August 23

Obsession

10-qism

Erta tong emas balki tushlikka yaqin vaqt! Taehyung qanday Jungkookning ustiga yotgan boʻlsa xuddi oʻshandek uygʻondi. Jungkook esa qimirlay olmasdi. Joni ogʻroganidan emas ustida 80 kiloli erkak borligidan. Taehyung yosh boʻlsa ham u koʻp ovqat yep koʻp shugʻullanadi, boʻyi ham uzun! Jungkook uni oldida bolasidek boʻlib qoladi.

Onasini emsin nima bu? Shkafmisan sen?🤤

Taehyung Jungkookning yuziga qaradi. Qanday qilib bu yuz egasi bunchalar qabix ishni qilishi mumkin? Qanday qilin aldashi mumkin? Qanday qilib orqadan pichoq urishi mumkin? Qanday qilib? Taehyungning chin dildan va sof boʻlgan tuygʻulari Jungkook uchun oʻyinchoqmi? Jungkook uchun hech narsa emasmi? Naxot boshqalarga orzu boʻlgani Jungkookka kelganda xor boʻldimi?

Taepov: nega hyung? Nega? Sizni sevmadimmi? Sizdan oʻzgasini dedimmi? Sizni aytganingizni qilmadimmi? Nima desangiz, nimani soʻrasangiz olib bermadimmi? Uy dedingiz olib berdim, mashina dedingiz olib berdim! Naxot men tanlashda adashdim. Siz uchun oʻsha Darry Ring uzugini ham oldim. Bilasizmi uni bir erkak umri davomida faqat bir inson uchun olib berishi mumkin. Men siz uchun oldim, sizni telbalarcha sevganim uchun oldim. Toʻyimiz kuni sizga oʻz qoʻlim bilan taqmoqchi edim. Bilasizmi men sizga zarar yetkazolmayman. Kecha ham sizni jazolash uchun 5 butilka sharob ichdim. Agar ichmasam men bunday qilolmayman. Oʼzimda boʻlsam sizni bunchalik urolmayman, sochingizni tolasiga zarar bermaymanku. Ammo siz hech nimani qadrlamaysiz. Siz haq edingiz. Siz yoʻqotsangiz ham qadrlamaysiz. Siz uchun hech kim va hech narsaning qiymati, qadri yoʻq. Faqat men sizni juda ham qadrlayman. Men uchun sizning qiymatingizni bahosi yoʻq

Taehyung shunday deya oʻrnidan turdi. Toʻgʻri vannaga kirdi va yuvinib chiqdi. Pastga bitta tirko bilan tushdi. Hamma unga tazim qildi

Tae: tezda Bekang yoqtirgan taomlarni pishir!

Xizmatkorlarga shunday deb yana xonaga qaytib chiqdi. Bu uyda faqat Bekang deb Jungkookni nazarda tutib aytadi. Oyisini aytmaydi

Taehyung aslida shunchalar mehribon insonmi yoki Jungkookni shunchalar sevadimi buni hech kim bilmaydi. Hattoki sevgilisi unga xiyonat qilsa-da xizmatkorlarga u yoqtirgan ovqatni qilishni buyurdi. Taehyung Jungkookni qanchalar sevishini shu holda ham bilsa boʻladi. Agarda Taehyungni oʻrnida boshqasi boʻlganida ovqat tugul suv ham bermasdan yertoʻlaga qamardi. Lekin Taehyung Jungkookka nisbatan bunday qilolmaydi. Axir oyisidan keyin mehrni Jungkookdan olgan. Hattoki Jungkook oyisi bermagan mehrni ham bera olgan. Taehyungning oyisi ishda koʻp boʻlardi va Taehyungga har doim ham mehr berolmasdi. Ammo bu umuman bermagan degani emas. U kerakli vaqtda bolasiga vaqt ajratgan Ona! Ammo Jungkook! Jungkook har doim yonida boʻlgan. Yigʻlasa quchoqlab ovutgan, xafa boʻlsa kulguli qiliqlar qilib kuldirgan, och qolsa shirin ovqatlarni qilib bergan, siqilsa dardini eshitgan va maslahat bergan. Doimo qoʻllab-quvvatlagan. Taehyungning ilk sevgisi Jungkookku. Qanday qilib bunday ishlarni qiladi. Taehyung Jungkookka ozor berish uchun deyarli 7 butilka sharobni ichadi. Boʻlmasa Jungkookka zarar berolmaydi, oʻzida boʻlsa unday qilolmaydi

Taehyung xonaga kirdi. Jungkook haliyam oʻshandek yotardi. Taehyung yotoqga oʻtirdi va tortmadan Jungkook uchun olgan Darry Ring uzuklarini oldi. Bu Darry Ring brendidagi eng katta toshli uzuk edi

