June 27

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

13-qism

Ular oʻz uyuga keldi. Jungkookning oyogʻini tuflisi urib qonatib tashlagandi. Tufli unga kichkina edi ammo 2 soatlik bazmda hech narsa boʻlmaydi deb kiyib kelavergandi. Sotuvchi unga kichik oʻlchamni adashib berib yuborgandi

Qizni emas jkni oyogʻi

Bundan Taehyungni jahli chiqdi va

Tae: qaysi jonidan toʻygan senga bir oʻlcham kichik tuflini beradi. Hali shoshnay tursin! Umrini qamoqda chiritaman

Jk: unday qilma! Hamma ham adashadi

Taehyung sekin kostumini yechdi va ilib qoʻydi. Borib kichik togʻorada iliq suv olib keldi va Jungkookning qonagan oyogʻini olib togʻoraga soldi. Jungkookdagi ogʻriqlar keta boshladi ammo koʻzlari yoshlandi.

Qanday qilib u bunchalar yaxshi, mehribon, uni sevadigan, qadrlaydigan odamga xiyonat qilishi mumkin? Qaysi hissiyoti bilan? Qaysi aql bilan? Ammo bu yurakning amri! Yurak hech kimga quloq solmaydi, hattoki unga aqlning ham kuchi yetmaydi

Taehyung esa Jungkookni koʻziga qaradi. Qarasa bu munchoqcha kabi yaltiroq koʻzlar yoshlanib qolgandi. Taehyung Jungkookka azob berdimmi deb oʻylab xavotirlandi va yoniga oʻtirdi. Qattiq qoʻllari ila noziklik bilan Jungkookning mayin yuzidan ushlab oʻziga qaratdi. Jungkook hali hamon koʻzlari yoshlanib, yigʻlashdan bir qadam orqada turardi

Tae: nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan? Ogʻridimi?

Jk: yy..yoʻq! Meni kechir

Tae: nega kechirim soʻraysan? Men seni sevaman. Sen uchun qilamanku.

Jungkook Taehyungni quchoqladi va piqqilab olib yigʻladi. Taehyung esa Jungkookni ham mahkam quchoqladi va orqasini silab, uni tinchlantira boshladi

Jk: kechir meni Taehyung. Ha tan olaman men ahmoqman. Ammo nima qilay men boshqasini sevaman. Men yomonga nega sen qaygʻuryapsan? Axir alamingni olsang boʻladik. Nega unday qilmaysan? Nega menga azob bermaysan? Nega men kabi boshqasini sevmaysan?

Taehyung ham yigʻladi. Axir Jungkook rost aytyotgandi. Alamini olsa boʻladi. Jungkookdek boshqasini sevsa boʻladi ammo Taehyung unday qilolmaydi. Ming urinmasin 28 yil sevgan insoniga azob berolmaydi. Taehyung bunday qilolmaydi

Tae: qilolmayman! Qoʻlimdan kelmaydi. Sensiz yashashni yuragim ham aqlim ham istamaydi. Seni 28 yildan beri sevaman. Ammo bunga qarshi kurashdim. Seni sevganimni bilintirmaslik uchun ota-onang oldida seni qoʻgʻirchoq dedim. Bu bilan ular meni yovuz deb oʻylashlari uchun. Sen uchun 20 yildan beri soch yurmaklashni, rasm chizishni, enagalik qilishni, ovqat pishirishni, motosikl haydashni oʻrgandim. Barini sen uchun qildim. Ammo taqdirimda xotinim meni emas, oʻzgasini sevishi yozilgan ekan.

Jungkookning vijdoni qiynalardi. Vijdoni ovo chiqarib sen nohaqlik qilyapsan! Seni sevgan inson uchun nohaqlik qilyapsan derdi. Ammo yurak! Yurak Sugadan oʻzgasini demasdi. Taehyungning yuragi ham Jungkookdam oʻzgasini demasdi. Jungkook u uchun hamon yagona va topilmaydigan olmos singari edi

Taehyung sekin uni quchogʻidan chiqardi va koʻz yoshlarini aytdi. Yonogʻidan mayingina oʻpdi, xuddiki qattiqroq oʻpib yuborsa ogʻriq beradigandek. Jungkook ham indamadi

Tae: sen men uchun qora dorisan Jungkook. Sensiz yashab boʻlmaydi, sendan oʻzgasini yuragim istamaydi

Ular ikkalasi ham galma-galdan yuvinib chiqishdi va yotib uxlashdi. Jungkook yigʻlagandan soʻng nimanidir yoki kimnidir quchoqlashi kerak edi. Jungkook Taehyungni quchoqladi. Taehyung ham uni quchoqlagancha mazza yotardi

Qizni oʻrniga Jk va tun!

