March 30

Stalk

2-qism

Taehyung oʻz uyiga ketdi. Jungkook ertalab emas abetda uygʻondi. Taehyung kechasi Jungkookni uyiga kamera qoʻyishga ulgurdi. Jungkookning oilasi chet elda yashashadi. Jungkookni ham olib ketmoqchi boʻlishgan ammo Jungkook koʻnmagan. Axir u yerlarda erkaligini va shoʻxliklarini qilolmaydi. Bu yerda esa u oʻziga xon oʻziga bek.

Jk: voyyy boshiiimmmmm kecha rossa ichdim shekillida Jimin qayerda qoldi ekan....telefonimni qayerga qoʻydim yo yoʻqotib qoʻydimmikin?

Qarasa Jungkookning telefoni quvvatlagichka turibdi. Hattoki qulloqchini ham. U hayron qoldi. Chunki u deyarli quloqchinini koʻp ishlatmaydi va kechki payt quvvatlagichga qoʻymaydi

Bu vaqt uni kameralardan Taehyung kuzatib oʻtirgan edi. Jungkook hayron qolganini u ham sezgandi.

Jkpov: uyga kimdir kirgan ammo kim? Kim meni uyimgacha bemalol kirishga juray eta oladi. Xizmatkorlar jang paytida ekanligimdayoq uyiga ketishadi. Hech kim yotib qolmaydi. Balki endi qoʻyishgandir

Jk: Xizmatkor!

X: labbay janob

Jk: mening telefonim va quloqchinimni kim quvvatlashga qoʻydi? Kim xonamga kirdi?

X: hammadan oldin men keldim ammo xonangizga hech kim kirmadi Janob. Uygʻonishingizni kutdik

Jk: kameradan koʻrishim kerak

Jungkook kamera xonasiga keldi. Taehyungni yuragi tovoniga tushdi. Qarasa yarim tunda Jungkookni koʻtarib xonasiga olib kirgan Taehyung, uni quchoqlab yuzidan oʻpgan Taehyung, uyini har bir joyiga kamera qoʻygan Taehyung va xattoki telefoni va quloqchini ham quvvatlashga qoʻygan Jungkook

Jungkookni uyida kamera borligi Taehyungni hayolini chetiga ham kelmagandi. Endi nima qilishga boshi qotdi. Jungkook buyoqda hayron edi. Kamera yozuvlarini telefoniga koʻchirdi va universiteta yoʻl oldi

Jungkook universitetga yetib kelgach birinchi qiladigan ishi Taehyungni qidirib topish bo'ldi. Jungkook to'g'ridan to'g'ri xonaga bostirib keldi. U yerda esa Taehyung jimgina kitob o'qib o'tirar edi. Jungkook Taehyungni yoqasidan ushlab devor tamonga uloqtirib yubordi va qaytib uning oldiga borib uni devorga zich qilib bo'g'a boshladi. Taehyung esa go'yo hech narsani tushunmagandak tutar edi o'zini.

Jungkook: Hoy sen ablax kecha tunda meni uyimga bostirib kirdingmi? Javob ber.

Taehyung jim edi. U ko'zlarida yosh bilan qaltiroq lablarini pastga yashirgancha turar edi.

Jungkook: Men senga savol berdim. Uyimga sen bostirib kirdingmi?

Taehyung astalik bilan: Yo'q men bostirib kirmadim. Shunchaki senga yor yordam berdim holos.

Jungkook: Nimalar deyabsan ahmoq sen menga qanday yordam berasan?

Taehyung: Kecha tunda sen va do'sting ikkingiz mening do'stim ishlaydigan barda o'zingizni bilmaydigan darajada mast axvolda ekanligingizni ko'rib qoldim. O'sha payit kimdir sening yoninga kelib senga yoqmaydigan harakatlar qildi. Keyin sen u bilan tortisha boshlading. Do'stim bu janjalni amallab to'xtatdi keyin mendan seni uyingga olib borishimni so'radi. Sen esa menga mast xolda uyingni manzilini aytding. Uyga kelgach cho'ntagindagi kalit bilan eshikni ochdim seni uyda qoldirib ketmoqchi bo'lganimda birdan alaxsiray boshlading. Onangni chaqirding. Qancha urunsam ham ketishga imkon bermading. Shuning uchun men sen tinchilanguningcha sen bilan uyingda qoldim. Keyin men uyingdan ketganimdan keyin biron noxush voqea bo'lmasligi uchun bunda meni ayibdor qilmasliklari uchun uyingga kuzatuv kamerasini o'rnatdim. Buni atayin qilmadim iltimos meni kechir.