Taehyung Jungkookning qoʻlini yechdi va oʻsha uzukni taqib qoʻydi. Buni kameradan Doyeon kuzatib turardi. Taehyung xonaga kameraga ulangan Tvni qoʻyib qoʻygandi. Doyeon kechasi bilan tomosha qilib chiqdi. Taehyung Jungkookni qanday urganiyu qanday qilin davolaganini. Endi esa bu uzuk. Doyeon kechaning oʻzida ado boʻldi. Sevganini bu holatda koʻrib hech nima qilolmagani alam qildi. Ammo kecha 10 daqiqa oʻtar oʻtmas Doyeonning koʻziga Jungkook koʻrina boshlagan. U bilan oʻtgan vaqtlari hamma hammasi. Hattoki Jungkook xonada paydo boʻlgandi ammo bularning hammasi galisturnatsiya. Hammasi hayolot mahsuli edi

Dy: Jungkook qayerdasan? Seni sogʻindim

Doyeon shu gapni tuni bilan aytib chiqdi. Doyeon bu xonada rostakamiga telbaga aylandi. Bu xonada manaman degan kuchli inson ham oʻtira olmaydi

Taehyung Jungkookka qarab termulardi. Yuragidagi sevgiga xiyonat hecham tasir etmasdi. Balki...battarroq sevardi, Jungkookni qandayligini bilib olardi. Ammo bir inson esiga tushib qoldi. Miyigʻida kulib Doyeonning oldiga bordi. Doeyon unga qarab bilan qaradi, ammo hech nima qilolmaydi. Uni bogʻlab qoʻyishgandi

Tae: Koʻrdingmi Doyeon?! U kimga tegishli ekanligini? U senga emas menga tegishli. Jungkook meniki. Uni hech kimga bermayman va birov bilan boʻlishmayman. U toabad meniki boʻlib qoladi va kun kelib meni sevadi

Dy: kimnidir majburlab sevdirib boʻlmaydi Taehyung. Jungkook seni ikki dunyoda ham sevmaydi. Uni majburan sevdira olmaysan. U bir kun kelib sendan qochadi va biz ikkimiz u bilan baxtli boʻlamiz. Uni sendan bir kun tortib olaman. Jungkook uchun sen hech kimsan. Shunchaki senda foydalangan! Puling uchun shunaqa qilgan. Puling boʻlmasa seni axlat qutiga axlatni tashlagandek tashlaydi

Tae: Doyeon! Kerak boʻlsa Jungkookni soch tolasini senga ham koʻrsatmayman! Kerak boʻlsa bir umr oʻsha xonada qoladi, chiqarmayman yotoqxonadan. Lekin hech kim uni mendan tortib ololmaydi

Dy: sen unga mos emassan Taehyung. Jungkook farishta sen esa iblissan. Unga mos emassan

Taehyung bu safar hech narsa demadi. Chunki bilardi! Taehyungning oʻzi ham yaxshi inson edi. Jungkook foydalanadi demasa u yaxshi inson

Taehyung indamay ketdi. Doyeon bor xonadagi tv ham oʻchdi. Kamera endi Jungkookni unga koʻrsatmaydi. Taehyung yuragida bir alam bilan xonaga bordi. Jungkook endi uygʻongandi va yotoqda oʻtirgandi. Ikki koʻzi qoʻlidagi uzukda edi. Bu uzuk unga qanday qilib kelib qoldi

Ammo hayoliga birdan ota-onasi va Doyeon keldi. Qarasa Taehyung xonada edi. Jungkook tezda Taehyungni quchoqladi, shu jumladan Taehyung ham. Toʻgʻri Jungkookning joni ogʻriyapti ammo oilasi uchun ogʻriqlarni unutishga majbur

Jk: Tete oilamga tegmaysan-a? Vada berasanmi? Men sen bilan qolaman vada beraman. Iltimos oilamga tegma. Nima desang qilaman

Tae: hyung men oilangizga tegmayman. Siz esa shu xonada oʻtirasiz, hoʻpmi? Bu xonada umuman chiqmaysiz! Va bu toabad davom etadi. Sizga koʻp erkinlik berib yubordim

Jk: Doyeonga ham tegmaysanmi? Uni ham qoʻyib yubor

Tae: YANA SHU DOYEON! YANA! UNI OʼLDIRAMAN! YANA BIR MARTA UNI ISMINI AYTING....UNI KOʼZ OLDINGIZDA OʼLDIRAMAN

Taehyungning bu baqirishidan qoʻrqgan Jungkook yigʻlab yubordi. U rol oʻynamadi, rostakamiga qoʻrqdi.

Taehyung buni sezdi. Chunki Jungkookning koʻzidan roʻl oʻynamaganini bilish osson edi. Taehyung buni yaxshi bilardi. Hech qachon Jungkookka baqirish uyoqda tursin hattoki qattiq gapirmagan. Taehyung uni koʻzyoshini artib quchoqladi va sochidan silab tinchlantirdi

Tae: Hyuuung yigʻlamang! Men atayin qilmadim. Iltimos....meni seving! Meni ham seving. Koʻp narsa soʻramayapmanku.

Jk: sss...sen...sen meni qoʻr...qoʻrqitding

Tae: bilmagandim...uzur

Taehyung Jungkookni koʻtarib nonushtaga olib tushdi. Jungkook stol ustidagi taomlarga qarar ekan bari u yoqtirgan ovqat ekan

Jungkookning vijdoni shunchalar qiynaldiki buni tariflash qiyin edi. U Taehyungga xiyonat qilsa-da Taehyungni uyida, uning ovqatlanish stollida u yoqtirgan taomlar turardi.