Casino Royale
Erta tong. Jungkook uygʻonib oʻziga kiyim tanlar edi
Jungkook kiyinib pastga tushdi. Nonushta qilib tashqariga chiqdi. Qarasa Taehyung mashinaga suyanib turgan ekan
Jkpov: men hayotimni yangidan boshlash uchun erta tongdan tayyorlandim. Koʻp vaqtim kiyim tanlashga ketdi. Nonushta qilib tashqariga chiqdim, qarasam oʻsha inson mashinasida suyanib meni kutar edi. Uni koʻzlari menga juda ham tanish, xuddiki men bu koʻzlarni oldin ham koʻrganga oʻxshayman. Aeroportda menga bilakuzuk sovgʻa qilgan insonni ham koʻzlari xuddi shunaqa edi, balki oʻxshashdir
Taehyung ham uni koʻrib kulgan holatda qoʻl silkidi
Taepov: men kechagi kundan keyin Kookiyim uchun oʻzgarmoqchi boʻldim. Mdn erta tongdan kiyinib, yuvinib, oʻzimga oro berib uni uyiga keldim. U 1 soat oʻtib chiqdi. Tan olaman u juda ham goʻzal. My Golden Maknae! Seni yolgʻiz qoldirmayman, sen yolgʻiz qolsang yaxshi boʻlmaydi. Mening qalbim egasi, seni koʻzlaringga bir umrga asirman. Seni shu tuproq misoli koʻzlaring meni qabrim, seni kipriklaring esa men uchun kishan, qoshlaring esa qilich misoli. Ammo koʻz yoshlaring men uchun zahar. Seni koʻz yoshlaringni oʻzi meni oʻldiradi.
Jk: men oʻzimni mashinamda ketaman
Tae: yoʻq men bilan ketasan, yur
Taehyung qoʻyarga-qoʻymay Jungkookni mashinasida olib ketdi. Taehyungni koʻzi Jungkookni qoʻlidagi bilakuzukka tushdi
Tae: qoʻlingdagi bilakuzukni sotib olganmisan?
Jk: ah bumi? Yoʻq buni muhlisim bergandi, men esa buni yechmaslikka vada berganman
Tae: qiz bolami yoki yigit kishi?
Jk: erkak! Qaddi-qomati kelishgan, mushakdor erkak
Taepov: aahh yulduzcham! Sen meni tariflashingni eshitish ham ajoyib
Tae: yechib tashla! Men senga boshqasini sovgʻa qilaman. Bu arzon, men senga qimmatini beraman
Jk: Taehyung! Muhlisim sovgʻa qilgan hamma narsa men uchun qadrli, hoh qimmat boʻlsin hoh arzon. Muhumi etibor. Qara bu bejirimgina, har qaysi still bilan ham yarashadi
Tae: oddiygina narsa sen uchun qadrlimi?
Jk: men vada berganman. Eslab qol! Men har doim vadamni bajaraman
Taehyung shundan keyin jim ketdi. Ular omborga yetib kelishdi. Taehyung Jungkookka hammasini oʻrgata boshladi. Jungkook ham bularni ossongina oʻrgandi
Ular xonaga kirishdi. Jungkook kursiga oʻtirib shunchaki koʻzlarini yumdi
Taepov: u shu holatda ham chiroyli. Uni har bir qismi ehtirosdan yaralgan. Odamni hirsini oshiradi. Bu dunyoda hirsni oshiruvchi nima boʻlsa hammasi meni yulduzchamda mujassam. Bu yuz, bu lab, bu koʻz, bu qarashlar, bu tana, bu boʻyin, bu jagʻ! Hammasi ehtirosdan yaralgan. Borligʻim, sen mukammal yaratilgan kaylakga oʻxshaysan. Hech bir nuqsoni yoʻq. Shunchalar ham mukammal boʻlish mumkinmi?
Jungkook koʻzini yumib oʻtirgan boʻlsa ham hammasini sezar edi. U bu ishni olib ketishni oʻylamagan edi, u bir umr idol boʻlishni oʻylagan edi. Ammo taqdir unga boshqacha hayotni berdi.
