March 31

Casino Royale

Muallifpov: Yomgʻir yogʻar yurakni ezib
Bu dildagi armonim sezib
Armonlardan yuragim bezib
Bugun seni juda sogʻindim
Sogʻinch oʻta shirin boʻlarkan
Sogʻinganda yurak toʻlar ekan
Armonlarga bu dil koʻnarkan
Bugun seni juda sogʻindim
Koʻrmoq uchun talpinar yurak
Sogʻinch uchun qadr ham kerak
Seni bugun koʻrishim kerak

9-qism

Taehyung Jungkookni bu holatiga chidolmadi. Chunki Jungkook har qaysi vaziyatda kulib turgan, kamdan-kam holatda jahli chiqgan edi ammo hozir... Taehyung ham yigʻladi

Jungkook bamisoli gul edi. Chiroyli, hamma oʻziniki qilishni istaydigan, mashhur, mukammal va noyob gulga oʻxshar edi. Hozir esa soʻlib qolgan edi. Jungkookni bu holatda hattoki oʻz akasi ham chidolmay yigʻladi, Taehyung kim boʻlibdi

Taehyungning guli

Taehyung Jungkookni qoʻllaridan ushladi. Ammo Jungkook hamon oʻsha-oʻsha edi. Hech qanday hissiyot mavjud emas va suvsiz soʻlib qolgan gul edi

Tae: Jungkook bizni bunday qiynama! Akang tashqarida oʻzini tinmay ayblab yigʻlayapti. Jungkook taqdirga tan ber, hamma narsa bir kun tugaydi. Seni kareyerang ham. Bir kun men ham bu hayotdagi umrim tugaydi va men boqiy hayot bor yerga ketaman. Uni bazilar jannat, bazilar esa jahannam deb atashadi. Jungkook bu dunyodagi hamma narsa bir kun oʻz nihoyasiga yetadi. Bu hayot qonuni! Hech kim va hech narsa abadiy emas! Masalan sen ham men ham chiroyli, yosh va kuchlimiz. Yillar oʻtgani sayin bu kuchimiz ham, chiroyimiz ham oʻtib boradi. Hayotda bu kabi qiyinchliklar boʻladi. Sen kareyerang toʻxtagani uchun oʻzingni bu ahvolga solyapsan ammo bundan yomonrogʻi boʻlsa nima qilasan?

Jk: men oʻz sevgan ishimni davom ettirishni istagan edim

Tae: sen yetarlicha oʻz ishingni davom ettirding. 12 yildan buyon idollik qilding endi esa hayotingni boshqa ish uchun qur

Jk: istamayman

Tae: bilasanmi akang ham boshida idol boʻlishingni istamagan ammo senga aytamagan. Seni xafa qilishni istamagan. Akang shu paytgacha seni istaklaringni bajargan, shundaymi?

Jk: ha, menga umuman yoʻq demagan

Tae: ammo sen nega akangni birgina istagini bajarmayapsan? Akang har doim nima qilgan boʻlsa sen uchun qilgan. Meni akam ham har doim men uchun qilgan. Ammo akam hali mendan biror bir ish qilishni soʻramadi

Jk: men mafia boʻlishni eplolmayman. Meni 12 yillik hayotim raqs, musiqa, muhlislar, mashhurlik va shu kabi ishlar bilan oʻtgan. Hech qachon akamni ishiga qiziqmadim va aralashmadim. Biror kim bilan uchrashmadim

Tae: Vada beraman! Har doim seni yoningda boʻlaman. Qachon yordamga muhtoj boʻlsang menga ayt! Shu zahotiyoq yetib kelaman. Seni qanchalik sevishimni boshqalar bilsa senga havas qilishadi, oʻzing ham havas qilasan!

Jk: kechir!

Tae: yoʻq kechirim soʻrama, yulduzcham! Yur endi pastga tushib ovqatlanamiz. Bugun kuni bilan ovqatlanmading

Ular pastga tushishdi. Jin ukasini borib quchoqladi

Jn: nega unday qilasan? Mayli ertadan idollikni davom ettirasan ammo boshqa bunday qilma

Jk: aka siz ancha ishladingiz. Endi meni navbatim. Siz dam oling

Jn: quyosh qayerdan chiqdi? Taehyung nima dedi yoki nima qildi?

Tae: oʻzim anglab yetgan bazi narsamarni unga ham tushuntirdim

Jn: rahmat

Rm: hoy Jungkook! Agar yana bir marta meni tanxo malikamni yigʻlatsang qara

Jk: hoʻp yigʻlatmayman

Jn: qani oʻtiringlar ovqatlanamiz

Hammalari oʻtirishdi va ovqatlana boshlashdi. Hammani kayfiyati alo edi. Jin ukasini yana hursand koʻrayotganidan hursand, Namjoon esa Jinning hursandligidan hursand, Taehyung esa Jungkook kulib ovqatlanayotgani uchun hursand, Jungkook boʻlsa ularni koʻrib hursand edi