Lucifer
Oradan ikki kun oʻtdi. Bu orada Namjoon, Taehyung, Yoongi, Janob Jungwoon, Park Han, Kim Woonbin, Jinning ota-onasi hamma Jungkookni qidirar edi. Hattoki chet eldagi tanishlariga ham xabar berishdi. Jungkookni tanigan hammadan uni qayerdagini bilishadimi yoki yoʻq hammasini soʻrab chiqishdi
Taehyung esa bir nuqtaga qaragancha oʻtirar edi. Koʻz oʻngida Jungkookni siymosi ketmas edi. Bundna 5 yil oldin xuddi shu xonada Jungkook mazza qilib Taehyung bilan oʻynar edi. Taehyung bu vaqt ichida ovqatlanmadi, suv ichmadi. 2 kun oldin qanday oʻtirgan boʻlsa hozir ham shunday edi
Uni oldiga otasi keldi va oʻgʻlini quchoqladi. Taehyung yigʻlayverganidan koʻzida yosh qolmagan edi
W: oʻgʻlim oʻzingni qoʻlga ol! Koʻnglim sezyapti Jungkook tirik, uni axvoli yaxshi. U tez orada kelib qoladi.
Tae: dada nega kelmayapti? Iltimos uni topib bering! Boshqa unday qilmayman, vada beraman. Faqat oldimga qaytib kelsin. Boshqa hech narsa kerak emas. Dadajon bir marta koʻray. Ilojini toping! Bir marta koʻraman xolos. Axvoli qandayligini bilay
W: oʻgʻlim meni ham, oʻzingni ham qiynama! Hammamiz uni qidiryapmiz. Doʻstim 20 yil oʻgʻlini koʻz qorachigʻidek asrab keldi. Keyin senga topshirdi. U ham Jungkook tugʻulishini 10 yil kutgan. Bu uchun nimalar qilmadi. Jungkook kuchli yigit! U qaytib keladi oʻgʻlim
Tae: dada qaytib keladiya? Vada berasiz, a? Jungkookim keladiya? Keyin yana biz birga yashaymiz, a?
W: oʻgʻlim Jungkook albatta keladi. U qayerdaligini bilmayman ammo axvoli juda ham yaxshi
Woonbin xonadan chiqib ketdi. Negadir yuragi tinch edi, xuddiki Jungkooknu axvoli juda ham yaxshidek. Taehyung esa buni teskarisi, juda ham qattiq vahima qilyapti.
Jungkook esa bu orada tuzalib qoldi. Faqat biroz oyogʻi ogʻriyapri. Jimin uni oldiga keldi. Qoʻlida Jungkook yoqtirgan narsalar bor edi
Jm: salom qara sen yoqtirgan narsalarni olib keldim
Jk: rahmat! Hamma yoq tinchmi?
Jm: tinch deysanmi? Seni butun dunyodan qidirishyapti. Qanaqasiga tinch boʻlsin? Pochcham seni topgan odamga bitta katta Villa berishni vada qildi. Dadang, meni dadam, Jinning dadadi, Yoongi, Namjoon, Taehyung, Woonbin togʻam, Namjoonni otasi, Yoongini otasi. Hamma seni qidirish bilan band. Pochcham ikki kundan beri hech narsa yegani ham ichgani ham yoʻq. Xonangizga kirib olgan va bitta nuqtaga termulgancha oʻtiribdi. Ogʻzidan Jungkookim degan soʻz tushmaydi
Jk: ha mayli! Tez orada qaytaman
Jk: oʻylab koʻraman! Bir narsani aniq bilaman. Taehyung bunday qilganini sababi bor. U besabab menga bunday qilmaydi! Buni koʻnglim sezyapti
Jm: men ham shuni oʻylayotgandim. Mayli men ketishim kerak. Kompaniyada ishim bor
Jk: bu haqida yana kim biladi?
Jm: Jin va men! Xavotir olma! Jin Namjoonga aytmagan. Aytganida hozirgacha sen bu yerda boʻlmasding
Jimin ham ketdi. Jungkook yana yurishni mashq qila boshladi. Ham, Seho, Jaekhyung va Junghyuk esa oʻz ishlari bilan mashgʻul edi
Melissa Taehyungni oldiga keldi va
M: axvolingni qara Taehyung! Kim seni mafialar qiroli Lucifer deydi?
Tae: Jungkookim yoʻqolib qoldi! U kelmayapti. 2 kun oʻtdi hech qayerda yoʻq
M: Taehyung! Senga aytganim yolgʻon edi. Jungkook hech qanaqasiga oʻlmaydi. Bu seni sinash uchun edi ammo sen nima qilding?
