Today

Tugʻulmasimdan hal qilingan taqdirim

15-qism

Jungkook Taehyung kulganida qarasa u Taehyungni emas! Iblis ammo Jungkook uchun farishta boʻlgan Sugani koʻrardi. Koʻzlar bilan emas yurak bilan Sugani koʻrardi

Iblislar olami! Halseyning saroyi!

Maxsus kutubxona!

Halsey Chaqmoq iblisha oid hamma kitobni oʻqib chiqdi. Eng kuchli iblis chaqmoq iblis yani Lior Kavell. Ammo u oʻlgan. Biroq uning oʻrnida Jungkook bor. U bildiki eng kuchli iblis ham u! Ammo uning hayolida Jungkook toʻliq chqmoq iblisi emas! U yarim iblis va yarim odam.

Hy: Eng kuchli 4 ta iblis bor. Men, Suga, Lior va soʻngisi Siren. Men suv iblisiman. Suga olov iblisi. Lior chaqmoq iblisi boʻlgan. Siren esa havo iblisi. Biz eng kamyob iblislarmiz. Ammo Lior 300 yil oldin oʻlgan va qanotini Suga oʻzi bilan olib qolgan. Ammo uni Jungkookka berib yubordi. Jungkook Liorchalik kuchli iblis emas. Uni kuchi menga yetmaydi. Ammo faqat Suga va men qoldik. Lior va Siren oʻlgan. Jungkook Liorning oʻrnini bosolmaydi

Ammo Halsey qattiq yanglishdi. Jungkook tashqi qiyofadangina insonga oʻxshardi. Ich-ichidan u toʻliq iblisga oʻxshab qoldi. Unga teng keladigani yoʻq. U juda ham kuchli

Jk: men hali oʻlganim yoʻq

Suga bu vaqtgacha unga qarshi chiqqan hamma iblisni oʻldirdi. Ayrimlariga esa tahdid qildi. Ular ham noilojlikdan rozi boʻlishdi. Axir Liordan keyin kuchlisi bu Suga edi.

Suga oʻzi va Jungkookning muhtasham nikoh kuni uchun harakat qilardi. Hatto bolalari uchun ham maxsus belanchak va xonalar bor edi.

Jungkook uchun kiyimlar

oyoq kiyimlar

va toj. Zargarlar eng kuchli iblislarning rafiqasi uchun toj tayyorlashadi. Albatta Jungkook uchun ham tayyorlangan. Ammo ular Jungkook odam boʻlib tugʻulganini bilmishmagandi

Suga Jungkook uchun qilmagan ishi qolmadi. Hamma iblisni oʻziga boʻysundirdi. U odamzotga uylanishini hamma bildi, hattoki zargarlar ham. Jungkook uchun hammaga qarshi chiqdi. U bilan muhtasham toʻyi uchun harakat qilardi

Odamlar dunyosi!

Taehyung va Jungkook poyga maydoniga borishdi. Jungkook bu yerga kelmaganiga 2 hafta boʻlgandi. Maydondagi hamma Lider Soren va Liderxonim Jungkook kelganini bilib hurmat koʻrsatishdi va tiz choʻkishdi.

Jk: hamma oʻrnidan tursin....oʻz ishingiz bilan shugʻullanavering

Hamma Jungkookning buyrugʻiga itoat etib oʻrnidan turib oʻz ishlarini qila boshladi. Taehyung Jungkook uchun maxsus motosiklni olib keldi. Yani bir oʻzi, qoʻriqchilarsiz. Bundan hamma hayratda. Ovqatni ham xizmatchi yediradigan Lider Liderxonimi uchun motosiklni oʻzi olib kelardi.

Negadir mamlakatda urish kamaydi. Koʻplar hursand. Chunki oilalar mustahkam. Ish demasa oilalar vaqtini ajoyib oʻtkazardi. Toʻgʻri bu yerda hech bir bola koʻchaga chiqib oʻynamaydi, ayollar birlashib gʻiybat qilmaydi. Erkaklar maishat xonaga bormaydi. Boradi faqat yoshlar. Yani puli koʻp boyvachchalar. Hattoki bolalar uchun maxsus park yoʻq. Jungkook bu narsani internetda koʻp koʻrardi va uchgisi kelardi. Uning qanotlari bordir ammo atriaksion baribir boshqacha. Bu mamlakatda hech kim birovning hayotiga burnini suqmaydi. Yani hamma oʻzi bilan oʻzi ovora

Tae: qarachi yagonam senga yoqdimi? Sen uchun olib keltirdim

Bu motosikl Jungkookning sevimlisi edi. Qora Kavasagi Ninja.

