Sevgisi oldidagi ojiz mafia 2
Muallif: Bu dunyoda hammaga mehr va etibor kerak. Har qaysi vaqt. Ammo ota-onalar va qarindoshlar bolaga faqat yoshligida mehr va etibor berishadi. Katta boʻlgani sayin bolaga mehr va etiborni unutishadi. Bola nimani istaydi bu bilan qiziqishmaydi. Bola yaxshi oʻqib, universitetga kirishi, moʻmaygina pul topishi va oilasiga ogʻirligi tushmasligi va obroʻsiga putur yetkazmasligi qattiq talab qilinadi. Bolalar etibor va mehrni yoqtirashadi. Hattoki qarib qolsalar ham. Etibor tortishni hohlamaydigan odamga hamma etibor beradi, yolgʻizlikni xush koʻradigan odamno oldida esa hamma boʻladi, yaqinlari boʻlishini istaydigan odami esa yonida hech kimi boʻlmaydi, kambagʻal boy hayotni orzu qilsa boy kambagʻalnikidek tinchlikni orzu qiladi. Qizlar oʻgʻil bolalarga osson deb oʻylashadi, oʻgʻil bolalar esa qizlarga. Ammo bu dunyoda hashamatli hayot kechirgan insonni ham bir kami bor. Hech kim mukammal emas, hech kimga bu dunyoda osson emas
Jungkook shunday dedi va Sena qotib qoldi. Naxot 17 yil avval tashlab ketgan oʻgʻli hozir badavlat boʻlgan? Naxot shuncha ishlarga qaramay uni yana oyijon deyapti? Senani koʻziga yosh keldi va oʻgʻlini quchoqladi. Jungkook esa joyida tosh kabi qotdi. U yana oʻsha iliqlikni his qildi. Otasi tirik paytlar onasi unga mehr berardi va koʻp quchoqlardi. Har kuni Jungkook onasi bilan yotardi va onasini suyardi. Ammo onasi pulga oʻch edi va pul, ishratga berilib oʻgʻlini unutgandi. Jungkookga mehr kerak vaqt undan oʻsha mehr tortib olingandi.
Sn: oʻgʻlim tuzukmisan? Men ahmoq nimalar qildim? Kir ichkariga bolajonim
"Bolajonim" Jungkook shu soʻz uchun nimalar qilmas edi. Yetimxonadagiliga yana oʻsha bolajonim deya onasini ogʻzidan eshitish uchun nimalardan kechmasdi. Jungkook Taehyungni ogohlantirmadi. Jungkook qayoqqadir ketmoqchi boʻlsa albatta erini ogohlantiradi ammo bu safar bilishini xohlamadi. Jungkook ham sekin onasini quchoqladi va koinot kabi koʻzlari ortiq chidolmay yigʻlab yubordi
Jk: oyijon sizni sogʻindim. Boshqa ketib qolmang
Sn: ketmayman bolajonim ketmayman!
Qoʻriqchilar ham achinishdi. Ular Jungkookni yaxshi tanishardi. Jungkook yoqimtoy, ayyor va aqlli edi. Har qaysi vaqt Taehyungni tinchlantirish u uchun muammo emas edi. Taehyung shu 5 yil mobaynida umuman Jungkookni yigʻlattirmadi. Jungkook 5 yil davomida yigʻlamadi, faqat kuldi, hursandchilik qildi. Ammo yigʻlamadi. Hozir esa yigʻlayapti
Sena bolasini tashlab ketganidan qattiq afsuslanib boʻlgandi. Soʻngi 10 yil juda ham qattiq afsuslangan edi. Sena Jungkookni yuzidan ushladi va koʻz yoshlarini artdi. Jungkook esa onasini qoʻllarini ushladi
Sn: bolajonim men ahmoq onangni kechir! Seni qadringga yetmadim quyonvoyim
Sm: bolam uyga kir aytib beraman
Jk: sizlar shu yerda qolinglar
Q: hoʻp bekam ammo boss qoʻngʻiroq qilsa nima deylik?
