Sevgisi oldidagi ojiz mafia
Italiya va Yaponiyaning eng kuchli mafialari birgalikda Suga haqida gaplashishardi. Italiyaning eng kuchli Mafiasi Vencenso Cassano va Yaponiyaning Yakuza mafiasi boshligʻi Kim Namjoon
Kim Namjoon-Yaponiya Yakuza mafiasi boshligʻi 32 yosh
Xarakteri: Jiddiy faqat sevgani oldida emas. Aqlliy va ishiga puxta odam. Aytganini qildiradigan va oʻz vadasida turadigan odam
Vincenzo Cassoni - Italiyalik eng kuchli mafia. Yoshi 31 da
Xarakteri: Qasoskor va makkor odam. Ammo sevgisi har qaysi xarakteridan ustun kelgan. Unga qilingan yaxshilikni ham yomonlikni ham unutmaydi va hech biri javobsiz qoldirmaydi
VC: Eshitishimcha Suga tinchib qolibdi. Uni sevgilisi ogʻir kasal ekan. Davosi yoʻq kasal
N: ha boshida oʻzimta bor. Suga buning uchun dunyoning eng malakali doctorlarini yigʻdi. Hammasi bir xil gap aytishyapti. Imkoni yoʻq
VC: Lekin Suga sevgilisini juda ham sevadi. U oʻlsa Suga ham oʻladi. Sugadan keyingi eng kuchli mafia V. Ammo uni yuzi hech kimga maʼlum emas
N: Toʻgʻri. Sugadan keyin u qirol boʻladi. Ammo biz bunga yoʻl qoʻymaymiz. Undan kam emasmiz. Uning ham nozik tomoni boʻlishi kerak. Sevgilisi bormi?
VC: unga BIPOLYAR tashxisi qoʻyilgan. Davosi faqat sevgan insoni. Sevgani faqat uni davolay oladi. Yaxshi gapirsa va uni aytganini qilsa. Buning uchun V biror bir qoʻrqoqni sevib qolishi kerak
N: Balki sevgani bordir. Biz buni bilmaymiz. Mayli nima boʻlsa boʻlar bizga nima. Biz oʻzimizni oʻylaylik
Suga Jiminni qoʻlidan ushlab oʻtirar ekan ilk uchrashgan vaqtini esladi. Jungkook aytandek Jimin oldin boshqacha edi. Suga Jimin bilan shifoxonada boʻlgam vaqtida ham Jiminni koʻzida oʻziga boʻlgan ishonch va gʻurur turardi. Ammo hozirgi Jimin bilan avvalgi Jimin oʻrtasida olov bilan muz kabi farq bor. Avvalgi Jimin olovli choʻgʻ edi hozirgisi eda ustidan suv quyib oʻchirilgan choʻgʻga oʻxshaydi. Suganing koʻzlari yigʻlaganidan qizarib ketgandi va uyqusi keldi. Jiminni yoniga yotdi va uni quchoqlab oldi
Suga: Jiminim, mening mitti farishtam, ohu koʻzligim, yagonam, yuragim egasi, qalbim qasridagi qirolim, shirintoyim, mittovoyim, shirinim,mening ilk va sonsiz sevgim. Senga vada beraman. Agar senga nimadir boʻlsa va meni tark etsang bundan xafa boʻlmayman. Men seni ortingdan boraman. Sensiz menga bu dunyoni keragi yoʻq. Menga sen keraksan. Hattoki bolamni ham qizigʻi yoʻq. Vada beraman agar yana bu dunyoga kelsam seni tanlayman. Necha marta tugʻulsam ham seni istayman. Bilasanmi nega men senga tegmadim? Chunki boʻlajak xotinimni halollab olmoqchi edim. Bizning ilk aloqamiz toʻyimizning ilk kechasida boʻladi. Senga ungacha tegmaslikka soʻz beraman. Seni quchoqlayman, oʻpaman. Ammo undan keyingisiga faqat toʻydan keyingina oʻtaman. Lekin sen menga ham vada ber. Agar moʻjiza yuz berib sen tuzalsang va menga nimadir boʻlsa meni unut va boshqasi bilan baxtli boʻl. Bilaman men buni ochiqchasiga senga aytolmayman. Oʼsha kun sen ham menga sizni sevaman degan kuning dunyodagi eng baxtli kunlarimdan biri edi. Senga qachon yana shunday baxtli boʻlishimni aytaman. Toʻyimizning ilk kechasida, sen homilador boʻlganingda va bizni farzandimiz dunyoda kelganida xuddi oʻsha kungidek hattoki undan ham koʻp baxtli boʻlaman. Agar bizning oʻrtamizda bola boʻlsa sen men bilan qolasan. Men bu toʻyni avvalroq qilmoqchi edim ammo qarasam sen meni ilk va eng katta chaqalogʻimsan
Suga shularni uxlayotgan Jiminga qarab uni sochlaridan silab aytdi. Uni yuzlaridan, koʻzlaridan, lablaridan, qoʻllaridan va boʻynidan oʻpdi. Jiminda hali ham oʻsha atirgul hidi kelardi
