Lucifer
Taehyung Jungkookni yuzidagi chandiqqa qaradi. Ammo negadir bu chandiq Jungkookga yarashar edi. Bir tomonlama qilgan ishiga afsuslandi, balki Jungkook jazo berar deb oʻylab ham qoldi
Tae: malagim meni kechir! Boshqa unday qilmayman. Jahlim chiqib ketdi
Taehyung hattoki otasi borligini ham unutdi. Yagona istagi Jungkook edi. Janob Kim ham oʻgʻlini yana hursandligidan mamnun. Janob Kim aslida toʻgʻri aytgan edi. Gap Jungkook haqida ketsa Taehyung xotinidan boshqasini oʻylamaydi. Chunki Jungkook uni nogironlikdan tuzatdi, mehr va etibor berdi, unga yomonlik qilganlarni yaxshigina jazoladi. Ayniqsa oʻgay onasini. Uni hech vaqosiz qoldirdi. Jungkookni sevgisi kuchli ammo oʻzini koʻp ayblayapti. Taehyung Jungkookni yuzi yoki tanasini sevmadi. Taehyung Jungkookdagi poklikni, mehribonlikni sevdi. Jungkook boy, bazan shavqatsiz boʻlsa-da koʻnglida kiri yoʻq, yordamga tayyor edi.
Ular hammalari oʻtirib ovqatlanishdi. Keyin hamma oʻz xonasiga kirib ketdi. Taehyung xonaga kirishi bilan Jungkookni quchoqladi. Ammo Jungkook uni quchoqlamas edi. Jungkook bundan ancha avval tekshiruvdan oʻtgan edi, u rostan ham farzand koʻrolmaydi. Ammo bu haqida Taehyungga aytsa ham befoyda. Taehyung oʻlsa oʻladiki Jungkook bilan ajrashib boshqasiga uylanmaydi. Buni Jungkook ham, Janob Kim ham, Jungkookni oilasi ham.yaxshi bilishadi. Taehyungning ikkita nozik tomoni bor. Biri otasi boʻlsa ikkinchisi xotini
Tae: malagim! Boshqa bunday hazil qilma! Men sensiz yasholmasligimni bilasanku! Nima? Mehmon boʻlib borganmiding? Mehmon boʻlib borsang nega chemadaningni olding?
Jungkook ortiq chidolmadi. Piqqillab yigʻlab yubordi. Taehyung 5 yillik turmushi davomida Jungkookni yigʻlaganini eslolmaydi, sababi u umuman yigʻlamagan. Taehyung uni yuzidan ushlab oʻziga qaratdi
Tae: malagim! Nega yigʻlaysan? Nima boʻldi? Kimdir seni xafa qildimi? Ayt malagim kim seni xafa qildi? Borib tilini sugʻurib olaman
Jk: Taehyung....iltimos men bilan ajrash! Bu sen uchun yaxshi
Taehyung yana jahl otiga mindi ammo uni urmadi. Negaki Jungkookni axvoli battar boʻlishi mumkin. Taehyung Jungkookni yotoqga itardi va ustiga chiqib oldi
Tae: nega? Nega faqat shu gapni tinmay aytyapsan? Nima boʻldi senga?
Jk: Sen men bilan qolsang, ota boʻlolmaysan!
Taehyung uchun bu gap yurak-yuragidan oʻti ketdi. U 15 yoshidan beri ota boʻlishni orzu qiladi. U Jungkookni uchratganidan keyin ham oʻylar edi. Jungkookni homilador boʻlishini, unga bola tugʻib berishini oʻylardi va hursand boʻlar edi. Ammo hozir Jungkook bu gapni aytyapti
Tae: nima demoqchisan, malagim?
Jk: men tekshiruvdan oʻtganman. Men farzandli boʻlolmayman. Agar sen bilan ajrashsam, sen ota boʻlasan va orzuyingga yetasan
Tae: Malagim, hayotim, jannatim, mening moviy kapalagim, tanxo yulduzim, mitti quyoncham! Bu gaplarimni ikki qulogʻingga quyib ol. Sen men xotinim boʻlmas ekansan, sen meni yomimda qolmas ekansan, men bilan ajrashmoqchi ekansan menga hech qanday bola kerak emas. Men uchun sen yonimda qolsang bas! Mayli meni bolalarimni tugʻma, ammo yonimda qol. Meni aslo tark etma
Jungkook erini quchoqladi. Taehyung ham ota boʻlishni, farzandlari bilan oʻynab- kulishni istar edi ammo jonidan ortiq sevgan xotini tugʻa olmaydi, undan ajrashishni soʻraydi. Jungkook vada bergan edi, hech qachon tashlab ketmayman deb ammo Taehyungni farzandli boʻlishi uchun vadasini buzyapti. Jungkook Taehyungni oʻzidan koʻproq sevadi, va shuning uchun ming alam, rashk bilan bu qarorga keldi. Jungkook ham buni istamas edi. U ham Taehyung bilan farzandlarini katta qilishni istar edi ammo.... Jungkook Taehyungni oʻzgasi bilan tasavur qilolmaydi, bunga rashki yoʻl qoʻymaydi, biroq u erini baxti uchun bunga majbur
Taehyung Jungkookni quchoqlab oldi va boshini siladi
Taepov: Men Jungkookni gaplaridan hayron qoldim. Men ham uni farzand koʻrolmasligi haqida bilmagan edim. Ammo u hozir shu gaplarni aytdi. Meni yuragimga nimadir sanchilgandek boʻldi. Ammo yonimda Jungkook boʻlmasa menga bola kerak emas. Menga faqat otam va malagim kerak. Qolganlarga nima boʻlishi meni qiziqtirmaydi. Mayli mitti quyoncham bola tugʻib bermasin, asrab olamiz. Ammo yonimda jannat iforligim qoladi. Men oʻz hayotimni Jungkooksiz tasavvur qilolmayman. Axir uning ifori men uchun kislorod, tanasi mem uchun ozuqa, ovozi esa eng yaxshi kuy, sochlaridan atirdan ham shirin hid taraladi. Menga Jungkook kerak qolgani muhum emas
Taehyung ham uxlab qoldi. Ammo baribir Jungkook niyatidan qaytmadi. U tungi soat 01:00 da uydan chiqib ketdi. Jungkook bu uyda 5 yildan beri yashaydi va qoʻriqchilar qachon va qayerda boʻlishlarini yaxshi biladi. Bu payt qoʻriqchilarni oʻrni almashadi. Yani hamma uyquga ketib, oʻrniga boshqalari keladi. Jungkook ham bu fursatdan foydalandi