Mafia world
Jungkook yana kechgacha ishladi. Kechki vaqt esa Taehyungga ovqat olib tushdi. Taehyung qafasning bir burchagiga suyangan, koʻzlari bir nuqtada edi. U bir nimalarni oʻylardi. Jungkook kelib qafasni tepdi. Shundan soʻng Taehyung unga qaradi va kuldi
Tae: keldingmi sevgilim? Seni juda ham sogʻindim
Jungkook shunday deya unga ovqatni berdi. Ovqat maxsus kontenrda edi va bu qafasdan bemalol kirardi. Taehyung ovqatni oldi
Tae: men bilan ovqatlanmaysanmi?
Jk: men endi seni sevgiling emasman Kim Taehyung. Bizning sevgimiz 10 yil oldin tugagan va bu sen sabab. Sendagi oʻsha nafs sabab!!!
Jungkook shunday deyishi bilan yana xotirasi tiklandi. 10 yil oldin Taehyungning maxfiy uyi. Tun
Jungkook bir chetda mashinasida Taehyung nima qilishini kuzatardi. Uy eshigini tagiga bir qora mashina kelib toʻxtadi va ichidan ikki ochiq kiyim kiygan qizlar va haydovchi tushdi
Jungkook hayron edi. Ular Taehyungni uyuda nima qiladi? Jungkook yana kuzatdi. Uyning koʻp qismi oynadan tashkil topgan edi va biror narsani aniq koʻrsa boʻlardi
Taehyung ichkaridan chiqib keldi va eshikni ochdi. Ikki qizni koʻrib kuldi va qoʻli bilan ichkariga kir degan ishora qildi. Jungkook nima boʻlayotganini tushunmay halak edi. Haydovchi ham ketdi. Qizlar va Taehyung yotoqxonaga chiqishmadi. Uyda xizmatchi ham yoʻq edi. Taehyung borib divanga oʻtirdi. Ikki qiz uning qarshisida kiyimini yechardi. Bularni Jungkook koʻrib ichidan nimadirlar oʻtdi. Taehyung ham yechimib ular bilan aloqa qila boshladi. Jungkook bularni koʻrar ekan yigʻlab yubordi
Jk: yoʻq...bunday boʻlishi mumkin emas. Taehyung menga bunday qilolmaydi....u qilolmaydi......Yoʻq yoʻq yoʻq. Bu hazil ha ha hazil. Bu shunchaki koʻzimga koʻrinyapti xolos. Taehyung meni sevadi....u menga xiyonat qilmaydi. Axir men uchun bir oʻlimdan qoldiku.....YOOOOOQQQQQ
Jungkook oʻsha kecha uning xiyonatini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Boshidan oxirigacha koʻrdi. Keyin oʻzi ham ketdi. Jungkook uyiga borib yana yigʻlardi. Taehyungni nega bunday qilganiga hech tushunmasdi. Axir Taehyung uni juda ham qattiq sevardi. Jungkookdan oʻzgasini koʻzi koʻrmasdi. Ammo qanday qilib? Qanday qilib u xiyonat qila oldi?
Shu zayilda Jungkook Taehyungning xiyonatini oʻz koʻzi bilan koʻrib bordi. Bugun ohirgi kun edi. Ammo yomgʻir tinmasdi. Yomgʻir juda ham kuchli edi. Jungkook kelganida qizlar allaqachon kelib boʻlgandi. Bu safar Jungkook mashunadan tushdi va kapotiga suyandi. Yana u Taehyungni xiyonatini oʻz koʻzi bilan koʻra boshladi. Oradan 4 soat oʻtdi. Bu vaqtgacha Jungkook joyidan qimirlamadi. Yuzlari oqarib suvoqqotgan, pushti lablari koʻkargan, usti shallabbo va allaqachon shamollab boʻlgandi. Koʻzlaridagi yosh allaqachon tugab boʻlgandi va isitmasi. Isitma darajasi yuqori edi
Jk: ana endi asl basharangni koʻrdim Kim Taehyung. Qani koʻraylikchi
Taehyung qizlar bilan aloqasini tugatdi. Kiyimini kiyib boʻlganida u oynaga qaradi va qotib qoldi. Yuragi bir zum urushdan toʻxtagandek boʻldi.
