Sevgisi oldidagi ojiz mafia 2
Jihoo Senani mashinani koʻrsatdi. Mashina rostan ham qimmat edi. Sena buni koʻrib hayron qoldi, ammo nima qilsin... Mafiani yolgʻiz oʻgʻlida
Sn: dadang kimni koʻproq yaxahi koʻradi? Oyingnimi yoki senimi?
Jh: dadam oyimni yaxshi koʻradi. Hattoki mendan ham koʻproq. Bu uyda oyimni aytgani boʻladi. Dadamni jahli chiqsa hammamiz qoʻrqamiz, hattoki men ham ammo oyim qoʻrqmaydilar
Snpov: Meni oʻgʻlim shunchalik jasoratlimi? Qoyil! Mafiadan qoʻrqmaydi, axir Jungkookni oʻldirishi mumkinku
Jh: dadam hech qachon oyimni urmaydi. Uyning har bir qismida kamera bor. Dadam har 1 soatda uyda nima boʻlyotganini kamera orqali koʻrib turadi. Oyim nima qilyapti asosan shuni koʻradi. Dadamni aytishicha bu men va oyimni xavfsizligi uchun ekan
Sn: senga havasim keldi nevaraginam. Seni yaxahi koʻradigan otang bor. Men otamni koʻrmaganman
Jh: otalar oʻz farzandini yaxshi koʻrishadi, har qanday erkaligiga chidaydi. Meni dadam ham shunday! Dadam men va oyimni har qaysi erkaligimizga chidaydi
Snpov: qani edi meni ham otam erkaligimga chidasa. Men seni aldadim bolajonim. Otam men uchun iblis kabi edi. Sen omadlisan. Meni erkaligimga oʻz otam chidamagan, ammo seni bobong bunga chidar edi. Uni qadrini endi bilyapman. Nega meni tashlab ketding Jungwook? Sensiz qiyin ekan! Ammo oʻgʻlimiz baxtli
Sena yoshligida otasini yaxshi koʻrar edi. Ammo otasi emas. Sena oilada katta farzand boʻlgani uchun otasi uni yaxshi koʻrmagan. Otasi birinchi farzandi oʻgʻil boʻlishini istagan ammo bunday boʻlmagan. Sena esa katta farzand boʻlib tugʻulgani uchun doim aybdor edi. Senani ukasi ham bor edi. Otasi Senaga etibor bermas edi. Ukasini yaxshi koʻrar edi. Senani erkaliklariga otasi aslo chidamas edi. Ammo ukasi uni yaxshi koʻrar edi. Keyinchalik Jungwookni uchratdi. Jungwook Senani sevgani uchun erkaligiga chidar edi. Bazan shu erkaligi Jungwookga yoqar edi. Chunki Sena erkalik qilganida yoqimtoy boʻlar edi
Sena biroz koʻziga yosh oldi. U ham bunday qabix inson boʻlishni istamagan, u ham ota mehrini istagan ammo otasini suyuklisi boʻlmagan.
Jh: ha yuring! Dadam men va oyim uchun hayvonlar olib kelgan. Uyning orqa tomonida
Ular uyning orqa tomoniga oʻtishdi. Qafasda katta yoʻlbars bor edi, ikkichisida esa sher. Bu hayvonlar Jungkookga yoqar edi. Boshqa tarafda esa quyonchalar. Bu quyonchalar Jihoo uchun edi
Jh: bu hayvonlarni dadam biz uchun olib kelgan
Sn: ammo ularni oldiga borma! Ular xavfli. Seni yeb qoʻyishadi
Jh: anavi quyonchalarga qarang! Ularni dadam men uchun olib kelgan
Sn: ha chiroyli ekan. Seni doʻsting bormi?
Jh: ha uni ismi Jiyoon. Min Jiyoon. Uni otasi mafia qiroli Agust D
Snpov: nima dedi? Agust D demimi? Bechorani xotiniga achinyapman. Har kun kaltak yesa kerak. Axir Agust Dni yovuz va shavqatsiz deyishgan edi
Sena Agust D haqida eshitgan edi ammo xotini va oʻgʻli borligini bilmas edi. Ammo uning xotini undan faqat bir marta kaltak yegan, Jimin uni tovbasiga tayantirgan va umuman urmaydigan qilgan. Mafia olamida Jiminni oʻziga yarasha obroʻsi bor. Shu jumladan Jungkookni ham
Sn: Agust Dni xotini kim? Uni taniysanmi?
Jh: ha u Jimin togʻam. Oyimni doʻsti. Ammo Yoongi amakim Jimin togʻamni qattiq yaxshi koʻradi
Sn: bechora Jimin! Peshonasi shoʻr ekan.
Sn: Axir uni eri Agust D! Shavqatsiz va yovuz mafia. Xotinini ursa kerak
Jh: Yoongi amakim Jimin togʻamni urolmaydi. Xuddi dadam kabi
Snpov: nima bu ikki doʻstni boshiga baxt qushi qoʻnganmi? Mafiaga turmushga chiqib ham kaltak yemagan boʻlishi mumkinmi ey?
Shunday qilib kech tushdi. Taehyung ham keldi. U qoʻlida Jungkook sevgan qizil lolalar bor edi, oʻgʻli uchun esa malinali yogurt
Sena ham Taehyungni koʻrdi va hayratlanib qoldi. Sababi Sena Taehyung kabi kelishgan erkakni koʻrmagan edi. Taehyung bir soʻz bilan mukammal edi. Chiroyli, boy, kuchli va har tomonlama mukammal. Biror nuqsoni yoʻq edi
Snpov: ey hudoyim bir erkak ham shunchalik chiroyli boʻlishi mumkinmi? Aahh oʻgʻlimni peshonasi yarqiragan ekan. Shundoq er uchrapti, oʻgʻlim baxtli boʻlsin. Menga boshqasi kerak emas
Taehyung ham Senani koʻrdi va miyigʻida kuldi. Taehyung uni yoqtirmadi, chunki u Jungkookni tashlab ketgan, onasini deb qancha azob koʻrgan ammo baribir xotini onam deyapti
Taehyung kelib xotinini quchoqladi va mayin kuldi. Taehyungning koʻzlarida sevgini koʻrish qiyin emas edi. Taehyung Jungkookni yuzidan oʻpib qoʻydi va qoʻlidagi gullarni berdi
Jk: rahmat tanish bu oyim Jeon Sena
Tae: hursandman. Men Kim Taehyungman
Sn: Jungkook tariflaganicha bor ekansiz
Hamma oʻtirib ovqatlana boshladi. Taehyung Jungkook yoqtirgan ovqatlarni uning likopchasiga solib berar edi. Buni esa Sena va Jihoo koʻrib turar edi