July 1

Stay with me

7-qism

Xonaga Minho kirib keldi va kulib turgan Jungkookdan koʻz uza olmadi. Aslini olganda Jungkook ham kulardi. Minho negadir Taehyung kelganidan beri oʻzgargan. Qoʻpollashib qolgandi. Taehyungning Jungkook bilan birgaligi unga yoqmasdi.

Mhpov: u kulganida juda ham chiroyli. Ammo u allaqachon oʻzgasiniki

Jungkook ham Minho kelganini payqadi va boshini koʻtardi

Jk: Kel Minho. Nima gap?

Mh:a...haligi....biz ketamizmi? Allaqachon kech boʻldi janob

Jk: ha yaxshi. Taehyung qani?

Mh: u xonasida boʻlishi kerak

Jk: yur kettik

Ular toʻgʻri Taehyungning xonasiga borishdi. Taehyung esa eshikdan chiqib keldi va

Tae: Kookie kettikmi?

Jk: ha kettik

Taehyung Jungkookning belidan ushlab keta boshladi. Negadir bu Minhoning jahlini chiqardi. Ammo negaligini oʻzi ham bilmasdi

Minhi mashinani tez haydardi. U Taehyung kelganidan buyon shunaqa boʻlib qolgandi. Jk: Minho nimadir boʻldimi? Nega tez haydayapsan?

Mh: tezroq borsak yaxshi boʻmardi. Qornim ham ochib ketdi

Jk: haaaa sen hamma narsaga chidasang ham ochlikka chidolmaysan.

Tae: Minho oʻzi shunaqa yaxshi yigit

Ular uyga yetib kelishdi. Hamma oʻz xonasiga kirdi. Minho esa 10 yil oldingi voqeani esladi. Jungkook oʻsha payt 18 yosh edi, eng gullagan darvi edi. U hamma tengqurlari kabi oʻynab yurmas va clublarga bormasdi. Ishi bilan ovora juda ham yosh biznesman edi.

Minho Jungkookning xonasiga ish boʻyicha arizani olib kirdi. Jungkook kresloda oʻtirardi

Jungkook arizani oʻqib chiqdi. Minho standartlarga mos kelardi, hattoki undan ham ziyoda edi

Jk: demak Chung Minho. 28 yoshda. Yaxshi...sen bugundan boshlab mening qoʻriqchimsan. Men Jeon Jungkookman

Ammo bu payt Minhoning hayoli Jungkookda edi. Umrida bunday chiroylini koʻrmagandi va yuragi gʻalati urardi

Mh: hoʻ...hoʻp

Minho shundan soʻng Jungkookning qoʻlida ishlay boshladi. Vaqt oʻtib Jungkook uni oʻziga oʻng qoʻl qilib oldi. Minho sadoqat bilan ishlardi. U Jungkookning uyida bir chekka xonada yashardi. Xona kichik boʻlsada oʻziga yarasha bezatilgandi. Minho shu uyda, shu xonada 10 yildan beri yashardi.

Mh: Nega janob Jeon bu erkakni uyga olib keldi? U tarixda boʻlmagan ishni qildi. Hech bir omega alfani sotib olmagan va himoya qilmagan. Janob Jeon esidan ayrilibdi, oʻqitib yuboraman domlaga borib. Anavi foxisha Misuga ham 100.000 $ berdi. Kamiga oʻzining samolyotida Italiyaga olib borib qoʻydi. Uning sevgisi shunchalar kuchlimi? Ammo Taehyung uning oldida sodiq qoladi deyolmayman. Men Janob Jeon haqida qaygʻurishim kerak. U ham men haqimda qaygʻurgan

Jungkook Minho kasal boʻlgan vaqti unga qaragan. Minho ham Jungkook kasal boʻlganida tuni bilan oldidan ketmay qaragan. Minhoning ham oilasi yoʻq va yetimxonada oʻsgandi. Uni koʻp qiynashgandi. Ularning biri hozir uning qoʻlida ishlaydi. Uyda Jungkookdan keyin buyruqni Minho beradi va unga hamma amal qiladi. Bazan Jungkook ham Minhoga yoʻq demaydi. Chunku Minho undan katta va tajribali kishi. Minhoni aytganiga kirib foyda olasa oladiki zarar koʻrmaydi

Ammo bu payt ikki sevishgan xonasida edi. Taehyung Jungkookning sochidan silab yotardi

Tae: sensiz yasholmayman Jungkook. Seni sevaman

Jk: men ham azizim.

Tae: nega Koreyada seni qila oladigan ishlaring chegara bilmaydi? Sen kabi bisnesmanlar koʻpku

Jk: bu dunyoda ikki xil insonlar bor. Biri kuchsiz, hamma turtkilaydigan va hech kim nazar-pisand qilmaydigan farishtalar. Ikkinchisi esa shu farishtalarning qoʻrquvi, hukmdor va yovuz iblislar. Ularning qiladigan ishi ham chegara bilmaydi. Mening kuchim hukumatga ham yetadi ammo unday qilmayman. Men siz bilan baxtli boʻlishni istayman

Tae: sendan oʻzgasi kerak emas

Jk: Misu...sizni unutdi. Undan xafa boʻlmang. U oʻz hayotida baxtli. Uni bezovta qilmaylik

Tae: Misu bunchalikka borishi meni oʻylantirib qoʻydi. Singlim juda ham mehribon edi. Pulga oʻch deb oʻylamagandim

Jk: bu yerda Minho va Lee xonimdan boshqasi pulga sotiladi. Balki sotilmas...men aniq bilmayman. Hammaga pul kerak. Ammo Minho va Lee xonim undaylardan emas. Men buni bilaman

Shu bilan ular ham uxlashdi. Jungkook kechasi yomon tush koʻrdi. Tushida Taehyung boshqa bir qiz bilan toʻyi boʻlardi. Jungkook bir chetda turar va uning qoʻllaridan Minho tutib turardi

Jk: YOOOOOQQQ

Jungkook baqirib uygʻonib ketdi. Hamma yeri terlab ketgandi. Bundan Taehyung ham uygʻondi. Qarasa Jungkook uygʻongan, hamma yeri terlagan va qandaydir qoʻrqgandi

Tae: Kookie nima boʻldi? Yomon tush koʻrdingmi?

Jk: haa...biroz

Tae: kel bagʻrimga

Taehyung shunday deya Jungkookning boshini koʻkragiga qoʻydi. Jungkook negadir tinchlikni his etmasdi. Taehyung unga tinchlik berolmasdi