Taepov: seni hech kimga bermayman Liderxonimim. Sen abadiy menikisan oʻsha sevgiling ham seni mendan tortib ololmaydi. U mendan qudratli boʻlolmaydi. Mendan ustun boʻlolmaydi

Ammo Taehyungning koʻzi xotinining boʻynidagi taqinchoqga tushdi. Bunaqa taqinchoqni hali koʻrmagandi. Taehyung sekin taqinchoqni Jungkookni boʻynidan yechib oldi

Taepov: buni kim berdi? Hali bunaqa taqinchoqni koʻrmagandim. Bu qimmat. Jungkookning oʻsha sevgilisi sovgʻa qilganmi? Yoʻq! Bunaqa taqinchoqni faqat Liderlar oilasi taqa oladi. Balki yasatgandir

Ammo bu taqinchoq haqiqiysi emasdi. Buni Jungkook rostan ham yasattirgandi va taqib olgandi. Haqiqiy Suga sovgʻa qilgan taqinchoq doimo uning choʻntagida edi

Taehyung taqinchoqni choʻntagiga solib qoʻydi va yana uxladi. Tongda mamlakatdagi hamma zargarlarni yigʻdi va bu taqinchoqni kim yasaganini soʻradi. Ulardan biri Jungkook maxsus buyurtma qilganini aytdi. Taehyung bunga ishondi va indamadi

Oradan kunlar, kunlar ketidan haftalat, haftalar ketidan oylab oʻta boshladi. Jungkook Taehyungga mehribon edi, bundan hamma mamnun edi. Ammo bu mehrning asl maʼnosi boshqa edi

Jungkook ketishidan oldin Taehyungga yaxshi xotiralar qoldirmoqchi edi. Jungkook iblislar olamiga oʻtmay qoʻydi. Suga yana avvalgidek koʻl ichidan chiqardi

Ammo bu safar Bogum ularni koʻrib suratga oldi. Juda ham katta urush boʻlish arafasida edi. Bogum va Taehyung bazada edi

Tae: bu nima? Kim bu? QAYERDAN OLDING BUNI?

Bg: sizga aytgandim. Jungkook xiyonatkor degandim. Siz esa ishonmadingiz

Ammo toʻsatdan Jungkook kirib qoldi xonaga. Vaziyatga qararkan nimadir boʻlgani aniq edi

Jk: Tae...nimadir boʻldimi?

Tehyung oʻzini bosdi va Jungkookning qarshisiga keldi. Jungkook esa unga qarab turardi

Tae: bu nima Jungkook? Nima bu?

Jungkook suratga qaradi va yuragini qoʻrquv egalladi. Ammo qaysidir yoʻl bilan vaziyatdan chiqishi kerak

Jk: buni qayerdan oldingiz? Nima bu?

Tae: SHUNI SENDAN SOʼRAYAPMAN! KIM BU OLDINGDAGI? NEGA QOʼLINI SENI BELINGGA QOʼYADI? SEN NEGA UNI QUCHOGʼIGA KIRIB OLGANSAN? BOGUM AYTMAGANDA BILMAY YURAVERARDIM....GAPIR! BU OʼSHA SEVGILINGMI?

Jungkook endi roʻl oʻynashi kerak. U yana xafa boʻlgandek yigʻladi va erini manipulyatsiya qila boshladi. Taehyung hamma narsaga chidasa ham Jungkookning koʻz yoshlariga chiday olmaydi

Jk: sen....sen ishondingmi? Men senga xiyonat qilishimga ishondingmi? Sen oʻz xotiningga emas...qayoqdagi bir foxishaga ishondingmi? Qara! Bu qanotku. Qaysi odamda qanot boʻladi? Bu men emasman! Bu mantaj! Sen esa shunga ishonding!

Taehyung suratga yaxshilab qaradi. Sugada qanot bor edi va shunaqa qanotdan kattarogʻi Jungkookda bor edi. Taehyung bunaqa narsa aslo boʻlmasligini keyin anglab yetdi. Ammo bungacha aqli Suga va Jungkookda edi. Qanotga hatto etibor ham bermagan

Bg: Liderim! Jungkook kiyimi yechsa qanoti paydo boʻladi. Buni oʻz koʻzim bilan koʻrdim

Jk: yaxshi!

Jungkook shunday deya koʻylagini ohirigacha yechdi. Ammo qanot chiqmadi. Bogum hayron qoldi. Chunki Jungkook terisiga qoʻshimga qoplam yopishtirgandi va bu uning terisidan umuman farq qilmaydi. Taehyungni jahli chiqdi

Tae: sen mening rafiqamga tuhmat qildingmi?

Bg: qasam ichaman unday qilmadim

Jungkook esa yigʻlab ketib qoldi. Taehyung esa Bogumga yomon qarab Liderxonimining ortidan chiqdi. Ammo Jungkook chaqqon. Allaqachon mashinaga minib ketgandi

Taehyung ham uni izidan yetib bordi. Jungkook uyga keldi va chemadanini olib narsalarini yigʻa boshladi. Xonaga Taehyung kirdi va

Tae: shirinim...nima qilyapsan? Xafa boʻlma! Men...men...meni jahlim chiqib ketdi. Kechir! Ayb mendan oʻtdi. Nima qilay? Rashk koʻzimni koʻr qildi

Jungkook chemadinini yigʻib boʻldi va Taehyungga qaradi. Koʻzlari esa hech qanday narsadan dalolat bermasdi.

Jk: Liderim! Biz bir-birimizga mos kelmadik. Siz bilan ajrashamiz! Siz oʻzingizga mos juft topasiz deb umid qilaman.

Taehyungni bu gaplardan tizzasigacha qaltirab ketdi. Uyda ular va xizmatchilar bor edi. Taehyung Jungkookni quchoqladi va

Tae: nima? Nimalar deyapsan? Kechiraqol shirinim. Seni sevishimni bilasanku. Men biroz rashk qildim. Faqat ketib qolma. Sensiz jinni boʻlaman

Jk: siz xotiningizga emas bir foxishaga ishondingiz. Uni oldida meni yerga urib baqirdingiz