July 14

Tanxo qirolicha

22-qism

Ular restarandan chiqishdi. Taehyung Jungkookni qoʻlini qoʻyib yuboray demasdi. Mashinada ham ushlab olgandi. Jungkookning qoʻli terlab ketdi

Jk: Teteyim...balki qoʻlimni qoʻyib yuborarsan!

Tae: nega qirolicham?

Jk: qoʻlim terlab ketdi!

Tae: menga baribir

Taehyung shunday deya Jungkookning qoʻlidan oʻpib qoʻydi va yoʻlida davom etdi. Ikkisi Jungkookning officega yetib kelishdi. Bu ikki kuchli qirollarni koʻrganlar hayratda edi. Biri biznes olamida qirol boʻlsa ikkinchisi mafia olamida qirol edi. Endi esa ikkala qirol birlashishgan edi

Tae: xoʻsh..kechki vaqt qirolichamni olib ketaman. Meni kuting hoʻpmi? Ketib qolmang!

Jk: hoʻp. Endi ishingga bor

Tae: hmm bosh ustiga zoti oliylari

Taehyung shunday deb kulgancha ketti. Jungkook bundan baxtiyor hamma ishchini oylik maoshini oshirdi. Oylik maosh oshganidan hamma hursand. Jungkook oʻz xonasida hursand xolda ishini bajarardi. Chunki uni 5 yillik orzusi amalga oshdi hattoki u istagandan ham koʻproq.

Jkpov: rahmat buvijon. Men oʻz istaganimga erishdim. Sizga qancha rahmat aytsam ham kam. Axir muddatidan oldin meni baxtimga yetkazdingiz. Ammo Taemin....u oʻlmasligi kerak edi. U kabi doʻstni hozir juda istayapman. Undan zoʻr doʻst bormikin?

Taehyung ham bu payt xonasida oʻzida yoʻq hursand edi. Nega hursand boʻlmasin?! Axir u 7 yillik sevgisiga erishdi va eng kulgulisi birinchi qadamni Jungkook qoʻydi. Bu Toplar uchun sharmandali holat. Lekin buni Taehyungga farqi yoʻq. Jungkook endi uniki!

Tae: VAAAACHACHCH Jungkook endi meniki Jungkook endi meniki. U endi meniki. U meniki. Meniki meniki u endi meniki

Taehyung shunday deb oʻziga-oʻzi aytib raqsga tushardi. Sevgisi uchun raqsga ham tushardi. Umrida oʻynamagan inson shu ishdan soʻng oʻziga-oʻzi qoʻshiq aytib raqsga tushardi. Bu olamshumul voqea, agar buni kimdir koʻrib qolsa

Taehyung va Jungkook intiqlik bilan kech tushishini kuta boshlashdi. Taehyung Jungkookni oldiga shoshardi. Garchi uning oldiga borishiga 1 soat qolgan boʻlsa ham. Jungkook ham aynan shuni kutardi. 1 soat ham 1 asrdek oʻtardi.

Nihoyat oʻsha ikki sevishgan kutgan bir soat tugadi. Taehyung 20 daqiqa avval keldi. Kompaniyadan asta-sekin ishchilar chiqa boshlashdi. Taehyung intiqib kutgan inson esa eng ohiri chiqdi. Ammo hammadan ajralib chiqdi. Ortida 6 ta qoʻriqchi va oʻzi tanxo boʻlib. Taehyung va uning odamlari esa Mafia qirolining qirolichasini kutishardi. U ham chiqdi. Jungkook chiqishi bilan Taehyungga qarab yugurdi. Taehyung uni koʻtarib aylantirdi va yuzidan oʻpdi

Tae: mening qirolicham ish bilab charchamadimi? Lekin men qirolichamni juda sogʻindim

Jk: ishga kelganimga 1 soat boʻldiku. Darrovdami?

Tae:hhhmm men qirolichamni har soniya sogʻinaman. Sizdek qirolichani kim sogʻinmaydi, a?

Jk: kettikmi?

Tae: qayerga boramiz? Olib boraman

Jk: meni uyimga

Tae: hoʻp kettik

Taehyungning odamlari hayron edi. Ularning koʻpchiligi Jungkook haqida bilishmasdi. Ammo eng hayratlanatlisi Koreyaning mafialar qiroli Koreyanimg biznesmanlar qiroliga QIROLICHAM derdi. Bu ularni hayratga soldi

Ular Jungkookning uyiga kelishdi. Bu oʻsha Jungkookning kirish qiyin boʻlgan va mukrakkab uyi edi. Ular mehmonxonaga borishdi

Tae: qirolichamning qorni ochmi?

