Obsession
Jungkook nima qilishni bilmay jim qoldi. Nima qilsin? Baribir ham kuchi Taehyungga yetmaydiku. Unga qarshi chiqishga kuchi yetmaydi. Ammo aqli yetadi.
Tae: hyung meni eshityapsizmi? Hey!
Tae: hyung yuring video oʻying oʻynaymiz
Jk: yoʻq...shartmas. Men boraqolay
Jungkook endi ketmoqchi edi ammo Taehyung toʻxtatib qoldi.
Tae: siz va men endi shu yerda yashaymiz hyung. Yuring
Taehyung unga qoʻrqinchi qaradi. Jungkook ham jim boʻldi. Biladi! Baribir Taehyung aytganidan qolmaydi. Yagona chorasi yaxshi gap bilan yoʻlga solish.
Jungkook sekin Taehyungga yaqin keldi va yuzidan muloyimlik bilan ushladi. Taehyung ham bunga erib kulib turdi va belidan ushlab quchoqladi
Jk: TaeTae! Biz kompaniyada yashasak boʻlmaydimi? Axir konsertlarimiz borku. Nega unday qilyapsan?
Tae: men siz bilan yashamoqchiman hyung. Men idollikdan ketaman. Otamdek mafia boʻlaman. Siz esa mafianing rafiqasi boʻlasiz. Biz mana shu uyda birga yashaymiz. Kelajakda esa farzandlarimiz bilan...4 ta bolamiz boʻladi. 3 ta oʻgʻil va 1 dona qiz. Nima deysiz?
Jkpov: Menimcha Taehyung bunga chuqurlashib ketdi. Qanday qutulaman? Bola boʻlishga balo bormi? Ey hudo oʻshanda indamay ketsam boʻlarkan
Taehyung oʻzida kuch topib Jungkookni koʻtardi. Taehyung boshida qoʻrqgandi koʻtara olmasamchi deb. Ammo Jungkook yengil ekan. Taehyunc 80 kggacha koʻtara oladi. Jungkook esa 65 kg
Taehyung uni koʻtarib divanga olib bordi va oʻtirgʻizdi. Jungkook esa hamon nima boʻlganini anglolmay shock holatida. Taehyung uni quchoqladi va
Tae: Hyuuung...agar birinchi farzandimiz oʻgʻil boʻlsa uni ismini Henyu qoʻyamiz hoʻp
Tae: ikkinchisini esa Minho qoʻyamiz. Uchinchisini esa Suho deb qoʻyamiz. Qizimizni esa Aran yoki Eunji deb qoʻyamiz
Jungkookni oʻgʻzidan shu ism chiqib ketdi. Chunki u yoshligida kitobda oʻqigandi. Malika Melissa. Taehyung ham Jungkookdan fikr chiqganiga hursand boʻldi
Jk: chunki Melissa yunonchada asal kabi totli degan maʼnoni anglatadi. Qizimiz ham shiringina boʻladi. Shuning uchun
Tae: hoʻp hyung. Siz nima desangiz shu. Melissa boʻlsa Melissada
Taehyung Jungkookning yuzidan oʻpdi. Jungkook esa bunga chidayapti. Ammo nima qilsin? Keyin boʻladigan ishlarni bilganida balki Taehyungni aldamagan boʻlardi. Taehyung esa aldovni yomon koʻradi
Tae: hyung iltimos meni aldamaslikka vada bering. Men aldoqchilarni yomon koʻraman. Siz ham meni boshqalardek aldamang, hoʻpmi?
Taehyung esa mamnun uxlab qoldi. U Jungkookni quchoqlagancha uyquga ketdi. Jungkook esa unga termulib qoldi. U oʻylab qoldi? Nahot guldek umrini shu psix bilan oʻtkazsa?
Jkpov: nima uchun? Nega? Nega aynan meni sevding Taehyung? Nega ham seni stilisting boʻldim? Endi sendan qanday qutulaman? Axir oilam borku. Nima qilaman? Sen bilan yasholmayman
Jungkook shularni oʻylab oʻtirar ekan Taehyung uyqusida gapirib boshladi
Tae: Hyung.....mmmmmm....ketmang
Jungkook esa endi yigʻlab yubordi. Taehyungga qilgan bu nohaqligi va Taehyung uyqusida ham Jungkookni oʻylagani uchun vijdoni qiynaldi. Axir u Taehyungni vaqti kelib tashlab ketmoqchi edi. Ammo Taehyung.....Taehyung hatto uni uyqusida ham oʻylaydi. Jungkook shunchalar beshavqat insonmi? Shu toza qalbi insonni xafa qiladigan darajada beshavqatmi? Jungkook bunday inson emasdiku.
Jkpov: Taehyung...u psix boʻlishi mumkin ammo qalbi toza. Koʻnglida kiri yoʻq bola. Ammo men qanday qilib uni tashlab ketaman? Chizgan chizigʻimdan chiqmagan, ogʻzimdan chiqqanini bajargan, nimanidir hoxlasam bajargan. Lekin nega men uni tashlab ketishga buncha shoshyapman? Nega shoshyapman? Taehyungda ayb yoʻqku. U hali ham toza qalbi bolaku. Nega undan ketishni aqlim buncha istaydi? Nega?
Ammo Jungkookning yigʻisini eshitib Taehyung uygʻondi. Qarasa quchogʻidagi Jungkook yigʻlardi. Taehyung bir koʻrishdayoq choʻkib ketgan bu koʻzlar namlanib yigʻlardi. Shu koʻzyoshlar uning mayin yonogʻidan oqib tushardi. Taehyung shu koʻzyoshlarni artdi va
Tae: hyuung...nega yigʻlaysiz? Nimadir boʻldimi? Qayeringizdir ogʻriyaptimi? Doctor chaqiraymi?
Jungkook hech narsa demay Taehyungni boʻynidan quchoqladi. Taehyung esa Jungkookning belidan va sochidan siladi
Tae: nima boʻldi? Yaxshimisiz?
Jk: Tete...men ahmoq va bemehrman
Tae: yoʻq! Siz aqlli va mehribonsiz. Kim sizni bunday dedi? Yigʻlamang
Oradan biroz oʻtib Jungkook yigʻidan toʻxtadi va sekun uxlab qoldi. Jungkook yigʻlasa tez uxlaydigan odam edi
Tae: hyuuung....uxlab qoldingizmi?
Jungkookdan sado chiqmagach Taehyung uni avaylab koʻtardida yotoqxonaga olib chiqdi. Xonaga kirgach Jungkookni yotqizdi va ortiqcha kiyimini yechdi. Jungkook qulay holatda uxladi