Taehyung Jungkookga himoyasiz nigoxlar bilan qaradi. Jungkook esa bu xolatdan birdan g'alati bo'lib ketdi. U Taehyungni qo'yib yuborib xonadan jimgina chiqib ketdi. Taehyung esa u ketgach qomatini tik roslab unga mamnun ko'z bilan boqgancha jilmaydi.

Taehyung:Jaxling chiqganida yanada yoqimtoyroq ko'rinasan sevgilim. Ammo men seni bu yoqimtoy ko'rinishingni boshqalar ko'rishini istamayman. Tez orada seni faqat o'zimga tegishli qilaman mening malikam

Jungkook oʻz hayoli ila gʻazab bilan keta boshladi. U bilardi, u chunardi hozirda insonlar yaxshi niyatda boʻlmasligini. Koʻngli Taehyung ham Jungkookni aldaydigandek tuyulardi. Jungkook ortiga qaytdi. Taehyung esa hayron. U odatda qaytmaligi kerak edi

Jk: maqsading nima Taehyung? Gaplaringga ishonmadim. Meni uyimni manzilini bilarding! Chunki seni uying menikidan sal nariroqda. Jimin bilan borgan barimizni egasi esa mening xolavachcham. Men ichsam ham ozma-oz eslayman. Men va Jimin koʻchada edik ha barda urush chiqmadi! Endi rostini ayt!

Ha Taehyungni rejasi oʻxshamadi. Jungkook rost aytgandi ohirgi eslagan narsani bu Jimin bilan u koʻchada ekanligi edi. Barda urush chiqmaganiga ishonchi komil, chunki hech qayeri ogʻrimayapti. Jangdan keyingi ogʻriqlari qolgan. Boshidan tashqari. Taehyung nima deyishni bilmasdi. Naxotki 3 yildan beri ishlab kelayotgan yuvosh mushukcha ijrosi endi ish bermaydi.

Tae: seni aldamayapman Jungkook. Rostini aytdim....

Jk: MENGA ERTAK TOʼQIMA TAEHYUNG. MEN HECH QACHON ALAXSIRAMAYMAN. NEGA MENGA ERTAK TOʼQIYAPSAN? Taehyung yaxshilikcha rostini ayt. Nima xohlaysan? Pulmi? Pul kerakmi? Uyumdagi hech bir qimmarbaho buyumga tegmagansan. Maqsading nima?

Jungkookdagi bu jahlni Taehyung endi koʻrishi edi. Chunki Jungkook deyarli adabiylashmaydi. Jungkook rostini aytdi. U hech qachon alaxsiramaydi, ayniqsa ichganda. Taehyungga pul kerak emas, unga Jungkook kerak. Pul oʻzida oshib-toshib yotibdi. Mobodo kerak boʻlsa Jungkookka ham beradi. Axir Taehyung bilardi, Jungkook hech kimga ishonmasligini.

Tae: Jungkook senga ertak toʻqimayapman. Rostini aytdim. Qachon senga yolgʻon gapirganman? Eslab koʻr.

Jk: menga hiylangni qilma! Ish bermaydi endi. Mana bu koʻzingdagi yolgʻoningni yoʻqot. Aslida kim ekanligingni bilmayman ammo endi tugadi

Jungkookning ogʻzidan tugadi degan soʻz Taehyungga boshqacha tasir qildi. Jungkookni quchoqladi, ilk marta. Jungkookning koʻkragigacha ochiq qora koʻylak kiygan edi. Taehyung atayin sal egilgandi unibg maqsadi yuzi Jungkookning koʻkragiga tegishi edi. Jungkookning tafti issiq edi. Jungkook negadir tinchlangandek boʻldi

