Obsession
Janob Kim tilidan tutilganini sezdi va bir nuqtaga qaragancha jim qoldi. Lekin shu jim qolishi ham unga bir tarsaki olib kelardi. Bir tomonda boʻlsa Kim xonim erini sukutidan jahli chiqib borardi.
K.x: siz boshqa ayollarni ham bilasizmi dedim!
J.k: ha bilaman mana masalan qaynisingling Minju. U ham senga oʻxshagan chiroyli haliyam oʻsha-oʻsha
Taepov: dadam vaziyatdan chiqib ketdi
J.kpov: xayriyat vaziyatdan chiqa oldim boʻlmasa bu tun uyda xotinimni yonida emas hovlida koʻrpa-yostiqsiz yotardim
K.x: ha singlingiz ham yoshdek koʻrinadi
Jh: Ukajon Jungkook bilan qayerda tanishgansizlar? Nahot u seni qandayligingni bilmagan?!
Tae: akajonim men yagonam bilan idollik vaqtimda tanishganman. Entertaiminetga borgan kunimda uni koʻrganman va idol boʻlishga qaror qilganman. Sababi ham yagonamni koʻrish va unga yaqin boʻlishi uchun. Men nima qilgan boʻlsa hammasini u uchun qilganman
Ny: ukajon senga havas qildim hammamiz sendek baxtli boʻlib yuraylik
J.k: Jihoon oʻgʻlil sen qachon uylanasan? Mana ikkingizdan kichik oʻzini sevganini topdi sen ikkalang hali ham soʻqqaboshsanlar
Jh: ishim koʻp hali koʻpini bitirmadim
J.k: sen ikkovingni doim bahonang tayyor! Ikkalang ham oʻzing sevganingni uchratmasang oʻzim topaman
Kim xonim va Taehyung kulishdi. Bu ularga odatiy xol edi. Qachonki Janob Kim Nayon va Jihooning toʻyi haqida gapirsa ikkisi ham birdaniga Dasa deyishardi. Ona-bola esa qiqirlab kulardi
J.k: nima Dada a? Nima dada? Meni ham nabiralik boʻlgim keladi! Jihoon seni allaqachon 2 ta bolang boʻlishi kerak edi sen haliyam yuribsan. Senchi Nayon? Mana shu modaga kiritgan oʻzim ahmoq! Kelib-kelib seni modaga ham kiritamanmi?
Tae: yagonam bilan endi turmush quramiz opajon
Jh: nima sen unga tegmadingmi?
Tae: men unga toʻygacha tegmayman! Bunga vada berganman har qaysi xolatda ham u men uchun muhum
Ny: oh ukaginam eyyy sendek mehribon yana qayerda bor? Shartda borib erga tegaman oʻlay agar
Tae: mendakasi olamda yoʻq lekin mendan foyda yoʻq
Bu payt xonada Jungkook tinmay oʻylardi. U har tun tushida Doyeon bilan oʻtgan vaqtlarini koʻrardi. Jungkook yolgʻiz qolsa bas, faqat uni oʻylardi. Lekin Taehyungga qilgan nohaqliklari ham esidan chiqmasdi. Yana Taehyung u uchun qilgan ishlari ham
Jkpov: Seni juda sogʻindim Doyeon. Meni ham olin ketsang nima boʻladi? Men seni yoningga borgim kelyapti, seni koʻrgim va quchogʻingda yotgim kelyapti. Men buni juda sogʻindim. Sen meni doim gulim derding. Sen men uchun gulsan, mening bogʻimdagi yagona va noyob gulsan shuning uchun ham seni gulim deyman derding. Sen meni bogʻbonim eding, men esa seni topilmas guling. Lekin qara bizga nima boʻldi? Meni oʻzgasi olib ketdi va menga oʻzi bogʻbon boʻldi. Ammo senchalik mehribon bogʻbon boʻla olmadi. Men tan olaman Taehyungga koʻp nohaqliklarni qildim, juda ham koʻp. Ammo baribi sevgim uchun qildim. Men nima qilgan boʻlsam ikkimiz uchun qildim
Hamma oʻz uyiga ketdi. Oilada hammani oʻzini uyi bor edi. Lekin Janob Kim va Kim xonimni emas. Ular birgalikda yashashardi. Jihoon va Nayonni oʻzlarini uyi bor edi
Ishxonasiga kirdi va stullga gʻazab bilab oʻtirdi. Necha yillar davomida u oʻziga chiroyli juft qidirar ammo hech topilmasdi. Ammo qanday qilib Taehyungga bu qadar chiroylisi uchradi?