Tashqarida uning arang erishgan sevgilisi Jungkook turardi. U sevgan pushti lablar koʻkargan va yuzi oppoq boʻlib ketgandi. Taehyung tezda tashqariga chiqdi. Jungkook mashinasiga minib ketdi.
Taehyung ham mashinasiga mindi. U ham tezda Jungkookning ortidan tushdi
Taepov: ey hudo Jungkookni oʻzing asra. Men endi nima qilaman? Usiz qanday yashayman. Nega ham jim yurmadim? Jungkook meni kechirmaydi. Ammo eng muhumi uni hozir mashinasini toʻxtatay
Jungkook mashinani katta tezlikda haydardi. Yoʻllar ham suvli va sirpanchiq boʻlib qolgandi. Jungkookning mashinasi daryoning boʻyida edi. Taehyung unga yetib olishga urunardi. Yoʻlning boshqa tomonida qoya boʻlsa boshqa tomoni ochiq va daryo edi. Tun va yoʻllar yaxshi koʻrinmasdi. Ammo bu Jungkookka sira qiziq emasdi. Yuragida nimalar oʻtayotganini oʻzi bilardi.
Ammo birdan qoyadan katta tosh quladi. Jungkook toshga urulmaslik uchun mashinani rulini boshqa tomonga burdi. Mashinaning tezligi katta va tez rulni burgani natijasida Jungkookning mashinasi daryoga quladi. Hattoti toʻsiq ham mashinani ushlab qololmadi. Jungkookning mashinasi qoʻyalarga urulib suvga quladi. Taehyung buni koʻrarkan qanday yigʻlab yuborganini bilmay qoldi
Tae: JUNGKOOOOOOOKKK YOOOOOOOQQ
Taehyung tezda mashinadan tushdi, tez yordam va qutqaruvchilarga qoʻngʻiroq qildi. Ular ham 30 daqiqada yetib kelishdi. Jungkookni shifoxonaga olib ketishdi. Taehyung esa tez yordam mashinasida Jungkookning qoʻlini ushlab yigʻlagancha ketardi
Taehyungni ham bir savol qiynardi. U qaysi aqli bilan Jungkookka xiyonat qildi? Nima uchun xiyonat qildi? Jungkook shu xiyonatga arzirmidi? Jungkook benuqson odam ediku. Nega unga xiyonat qildi? Bu savollarga javob unda ham yoʻq edi. Ammo Taehyung uchun eng ogʻiri hozir sevgan insoni koʻz oʻngida oʻlim bilan olishyapti. Ammo Taehyung hech narsa qilolmayapti
Tae: Jungkook yolvoraman meni tashlab ketma. Kechir....meni kechir ammo ketma! Seni yoʻqotishni istamayman. Kechir boshqa unday qilmayman. Vada beraman iltimos ketma
Ular shifoxonaga yetib kelishdi. Jungkookni tezlik bilan operatsiya xonasiga olib kirishdi. Bir xamshira uning otasiga qoʻngʻiroq qildi
X: hayrli kech janob. Uzur sizni shahar markaziy shifoxonasidan bezovta qilyapmiz. Jeon Jungkooka kim boʻlasiz?
J.j: uning otasiman. Bolamga nima boʻldi? U yaxshimi?
