Tanxo qirolicha
Taehyung uchun butun boshli Choson ham Jungkookni eslatardi. Ammo bu vaqt Jungkook oʻz zamonida uygʻondi. Ammo u xonasida edi. Telefoniga qarasa bugun Juma ekan. Axir u oʻrmonga borishidan oldin yakshanba edi. Ammo qanday qilib? Sana ham oldingi! 5-aprel. Taehyungning zamonida 7-aprel edi
Jk: tush koʻryapmanmi? Bu boʻlishi mumkin emas! Axir yakshanba edi
Jungkook oʻrnidan turib pastga tushdi. Qarasa otasi kim bilandir hursand gaplashayotgan ekan
Jkdad: senga oʻzim qoʻngʻiroq qilaman! Tanxo qirolichaning suratini qancha boʻlmasin sotib ol! U surat meniki boʻlishi kerak
Janob Jeon ham qoʻngʻiroqni yakunladi va erkatoy oʻgʻliga qaradi
Jk: hozirgina nima dedingiz? Tanxo qirolicha dedingizmi?
Jkdad: ha oʻgʻlim. Bu bir qirolichaning surati. Sen etibor berma. Maktabinga boraqol
Janob Jeon ham ketdi. Ha! Jungkook toʻgʻri oʻylagandi. Tarix oʻzgardi. Oldin Tanxo qirolichaning surati yoʻq edi, ammo hozir otasi shu suratni sotib olish uchun ketyapti
Jkpov: Mening suratimni kim chizdi ekan? Shoshma! Eunwoo! Uning saroyida suratimni koʻrgandim
Janob Jeon sotib olmoqchi boʻlgan bu suratni Eunwoo oʻz qoʻli bilan chizgandi. Bu Tanxo qirolichaning eng goʻzal surati edi va bu surat uchun Eunwoo 1 hafta vaqtini ketkazgandi
Jungkook ham maktabga bordi. Ammo bugun ingliz tili oʻqituvchisi kelmagani uchun oʻrniga tarix kirib turgandi. Tarix ustozi ularga shunchaki qarab turishi kerak edi. Jungkook bugun malaylari bilan gaplashmadi va sinfda oʻtirdi. Sinfga ustoz kirib keldi
Tx: salom oʻquvchilar. Bugun ingliz tili oʻqituvchingiz kelmagani uchun oʻrniga men sizlarga qarab turaman
Jk: Tanxo qirolicha....u haqida bilasizmi?
Tx: eh...uni bilmaydigan tarixchi bormi? Axir u Chosonning soʻngi qirolini sevgan rafiqasi ediku. Tanxo qirolicha oʻz davrida juda ham kuchli boʻlgan ammo uni oltin qafasda saqlashgan. Choson qiroli Kim Taehyung psix boʻlgan
Jk: aldayapsiz! Qirol Kim unday boʻlmagan!
Tx: sen hali yoshsan! Tarixni bilmaysan Jungkook!
Jk: Chosoning soʻngi qiroli Kimning tanxo qirolichasi boʻlgan. Oltin qafas tanxo qirolichaning ximoyasi uchun yasalgan. Tanxo qirolicha juda ham goʻzal boʻlgan, hattoki qirolning doʻstlari ham unga shilqimlik qilishgan. Tanxo qirolicha esa Taehyungda bor boʻlgan yagona yaqini edi. Tanxo qirolicha qirolni sevgan! Hech kim qirolni sevmagan, hamma uning mansabini sevgan ammo Tanxo qirolicha uni oʻz holicha sevgan. Tanxo qirolicha juda ham koʻp davlatga foydasi tekkan. Bepul taʼlimni u kiritgan. U oʻta aqlli siyosatchi boʻlgan. U juda ham kuchli va magʻrur boʻlgan. Hattoki Xitoyning sarkardasini ham magʻlub qilgan. Qirol Eunwooni ham Tanxo qirolicha oʻldirgan. Tanxo qirolicha juda ham ulkan yoʻlbarsga aylana olgan. Qirol Kim Tanxo qirolichaga umuman yolgʻon gapirmagan va yomonlikni tilamagan. Uning oʻlimidan soʻng ham uylanmagan! Tanxo qirolicha uning yuragi va aqlini egasi boʻlgan. Fransiya shaxzodasi Dante Kavellni ham u oʻldirgan. Tanxo qirolicha yoʻlbarsga aylanganida qirol uni koʻrib shaxzodani oʻldirgan mahluq deb oʻylab uni temir qamchi bilan urgan. Keyin