July 1

Mafia world

8-qism

Xonaga xavotir bilan Sena xonim kirib keldi. Qarasa Taehyungning ikki oyogʻi singan, boshi esa yorilgandi. Sena xonim Taehyungni yoʻq boʻlib qolganidan qattiq xavotirga tushgandi. Sena kelib Taehyungni quchoqladi

Sn: bolajonim senga nima boʻldi? Nima bu axvol? Qayerda eding? Sena xolangni xavotirga qoʻyib

Tae: xola men Jungkookning yertoʻlasida edim. U meni obdon urib keyin ketkazib yubordi

Sn: nega unday qiladi?

Tae: qoʻyavering...alami qolgan xola

Sn: mayli bolajonim. Qara sen yoqtirgan goʻshtni pishirdim. Yeysanmi?

Tae: xola...sizni qoʻlingizdan zahar ham yeyman

Sn: nafasingni issiq qil bolam

Shunday qilib Taehyung oʻzining sevimli ovqatini yeya boshladi. Bir hafta oʻtib unga javob berishdi. Taehyung aravachada edi

Jungkook esa oʻgʻli bilan bobosining uyiga ketgandi

Jk: dada biz keldik

Janob Jeon oʻgʻlini ismini eshitishi bilan hursand holda keldi va Sehunni koʻtarib oldi

Sn: bobojon sizni sogʻindim

Jkdad: men ham bolajonim men ham. Keldingmi oʻgʻlim? Xush kelibsan. Yur sen yoqtirgan ovqatni qilardi

Jk: pizza qildingmizmi?

Jkdad: ha...yaqinda internetdan oʻrgandim. Qilib qoʻyganman

Sn: mening bobom eng zoʻri

Jk: iye...men senga har kun ovqat qilamanku. Endi qilmayman

Sn: mayli...bobom qilib beradi

Jkdad: ha oshpaz bobosi qilib beradi

Janob Jeon nafaqaga chiqgandan soʻng kompaniyani ham Jungkook boshqaradigan boʻldi. Ammo koʻp aksiyalarni Sehunga oʻtkazib qoʻygan, oʻzining 90% aksiyasini oʻgʻlini nomiga oʻtkazgan. Kompaniyaga 14 yildan soʻng Sehun egalik qiladi va otasining ishini ham boshqaradi.

Janob Jeon oʻgʻli uchun ajoyib oshpaz edi. Jungkook yoqtirgan taomlarni pishirardi. Agar bilmasa internetdan oʻrganardi va har xil ovqatni Jungkookka qilib berardi.

Janob Jeon bazida Jungkookning ishxonasiga oʻzi oʻrganib pishirgan shirinlik va ovqatlarni olib borardi. Jungkookning hayotdagi katta baxtidan biri bu otasi edi. Jungkookning bunday otasi borligi ayrim bir qoʻriqcholariga yoqardi. Ularning otasi faqat pulni oʻylasa, Janob Jeon oʻgʻlini qanday hursand qilishni oʻylardi va u ajoyib bobo edi. Garchi Sehun uni haqiqiy nabirasi boʻlmasa ham. Jungkook Sehunni yaxshi koʻradi, sabab shu

Ular mazza qilib pizza xoʻrlik qilishdi. Bu ajoyib lahzalarni Jungkook hech narsaga alishgisi kelmasdi.

Taehyung esa qanday qilib Jungkookni oʻziga qaytarishni oʻylardi. Ammo Jungkook qaytmaydi! Jungkook aslo va aslo xiyonatkorlarning oldiga qaytmaydi. Hattoki oʻlim yoqasida tursa-da. Jungkookning gʻururi bunga yoʻl qoʻymaydi.

Tae: qanday? Qanday qilib uni oʻzimga qaytaraman? Jungkook oʻta gʻururli. Qaytmasligi ham mumkin! Shoshma! Sena xolam! Unga Jungkook yoʻq deya olmaydi. Buni bilaman

Ammo Taehyung xato oʻylagandi. Jungkook hozirda hohlagan odamiga yoʻq deya oladigan darajaga kelgandi

Kech tushdi. Taxminan 18:54. Jungkookning xonasiga Sena xonim kirib keldi. Jungkook koʻrib hayron qoldi. Odatda hech kim uning oldiga bunaqa jasorat bilan kelolmaydi

Jk: xush kelibsiz Sena xola

Sn: xush vaqt boʻl bolam. Meno bir iltimosim bor edi

Jk: xoʻsh? Qanaqa yordam kerak?

