May 25

Mafia world

4-qism

Jungkook Taehyungni oʻzi bilan qasriga olib keldi.

Qoʻriqchilar Taehyungni yertoʻlaga olib kirishdi va Sehunni qanday qafasga solishgan boʻlsa ular ham Taehyungni shunday qafasga solishdi. Taehyungga dori yuborishgani uchun u heh narsa qilolmasdi. Qoʻl va oyoqlari harakatga kelmasdi. Ammo tinmay Jungkook derdi

Shu qafasga Taehyungni qamashgan

Jungkook Sehunni yotqizib xonasidan chiqdi. Hozir miyyasida sevgan insoni emas oʻgʻlini oldiga oʻsha qora ilon borgani, Taehyung esa hech narsa qilmay unga oʻz istaklarini aytgani oʻzi esa hech narsa qilolmagani miyyasida sayr qilardi. Jungkook yertolaga tushdi. Taehyung katta qafas ichida yotardi. Hech kim uni Mafialarning ikkinchi qiroli Leon demasdi

Jk: seni ogohlantirgandim. Sehunga yaqinlashma degandim! Sen nima qilding? Muammoying boʻlsa men bilan hal qil degandim, Sehunga yaqinlashma, ikkimiz oʻrtamizdagi ishga uni aralashtirma degandim! Mayli aqling kirguncha shu yerda qol

Taehyung sal oʻziga kelgandi. U oʻrnidan sekin turdi. Koʻzlari yigʻlashga tayyor edi

Tae: Nega? Nega tinchgina men bilan yashay qolmaysan? Hamma ham xato qiladiku Jungkook

Jk: men har qaysi xatoyingni kechiraman! Ursang ham, soʻksang ham, och qoldirsang ham, zoʻrlasang ham, hattoki aldasang ham! Ammo hech qachon xiyonatni kechirmayman. Sen buni bilarding. Bila turib shu ishni qilding. Yana senga qaytishimni qaysi yuz bilan soʻraysan?! Sen hattoki Sena xonimga ham yolgʻon gapirding! Sen jirkanch insonsan Kim Taehyung. Qari ayolni aldashga uyalmading...

Taehyung hech narsa deya olmadi. Chunki Jungkook aytgan gaplar rost edi. U hattoli qari ayolni aldadi.

Jk: mmmm menga bir fikr keldi. Seni oʻlganga chiqarib oʻzim tanxo qirol boʻlsamchi?! Sen esa mening yertoʻlamda yashaysan. Balki ochlikdan, suvsizlikdan oʻlarsan?!

Tae: sensizlikda oʻlgandan koʻra yaxshiroq.

Jkpov: xavotir olma seni oʻlishingga yoʻl qoʻymayman. Ammo xiyonating koʻz-oʻngimdan ketmaydi. Xiyonat qilmaganingda, oʻsha nafsingni tiyganingda hozir bunday boʻlmasdi. Sen yertoʻlada emas yotogʻimizda men bilan birga uxlarding, qafasga emas mening yuragimga qamalarding. Meni hech narsada ayblama Taehyung bari seni aybing

Jungkook yertoʻladan chiqib ketdi. Taehyung yana oʻsha 10 yil oldin yolgʻiz qilganidek yana yolgʻiz qoldi. Taehyung Jungkookni bazmda koʻrganini va undan ilk bora boʻsa olganini esladi

10 yil oldin Janob Hanning 50 yillik yubileyi

Hamma bazmga tashrif buyurardi.

Taehyung esa Jungkookni topguncha jinni boʻlgandi. Taehyung otasini qistovi bilan bazmga keldi.

Ammo eshikdan Taehyung 2 oydan beri telbadek qidirdan Ace kirib keldi. Acedagi noyon aura hammaga bilibdi. Uning oshiqlari bazmda faqat Taehyung emasdi

Tae: dada anavi Acemi?

Taedad: qanaqa Ace?! U Jeon Jungkook! Jeonlar sulolasining yagona merosxoʻri. Men bilan koʻproq yur deb bekorga aytmayman senga! Shunday insonlarni keyib mendan soʻrab yurasan. U hech qanaqasiga Ace emas! U Jungkook! Jeon Jungkook!

