February 21

Lucifer

1-qism

Koreyadagi eng kuchli ikki inson bor edi. Biri Woonbin boʻlsa ikkinchisi Jeon Jungwoon

Ularni biri mafia edi biri esa CEO.

Kim Woonbin - yoshi 57 da. Koreyadagi N1 mafia. Birinchi xotini oʻlgan va ikkinchisiga uylangan. Taehyung birinchi xotinidan boʻlgan bola. Ammo ikkinchi xotini baxtsiz xodisa tufayli bolasidan ayrilgan va kisir boʻlib qolgan. Woonbin oʻgʻliga mehribon ammo ishi tufayli vaqt ajrata olmaydi. Shu kunlarda oʻgʻlini uylantirmoqchi. Har qanday insonga soʻzi oʻtadi, vadasida turadi

Jeon Jungwoon- yoshi 55da. CEO. Koreyada eng katta va eng kuchli biznesman. Uni biznesi shirinlik va ovqat ishlab chiqaradi. Eng kuchli top 10 ta biznesmanlik roʻyxatida N1. Kim Woonbin bilan doʻst. Yolgʻiz oʻgʻli bor. Jungwoon va uning xotini turmushidan 10 yil oʻtib Jungkook tugʻulgan. Jungkookni shuning uchun ham hamma aytganini qiladi.

Janob Kim yakkayu-yolgʻiz oʻgʻli boʻlgan Taehyungni xonasiga kirdi. Har doimgidek Taehyung derazadan tashqariga qarab turardi. U otasi kirganini sezdi va koʻzi bilan qaradi. Janob Kim uni yoniga kelib qoʻlini ushladi

Taehyungni xonasi

J.K: oʻgʻlim meni kechir. Senga ishim tufayli vaqt ajrata olmayapman. Ammo seni uylantirmoqchiman. Doʻstimni oʻgʻliga. U juda ham chiroyli va mehribon bola. Uni sevib qolasan. Koʻrinishi sovuqqon boʻlsa ham aslida mehribon. Bugun ularnikiga kechlikka boramiz. Sen ham borasan. Seni oʻzim chiroyli kiyintirlb olib boraman. Yoshi sendan kichik boʻlsa ham sen istagan odam

Taehyung bu gaplardan hursand boʻldi. U yolgʻiz qolmasligi uchun hursand boʻldi. U har kecha yolgʻiz yotardi va daxshatli tush koʻrardi. Ammo uni tinchlantiradigan hech kim yoʻq edi. U avtohalokatdan keyin yolgʻiz yotadigan boʻldi

Aravachada va boshqamar ignore

Tae: Rrrr...ros....rostan....rostanmi?

J.K: ha oʻgʻlim agar istasang ular biznikiga keladi

Tae:...biz....bii...biz bor...boray....boraylik

J.K: senga yoʻq deb boʻlmaydi oʻgʻlim. Mayli boramiz. Men hozir ishga ketyapman oying bilan oʻtir

Taehyung oying degan soʻzdan yana xafa boʻldi. Chunki onasi unga haqoratli gaplarni aytardi

Otasi ishiga ketdi va onasi kirib keldi

Kim xonim. Taehyungni oʻhay onasi. Tashqi koʻrinishi muloyim boʻlsa ham asli jirkanch ayol

K.X: sen jirkanch bolasan. Ammo senga kimsan Jeon Jungkook xotin boʻlyapti. Bilasanmi sen unga arzimaysan?! U ideal ammo senchi? Bir nogironsan xolos. U sendan yaxshilariga loyiq ammo sendek ruhiy xastaga turmushga chiqyapti. Men unga achinaman ammo hursandman. Chunki sendek jirkanch insonga men qaramayman

Taehyung bu gaplarga oʻrganib ketgandi. U shunchaki jim qarab turaverardi. Kim xonim chiqib ketdi. Janob Kim Taehyung uchun mahsus Koreyada yagona boʻlgan koystumni buyurtma qildi.

Bu koystum xuddi Taehyung uchun tikilgandek edi. U bunda xuddi shaxzoda kabi boʻlib qolardi

Ammo Jeonlar xonadoniga Jungkook hech narsaga tushunmasdi.