X: iltimos tezroq shahar markaziy shifoxonasiga keling. Janob Jeonning axvoli ogʻir. Uni ogʻir axvolda olib kelishdi. Mashinasida daryoga qulagan va qoyaga urulgan. Axvoli ogʻir
Janob Jeon oʻgʻlini axvolini eshitib tezda ketdi. Bolasini oʻylaganidan uyqu kiyimini alishtirmay hattoki oyogʻiga oyoq kiyim ham kiymay mashinaga mindi va tezlikda shifoxonaga yetib keldi. Yugurib operatsiya xonasiga keldi. Qarasa eshik tagida Taehyung yigʻlagancha turardi. U Janob Jeonni koʻrdi ammo oʻz holicha oʻtiraverdi
J.j: Jungkook bolam.....oʻlim qani?
X: janob tinchlaning. Farzandingiz operatsiya xonasida. Uni ogʻir axvolda olib kelishdi. Mashina daryoga qulagan. Mashina kuchligidan toʻsin ham ushlab tura olmagan....oʻgʻlingizni bazoʻr qutraib olishdi. Isitmasi juda yuqori
Janob Jeon bu gaplarni eshitarkan ming oʻlin tirildi. Axir bittagina oʻgʻli. Xotini va bolasidan keyin unda faqat Jungkook qoldi. Janob Jeon ham yerga oʻtirib qoldi. Uning oldiga qoʻriqchilari kelishdi
J.j: qanaqasiga? Axir Jungkook mashinani yaxshi haydardi. Bunday boʻlishi mumkin emas! Bolam tuzaladi....u kuchli. Jungkook oʻgʻlim
Janob Jeon shunday deya yigʻlardi. U ham ota. Sevgan xotini va bolasidan keyin unda faqat Jungkook qolgandi. Shuncha yil Jungkookni koʻzqorachigʻidek avaylagandi, asragandi, jamiyki balo-qazolardan uni yashirgandi. Hamma yomonliklardan himoya qilgandi. Nima uchun? Bu farzandini ham yoʻqotmaslik uchun. Yana yolgʻiz qolmasligi uchun. Jungkook onasiga oʻxshardi. Otasi har hal unga qarasa sevgan xotinini koʻrardi va yana oʻsha avtohalokat esiga kelardi, oʻsha muthish voqeada faqat Jungkookni asrab qolishgandi. Xotini va katta oʻgʻlini qutqarishni imkoni boʻlmagandi. Ammo Janob Jeon ancha yillar oldin bazoʻr qutqarib qolgan oʻgʻlini yoʻqotishi mumkin
J.j: oʻgʻlim meni tashlab ketma. Sendan boʻlak kimim bor bolajonim. Oying va akangni qutqarolmadim endi navbat sengami? Yoʻq men yoʻl qoʻymayman...seni ketishingga yoʻl qoʻymayman
Janob Jeon oʻrnidan turdi va Taehyungning oldiga bordi. Taehyungning axvoli unikidan battar edi. Axir jondan ortiq sevgani hozir uni deb oʻlim bilan olishib yotardi. Taehyungnin xoyolida Jungkook unga qanday qaragani hech ketmasdi. Jungkook unga shunday qaragandiki buni tariflash qiyin edi. Hattoki oʻzi unga qanday qaraganini aytib berolmasdi
J.j: Taehyung.....Jungkookka nima boʻldi? Bilaman u ehtiyotkor. Avtohalokatga uchrashi qiyin.....sen nima boʻlganini bilasanmi?
