February 10

Sevgisi oldidagi ojiz mafia

13-qism

Xonaga kirishganda Jimin xushsiz yotganini koʻrib Suga ham Jungkook ham qprqib qolishadi. Suga tezda Jiminni koʻtarib mashinasida shifoxonaga keladi. Suga Jiminni koʻtarib olin kirarkan yoʻlakda hech kim yoʻq edi

Suga: HOY KIM BOR...BU YERGA CHIQ... QANISANLAR....DOKTOR...HAMSHIRA

Sugani bu baqiriganidan hamma yugurib chiqdi va Jiminni zambilga olib kirib ketishdi. Suga va Jungkook kutar ekan

Jk: pochcha Jiminga nima boʻldi?

Suga: bundan 10 kun oldin men yoʻq boʻlgan vaqtimda uyga bir qiz kelgan va mendan homiladir ekanligini va bola 1 oylik ekanligini aytgan. Jimin bunga ishongan. Shu paytgach bir nuqtaga qarab hech narsa yemadi ham gapirmadi. Gapirmagan gapim koʻrsatmagan doktorim qolmadi. Jimin u qizni meni sevgilim deb oʻylab meni tashlab ketmoqchi edi ammo men olib qoldim

Jk: pochcha Jimin oʻziga achinmasligi rost ammo hali tugʻulmagan bolaga achinadi. Siz yaxshisi oʻsha qizni toping, bolangiz tugʻulguncha u boshqa uyingizda yashab tursin. Keyin bola tugʻulgach unga pul berib ketkazib yuboring. Jimin bolalarni yaxshi koʻradi. Bolakayni ham oʻz bolasidek tarbiya qiladi

Suga: Ammo Jimin meni kechirmasachi? Hozir unga nimadir boʻlsachi? U uygʻongandan keyin yana shu axvolga tushib qolsachi?

Jungkook bu safar jim boʻlib qoldi. Chunki rostan ham hech biriga kafolat berib boʻlmasdi. Suga Jiminni uchratishidan oldin clubda oʻsha qiz bilan aloqa qilgani rost. Qiz Sugani tanigan va bolani shuning uchun oʻldirmagan. Bola yordamida Sugaga erishib Min Kira boʻlishni reja qilgan. Keyin esa Sugaga zahar berib uni oʻldirib mol-mulkini oʻz nomiga oʻtqazishmoqchi boʻlgan. Lekin reja chappasiga ketdi. Kira Jimin Suganing sevgilisi ekanligini bilmadi. Ammo Suga allaqachon uni topib boʻlgan edi

Doktorlar chiqishdi Suga va Jungkook ularni yoniga bordi

Suga: Jiminni axvoli yaxshimi? Nima boʻldi unga?

Jk: gapirsangizchi!

D: Janon Min. Bemorni axvoli yomon. Unda oʻsimta borligi aniqlandi. Davolashni imkoni umuman yoʻq

Suga va Jungkook eshitgan gaplariga ishonmadi. Naxotki Suganing ilk va sonsiz sevgisi ogʻir kasal boʻlsa.

Jungkook ishonmadi va yigʻladi

Jk: yoʻq bu hazil. Siz hazil qildingizmi? Jimin hech qachon unday axvolga tushmaydi. U kuchli. Bunday...bunday boʻlishi mumkin emas...yaxshilab tekshiring balki boshqa bemor bilan tahlil natijasi alishib qolgandir

Jungkookni bunga ishongisi kelmasdi. 6 yillik doʻsti bu axvolga tushganiga ishonolmasdi. Chunki Jiminni 6 yildan beri taniydi. Jimin har doim kuchli, aqlli, ayyor va sogʻlom edi. Bu anglashilmovchilik deb oʻylardi

Suga ham tamom boʻldi

Sugapov: oʻsha daxshatli voqeaga 10 kun boʻldi. Jimin meni shu 10 kun ichida qiynab yubordi. Na ovqatlanar na gapirar na harakat qilardi. Bir nuqtaga tikilgancha hech nima qilmadi. Men uni koʻrsatmagan shifokorim qolmadi. Ammo hammasi bir xil javob aytdi. Men nima qilishni bilmasdan Jungkookni chaqirdim. Chunki u Jiminni qandayligini juda ham yaxshi biladigan inson edi. Kirganimizda Jimin xushsiz yotardi. Men chinakamiga qoʻrqdim. Tezda biz shifoxonaga keldik. Koʻp oʻtmay bizga Jiminni ogʻir kasal ekanligini va davolashni umuman iloji yoʻqligini aytdi. Men sevgan insonim kasalmi? Jungkook toʻgʻri aytan ekansan. Jiminni xiyonat oʻldirishi mumkin ham ekan. Qani edi vaqt ortiga qaytsa. Men oʻsha lanati clubga bormagan yoki oʻsha qizni uyimga kirishiga yoʻl qoʻymagan boʻlardim. Mayli, mayli meni borimni olishsin lekin evaziga Jiminni tuzatishsin

Suga yigʻlab yubordi va unga Jungkook ham qoʻshildi. Ammo bu yoqda Jungkook va Suga bilan kelgan 15 ta qoʻriqchi hayron esi. Chunki shavqatsiz Mafia qiroli Min Yoongi yigʻlardi.Jimin ikkalasiga ham qadrlini inson edi. Birini jonidan ortiq suygan sevgani boʻlsa birini 6 yillik doʻsti edi. Suga shu kasalik boʻyicha dunyoning eng yaxshi doktorlarini yigʻdi va Jiminni kasalik varaqasini berdi. Hammasi bir gapni aytishardi. Imkoni yoʻq.

Suga chaqirgan doctorlar

Suga: Mayli..mayli hohlagan narsani muhayyo qilaman..ammo Jiminni tuzatinglar

D: Janob Min midetsinada ham bu kasallikni davosini hech kim topolmagan. Yana bu kasallikni soʻngi bosqichi ekan. Davolashni imkoni yoʻq. Agar oʻsimta kichik boʻlganida aperatsiya qilib olib tashlardik va Janob Jimin eng uzogʻi bilan 3 yil yashar edi. Ammo oʻsimta katta olsak ham olmasak ham baribir befoyda

Suga nima qilishni bilmay qoldi. Butun dunyoni sotib olishga yetadigan puli va hukumatni oʻziga boʻysundirishga yetadigan kuchi bor. Ammo jimjilogʻidan ham kichkina oʻsimta uni sevgilisini oʻldirishi hech gap emas edi. Sugani chorasu qolmadi. Jimin hali ham uygʻonmagandi. Suga uyiga shifoxonani koʻchurib olib keldi. Jiminga qarash uchun 5 ta hamshira va 2 ta doktor. Suganing xonasida Jimin toʻshakka mixlangacha uxlar va uni axvolini aparatlar aniqlardi. Suga kun-u tun Jiminni oldida edi va ishlarini ham bir chetga surdi

Mafia olami hukmdori boʻlgan Min Yoongi batamom tinchib qolishi shahar mafiyalar u yoqda tursin Italiya va Yaponiyani ham hayron qoldirdi