May 25

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

8-qism

Jungkook sohil boʻyida motosikli bilan manzarani tomosha qilar ekan sohilga qora Bmw keldi. Ichidan Sorenning ikki odami tushib keldi

Ular Jungkook tomon borishdi. Jungkook kimdir kelganini sezib ortiga qaradi. Qarasa Sorenning ikki odami turardi

Q: Janob Jungkook Liderimiz sizni soʻrayapti. Ketishimiz kerak

Jk: yaxshi kettik sizlar boraveringlar men motosiklim bilan boraman

Jungkook shunday deb motosikliga mindi va haydab ketdi. Ular esa Jungkookning ortidan kelishdi. Jungkook Sorenning qarorgohiga keldi va ichkariga kirdi. Toʻgʻri uning xonasiga bordi. Xonada Soren vq Bogum bor edi. Soren kursida oʻtirsa Bogum bir chetda tik turardi.

Taehyung Jungkook kelishi bilan uni qarshisiga turdi. Taehyungning gʻazablangani yuzidan maʼlum edi. Ammo ura olmadi. Chunki bilardi Jungkook uni ham qaytarib uradi. Obroʻsini oʻylab ham urmadi

Tae: SHU PAYTGACHA QAYERDA EDING?

Jungkook sekin Sorenning kursisiga oʻtirdi. Bu kursiga faqat Lider oʻtira olardi

Bogum buni koʻrin hayron qoldi. Hech kimda hattoki shaxsiy foxisha boʻlib u ham bu kursiga oʻtira olmagandi

Jk: namuncha baqirasan?! Qochib ketganim yoʻq, oʻlganim yoʻq mana tirikman. Qulogʻimni teshay dedingku

Bg: Jungkook qarshingda oddiy odam emas Lider turibdi. Maslahatim oʻylab gapir

Jk: aql oʻrgatmagan sen qolganding. Senga hech kim huquq bermadi gapirishga. Jagʻingni yum Bogum. Madaniyat yuzasidan ikki kishi gaplashganda qoʻshilma!

Tae: Senga kim huquq berdi mening kursimga oʻtirishga? Bu kursiga...

Jk: hammang nega koʻp gapirasan? Charchagandim...shuning uchun oʻtirdim. Kursing ham boshingdan qolsin men ketdim

Bu gaplarni eshitgan Bogum hayratda edi. Bu gaplarni faqat Bogum eshitmadi. Eshik ortida eshitganlar Jungkookni oʻlgisi kelgan deb oʻylab qolishdi. Chunki Liderga otasi unday gapirmagan. Taehyung asabiylashib xonani ostun-ustun qildi. Bogum eaa qoʻrqganidan turgan joyida toshdek qotdi. U ham Sorenni birinchi marta shu axvolda koʻrib turishi edi

Tae: YARAMAS ITVACHCHA BU BOLA OʼZINI KIM DEB OʼYLAYAPTI? MENGA SHUNDAY MUAMOLA QILDIMI? MENING YANI LIDERNING KURSISIGA OʼTIRDIMI? Koʻrsatib qoʻyaman Jungkook. Haddingni biladigan boʻlasan

Bg: Liderim....bilaman Jungkookni sevasiz. Iltimos buni inkot etmang. U ham sizni sevishini istaysiz. Yolvoraman bunday qilmang. Bu ishlardan keyin Jungkook sizni aslo sevib qolmaydi. Jungkookning qandayligini oz boʻlsa ham bildim. Jungkook sizni baribir sevmaydi....bekorga harakat qilib oʻtirmang

Taehyung yana oʻsha kursiga oʻtirdi. Jungkook allaqachon otasining oldiga ketib boʻlgandi. Taehyung Jungkookning jerkishlaridan, oʻz boshimchaliklaridan, uni mensimasliklaridan juda ham charchagandi. Ammo bunga atigi 2 kun boʻldi. Taehyung Jungkookka 2 kun chidolmayapti bir umr qanday chidaydi?

Tae: charchadim Bogum charchadim. Jungkookning jerkishlari, mensimasliklari, oʻz boshimchaliklari meni charchatdi. Ammo bunga atigi 2 kun boʻldi. Ertaga toʻy. Men 2 kun unga chidolmayapman, bir umr qanday chidarkinman?