Jungkook va Sena uyga kirishdi va divanga oʻtirishdi. Jungkook onasining tizzasiga boshini qoʻyib oldi, xuddi yoshligidek. Onasi esa uni mayin sochlaridan siladi
Sn: seni oʻsha kun tashlab ketganindan keyin 7 yil yaxshi yashadim. U odam boy edi, meni hohlaganim boʻlardi. Ammo u kasal ekan asabi chiqsa bazan meni urardi. Ammo men shunga qaramay qoldim. Seni juda ham sogʻinardim. Olib ketmoqchi ham boʻldim ammo sen allaqachon ketib boʻlgan ekansan. Men juda ham qiynaldim. Meni sen kabi suyanadigan togʻdek oʻgʻlimni oʻz qoʻllarim bilan tashlab ketdim. Bolajonim meni kechir.
Jk: oyi men sizdan xafa emasman. Yuring ketamiz. Siz, men, Tete va Jihoo birga yashaymiz
Jk: Tete u meni erim asli Kim Taehyung. Jihoo meni oʻgʻlim
Jk: u juda ham yaxshi inson siz ham unga oʻz bolangizdek mehr bersangiz sizni yaxshi koʻrib qoladi. Jihoo buvisi boʻlishi istaydi yuring ketamiz
Sena Jungkookni sochlaridan siladi. Jungkook koʻp oʻtmay uxlab qoldi. Ammo telefoni uyda qolib ketgandi. Taehyung deyarli 90 marta qoʻngʻiroq qildi hamki javob boʻlmas edi. Taehyung kameralarga qaradi. Uyda hizmatchi ham yoʻq edi. Ular tashqarida ish qilishayotgandi. Eng asosiysi Taehyungning koʻz qorachigʻi, farzandidan rashk qilgan xotini, jondan ortiq sevgan va borini unga bergan xotini uyning hech qaysi burchagida yoʻq edi. Balki yashirnib olgandir deya uyga tezda keldi. Taehyung uyga kirishi bilan
Tae: JUNGKOOK...QAYERDASAN?....SEVGILIM... QANISAN? QUYONCHAM QAYERDASAN? CHIQ BU YERGA JUNGKOOK! HAZIL QILMA SEVGILIM
Taehyungni bu ovozidan qoʻriqchi va hizmatkorlar kelishdi
Tae: XOTINIM QANI? QAYERGA YASHIRINDI? OʼYIN QILYAPTIMI?
Bosh xizmatchi: Janob, Bekam ketdilar
Tae: Qayoqqa ketadi meni ogohlantirmay
Taehyugn telefonini olib Kaiga qoʻngʻiroq qildi va
Kai aytmasligi esiga tushdi ammo aytmasa ham boʻlmaydi.
Tae: CHAYNALMAY GAPIR QAYERDA XOTINIM? SEN BILAN KETDI DEYISHDI OLDINGDA BOʼLSA BER TELEFONNI
K: Boss tinchlaning bekam harid qilishga keldi
Taehyung Jungkookni haridga ketdi deb oʻylab inamadi. Chunki Jungkook 4 oydan beri xaridga chiqmagandi. Taehyung bunga ishondi va
Tae: shuni chaynalmay aytishni iloji yoʻqmidi? Qoʻrqib ketdimku gʻalcha
K: kechiring boss bekam kiyinish uchun kirib ketdi
Tae: chiqsa menga qoʻngʻiroq qil
Taehyung qoʻngʻiroqni oʻchirdi. Kai esa zudlik bilan uyga kirdi qarasa Jungkook onasining tizzasida uxlab qolgandi
K: kechiring honim ammo bekam ketishlari kerak boss qoʻngʻiroq qildi
Jungkook gʻingshib uygʻondi va qarasa Kai shu yerda ekan
K: bekam boss qoʻngʻiroq qildi sizni harid qilish uchun kelgan hozir kiyinish xonasiga kirib ketdi dedim tezroq endi haridga boraylik boss shubhalanadi
Kai chiqib ketdi. Jungkook onasiga chontagidan hamyon chiqarib bir plastik kartasini berdi va
Jk: oyijon biror nima kerak boʻlsa shundan foydalaning pin 1997