Jhpov: nega? Nega hamma yaxshi narsalar doim Taehyungga boʻlgan? Men farzandlar ichida eng boyi boʻlmoqchi edim ammo Taehyung eng boy boʻldi. Chiroyli juft ham topaman desam eng chiroylisi ham Taehyungda? Nega? Nega men emas? Nega oyim ham dadam ham doim unga etibor berishadi? Axir men ham ularning farzandimanku. Aybim katta farzand ekanimmi? Doim Nayon va men chekkada turamiz va etiborga olinmaymiz. Ammo oʻsha Taehyung har doim etibor markazida boʻlgan.
Jihoon chidolmay yigʻladi. U ham ota-onasini ozroq etiborini istardi. Yoshlikdan shunaqa edim 6 yoshigacha Jihoon juda baxtli edi, hattoki undan keyin ham. Ammo Taehyung tugʻulgandan soʻng Nayon ham Jihoon ham qarindoshlar ichida unutildi. Lekin ota-onasi unutmadi. Ular shunchaki ota-onasidan maslahat soʻramadi. Taehyung doim maslahat soʻragan va shuning uchun ham Janob kim va Kim xonim uni muammosini oʻylashardi. Qolgan ikki farzandi umuman aytmagan. Ular soʻrashsa ham muammosini aytmagan
Nayon ham oʻzining orzusidagi uyiga keldi. U yoshligidan shunaqa uyi boʻlishini orzu qilgan va katta boʻlib ishlab oʻzi shunaqa dizaynda qurgan
Nayon xonasiga kirmadi. Borib hovliga oʻtirdi
Nypov: qani edi men ham Jungkookdek sevilganimda? Chiroyim bor, pulim bor, qomatim ham bor ammo mendagi xudbinlik shu baxtimga qarshi chiqdimikin? Manmanligim tufaylimikin? Balki pastlkashligimdadir?! Lekin Jungkookka havas qilyapman. Unga jonini berib sevadigan, oilasi oldida gʻururini chetga suradigan va gʻamxoʻrlik qilishdan uyalmaydigan kishisi bor. Menda kim bor? Taehyungdek sevadigan kishim yoʻq! Meni oʻylaydigan ota-onam ham, bor ammo yoʻqdek. Akamni esa gapirmay. U gʻirt telba. Taehyung ham sevib oʻzgaribdi. Oldingi gʻururli va etibor talabligi yoʻq. Hamma etiborini Jungkookka bergan. Doim dugonalarim menga havas qilishgan. Ularning oilasi 1 yil ishlab toʻpgan pulni men bir oyda safrlardim, oʻzimni doim birinchilikka qoʻygan xudbin edim. Men doim shunday oʻylaganman. Faqat oʻzingni sev oʻzgani unut. Balki men ham oʻzgararman. Men ham Jungkookdek sevilsam edi
Nayon yuzida achchiq tabassum bilan xonasiga kirdi. U ham sevilgisi kelar, sevilish qanday boʻlishini va undagi baxtni his etishni juda istardi. Lekin shuncha yil davomida faqat oʻzini oʻyladi, oʻzini birinchilikka qoʻydi va oʻzgani unutdi. Uni sevadiganlar koʻp ammo ota-onasining kuch-qudratidan qoʻrqadiganlar koʻp edi. Nayonni oʻzi ham ancha-muncha kishiga soʻzi oʻtardi. Maktabda " Qirolicha " nomini olgan ilk va soʻngi qiz edi
Taehyung xonaga chiqdi va Jungkookka qaradi. Jungkookning koʻzini tagi nam edi. Bu uni yigʻlaganligidan dalolat berardi. Jungkookning yigʻisi ham Taehyungni gʻazabga duchor qilardi va bazan oʻzini ayblashga ham olib kelardi