketmasang hohlagan narsangni muhayyo qilaman. Sen nima desang shu boʻladi. Faqat uygʻon " doʻmboqcham men yaxshiman " degin. Sen tinch yotolmaysanku ammo nega hozir harakat qilmayapsan. Sen hazil qilyapsanku a? 5 yil oldin ham shunday qilganding. Bu doctorni ham sotib oldingmi? Uygʻonsang sen yoqtirgan shaharga oilaviy boramiz. Hohlasang Jungkook, Taehyung va Jihoolarni ham olib boramiz. Sen uygʻonsang bas gulgʻuncham. Men seni ogʻzingdan chiqgan ishni qilaman ammo meni va oʻgʻlimni tashlab ketib qolma. Biz bunga tayyor emasmiz. Sensizlikka tayyor emasmiz gulgʻuncham
Shu payt Jimin koʻzini ochdi va Sugaga qaradi
S: yagonam uygʻondingmi? Boshing ogʻriyaptimi? Chanqadingmi? Shoshma doctorni chaqiraman
S: sen zinadan yiqilib tushding va seni shu yerga olib keldim
S: oʻgʻlimiz seni uygʻonganingni koʻrsa hursand boʻladi
S: seni va meni oʻgʻlimiz. Bizni oʻgʻlimiz Jiyoon
Suga doctorni gapini esladi va
S: Jimin hozir nechi yoshdasan?
J: 19 ga kirganimni kecha nishonladikku
Suga joyida qotib qoldi. Doktor aytganlari rost chiqdi. Sugani hursand qilgan tomoni Jimin uni eslaydi ammo Jiyoonni emas.
S: oppogʻim meni eshit. Hozir aytayotgan gaplarim senga kulguli tuyulushi mumkin. Ammo sen 24 ga kirding va bizni oʻgʻlimiz bor. Sen zinadan yiqilib tushding va shifokorlar bazi narsalarni eslay olmasligingni aytishdi. Sen faqat 19 yoshingacha nimalar boʻlganini eslaysan, qolganini eslolmaysan
Jungkook va Taehyungni ham oʻgʻli bor. Biz bugun kechlikka ularnikiga bormoqchi edik ammo sen bu axvoldasan
Jm: Jungkook va Taehyung turmush qurib farzandli ham boʻlishdimi?
S: ha oppogʻim ha. Hozir oʻgʻlimiz Jiyoon keladi. U och qolgani uchun uni qoʻriqchilar bilan ovqatlangani chiqarib yubordim
Jm: uni qornidagi bolachi? Uni hammi
S: u bir foxisha ayol xolos. Bola mendan emasligiga ishonchom komil
Jm: qayerdan bilasiz balki bola siznikidir. Shunda meni deb hali tugʻulmagan bola oʻldimi?
Jiminni koʻzlariga yosh keldi. Jimin qanchalik makkor boʻlmasin u hali tugʻulmagan bolaga achindi. Chunki bola farishta boʻladi. Bolalar begunoh
Jungkook kelib Jiminni quchoqladi
Jungkookga Jimin kasalxonada ekanligini Jiyoon aytgandi. Buni eshitib Jungkook yetib keldi
Jk: nima boʻldi? Zinadan yiqilding deb eshitdim!
S: Jungkook sen bilan gaplashib olaylik
Ukar tashqariga chiqishdi va Suga
S: U bugun otasini oldiga borgan. U otasi bilan aloqasini tiklamoqchi boʻlgan ammo anashu it otasi unga baqirib, uni xafa qilib hattoki uni yuziga urgan. Menga oʻgʻlim telefon qilib Jiminni yuzi qizarganini aytdi. Ishon Jungkook men uni hali yuziga urmaganman
Jk: oʻsha iflos pulga oʻch marazni oʻldiraman
S: keyin men uyga yetib keldim va bu payt Jimin xonada edi. Xonaga kirishim bilan Jimin yuzini yopdi. Men unga qoʻlini yuzidan olishini aytaganimda meni aldadi. Ammo men baqirdim va u oldi. Yuzini oʻng tarafini koʻrdingmi? Hali ham qizargan! Men jahl bilan uydan chiqib otasini oʻldirgani bormoqchi edim ammo Jiyoon Jimin zinadan yiqilganini aytdi. Men tezda uni shu yerga olib keldim. Shifokorlar uni xotirasi yoʻqolganini aytishdi. Boshi bilan qattiq tushgan
Jk: U oʻz nomi bilan Park Jimin. U biz bilan olovli choʻgʻ ediku. Balki yana hazil qilyotgandir ammo biz yomon ish qilmadik. Ishqilib siz nimadir qilmadingizmi pochcha?
S: yoʻq men uni jahlini chiqadigan hech narsa qilmadim