Janob Jeon Taehyung va Jungkook uchrashishini, Taehyung Jungkookni qanchalar sevishini shu jumladan oʻgʻli ham uni sevishini bilardi. Jungkook baxtiyot ekanligidan otasi ham mamnun edi
Tae: uuuuu....uuuu meni deb....oʻsha xonada yotibdi.....meni deb oʻlim bilan olishib yotibdi....unga nima boʻlgan boʻlsa....hammasi meni aybim
Janob Jeon uni yoqasidan ushlab turgʻizdi. Ammo bilardi Taehyung Jungkookning tola sochiga ozor berolmasligini bilardi. Lekin Taehyung Jungkookning koʻngliga ozor berdi. Ha tola sochiga ozor bermagan ammo ossonlikcha koʻngliga ozor bera oldi
J.j: NIMALAR DEYAPSAN? SENI AQLING JOYIDAMI? NIMA QILDING JUNGKOOKKA? GAPIIIRR
Tae: UNGA XIYONAT QILDIM, BoʻLDIMI? U MENI TINCH QOʼY DEDI....NIMA QILAY JINNI BOʼLIB QOLDIM SHU GAPIDAN KEYIN?! QANDAY QILIB UNGA XIYONAT QILGANIMNI BILMAYMAN! QAYSI AQL BILAN SEVGILIMGA XIYONAT QILGANIMNI BILMAYMAN. MEN U PAYT OʼZIMDA EMASDIM....U QANDAYDIR YEONJUN BILAN UCHRASHDI. MEN OʼSHA YEONJUNNI URGANIMDA U MENI BOSHIMGA GULDON BILAN URDI...KEYIN SHIFOXONADA U MENI OLDIMDA EMAS OʼSHA LANATI YEONJUNNI OLDIDA EDI. NIMA QILISHIM KERAK EDI? UYNING HOVLISIDA MENGA QARAB TURARDI. BU QARASHNI TUSHUNTIRIB BEROLMAYMAN. U HAMMASINI KOʼRGAN....SOATLAB MENI NIMA QILGANIMLARIMNI KUZATGAN....HATTOKI MASHINAGA HAM MINMAGAN...YOMGʼIRDA HAMMASINI KUZATGAN. KEYIN MASHINAGA MINIB KETDI.
MEN UNI TOʼXTATMOQCHO BOʼLGANIMDA U TOʼXTAMADI. KEYIN QOYADAN KATTA TOSH QULADI...JUNGKOOK TOSHDAN QOCHIB DARYOGA QULADI...BOʼLDIMI?
Janob Jeon bularni eshitdi. Jungkookni soch tolasiga ozor berolmaydigan Taehyung ossonlikcha yuragiga ruhan zarba bergandi. Bundan koʻra urgani ming marta yaxshi edi. Janob Jeon oʻzini tutib turolmay Taehyungga tarsaki tushurdi. Ammo Taehyung hech nima qilmadi.
J.j: YEOMJUN MENING JIYANIM...UKAMNI OʼGʼLI. JUNGKOOKNING YOSHLIKDAGI DOʼSTI. SENGA BUNI AYTMADIMI? YOKI SEN JUNGKOOKNI OHIRIGACHA JIM ESHITMADINGMI?
Taehyung jimib qoldi. Chunki u rostan ham Jungkookni ohirigacha eshitmagandi. Hamma ayb boshidan oʻzida edi.
Taepov: koshki edi Jungkookimni ohirigacha eshitganimda! Koshki edi oʻsha yer yutkur xiyonatni qilmaganimda! Koshki edi. Qaniydi vaqt ortga qaytsa. Ammo endi kech
Vaqt tushlikka yaqinlashardi. Operatsiya xonasidan doctorlar qonga belangan holatda chiqishdi. Janob Jeon ularning oldiga bordi, Taehyung ham
J.j: oʻgʻlim yaxshimi? Saqlab qola oldingizmi? Nima boʻldi?
D: Bemor juda yuqori isitmada boʻlgan, biz isitmani arang tushurdik. Yana juda ham koʻp vaqt yomgʻir ostida qolgan. Avtohalokatga uchraganida esa bosh qismidan biroz jarohat olgan, ikki oyogʻi singan va u hozir koma holatida. Qachon uygʻonishini bilmaymiz. Ammo eng yomoni u uygʻonmasligi ham mumkin. Sabr tilaymiz, Janob
Janob Jeon ham Taehyung ham qotib qoldi. Ammo ularning qoʻlidan hech narsa kelmasdi