Obsession
Taehyung unga faqat termulardi. Chunki qoʻlidan hozircha boshqasi kelmasdi. Agar ortiqcha harakat qilsa Jungkook unga yaqinlashmaydi, uning stilisti boʻlmaydi, uni yonida boʻlmaydi.
Tae: hyung siz yeyavering. Siz yesangiz men yegandekman. Men oldin ham kelganman bu yerga
Jk: senga mazza. Ota-onang boy. Men esa bunday joylarga kelmayman
Tae: siz ham boy boʻlishni istaysizmi? Xuddi mendek?
Tae: mening rafiqam boʻling! Siz ham mendek boy boʻlasiz. Rozimisiz?
Jungkook yegan ovqati tomogʻiga tiqilib qoldi va yoʻtaldi. Taehyung tezda unga suv berib orqasiga sekin ura boshladi
Tae: hyung yaxshimisiz? Sekinroq yengda
Jungkook oʻziga kelib Taehyungga qaradi
Taehyung bu qarashdan sal qoʻrqa boshladi. Jungkookni xafa qildimmi deya oʻylardi
Jk: Taehyung! Sen mendan kichkinasan. Sen va men birga boʻlolmaymiz! Buni toʻgʻri tushun. Ikkimiz ham bilamiz. Boshqa bu gapni aytma! Sen meni ukamdeksan, undan ortigʻi emas! Bu gaplaringni esa sen aytmading men eshitmadim deb hisoblayman.
Taehyung yigʻlab yubordi. Axir unda ham yurak bor. U ham xafa boʻladi, u ham yigʻlaydi, u ham sevadi, u ham his qiladi. Hamma qarindoshlari-yu aka-opasi uni hissiz deb ataydi. Ammo Taehyungni qanchalik mehribon va sofdil ekanligini faqat onasi biladi. Yana Jungkook ham. Taehyung shu ikki insonga oʻzidagi boshqa tomonini ham koʻrsatgan. Ammo Jungkook nima qildi? Uni qayta-qayta xafa qildi
Biroq Jungkook yana qaytdi. Qarasa Taehyung yigʻlayotgan ekan. Jungkook darrov Taehyungni yuzini qoʻli bilan ushlab oʻziga qaratdi
Jk: nima boʻldi? Nega yigʻlayapsan?
Tae: siz...siz meni sevmaysiz! Har doim meni xafa qilasiz hyung. Men sizga nima yomonlik qildim? Sizni xafa qilmadimku. Nega unday qilaverasiz? Men sizni sevaman deb 2 yildan beri aytaman. Siz doimo hazilga yoʻyasiz. Men ham xafa boʻlaman, menda ham yurak bor, men ham sevaman, men ham his qilaman. Men ham meni sevgan inson sevishini istayman. Siz esa meni sevgimni har gal hazilga yoʻyasiz hyung! Boʻldida endi! Yetar!
Taehyung yigʻlab ichidagi gaplarni aytdi. Jungkook esa uni xafa qilganini tushundi va sekin quchoqladi. Taehyung qanchalik Jungkookdan xafa boʻlmasin, bu xafagarchilik 2 kundan oʻtmaydi. Hattoki 2 kunga yetib ham bormaydi. Jungkook Taehyungni sochlaridan siladi. Taehyung esa Jungkookning boʻyniga yuzini tiqib yana yigʻlar va belidan mahkam quchoqlab olgandi
Jk: Tete...kechir! Bu gaplarim seni xafa qiladi deb oʻylamagandim. Boshqa unday qilmayman. Yigʻlama! Senga yigʻlash yarashmaydi.
Tae: Hyuuuuung...menga imkon bering
Jungkook jim qoldi. Xuddiki tildan qolgan soqovdek. Axir u oʻzidan 4 yosh kichkina yigit bilan qanday uchrashsin? Bu Jungkookni aqliga sigʻmasdi
Tae: hyuuuunng...imkon berasiz-a?
Jungkook oʻziga-oʻzi vada bergandi. Taehyungni boshqa xafa qilmayman deb vada bergandi. Ammo bu uchrashuv? Bu munosabatlarni u qanday qiladi? Yana oʻzidan 4 yosh kichkina yigit bilan.