Tae: iltimos kechir meni Jungkook men noʻtogʻri maqsadda uyingga kamera qoʻymadim. Senga nimadir boʻlsa mendan koʻrishlari mumkin edi. Men shuni oʻylab qildim

Jungkook uni itardi va ishonmagan nigoh ila qaradi

Jk: endi oʻyla Taehyung. Sen meni uyunga qoʻygan kameralar juda sifatli va qimmat turadi. Sen uncha pulni qayoqdan olding

Tae: qarzga oldim

Jk: sen...sen......sen yo jinnisan yo atayin qilasan. Uyimdan kamerani olib ket va qaytarib ber. Mobodo olmayman desa meni ismimni ayt. Qaytarib oladi

Taepov: Jungkook unutma! Men hech qachon senga yomonlik tilamayman. Doim meniki boʻlishingni istayman va meniki boʻlasan. Eh mitti emas kattagina malikam tan olaman aqllisan biroq men doimo seni boshqaraman. Sendagi bi kuch meni miyyamga teng kelolmaydi

(Mepov: Bu iflos Jungkookka kim aql oʻrgatishini bilmaydi sheklilli)

Jk: Jimin qayerda? Kim olib ketdi uni?

Taepov: sal adashibman shekilli unchalik ham sodda emas

Tae: men bilmayman Jungkook. Men faqat seni olib ketdim, Jiminga nima boʻlganidan xabarim yoʻq

Jungkookning asab nervlari oʻynab boshladi. Koʻzi oʻz-oʻzidan qisilib ketardi va labi ham oʻymab qoldi. Taehyung hayron

Jk: sen...sen qanaqasiga bilmayman. Oʼzing aytding! Sen va doʻsting deding. Men Jimin bilan edim. Sen buni koʻrgansan. Xoʻsh qani Jimin? Taehyung meni nervimni surogi tugagan. Asabimga oʻynama bir balo qilib qoʻyaman. Menga tez Jiminni topasan. Kechgacha Jimin menga qoʻngʻiroq qilmasa oʻzingdan oʻpkala

Tae: Jungkook meni kechir men rostan bilmayman. Jiminni oʻrniga meni oʻzingga doʻst qil. Men yaxshi doʻstman

Jk: menga doʻst kerak! Qul emas

Taehyung aktyorlik qilib oʻzini bu gapdan xafa boʻlgandek koʻrsatdi va pastga qaradi. Jungkook borgan sari haddidan oshardi. Xuddi oshiqlari kabi.

Jungkook ketdi. Jimin bu payt ham uxlardi. Taehyung Junkook ketgandan soʻng Yoongiga qoʻngʻiroq qildi

Tae: Jimin uygʻonmadimi?

Dedi jiddiy ovozda. Yoongini tongacha asabi tamom boʻlgani ovozidan malum edi

Yg: ha manavi alkashni aytyapsanmi? Yoʻq haliyam uygʻonmadi. Mazza qilib uxlayapti. Seni anavi boyvachcha taxtakaningni?

Tae: Jungkook haqida bunday deganingni boshqa eshitmay! Jiminni tezda uyiga olib bor. Manzilini senga tashlayman. Kechga Jungkookka qoʻngʻiroq qilishi kerak. Jungkook koʻp narsadan xabar topdi

Yg: nima boʻldi? Seni kimligingni bilib qoldimi?

Tae: ozgina qoldi. Eplab vaziyatdan chiqib ketdim. Uyiga kamera oʻrnatganimni uyida bor kameradan koʻrib qolibdi. Uni uyida kamera borligi yetti uxlab tushimga kirmagandi. Avval ham uyiga kirgandim ammo kamerasi yoʻq edi yoki kichik boʻlgan boʻlsa men sezmaganman

Yg: u sen oʻylaganchalik sodda emas. Koʻzingdagi yolgʻonga ishonib ketavermaydi. Uni Jeon Jungkook deb qoʻyishibdi. Otasi kim-u oʻzi kim. 3 yildan beri sevgan sen lekin qandayligini bilmaysan

Tae: bunday boʻlishini tush koʻribmanmi? Nima qilishni oʻylayapman! Rejamni amalga oshiraymi yoki kutaymi?