Jkpov: nega bu odam menga qarayapti? Ha mayli qarayversin. Akamni ishonchini oqlashim kerak. Axir akam shuncha yil men uchun harakat qildiku. Endi Namjoon hyung bilan baxtli boʻlsin. Men bir kunimni koʻraman. Mana oldimda Taehyung bor, u menga hammasini oʻrgatadi. Taehyung juda ham kelishgan, yuzi mukammal joylashgan. Hattoki men ham u kabi chiroyli emasman. Ey nimalar deyapman? Men sevib qololmayman, bu mumkin emas! Yoki men allaqachon sevib qoldimmi? Ey yoʻq shuncha yil sevmadim endi kimnidir sevamanmi? Boʻlishi mumkin emas!
Taehyung Jungkookni suratga tushirdi. Jungkook esa jim edi. Taehyung Jungkookni oldiga kelib qoʻludan ushladi, Jungkook bundan koʻzini ochdi
Taehyung hech narsa demay Jungkookni qoʻlini oʻpdi. Mayin, ehtiyotkorona va xuddiki sal qattiq oʻpsa Jungkookni qoʻli sinadigandek. Jungkook esa hayron qoldi
Tae: seni juda ham sevaman borligʻim. Sen doim kulib yur. Senga xafa boʻlish yarashmaydi. Toʻgʻri meni sevmaysan, bilaman. Ammo xavotir olma! Meni sevgim ikkimizga ham yetadi. Senga ham, menga ham hattoki bolamizga ham yetadi. Meni sevgim koʻp va kuchli
Jk: nega seni sevmaydigan inson uchun yonib-kuyasan?
Tae: men seni ilk bor koʻrgan kunimni esimdan chiqarmayman. Qoʻl ostimdagi bir ishchi Kpopga qiziqar edi. U seni rasmingni tomosha qilayotgan edi. Men ham seni koʻrib hayron qolganman. Men koʻp yillik mafiaman, koʻp chiroyli qizlar va yigitlarni koʻrganim rost ammo sendaqasini endi koʻrishim edi. Oq teri, qizil lab, chuqur manoga ega doe koʻzlar, sochlar va qoshlar. Bari mukammal edi. Sen misoli benuqson haykalga oʻxshar eding. Sendagi jamiyki narsa ehtirosdan yaralganga oʻxshaydi. Odamni hirsini oshira oladigan hamma narsa senda edi. Meni sevmasang ham mayli, yonimda nafas olib tur. Seni yonimda ekanligingni, tirik ekanligingi koʻrib turay
Taehyung bu gaplarni qandaydir boshqacha aytdi. Xuddiki yuraging boʻlakka boʻlingan inson ammo kulib turar edi.
Jungkookni ichidagi yurak va gʻurur uni tinch qoʻymas edi. Yuragi uni qabul qil, hozir quchoqla desa gʻurur buni aksini aytar edi. Hech kimga ishonib boʻlmaydi, avval sinash kerak, balki hirsi uchun shunday deyotgandir deb gʻururi tinch qoʻymas edi. Jungkook nima qilishni ham bilmay qoldi. Qabul qilsinmi yoki yoʻq? Ikki oʻt ichida qolib ketdi
Taehyung Jungkookni yuzlaridan siladi. Bu bu yuzga teginishni qanchalar hohlagan edi. U 2 oydan beri shu yuzga teginishni istar edi. Va nihoyat istagi amalga oshdi
Jungkook esa qotib turar edi. Taehyung sekin uni labiga yaqinlashdi va ohista oʻpdi. Jungkook esa qotib qoldi. Axir bu uni birinchi boʻsasi edi.
Jungkook keyin oʻziga keldi va Taehyungga bir tarsaki tushurdi. Jungkookni zarbasidan Taehyung orqaga qulab tushdi va yuzini ushlab Jungkookka qaradi
Jk: bu meni ilk boʻsam edi. Sen hozir meni oʻpdingmi?
Taehyung esa hursand edi. Chunki sevgani hali ham pok boʻlsa
Tae: ha kerak boʻlsa yana oʻpaman! Qoʻyib berishsa umrin soʻngigacha oʻpaman! Toʻymayman! Toʻxtamayman! Senga toʻymayman! Seni oʻpishdan toʻxtamayman!