Sevgisi oldidagi ojiz mafia 2
Suga gʻazablandi. Chunki bu yuzni hali oʻzi urmagandi
Sugapov: men ertalab sevgilim va bolam bilan xayrlashib ishga ketdim. Ammo soat 10:00 larda bir qoʻriqchi telefon qildi. Men goʻshakni koʻtarganimda u oʻgʻlim ekan. U menga Jiminni kimdir urganini va yuzi qizarib ketganini aytdi. Men turgan joyimda qotib qoldim. Men hali u yuzni urmaganman ammo qaysi itdan tarqagan xaromi urdi? Topsam choʻchqalarga yem qilaman. Men tezda uyga bordim va xonaga kirdim. Kirganimni koʻrib Jimin yuzini qoʻllari bilan berkitdi. Men unga olishini aytdim ammo u meni aldadi. Men unga baqirdim va u qoʻlini yuzidan oldi. Uni benuqson va oppoq yuzini oʻng tarafi qip-qizil edi. Ammo uni koʻziga qaraganimda koʻzlarini tagi biroz shishgandi. U yigʻlasagina koʻzlarini tagi shishadi. Men undan nega yigʻlaganini soʻradim. U menga otasi uni urganligini aytdi va ovozidan xafa edi. Men uni birgina urganim uchun qanchalik jazo olganman. Ammo uning otasi uni urgan. Men u itni qoʻlini chopib olaman
Suga jahl bilan chiqayotgan edi va Jimin uni qarshisiga turdi. Jimin qoʻllarini Suganing koʻlsiga qoʻyib, moʻltirab qaradi
Ammo Suga Jiminni qoʻlidan ushlab bir chetga chiqardi. Suga tezlab ketdi va Jimin unga yetolmadi. Jimin endi zinalardan tushayotganida yana yiqildi ammo Suga buni sezmadi. Jiminni boshidan qon oqayotgandi. Buni Jiyoon koʻrib qoldi va dadasini ozidan yugurdi
Jy: DADA...DADAJON OYIM YIQILIB TUSHDI
Suga bu gapni eshitar ekan zudlik bilan uyga kirdi. Qarasa Jimin rostan ham zinadan yiqilgan va boshidan qon oqardi
Suga yugurib borib uni koʻtarib oldi va shifoxonaga ketdi. Suga shifoxonaga kirar ekan baqirdi
Suga: HOY QANISANLAR! CHIQ BU YERGA!
Sugani ovozini eshitib boshqalar ham chiqishdi. Ular tezda Jiminni boshini tikish uchun olib kirib ketishdi. Oradan bir necha soat oʻtdi amml hali ham doctorlardan asar ham yoʻq edi
Sugapov: men gʻazab ustida Jiminni otasino uyiga bormoqchi edim. Ammo oʻgʻlimni ovozi va gaplari meni uyga qaytardi. U menga Jiminni yiqilib tushganini aytdi. Men ichkariga kirganimda rostam ham Jimin yiqilib tushgan va boshidan qon oqardi. Men tezda uni koʻtarib shifoxonaga olib keldim. Doctorlar ham uni olib kirib ketishdi. Oradan bir necha soat otdi ammo hali ham doctor yoki hashira oʻsha xonadan chiqmadi. Ishqilib sevgilimni axvoli yaxshi boʻlsin. Boʻlasa oʻzimni kechirolmayman. Bolamga nima deb javob beraman. Uy ollohim mayli menga hohlagan ishingni qil ammo meni xotinim yoki bolam bilan sinama. Boshqa xammasiga roziman. Nima boʻlsa ham Jimin sogʻ boʻlsin. Qolgani muhum emas. Nega oʻshanda oʻzimni qoʻlga olmadim. Balki hozir Yagonamga hech narsa boʻlmagan boʻlardi. Men ahmoqman! Ahmoqman! Bir kun shu gʻazabim boshimga yetishini bilardim ammo oʻsha bir kun bugun boʻlmasin. Jimin meni tashlab ketmaydi. U vada bergan. 31 yoshga kirganimda u meni tashlab ketmaslikka vada bergan. U vadasini bajaradi. Jimin soʻzida turadi. U men va bolamizni tashlab ketmaydi. Keyin meni qncha shippak bilan ursa ham mayli ammo unga hech narsa boʻlmagan boʻlsin.
Ammo uni koʻngli gʻash edi. Xuddiki Jiminga nimadir boʻladigandek. Suga qoʻrqib ketyapti. Uni yuragi tez urib ketdi. Ming qaysarliklar bilan bir necha soatdan keyin ularni oʻgʻli Jiyoon yugurin keldi. Albatta qoʻriqchilar bilan. U borib otasini quchoqladi
Suga: bilmayman oʻgʻlim. Hozir doctorlar chiqishsa bizga aytishadi
Jy: Oyim bizni tashlab ketmaydi, toʻgʻrimi? Axir oyim vada bergan
S: ha oʻgʻlim oying bizni tashlab ketmaydi. Bilasnaku oying vadasini bajaradi
Yana oz vaqtdan keyin doctorlar chiqishdi va Suga ularni oldiga bordi
S: Xotinim yaxshimi? Uni koʻrsam boʻladimi?
D: Janob sizga bir gapni aytishim kerak
D: xotiningiz boshi bilan qattiq yiqilgan. Sizni eslay olmasligi mumkin. Albatta bu taxmin.
S: Bu bilan nima demoqchisan? Xotinim men va bolamni eslolmaydimi?
D: bu taxmin. Shunday boʻlishi ham mumkin
Suga hech narsa deyolmay qoldi. U Jimin yotgan xonaga ogʻli bilan kirdi. Qarasa Jimin uxlab yotardi. Jiminga bu holat yarashmagandi. U har doim kulib yurgan va ruhan kuchli edi. Ammo bu kasalxona, bu uyqu, bu axvol unga yarashmagandi. Jiminga hamma narsa yarashgan ammo bu holat yarashmagandi
Suga uni qoʻlini ushlab oldi va koʻzlaridan yosh asta chiqa boshladi. Jiyoon otasini yigʻlayotganini koʻrib uni koʻz yoshlarini artdi
Jy: dada yigʻlamang. Oyim xafa boʻladi. U sizni yigʻlaganingizni yomon koʻradi