Sn: Taehyung bilan yashab tur

Jk: NIMA?

Sn: iltimos bolam. Men uchun. Faqat 3 oygina. Koʻp emasku. Xoʻp deyaqol bolam

Jungkookning jahli chiqdi. Qanday qilib 3 soat yomida tura olmaydigan inson uchun 3 oy uni uyida yashashni soʻrashi mumkin? Jungkook Taehyungni oldida 3 soat ham tutolmaydi ammo 3 oy

Jk: xola! Mendan Taehyungga aloqador narsani soʻramang! Men baribir qilmayman! Mendan xafa boʻlmang

Sn: meni hurmatim yoʻqmi sen uchun? Taehyung seni qutqaraman deb oʻlishiga bir bahiya qoldiku. Buni esingdan chiqardingmi?

Jk: xola! Xafa qilmasimdan odlin chiqib keting xonadan. Gapirgan gapingizga pushaymon qilmay

Sn: sen uchun u nimalar qilmadi Jungkook!? Nega buni qadrlamaysan? Insofing bormi oʻzi?

Jk: insofmi? Insof menda bor. Ammo oʻsha yonini olayotgan farishta Taehyungingizda yoʻq! Menga 3 hafta davomida har tun 2 ta qi bilan xiyonat qiladigan darajada insofliku u! Insof menda nima qilsin? Har bir xiyonatini oʻz koʻzim bilan koʻrdim. Soʻngisida esa yomgʻir yogʻdi. Men esa mashinamga ham minmay uni shu xiyonatini tomosha qildim. Lablarim koʻkardi, hamma yerim shalabbo edi ammo shunday ham mashinaga minmadim. Keyin esa u meni koʻrdi. Men esa mashinamga minib ketdim. Yoʻlda ketarkanman tepadan tosh quladi. Mashinamni toʻxtata olmadim. Tormiz ishlamadi keyin esa daryoga quladim. Bilasizmi ichimdan nimalar oʻtdi? Sevgan insonim menga xiyonat qildi. Men hamma narsani kechirishim mumkin lekin...aslo va aslo xiyonatni kechirmayman. Endi esa keting! Taehyungni oqlab oldimga kelib yotmang. Men baribir rozi boʻlmayman

Sena bu gaplarni eshitib xafa ham boʻldi. Taehyungni esa yomon koʻrib qoldi, Jungkookka esa achindi. Axir unga ham osson boʻlmagan. Sena esa Taehyungning yolgʻoniga ossonlikcha ishondi, qarmoqqa ilindi. Ammo Jungkook qarmoqdan chiqarib oldi

Sn: kechir bolam. Taehyung bu narsalarni menga aytmagandi. U xudbinlik qildi

Jk: u meni qaytarib olishni istaydi. Ammo bu amalga oshmaydi. Men aslo xiyonatkorlarning yoniga qaytmayman. Shukur qilsin oʻldirib yubormadim!

Sena indamay ketdi. Bu safar Taehyungni oldiga kirishni ham istamadi. Taehyungdek pastkash va xudbinni koʻrishni istamadi. Taehyung esa Senani kutardi. Jungkook nima degani uni qiziqtirardi. Ammo Sena xonim kelmadi. Shu bilan hamma uyiga ketdi. Taehyung uyga kirar ekan chemadani bilan Sena turardi. Taehyung koʻrib hayron qoldi

Tae: Xola tinchlikmi? Qayoqqa ketyapsiz?

Sn: xayrli hech Janob Kim. Men ishdan ketyapman. 20 yildan ortiq shu uyda xizmat qildim. Endi nafaqaga chiqmochiman

Tae: hech qayoqqa ketmaysiz. Siz ham ketmoqchimisiz? Jungkookdek tashlab ketmoqchimisiz?

Sn: Jungkook sendek pastlash va xudbinni tashlab ketib toʻgʻri ish qilgan. Seni asl basharangni bilmagan ekanman. Shunchalikka ham borasanmi? Suf ey sendek insonga

Sena xonim shunday deya ketdi. Taehyung bildiki Jungkook Sena xonimga hamma haqiqatni aytgan. Sena boʻlmasa ketmasdi