Taehyungni bundan gʻazabi chiqdi
Tae: HALI MEN SENI SHU YOLGʼONINGGA ISHONIB JUNGKOOKNI SHU HOLGA SOLDIMMI? SEN AYBDORSAN! HAMMASI SENI AYBING!
M: Bunda meni aybim yoʻq. Seni vahima qilib shubday qilding! Jungkook 2 haftadan keyin keladi
Tae: hoy menga uni qayerdaligini hoziroq aytasan! Bilasan! Uni qayerdaligini bilasan! Ayt menga
Tae: KOREYANI IPIDAN IGNASIDACHA TITIB CHIQDIM! HECH QAYERDA YOʼQKU
Taehyung yana gapirmoqchi boʻlganida Melissa ketib qoldi. Taehyung nima qilishni bilmas edi
Taepov: shoshma! Doʻstlaridan soʻra dedimi? Jungkook yoʻqolishidan oldin uni koʻrgan odam Jimin edi. Uni qoʻlidan keladi. Jungkookni olib ketsih keladi. Axir Jimin sport ustasi. Jungkookni ossonlikcha olib keta oladi. Ammo shuncha qoʻriqchini ichidan qanday olib ketdi? Uni qayerda berkitdi? Koreyani titib tashladimku. Jimin Jimin sen qanday odamsan oʻzi? Mafialar qirolini chuv tushurding! Ajoyib aktyorsan
Taehyung odamlari bilan Jiminni kompaniyasiga bordi. Jimin allaqachon ishxonasida edi. Uni oldiga Yoongi ham bor edi. Ular Taehyungni gʻazab bilan kelganini koʻrdi
Tae: Jimin! Sen bilasan! Jungkookni qayerdaligini sen bilasan! Ayt qayerda u?
Jm: pochcha bilsam sizga aytar edim. Koʻrmayapsizmi men ham uni qidiryapman
Tae: uni yoʻqolishidan oldin ohirgi koʻrgan inson sensan! Seni qoʻlingdan keladi. Jungkookni olib ketish sen uchun muammo emas
Jm: uni olib ketdim ham deylik! Ammo Koreyani titib tashladingizku pochcha! Men uni qayerga berkitaman?
Taehyung endi jim qoldi. Rostan ham u toʻgʻri aytayotgan edi. Taehyung Koreyani titib tashladi, ammo Jungkook yoʻq edi.
Tae: Jimin! QAYERDALIGINI AYT JUNGKOOKNI!
Jm: MEN BILMAYMAN! NEGA MENI SOʼROQLAYSIZ? MEN SIZDAN UNI QANDAY BERKITAMAN? QIDIRMAGAN JOYINGIZ QOLMADIKU
Yoongini ovozidan keyin Taehyung ham Jimin ham jim boʻlishdi. Jimin endi Yoongini manipulyatsiya qilishi kerak! Boʻlmasa ular Jungkookni topib olishadi. Jimin moʻltirab kelib Yoongini quchoqlab oldi
Jm: mushukcham ayting! Bu men emasman! Jungkookni qayerdaligini bilmayman. Men faqat sizni yoningizda keyin kompanoya boʻldimku. Qanday qilaman ularni?
Yg: boʻldi boʻldi gulim! Taehyung Jimin rost aytyapti. U meni yonimda va kompaniyada edi. Qanday qilib Jungkookni oʻgʻirlasin? Tunda uygʻonganimda ham quchogʻimda uxlayotgan edi. Esingni yigʻ Tae!
Tae: baribir sen qilgansan Jimin!
Taehyung shunday deb ketib qoldi. Jimin yana Yoognini manipulyatsiya qilib yigʻlay boshladi. Yoongi ham uni koʻz yoshlariga aldandi
Yg: yigʻlama gulim Taehyung Jungkook yoʻqolib qolganiga asabiylashdi
Koʻp insonlar aytadi. Koʻzlar yolgʻon gapirmaydi deb. Ammo bu yolgʻon! Koʻzlar juda ham aldamchi. Inson ich-ichidan boshqa narsa desa ham koʻzlari buni aksini aytadi, yuzi esa buni yashiradi. Jiminni koʻzi hech qachon manipaldandiyaga kelganida rost boʻlmaydi. Jimin ajoyib manipulyator. Ammo bu manipulyatorligi Jungkook va Jinga oʻtmaydi