April 9

Sevgisi oldidagi ojiz mafia 2

Yoongi Jiminni xonaga olib kirdi va yotqizdi, oʻzi ham uni quchoqlab uxladi. Xizmatkor esa bularni koʻrib hayron edi. U Jiyoonni tashlab nima boʻlishini bilmoqchi edi

Ersiragan Xpov: shunchalik shavqatsiz mafiani ham nozik tomoni bor ekandan. Baribir Suga meniki boʻladi. Erkak kishi bitta xotin bilan qoniqmaydi. Mendek sexy qiz unga yoqaman. Ammo xotinini boyligi ham unikidan kam emas. Lekin Suga kuchli va ideal. Shunday qilamanki xotining seni tashlab ketadi Agust D!

Xizmatchi ham Jiyoonni quchoqlab yana uxladi

Oradan kunlar shu tarzda oʻtar edi. Dori yordamida Jiminni xotirasi tiklana boshladi, ammo negadir sezdirgisi kelmas edi. Aqli aytma derdi. Jimin kamdan-kam holatda yuragiga quloq soladi. U har doim aqliga quloq solib ish qilgan inson edi

Bugun Jimin Jungkooknikiga ketgan edi, oʻzi bilan Jiyooni ham olib ketgan edi. Bu haqida Yoongiga aytmagandi. Yoongi mast holatda uyga keldi, buni koʻrgan xizmatkor ham Jiminni kiyimini kiyib oldi va Yoongini oldiga keldi

Yg: moviy kapalagim meni kutib oʻtiribsanmi? Kelaqol men seni sogʻindim

Yoongini koʻziga xizmatkor Jimin boʻlib koʻrina boshladi. Chunki ustidagi kiyimni Yoongi sovgʻa qilgan edi. Yoongi juda koʻp ichgan va mast. Bu xizmatkorga qoʻl keldi. U ham sekin borib Yoongini quchogʻiga kirdi. Yoongi mastligi sabab uni Jimin deb oʻyladi

Yg: Jiminim men kutdingmi? Senga bergan kiyimim yarashadi bilasanmi?

Ersiragan qiz: meni qanchalik sevasiz, mushukcham?

Xizmatkor Jiminni ovozini oʻxshatib gapirdi. Yoongi ham bunga ishondi

Yg: sen uchun oʻlaman, sen uchun oʻldiraman. Sen uchun hamma narsa qilaman!

Ersiragan qiz: bolamizchi?

Yg: u sendan keyingi oʻrinda. Sen men uchun hammasidan ustunsan

Ersiragan qizpov: nima bittagina yigitni ham shunchalik sevish mumkinmi? Odam ichsa yolgʻon gapirmaydi. Hattoki bolasi ham keyingi oʻrinda. Ammo hozir homilador boʻlib olsam, keyin menga anavi Jimin hech narsa qilolmaydi

Qiz endi yopishmoqchi boʻlganida tansoqchi kelib qoldi va ularni tezda ajratdi. Xizmatkor unga yomon qaradi

X: indama oʻzi meni hohlayaptiku

T: esingni yigʻ ahmoq! Agar Bossni hayotidan Janob Jimin ketsa nima boʻlishini bilasanmi?

X: menga uylanadi. Uni bolasi meni qornimda boʻladi

T: sen rostan ahmoqsan! Bundan 5 yil oldin ham shunday voqea boʻlgan. Boss u qizni qornidagi bolasiga ham qaramay oʻldirgan, seni tirik qoldirib uylanadimi? Senga aytdiku hech narsa Jimindan ustun emas. Hoziroq Janob Jiminni kiyimini yech va yoʻqol! Ishdan boʻshading

X: menga buyruq berolmaysan

T: agar ertaga bu haqida Bossga aytsam qanday oʻldirishini bilmayman. Ammo osson oʻlim topmaysan va tirik qoldirmasligi aniq! Hozir omading borida aytganimni qil

Ersiragan X: ketmayman!