Jungkookning koʻzlari porlab ketdi va yugurib keldi. Motosiklga qoʻlini tekkizdi va

Jk: bu oʻsha qora rangli Kavasagi Ninjaku. Mening sevimli motosiklim. Bu mengami?

Shunaqa porlagan

Tae: ha yagonam senga. Hammasi sen uchun

Taehyung shunday deya Jungkookning orqasidam quchoqladi. Boshini esa yelkasiga qoʻydi. Jungkook esa bunga etibor bermadi, sababi hayoli Kavasagida

Taehyung birinchi motosiklga mindi va Jungkookka oʻtir degandek ishora qildi. Jungkook ham oʻtirdi

Taehyung tezlikda hayday boshladi. Jungkook bundan zavq olardi. Sevgani hursandligini koʻrgan Taehyung ham baxtiyor. Axir Jungkookning baxti uning baxtiku

Taehyung soʻngi kunlarda hursand boʻla boshladi. Jungkook oʻsha sevgilisini unitdi endi faqat men borman deya. Ammo u yanglishgandi. Jungkook jonidan kechsa ham Sugadan kechmaydi

Taehyung bu baxtli onlari uzoqqa choʻzilmasligini bilmasdi. Hayoli faqat Jungkookda edi. Taehyung aslida tosh qalbli boʻlmagan! Shunchaki ishga kelganda qattiqqoʻl Lider boʻlgan xolos. Ammo boshqalar uni tosh qalbli deyishgan. Jungkook uchun Taehyung 20 yil umrini bagʻishlagan. Yani rasm chizishni oʻrgangan, motosikl minishni oʻrgangan, enagalikni ham oʻrgangan, ovqat pishirishni ham oʻrgangan, sartaroshlikni ham oʻrgangan

Ammo Jungkook nima qildi? Xiyonat qildi! Jungkook ham aybdor emas, u ham sevgani bilan baxtli boʻlishni istadi. Boshqalar Liderxonim boʻlish uchun hamma narsa qilsa, Jungkook hech nima qilmadi. Taehyungni shunchalar yerga urdiki bunga qanday chidaganiga Taehyungning oʻzi ham hayron edi bazan. Ammo nima qilsin? Sevgining koʻzi koʻrku. Chidaydida oʻzi sevganidan keyin.

Suga ham 498 yilini yolgʻizlikda oʻtkazdi. U ham chiroyli iblislarni koʻrgan ammo ular mehribon emasdi. Nima boʻlsa ham iblisligiga boradida. Siren chiroyli edi ammo u ham sevdi va ohiri oʻldi. Uni tiriklayin yoqishdi. Uni aybi shunchaki sevgani edi. Balki bu Sugada ham boʻlar? Suga ham ohir-oqibat oʻlar? Sirenniki kabi uning ham sevgisi va qismati tillarda doston boʻlar? Biroq Suga ham bir marta sevadi. Sevganidan judo boʻlishdan koʻra u uchun ogʻirroq narsa yoʻq. Siren ham shunday edi. Suga va Siren shu tomonlama bir-biriga juda oʻxshashadi

Ammo bitta alam bilan qolgan Taehyung emas. Bogum ham edi. U Taehyungni sevmadimi? Charchasa ham, kasal boʻlsa ham uni hursand qilish uchun tik turmadimi? Uning shu sevgisiga javob shumi? Ha shu! Bu taqdir! Bu hayotda sevgan hech qachon yutmaydi. Sevilgan yutadi. Bogum sevdi, Jungkook sevildi. Sevilgan doimi yutadi. Er-xotinlik munosabatida ham ayolning sevgisi muhum emas. Erkakniki muhum. Ayol jonini berib sevsayu erkak etibor ham bermasa har qanday kuchli sevgiyam bir kun kelib tugaydi. Etiborsizlik har qaysi sevgini tugata oladi. Hamma etibor istaydi. Bogum shu etibordan ozgina istadi. Ammo Taehyungdagi hamma etibor, mehr, sevgi, rashk, xavotir Jungkookka berdi. Jungkookka esa bu qiziq ham emas. Unga Suga boʻlsa bas. Ammo unga berilgan ozroq etiborga Bogum muhtoj edi

Azaldan aytishganidek oldingdan oqqan suvni qadri yoʻq. Boshqa kishidagi senga orzu, sendagi esa boshqasiga. Bogum ham Jungkookdek sevilgisi kelardi. Lekin nima boʻldi? U ham oʻldi