J.J: oʻgʻlim sen unga turmushga chiqishing kerak. U yaxshi bola ammo nogiron. U umuman mehr olmagan, tashiq dunyodan uzulib qolgan. Avtohalokatga uchragan. Iltimos oʻgʻlim yoʻq dema

Jk: dada tushunaman ammo nega buncha erta? Hali 20 yoshmanku.

J.J: men seni yoshingda uylanganman. Iltimos oʻgʻlim hoʻp deyaqol. Men uchun hoʻp degin. Unga mehr va etibor bersang sen istagan odam boʻladi

Jk: U bilan koʻrishmaymanmi?

Jungkook otasi birinchi marta yalinib iltimos qilayotgani uchun mayli dedi. Chunki u mana shunday insonni hohlagan. Mehr, sevgi va etibor koʻragan. Nogiron boʻlsa ham. Chunki unday insonlarga mehr berilsa sevib qoladi va kecholmaydi deb oʻylardi

J.J: rahmat oʻgʻlim u oilasi bilan kechlikka biznikiga kelishadi. Chiroyli boʻlib kiyingin. U juda ham chiroyli yigit

Jungkook xonasiga chiqib ketdi

Jungkookning xonasi

Jkpov: Men dadamni aytgan gapidan hayron qoldim. Umrim bino boʻlib dadamni iltimos qilganini eshitmagandim ham, koʻrmagandim ham. Dadam iltimos qilyaptimi demak rostan ham shunday. Ammo meni oʻzim ham shunday insonni istaganman. Meni sevadigan, xiyonat qilmaydigan va mehribon. Men har doim mehr koʻrmagan insonlarga mehr berilsa meni sevib qolishiga ishonganman. Endi buni boʻlajak erimda ham sinab koʻraman. Qanday boʻlishidan qatiy nazar mehr beraman, xafa qilmayman. Vada beraman. Hech qachon erimdan kechmayman. Balki men ham sevib qolarman

Kechki payt Kimlar uyi

Kimlar uyi
Bu Taehyungni looki

.

Taehyungni looki

J.K: ana meni oʻgʻlim eng chiroylisi boʻldi. Endi Jungkook seni aniq sevib qoladi. Sendek chiroyli yigit dunyoda yoʻq oʻgʻlim

Tae: ....aamm...ammo...unga...yoq...yoqmasamchi?

K.x: sen albatta unga yoqasan oʻgʻlim

Kim xonim shu gaplarni aytib xonaga kirib keldi

J.K: kettikmi? Hamma tayyormi?

K.X: ha kettik

Kimlar oilasi Jeonlarni uyiga keldi. Janob Kim Taehyungni aravachada olib kirar ekan Jeon xonim va Janob Jeon unga tikilib qoldi.

J.X: xush kelibsizlar. Koʻrishmaganimizga ham ancha boʻlibdi. Avvalgidan chiroyli boʻlibsiz Kim xonim

K.X: siz ham qolishmaysiz Jeon xonim

J.J: xush koʻrdik doʻstim. Ancha qarib qolibsanmi? Bu oʻgʻling Taehyungni?

J.K: Ha meni oʻgʻlim Taehyung. Taehyung tanish oʻgʻlim bu Jeon Jungwoon. Boʻlajak qaynotang. Bu esa Jeon xonim. Seni qaynonang

J.J: ancha chiroyli yigit boʻlibdi. Kiyimlari oʻziga yarashibdi

J.K: ha aytgach Jungkook qani?

Jk: Men shu yerdaman

Zinalardan viqor bilan tushayotgan Jungkook kulib aytdi.

.

Jungkookni looki

Taehyung Jungkookga qarar ekan bir zum qotib qoldi. Zinalarda tushayotgan yosh yigit. Oq teri, pushti lab, ajoyib tana, qora soch, doe koʻzlar va qoshlari.

Jungkook ham Taehyungga qarar ekan u ham qotib qoldi. Chunki umrida bunday chiroyli insonni koʻrmagan

Jkpov: men kiyinib zinalardan tushar ekanman koʻzim aravachadagi bir erkakga tushdi. Men tan olaman hech qachon bunday chiroyli insonni koʻrmaganman. Tun kabi qora qochlari, oq terisi, ajoyib lablari va koʻzlari. Otajonim haq ekan. Tegaman. Undan boshqasiniki boʻlgan kunim oʻzimni oʻldiraman