Tanxo qirolichaning doʻsti kelib qolgan va u qirolga bu tanxo qirolicha ekanligini aytgan. Tanxo qirolicha 3 kun bexush yotgan. Qirol davlat ishini oʻylamagan va xotinini yonidan ketmagan. Tanxo qirolicha shunchalar goʻzal boʻlganki hattoki Xitoy imperatori ham uni sevib qolishiga bir baxiya qolganini oʻzi aytgan. Tanxo qirolicha 3 ta tilda mukammal gaplasha olgan. Fransuz, ingliz va xitoy tilida. U imperatorni koʻnglini olish uchun Chosondagi eng chiroyli joriyalarni oʻzi bilan olib ketgan. Qirol va Tanxo qirolichaning toʻyi boʻlgan. Ammo u payt qirolicha 15 yosh boʻlgan. Saroyga qul boʻlib kelgan ammo tanxo qirolicha boʻlib oʻlgan. Qirol unga hech kim u boʻlolmaydi deb takrorlagan. Tanxo qirolichaning oʻlimidan soʻng u uylanmagan va kulmagan. Qirol Tanxo qirolichaning aytganini soʻzsiz bajargan. Uning birgina kulgusi uchun hamma narsa qilgan. Qirolning baxti bu Tanxo qirolicha edi, ammo u 4 yil yashab keyin oʻlgan. Hattoki malikalarga uylanish taklifini bergan vazirlarga ham men hech qachon uylanmayman. Mening qirolicham Chosonning tanxo qirolichasi boʻlib qoladi degan. Qafas shunchaki ximoya edi. Qirol Kim umuman psix boʻlmagan. U shunchaki jahldor va rashkchi boʻlgan. Rafiqasini birovga berishni istamagan. Tanxo qirolicha qirol taxtida oʻtirgan birinchi va soʻngi qirolicha. Hattoki u qirolga qoʻk koʻtara olgan. Qirol unga shaharga chiqishni taqiqlagan. Chunki qirol Eunwoo tanxo qirolichani olib ketmoqchi boʻlgan. Qirol bundan qoʻrqib uni hattoki shaharga chiqarmagan. Chunki saroydan boshqa hamma joyda Qirol Eunwooning odamlari boʻlgan. Eunwoo Qirol Kimga Tanxo qirolicha evaziga davlatining 1/3 qismini va har qaysi dardga davo boʻladigan giyohni berishini aytgan. Ammo Qirol bermagan
Hamma bundan hayron edi. Tarixni t harfini bilmaydigan Jeon Jungkook hozirgina Tanxo qirolichaning hayotini soʻzlab berdi. Xuddiki yoshligidan tanxo qirolichaning hayotini oʻrgangandek. Bazi mulomotlarni ustoz ham bilmagandi
Tx: sen buncha narsani qayerdan bilasan?
Jk: buni ahamiyati yoʻq. Dadam ertalab Tanxo qirolichaning suratini sotib olish uchun ketdi. Tanxo qirolichaning oʻzi bir dona surati bor va shu suratni Qirol Eunwoo chizgan. Shu surat uchun 1 hafta vaqtini sarflagan ammo Tanxo qirolicha faqat Qirol Kimniki va shunday boʻlib qoladi
Hamma bundan hayratda edi. Ammo birgina inson Jungkookka ishonardi. Bu uning telefoni orqali kuzatayotgan Mafia Taehyung. U Jungkookni ikki yildan beri kuzatardi va hamma qingʻir ishlaridan xabardor edi. Tabiiyki bundan jahli chiqar va rashk qilardi.
Tae: sen buncha aqlli boʻlmasang chiroyligim?
Taehyung uni har lahza kuzatardi. Taehyungning qulogʻida doimi quloqchin bor edi, va bu Jungkookning gaplarini eshitishga yordam berardi. Hattoki unga aytilyotgan gaplarni ham. Taehyung Jungkookning telefonining ichiga ovoz yozish uchun juda ham kichik qurilma oʻrnatgan. Bu aslida juma ham qimmat ammo Taehyung qiziq emas! U Jungkookni nazorat qilsa kifoya
Jungkook motosiklida otasining oldiga bordi. Otasi surat uchun kattagina naxr taklif qilayotgandi. Bu oʻsha surat