Twins
Junghyung nima qilishni bilmay qoldi. Axir u faqat bir marta ishonadi. Balki yana Jungkook haq boʻlib chiqar? Balki unday boʻlmas? Junghyung ikki oʻt orasida qolib ketdi.
Bu payt Taehyung sevgan xotinini koʻrish uchun uning officega keldi. Qoʻlida Jungkook yoqtirgan qizil lolalar bilan xonaga kirdi
Tae: ah hayotim seni sogʻindim. Qara ering sen uchun lolalar olib keldi
Jk: nega keldingiz? Ishingiz bor emasmi?
Tae: sen men uchun hamma narsadan ustunsan. Ish nima boʻlibdi?
Jk: ha mening omadim menda shunaqa er borligidami?
Tae: ha balki. Hayotim Junghyung va Edvan masalasi nima boʻldi? Axir Aran Ianni urdiku. Hattoki sen ham uni urmagansan. Menimcha Aran yana oʻsha ishini qiladi. Uni oʻz nomi bilan Aran deb qoʻyishibdi
Jk: men hech narsa qilmayman. Buni Ianni oʻzi hal qiladi. U nima qarorga kelsa ham men indamayman. Rozi boʻlsa Edvan bilan ketadi, rozi boʻlmasa men bilan qolib ishlaydi. Men uni har doim aytganini qilaman
Tae: uni koʻp erkalatma! Keyin boshqarolmay qolasan
Jk: Ian chegarani biladi. Ammo meni oʻylantirayotgan narsa Edvan va uning onasi.
Tae: bu Ianni hayoti. U nima qilishni oʻzi hal qiladi.
Oradan kunlar oʻtardi. Edvan tobora telbaga aylanardi. Aksiga olib Junghyung ham chet elga chiqib ketgan va qayerga ketganini faqat oʻzi va Jungkook bilardi. U Jubgkookka tinchlangandan soʻng qaytishini va qayerdaligini hech kimga aytmasligini soʻradi. Jungkook ham mayli deya uni airoportdan kuzatdi
Bu payt Edvan xonasida xotinini kiyimlarini quchoqlagancha oʻtirardi. Edvan hamma odamlarini ishga soldi. Ammo Junghyung shaxsiy samolyot bilan ketgandi. Ketganiga esa 1 hafta boʻldi. Edvanni otasi ham onasi ham Junghyungni qidirardi.
Ed: yagonam nega ketib qolding? Sensiz nima qilaman? Sen insofsizsan. Bilasanmi....qoʻlimdan kelmaydi!? Sensiz yashash...sensizlikka koʻnikish meni qoʻlimdan kelmaydi. Hattoki sensiz yashashdan koʻra qiynalganim yaxshiroq. Seni koʻrmaslikdan... seni unutishni oʻylasam yuragimda qoʻrquv bor. Yuragim qoʻrqadi, vahima qiladi, bezovtalanadi. Sensiz yashashni istamaydi. Seni koʻproq sevaman. Faqar seni koʻrganimda unut dema. Qoʻlimdan kelmaydi. Seni uchratgan ilk kunimni eslayman. 10-sentabr 2025 yil. Sening caffeeyingda. Oyna oldida eding. Qahva ichyotganding. Oldingda gullar, caffee classik uslubda qurulgan edi. Sen oʻsha caffeega chiroy bagʻishlab turarding. Toʻyimizning ilk kechasi sening koʻzlaring qandaydir jilolandi. Xuddiku osmondagi yulduzga oʻxshab. Sening koʻzlaringdagi soflik, begