May 10

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

3-qism

Lider Soren Janon Jeonni chaqirtirdi. Janob jeon ham keldi va Liderga hurmat koʻrsatib tiz choʻkdi

Tae: xush kelibsiz Janob jeon

J: rahmat Liderim. Menga nima topshirigʻingiz bor?

Tae: xotimim qani?

Janob Jeon birdaniga toshdek qotdi. Axir Taehyung bu vaqtdagacha Jungkookni unutishi kerak edi. Ammo Jungkook hali ham uning yodida. Janon Jeon yolgʻiz oʻgʻlini Sorenga berish niyati yoʻq va suyukli xotini ham shuni vasiyat qilgan edi

Sr: qani xotinim? Siz meni xotinimdan ayirmoqchimisiz? Buning jazosi nima ekanligini bilasiz, shundaymi? Siz 28 yil davomida Jungkookni yashirishga urundingiz. Jungkookim bu vaqtgacha General ham boʻlishi mumkin edi ammo u oddiy askar. Nega ekan, a? Sizga bir narsada rahmat aytaman. Uni hech kimga bermadingiz. Endi esa uni oʻz eriga bersangiz

Soren umrida kimgadir salgina samimiy gapirdi. Ammo Janob Jeon nima qilishni bilmay qiynalardi

J.j: Liderim menga biroz muhlat bering iltimos, oʻgʻlim bu haqida umuman bilmaydi. Unga yotigʻi bilan tushuntiraman. U koʻnadi

Tae: koʻnmay qayoqqa boradi? Bu hududda hech kimni kuchi yetmaydi menga.

J.j: Liderim Jungkookni yaxshi bilmaysiz. Sizni mensimasligi ham mumkin

Tae: uni qoʻlidan kelmaydi. Axir men Liderman. Uni oʻldirishim ham mumkin

Janob Jeon oʻgʻlini oʻldirilishidan qoʻrqdi. Ammo Taehyung ham ancha samimiy ekanligini koʻrdi. Ammo Janob Jeon uni ham, otasini ham, onasini ham yaxshi tanirdi. Taehyung ulardan oʻtgan yovuz edi. Ammo Jungkook ham anoyilardan emas, oʻzini xafa qildirmaydi. Jungkook oʻzi istmasa hech kinga parvo qilmaydi, etibor bermaydi. Xattoli u Lider Soren boʻlsa ham!

J.j: u onasidan keyin oʻlimdan qoʻrqmay qolgan. Onasining vafotiga ham 12 yil boʻldi. Jungkook oʻsha payt endigina 16 yoshda edi. Jungkook hali bu narsagarga tayyor emas deb qoʻrqaman, Liderim

Tae: allaqachon 28 ga kirdi. Bu paytgacha uni 2 ta bolasi boʻlishi mumkin edi ammo men erkinlik berdim. Hoziroq uyingizga borasiz! Xotinim bilan gaplashasiz! Unga hammasini aytasiz! Keyin u mashinaga minib mening uyimga keladi. 3 kun oʻtib esa toʻy qilamiz! Endi esa ruhsat

Janob Jeon ketdi. Tezda uyiga bordi va oʻgʻliga yetib kelishini aytdi. Jungkook ham ming xavotir bilan bordi. Otasi kirishi bilan uni quchoqladi

Jk: dada tinchlikmi? Nima boʻldi?

J.j: oʻtir aytib beraman

Ular oʻtitishdi. Janob Jeon oʻgʻlini qoʻllaridan ushladi. Jungkookni esa xavotiri oshardi

J.j: esingdami oʻgʻlim? Sen nega liderga yaqinlashmasligim kerak deb soʻraganding?

Jk: ha..xoʻsh nima boʻlibdi?

J.j: bundan 28 yil avval seni unga unashtirganmiz

Jungkook turgan joyida qotib qoldi. Naxot doʻsti Kai aytgani haqiqat boʻlsa? Naxot oʻsha qurbon Jungkook boʻlsa? Naxot hammasi haqiqat?

Yigʻlamadi💔 ammo yigʻlasa sal yengil tortardi

J.j: meni va oyingni kichi ularga yetmadi. Oying seni bermayman deb turib olgandi. Ammo Lider va unign xotini indashmadi. Men seni bekorga 5 yoshingdan sportga bermadim. Seni kuching ularga yetishi uchun berdim. Oying seni 16 yil yashira oldi ammo qolganiga bardoshi yetmadi. Lider Soren seni olib ketishini ham aytdi. Men bekorga seni mansabingni oshishini istamadim. Bolajonim mendan xafa boʻlma. Men ojizlik qildim

Janob jeon shunday deb yigʻlab yubordi. Ammo Jungkook oʻzini bosdi. Chunki u onasiga vada bergan. Hech qachon yigʻlamaslikka, hech qachon qoʻrqmaslikka, hech qachon yolgʻon gapirmaslikka, har qaysi holatda ham sevganini himoya qilishga vada bergan. Jungkook har doim vadasini bajargan. Ammo u Sugani oʻylayapti. Axir u Sugani jonidan ortiq sevadi, u boʻlmasa yasholmaydi. Suga ham shunday. Ammo taqdir Jungkookni ustidan yotib olib kulyaptimi?