Jk: yoʻq. Toʻqman

Taehyung kelib Jungkookni oldiga oʻtirdi va quchogʻiga tortdi. Axir bu uni juda ham yaxshi koʻrardi. Jungkooksiz telba boʻlardi. Taehyung shusiz ham telba. Ammo uning davosi, uning darmoni, uning oromi, uning xotirjamligi, uning baxti bu - Jungkook. Jungkook uning hayot manbayi

Tipa shunaqa faqat Tae qilgam va uyda

Taehyung Jungkookning sochlaridan silab peshonasidan oʻpdi. Bu ikkisiga ham birdek yoqdi. Jungkook ham butun dunyo boʻylab shahar kezib Taehyungni izlagan. U ham azob chekkan

Jk: TaeTae! Siz meni oʻsha yongʻinda uchratganmisiz?

Tae: aslida yoʻq. Bundan 7 yil avval sen 16 yosh eding. Hali ham yodimda. Magʻrur kulib boqishlaring, oʻziga ishonch bilan qadam bosishlaring. Aytganingni qildirishlaringni eslayman. Sen 16 yoshga toʻlganing uchun otang bazm qildi. Shu bazmda men ham bor edim. Yuzimni berkitgan holda bazmga bordim. Sen zinadan pastga tushding. Men sen kabi goʻzalni oldin koʻrmagandim. Sen nafaqat goʻzal balki hech kimga oʻxshamas eding. Dunyodagi hamma erkalik xarakterkari senda bor edi. Sen mukammal eding. Magʻrur, kuchli, oʻzi istagan odamga hohlaganidek muomula qiladigan, qaysar, injiq....ammo adolatli. Adolatli, mehribon, sofdil va sodiq eding. Sen shart qoʻysang oʻsha shartga oʻzing ham amal qiladigan odam eding. Aytgan gapingda turarding. Bazmda ikki koʻzim senda boʻldi, lekin sen meni sezmading.

Jk: aahh nega oʻshanda sizni sezmaganman?

Tae: seni etiboring mutlaqo boshqa narsada edi. Hech kim va hech narsaga parvo qilmasding

Jk: men oyimni sogʻinganman. Oyim 16 yoshingda senga oʻz qoʻlim bilan sharf toʻqib beraman degandi. Men oddiy sharf uchun ham manmun boʻlardim. Ammo oyim kasallikdan vafot etdi. Dadam shundan soʻng hamma etiborini menga berdi. Meni oʻksib qolmasin deb hamma aytganimni qildi. Ogʻzimdan nima chiqsa muhayyo qildi. Menga aslo yoʻq demadi. Men shundan soʻng erka boʻlib oʻsdim

Jungkook oʻz oyisi haqida aytar ekan koʻziga biroz yosh keldi. Taehyung esa aynan uning koʻzlariga qarardi. Jungkookning koʻzlari yoshga toʻlib hozur yigʻlab yuboradigan holatda edi.

Taehyung esa uning koʻzlaridan oʻpdi va sizib chiqqan yoshni yalab qoʻydi. Oohh bu koʻzyoshlar taʼmi! Dunyodagi eng qimmat ichimlik ham Jungkookning tomchi koʻzyoshichalik shirin emasdi. Taehyung buni yana istardi ammo bu uchun Jungkook yigʻlashi kerak! Yoʻq! Taehyung uni yana yigʻlashiga yoʻl qoʻya olmaydi

Tae: agar yana bir marta yigʻlasang seni xafa qilaman. Aslo yigʻlama! Sendagi tomchi koʻzyosh meni yuragimni tirnashini bilamaysan! Seni yigʻlatgan insonni ham tinch qoʻymayman..jazolayman! Hattoki u oʻzim boʻlsam ham

Jk: me...men oyimni sogʻindim TaeTae!

Tae: men ham oyimni sogʻinaman qirolicham. Shu chandiq ham onamdan soʻng boʻlgan. Otam shu chandiqni qilgan. Bunga ham 9 yil boʻldi. Men doim niqobda yurganman. Ayniqsa seni oldingda. Sen meni bu yuz va bu tana bilan koʻrsang sevib qolmaysan deb oʻylab eng yopiq kiyimlarni kiyganman va yuzimni ham berkitganman. Sen ham mendan nafratlansang bu hayotda yashashdan maqsadim qolmaydi qirolicham. Iltimos....hamma ketsa ham...sen meni tark etma. Men hammasiga chidayman faqat sensizlikka chidamayman. Sen men uchun butun boshli hayotsan

Jk: agar men oʻlsamchi?

Tae: bu haqida aslo oʻylama. Nimaniki oʻylasang shu ish sodir boʻladi. Sen oʻzingni oʻylamasang ham meni oʻyla. Sensiz qanday yashayman.

Jungkook Taehyungni quchoqladi. Taehyung ham uning mayin sochlaridan siladi va yuz yuzining chekkasidan oʻpib qoʻydi. Taehyung hech kim va hech narsadan qoʻymaydi...ammo Jungkook. U Jungkookka kelganda qoʻrqadi. Jungkook uni tashlab ketishidan, undan nafratlanishidan va unga qiziqmay qoʻyishidan qoʻrqadi. Axir u ham sevilish baxtini his qilishni istaydi, ayniqsa Jungkook bilan.