Taehyung indamay qoldi. U Jeonlar haqida eshitgandi ammo Ace Jungkook ekanligiga ishonolmasdi
Taepov: Ace bu Jeon Jungkookmi? Ishonish qiyin Ace boshqa dunyo boʻlsa Jungkook boshqa dunyo. Ikki dunyoda bir inson yashaydimi yoki jlar egizakmi? Ammo seni sogʻindim

Taehyung shunday deya Jungkookning oldiga bordi. Jungkook esa boshqa narsalarni hayol qilib turgandi. Taehyung uni oldiga keldi va

Tae: Salom Ace yoki Jeon Jungkook?!

Jungkook unga qaradi. Ammo uni eslay olmadi. Chunki Jungkookka koʻp kishi gapirardi va ularni eslab qolishi qiyin edi. Hattoki ular mafia boʻlsa ham

Jk: biz tanishmizmi?

Tae: bundan 2 oy oldin poyga maydoniga sen va men

Jk: kechirasizkuya men har kun poygaga boraman. Sizni eslay olmasligim mumkin

Tae: mayli xafa emasman. Kel doʻst boʻlamiz

Jungkook uning koʻzlariga qaradi. Taehyungning koʻzlari yolgʻondan yiroq edi. Jungkookka koʻplar doʻst boʻlish taklifini bergan ammo ularning hammasi oʻz manfaati uchun edi. Ammo Taehyung manfaatdan yiroq edi

Jk: yaxshi. Men Jeon Jungkookman

Tae: Kim Taehyung

Shu voqeadan keyin ularning doʻstligi chuqurlasha boshladi. Bu doʻstlik chuqurlashib ohiri sevgiga aylandi.

Hozir!!!!!!!!!!!!!!!!

Taehyung shularni oʻylar ekan tabassum qildi. Bu tabassumda quvonch emas balki alam bor edi. Bu alamli tabassum edi

Taepov: oʻzim aybdorman. Hammasi mening aybim. Mendagi nafs oʻlgurni boshqarganimda edi....Jungkookning oʻgʻli boʻlmasdi. U meniki boʻlardi. Mafialar qiroli boʻlmasdi, mendan nafratlanmasdi, bunchalar vaxshiy boʻlmasdi. Ammo taqdir ekan. Nega? Nima uchun? Mening hayotim bunday? Bittagina xiyonat uchun 10 yil koʻpku. Bu juda ham koʻp. 10 yil, uning oʻgʻli, mafialigi, vaxshiyligi bu juda ham koʻp.

Ammo Taehyung yana oʻzini oʻzi oqlayapti. Bittagina xiyonat emas. Birgina boʻlsada kechirsa boʻlardi ammo har kecha kamiga ikkitasi bilan..... Buni kechirib boʻlmaydi. Buni kechirgan odam yoki juda ham ahmoq yoki juda ham sevadi.

Jungkook bu vaqt xonasida oʻtirardi. 10 yillik hayotini va Taehyungning gaplarini eslardi

Tae: SENI SEVAMAN JEON JUNGKOOK

Tae: Sendan oʻzgasini koʻrim koʻrmaydi, bu yuragim istamaydi. Bu yurak faqat seni sevadi

Tae: sen uchun jonimni beraman quyoncham. Senga jon fido

Tae: JUNGKOOK MASHINANI TOʼXTAT TOʼXTA

Jungkook komaga tushgan holatda

Tae: yagonam iltimos meni tashlab ketma. Sensiz nima qilaman? Yolvorama Jungkook. Mayli...sen nima desang shu boʻladi. Faqat meni tark etma

Jkdad: oʻgʻlim bilaman meni eshityapsan. Ammo kechir. Seni unga bermayman. Ahir sendan boshqa kimim bor bolajonim. Mendan xafa boʻlishing mumkin ota boʻlsang meni tushunasan. Oying va akangdan keyin sen mening yagona oilamsan bolam

Jungkook shularni eslar ekan unga bir savol qiziq edi. Meni oʻsha qizlardan nimam kam? Bu savol uni 10 hildan buyon yeb-bitirardi