Oradan koʻp oʻtmay Sorenning oʻzi keldi. Bu payt Jungkook xonasida uxlab qolgan edi. Sorenni koʻrib Janob Jeon tiz choʻkti

Tae: nega xotinim kelmadi? U bu payt uyimda boʻlishi kerak edi. Qani u? oʻzim olib ketaman

J.j: u xonasida, menimcha uxlab qoldi

Taehyung xonaga kirdi. Qarasa rostan ham Jungkook uxlab qolgan ekan. Yuzida hech qanday yigʻi alomati yoʻq edi. Bu shunchaki charchash edi

Yotoqda

Taehyung uni koʻtarib oldi

Uxlayapti va norm kiyimda

Mashinaga mindirib uyiga olib ketdi. Buni uy emas qasr deyishardi. Katta va xaybatli qasr edi

Taehyung Jungkookni oʻzini xonasiga olib kirdi va yotoqga yotqizdi. Jungkook allaqachon uygʻongan ammo doe koʻzlarini yumib olgan edi. U oʻzini uxlagandi solgandi. Taehyung Jungkookni yuzidan siladi

Tae: jahannamga xush kelibsan, xotinjon. Endi memga tegishlisan, seni ishing meni sevish xolos. Bilaman meni eshitmayapsan. Ammo shuni bil sen faqat menikisan. Yuraging ham menga tegishli

Jkpov: hih koʻramiz. Mening yuragim Sugani deydi. Undan oʻzgasi menga kerak emas.

Taehyung xonadan chiqib ketdi. Jungkook esa sekin koʻzini ochdi. Begona xona, qiimmatbaho mebellar va yumshoq yotoq. Bularning bari mamlakatda bir dona edi. Yani Lider Sorenniki edi

Jkpov: xona ajoyib. Ha Lider Sorenning xonasi boʻlganidan keyin goʻr boʻlsinmi? Mayli 1 soatdan keyin chiqaman. Sal hayotiyga oʻxshasin. Boʻlmasa bilib qoladi

Oradan 1 soat oʻtdi. Jungkook xuddi hozir uygʻongandek pastga tushdi. U oʻzini hech narsani bilmayotgandek tutardi. Shu payt Soren keldi va

S: uygʻondingmi xotinjon?

Jk: nima? Siz kimsiz?

S: ahh naxorki eringni tanimasang?! Men Lider Soren sening balajak eringman

Jungkook oʻzini hayratlanganga va endigina bu gapni eshitganga soldi. Bu shunchalik tabiiy ediki Soren ham sezmasdi

Ammo birdan Bogum yugurib kelib Taehyungni quchoqladi. Taehyung ham uni quchoqladi. Jungkook esa umuman rashk qilmadi yoli hayratlanmadi. Axir Jungkook uchun oʻzini shuncha yil tiymaydiku. Va eng asosiysi Jungkook uni sevmaydi

Bg: ayiqcham sizni sogʻindim

Tae: keldingmi Bogum?!

Bg: ha keldim

Tae: Xotinjon tanish mening shaxsiy foxisham. Bogum tanish mening boʻlajak xotinim

Jungkook yurib kela boshladi. Bu kelishlar jiddiy edi. Taehyung ham Bogum ham Jungkook hozir urush qiladi deb oʻylashdi. Ammo Jungkook

Jk: Tanishganimdan hursandman. Men Jeon Jungkookman. Sen bilan yaxshi kelishib ketamiz shekilli

Taehyung ham Bogum ham yoqasini ushlab qolishdi. Taehyung hozir katta urush boʻladi deb oʻylagandi ammo Bogum aytgandek U Jungkookka qiziq emasdi

Bg: hh..ha salom. Men Lee Bogumman. Urush qilasan deb oʻylagandim

Bu gapdan soʻng Jungkook shunchaki miyigʻida kuldi. Bu degani Soren menga qiziq emas oʻlsa ham farqi yoʻq degani edi. Taehyung buni sezdi va ichida nimadir salgina chirs etdi

Taehyung ishga ketdi. Bogum ogʻzida ushlab turgan gaplarini ozodlikka chiqardi

Bg: sen nenga boya urush qilmading? Kimsan Liderga xotin boʻlyapsan. Sen men bilan urush qilib sochimni yulishing kerak edi. Nega unday qilmading?

Jk: Soren men uchun ahamiyatsiz. Ha meni ahmoq deb oʻylashing mumkin ammo u menga qiziq emas. Hamma liderga yoqishga urunsa men hatto harakat ham qilmayman. Chunki men uni istamayman. Nega uni rashk qilib sendek chiroyli bila urushishim kerak? Men u haqida qaygʻurmayman, unga telpinmayman. Unga kimningdir etibori yoqmaydi. Onasiniki yoqmagan meniki yoqarmidi? Yana men uni sevish va etibor berish haqida oʻylab ham koʻrmadim. Menimchq seni sevging ikkingiga ham yetadi. U meni sevgimga loyiq emas

Jungkookning gaplaridan Bogum tilini yutib yubordi. Agar buni boshqalar eshitsa Jungkookni ahmoq deb oʻylashardi. Hamma Liderni orzu qilsayu bu kishiga yoqmasmush