T: oʻzingdan koʻr

Tansoqchi Yoongini xonasiga olib chiqdi va yotqizdi. Halaqit beradigan kiyimlarini yechib qoʻydi. Yoongi allaqachon uxlab qolgan edi. Ersiragan qiz ham Jiminni kiyimlarini yechdi. 5 daqiqadan keyin Jimin va Jiyoon ham keldi

Tpov: vaqtida kelib qolibman! Boʻlmasa boss hammamizni tiriklayin yoqib yuborar edi

Ersiragan qizpov: hm shu Jiminni nimanisini sevadi? Men undan chiroyliroqmanku! Didi oʻlik tugʻulganmi buni? Er-xotinni didi oʻlik tugʻulgan! Suga manavini tanlagan, rostan ham didi yoʻq. Jiminni kiyib olgan narsalarinichi, boyni xotinisan tuzukroq kiyinib yur

Jimin xonaga chiqib qaradi. Yoongi uxlab qolgan edi. Jimin kiyimini alishtirib u ham yotib uxladi

Yoongi yarim tunda uygʻonib ketdi. Qarasa xotini uni yonida yotgan ekan. Yoongi uni quchoqlab oldi va yana uyquga ketdi

Hamma uygʻondi, bitta Suga hali ham uxlar edi. Chunki koʻp ichgan edi. Soat allaqachon 10:00 boʻldi. Yoongi koʻzlarini ochdi va atrofga qaradi, oʻzining yotoqxonasida edi. Yuvinib, kiyinib pastga tushdi

Qarasa Jimin kuchugi Ddosun bilan oʻynayotgan edi

Yg: gulgʻuncham uygʻondingmi?

Jimin ovoz kelgan tarafga qaradi. Yoongu uyqudan uygʻongan edi

Jm: ha keling. Nonushta qilib oling

Yoongi oʻtirib nonushta qila boshladi. Yana oʻsha ersiragan qiz keldi va shartbat quydi. Qizni koʻkraklari ochiq edi, ammo Yoongini bor etibori Jiminda edi

Uzunroq

Ygpov: u juda ham yoqimtoy. Oradan yillar oʻtdi ammo Jimin hali ham 5 yil oldingidek yosh va goʻzal. Dori tasir qilyapti shekilli Jimin mendan hech narsani soʻramayapti. Agar bilib qolsa xafa boʻladi

Ochkoʻz Jimin yohud Yoongini kutib ovqatlanmagan Jimin

Ersiragan qizpov: nima men bu kiyimni kim uchun kiydim? Nega bu toʻnka qaramayapti? Balki oʻsha tansoqchi rost aytgandir oʻrnida boshqasi boʻlganida allaqachon men bilan birga boʻlgan boʻlar edi. Nima shunchalik sodiq erkak bormi? Mayli kechga kaltaroq kiyinaman

Yg: Gulgʻuncham dori tasir qilyaptimi? Biror nimani esladingmi?

Jmpov: nima dey? Ammo aqlim aytma deyapti. Aytmaychi

Jm: yoʻq hali hech narsani eslamadim

Yg: mayli gulgʻuncham dori tasir qilib qolar. Xavotir olma men senga yordam beraman

Ygpov: yaxshi dori tasir qilyapti. Hech nimani eslama Jiminim. Xotira yomon narsa. Bu insonga azob beradi. Qaniydi men sen uchun nimalar qilyotganimni bilsang. Men seni azoblardan qutqarayapman

Ular nonushta qilib boʻlishdi. Kechagi tansoqchi Yoongini oldiga keldi va

T: janob!

Yg: nima?

T: kecha uyga mast axvolda keldingiz. Yangi xizmatkor mast ekanligingizdan foydalanib...

Yg: NIMA QILDI? JIMINGA XIYONAT QILDIMMI?

T: yoʻq yoʻq tinchlaning. Men vaqtida kelib qoldim. U janob Jiminni kiyimidan kiyib olgan ekan. Men unga ishdan ket dedim ammo u ketmayman dedi. Shuni sizga aytgandim

Yg: hoziroq uni omborga olib bor. Agar Jimin yoki Jiyoon sezib qolsa ishdam boʻshadi deysan!

T: hoʻp Boss