Bg: men ham bilmayman, Liderim
Jungkook otasining uyiga keldi. Otasi uni koʻrib hursand boʻldi. Quchoqlashdan oldin oʻgʻlini tanasiga qarab chiqdi. Chunki Lider uni kaltaklashi mumkin edi. Ammo Jungkookning tanasida boshqa izlar bor edi. Otasi buni Lider qilgan deb oʻyladi

Jk: dada sizni sogʻindim

Jkdad: men ham oʻgʻlim

Jk: sizga muhum narsani aytishim kerak. Ichkariga kiraylik.

Ular ichkariga kirishdi. Divanga oʻtirishdi. Jungkook gapni nimadan boshlashni bilmas edi

Jk: Dada men sizga bir muhum gap aytaman. Ammo uni hech kimga aytmang

Jkdad: nimani bolam?

Jk: Men yarim iblis yarim odamman. Men kecha iblis boʻldim. Menda qanotlar bor. Men Liderni sevmayman, unga xiyonat qildim. Tanamdagi izlarni Soren qilmagan. U boshqasiniki

Janob Jeon qotib qoldi oʻgʻli bunday qiladi deb oʻylamagandi. Axir kim ham oʻylashi mumkin bu mamlakatda xiyonat ayniqsa Liderga nisbatan. Buning jazosi oʻlim axir. Janob Jeonni xavotirga solgan narsa oʻgʻli qanday qilib iblisga aylandi? Qanday qilib unda qanotlar bor? Axur iblislar boʻlmagan narsaku, bu shunchaki ertakku

Jkdad: isbotla

Jungkook ustki kiyimini yechdi. Uning katta qora qanotlari uning otasiga koʻrinish berdi. Yana Jungkookning jigarrang koʻzlari tun misoli qora tusga kirdi.

Kiyim yoʻq

Otasi bundan hayratga tushib qoldi. Axir Jungkook odam edi? U qanday qilib iblis? Qanaqasiga qanotlar unda? Qanaqasiga uning jigarrang koʻzlari tun kabi qora boʻlib qolishi mumkin?

Jkdad: qq..qanaqasiga?

Jungkook yana kiyimlarini kiydi. Qanotlari yoʻq boʻlib, koʻzlari oʻz holiga qaytdi. Joyiga qaytib oʻtirdi

Jk: men bundan 2 yil oldin oʻrmonda bir iblisni koʻrib sevib qolganman. Ammo u yarador edi. Men unga yordam berganman. Keyin u menga iblis ekanligini, u haqida hech kimga aytmasligim kerakligini, oʻrmondagi oʻsha koʻl aslida iblislar va odamlar oʻrtasidagi darvoza ekanligini aytgan. Keyin men har tun oʻsha koʻl yonoga borib unga chiqarardim. U meni koʻtarib osmonlarga uchirardi. Ammo u kecha shu qanotlarni menga berdi va biz birga boʻldik.

Janob Jeon hayratda qoldi. Axir ertaklarda eshitgan iblisi oʻgʻlining sevgilisi boʻlsa. Hamma mavjud boʻlmagan deya hisoblagan jonzot aslida mavjud boʻlsa. Va oʻsha janzotga oʻgʻli ham kirsa. Janob Jron nima deyishini bilmay qoldi. Nima desin? Barakalla oʻgʻlim desinmi? Lider hammamizni oʻldiradi bu yerda ket desinmi? Yoli Liderga borib hammasini aytsinmi? Yoʻq Janob Jeon aslo aytmaydi. Bolasi iblis boʻladimi, shayton boʻladimi Jungkook uning oʻgʻli. Axir Janob Jeon Jungkookni necha yillar davomida Sorendan asrab keldi

Jkdad: mayli bolam. Men hech kimga bu haqida aytmayman. Sen ham bu izlarni bir narsa qilib yop. Endi esa bor. Lider shubxalanmasin

Jungkook otasini quchoqladi. Boshqa ota boʻlganida allaqachon oʻgʻlini sotib berardi. U bola ustida har xil tajriba oʻtkazilardi. Ammo Janob Jeonga oʻgʻli qadrli. U oʻlsa ham oʻgʻlini sotmaydi

Jungkook Liderning uyiga bordi. U bu izlarni qanday yoʻq qilish kerakligini oʻylardi. Unga bir fikr keldi. Bu bilan u aslo Sugaga xiyonat qilmasdi.....