Taehyungni koʻzyoshlari toʻxtab Jungkookni oʻpdi. Axir bu Jungkookning birinchi boʻsasi edi. Faqat unda emas, Taehyungda ham. Biri jondan ortiq sevgan insonidan boʻsa olsa, ikkinchisi uni sevgan insonni xafa qilmaslik uchun edi. Taehyung uni oʻpsa ham Jungkook qimir etmasdi. Nima qilishni bilmasdi
Taepov: men dunyodagi eng baxtli odamman. Chunki Kookieyim menga imkon berdi 2 yildan keyin esa toʻyimiz boʻladi. U bilan baxtli yashaymiz
Taehyung shularni oʻylar ekan hali oldinda nimalar borligini aqliga sigʻdirmasdi. Jungkook unga nimalar qila olishini hayoliga ham keltirmasdi.
Taehyung boʻsani istamay uzdi va Jungkookning yuzidan ushladi. Bu safat negadir yuragi boshqacha urdi. Toʻgʻri, u bu yuzni har kecha ushlardi ammo u payt Jungkook unga imkon bermagandi.
Tae: endi meni sevgili ekansiz hyung shartlar bor va siz shu shartlarga amal qilasiz. Boshqalarga kulmaysiz! Ularni quchoqlamaysiz! Qayergadir ketsangiz ham meni ogohlantirib keyin ketasiz! Ketasiz....agar men ruhsat bersam! Boʻlmasa bormaysiz! Ochiq, kalta va tor kiyimlarni kiymaysiz! Tanangizni boshqalarga koʻrsatmaysiz! Boʻlmasa sizni jazolab tanagizni koʻrganlarni oʻldiraman
Jungkook bu gaplardan hayron qoldi. Ammo Taehyungning otasi qudratli mafia ekanligi esiga tushdi. Taehyung otasining biror odamiga aytsa bas. Taehyungni rashkchiligi ham esiga tushdi. U doʻstlariga, qarindishlariga hattoki akasiga ham Jungkookning suratini koʻrsatmagan. Buni istamagan. Ammo Jungkook bu hayotda yashay oladimi? Yoʻq! U shunchaki Taehyungni xafa qilmaslik uchun u bilan yuribdi. Baribir otasi aytgan insonga turmushga chiqadi. Taehyung bilan uchrashishni esa vaqtinchalik deb hisobladi
Ular restarandan chiqishdi va mashinaga minishdi. Mashina toʻgʻri Taehyungning shaxsiy uyiga olib bordi. Bu uyni unga otasi 15 yoshida sovgʻa qilgan
Tae: birg video oʻyin oʻynaymiz hyung
Jungkook hech narsa demay mashidan tushdi. Taehyung ham tushib Jungkookning oldiga bordi va qoʻlini uning belidan oʻtkazdi. Jungkook seskanib unga qaradi va indamadi
Tae: yuring hyung. Sizga uyimizni tanishtiraman
Ular uy ichiga kirishdi. Uy katta va shinam edi
Tae: bu mehmonxona. Bu yerda mehmonlarni kutib olasiz hyung. Garchi bizning uyimizga mehmon kelmasa ham
Tae: bu ikkimizning xonamiz. Bu xonada hali goʻzal tunlarimiz va ajoyib damlarimiz boʻladi. Buni oʻzim borib yasattirganman. Sizga yoqadi, shundaymi? Sizga penthouse modelidagi uylar yoqardiku
Tae: bu qizimizni xonasi boʻladi. Buni shaxsan oʻzim buyurtma asasida yasattirganman. U mening sizdan keyingiz malikam boʻladi. Yuragimning sizdan keyingi malikasi boʻladi
Tae: bu oʻgʻlimizni xonasi. Buni ham buyurtma qilib yasattirganman. Qarang hattoki oldindan oʻgʻlimiz va qizimizga kiyimchalar olib qoʻyganman
Jungkook jimgina Taehyungi kuzatar ekan bir narsani aniq bildi. U endi Taehyungdan qutula olmaydi. Taehyungni qandayligini u oldin bilmagan ekan. Taehyung telba inson ekan. Ammo uning shu telbaligini maʼsum kulgusi yashiradi. Odatda psixopatlar oʻzini maʼsum va shirin kulgi bilan yashiradi. Taehyung ham ular sirasidan