Yg: Xo'sh menimcha sekin astalik bilan ishga kirishish vaqti keldi Taehyung. Bo'lmasam bu ketishdi sening sevgingning qurboni sen yoki Jungkook emas aynan men bo'laman. Jin ursin nega aynan Jungkookaaa unda na nafosat bor va na biroz yumshoqlik mushakdor katta quyonning g'irt o'zi. Sening Jungkookga bo'lgan bu telbalarcha oshiqliging axiri meni boshimga yetadi ahmoq. Har narsaga men balogardon bo'lib qolaveramanmi? Mana masalan manabu arkashni olaylik uni ham sen ahmoqni deb uyimga olib keldim. Hech kim hatto teginishga ham jurat eta olmaydigan yotog'imda u bemalol to'lg'onib uxlayabdi. Agar sen tezroq shu mushakdor quyoningni olmasang mening azoblarim tugamaydigan ko'rinadi.

Taehyung kulib: Exx Yoongi Jungkookni men sevibmanku barcha g'ami senga tushubdiku. Mayli seni bu tashvishlardan tez orada ozod qilaman. Ammo Jiminni hozir uyiga olib borib tashla.

Yoongi: Bu arkash hatto uyg'onishni istamayabdiku yotoqga yopishgan shilliqurtga o'xshaydi.

Yoongi yotoqda uxlab yotgan Jiminga qarab gapirdi.

Yoongi: Hoy piyanista uyg'onish niyyating yo'qmi mabodo o'lib qolmaganmisan.

Jimin uyg'onavermagach Yoongi uni yoniga yotog'ga o'tirib Taehyung bilan gaplashishda davom etdi.

Yoongi: Menimcha bu shilliqurt piyanista uyg'onishni istamyotgan ko'rinadi.Taehyung mening sabrim tugab borayabdi. Agar sen bo'lmaganingda uni allaqachon ko'chaga uloqtirar edim.

Yoongi yana baland ovozda Jiminga qarab: Hoy uyg'on deyabman senga

Jiminga shovqin uxlashiga halal berayotgani sabab u oyog'i bilan Yoongini tepib yotoqdan pastga tushurib yubordi. Odatda Jimin ichgan vaqtlarida doim shunday qattiq uxlaydi. Yoongi esa hozir nima bo'lganini ongida sintez qila boshladi.

Yoongi: Voy yaramas piyanistayey sen hali meni hatto ota onam turtushmagan sen esa meni tepib tashladingmi endi o'zingdan ko'r shilliqurt qani buyoqga kel.

Taehyung esa telefon ortida Yoongi bilan nima bo'layotganini anglash uchun tinmasdan Yoongini chaqirar edi.

Taehyung: Yoongi Yoongi nima bo'layabdi u yerda?

Bu vaqt Yoongi Jimminni oyoqlarini maxkam ushlab uni choyshabga o'rab chirmadi va uni yelkasiga ko'tarib olgach qo'liga telefonini olib Taehyungga javob berdi.

Yoongi: Hoy Rameo manabu shilliqurtni manzili qayerda men uni hoziroq uyiga olib borib tashlayman. Agar tezroq uning manzilini bermasang bu arkashni biron bir axlatxona yonida qoldiraman. Jin ursin shu holatida ham uxlaydiya.

Taehyung: Senga manzilni tashladim. Uni to'g'ri uyiga olib bor axlatxonada qoldira ko'rma u mening hayotim mazmunining do'sti garchi ularning do'stligi menga mutlaqo yoqmasa ham bundan Sevgilim qattiq ranjiydi. Shunday ekan buni o'ylama ham. Agar shunday qilsang o'zingni o'sha yerga boshliq qilib tayinlayman.

Yoongi: Aysh nega bu ahmoq bilan haligacha do'st ekanimga tushunmayman. Men telefonni o'chiryabman telba.

Yoongi aloqani uzdi. Taehyung esa deraza oldiga borib pastda jaxil bilan be tartib qadam tashlab yurgan Jungkookni kuzata boshladi.

Taehyung: Ahh sening har bir haddi harakating meni o'ziga tobora qattiqroq oshiq qiladi. Seni bunchalik sevishimga aslida o'zing ayibdorsan malikam. Tez orada sen ham faqat menga tegishli ekaningni tan olasan.

2-qism tamom.
Davomi bor.