Jungkook Taehyung bilan 2 haftadan buyon yashardi. U Taehyung bilan baxtli edi hattoki eng yaqin insoni boʻlgan Jiminni ham unutdi. Koʻp oʻtmay Suga uni chaqirdi va Jungkook ham hozir axvoli Suganikidan qolishmaydi
Jkpov: Men oʻz sevganim bilan 2 haftadan buyon yashar ekanman men baxtdan sarmast edim. Men hattoki 6 yillik doʻstim, ishonganim, ilk mehr koʻrgan insonim boʻlgan Jiminni ham unutdim. Men u haqida umuman oʻylamadim. Suga bilan hayoti yaxshidir ahir Suga uni sevadiku deb pinagimni ham buzmadim. Ammo shu ishim menga qimmatga tushdi. Suga kecha menga Jiminni axvoli yomon ekanligini aytganda negadir koʻnglim gʻashlandi. Biz Suga bilan bordik ammo bu koʻrgan manzaramni hech qachon koʻrmagandim. Jimin juda ham ozib ketgan va xushudan ketgandi. Rangida ham rang qolmagandi. Lablari qurib ketgan edi. Men bilgan olovli choʻgʻ boʻlgan Jimin oʻlgan-u oʻrniga boshqasi tugʻulib qolganday edi. Biz uni shifoxonga olib bordik. Suga menga boʻlgan voqeani aytib berdi. Keyin Jimin nega bunaqa axvolga tushganini bildim. Ammo doctorni aytgan gaplari hammasidan oshib tushdi. Men buni hazil deb oʻyladim. Jimin hech qachon kasal boʻlmagan va oʻziga har doim etibor berib yurgan. Boshida oʻsimta qanaqasiga paydo boʻlishi mumkin? Sugaga qaragandim u huddi haykaldek qotib qolgandi va koʻzlaridan asta yosh chiqdi. Ammo men ham oʻzimni ushlab turolmay Sugani quchoqlab yigʻladim.
Jungkook ham kechadan beri tinmay yigʻlardi
Jungkook ham kechadan beri tinmay yigʻlardi va Taehyung kelib qoldi. Xonaga borsa Jungkook yotoqda yotgancha yigʻlardi. Taehyung uni oldiga tezlik bilan bordi va Jungkookni quchoqladi
Tae: quyoncham nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan?
Jk:...Jimin...Jimin....u...u kasal ekan...u kasalni davosi yoʻq edi...boshida....boshida oʻsimta bor ekan...Tete...Jimin oʻladi..
Taehyung bu gapni eshitar ekan nega Jungkook bunchalar koʻp yigʻlaganini endi tushundi va uni mahkamroq quchoqadi
Tae: Kookieyim bu dunyoda kech kim va hech narsa abadiy emas. Hamma bir kun ketadi. Hammasi ham bir kun tugaydi
Jk: Ammo Jimin hali yoshku hattoki 20 ga ham kirmadi. U meni eng yaqin insonim. Onam meni tashlab ketgandan keyin u menga gʻamxoʻrlik qildi, mehr berdi, kasal boʻlganimda davoladi. Hattoki kechalari bilan uhlamay menga qarardi. U ham baxtli boʻlishga haqliku. Jimin bizni tashlab ketishga haqqi yoʻq
Tae: Bilasanmi sen bilan hayotimiz oʻxshash. Seni tashlab ketishgan boʻlsa meni haydashmasdan qiynashgan. Otam vafotidan keyin onam oʻzgatib qoldi. Men u payt endigina 6 yosh edim. Onam har doim menga baqirar va urardi. Bir marta ham meni erkalamadi, quchoqlamadi, oʻpmadi. Oradan 4 yil oʻtib onam bir erkakni topdi. U odam boy edi ammo farzandi yoʻq edi. U inson menga oʻz bolasidek mehr berardi va onamni unutardi. Onam etibor va mehrni juda ham yaxshi koʻrardi. Oʼgay otam mafia edi. Men 20 yoshga kirganimda oʻgay otamni va onamni oʻldirishdi. Ammo men CEO boʻldim. Lekin sevmadim. Koʻp qizlar meni chiroyimga va onam kabi boyligimga uchishar va menga suykalishardi. U ham yetmagandek yigitlar ham noz karashma qilardi. Ularni hammasi shunday edi lekin sen boshqacha eding. Ilk uchrashganimizda sen menga unday qilmading. Aksincha men bilan tortishding. Ustingga muzli americanoni toʻkib yuborganimda hattoki menga tarsaki tushirding
Taehyungni soʻngi gapidan keyin Jungkook kulib yubordi. Chunki rostan ham shunday boʻlgan edi. Buni inkor etolmasdi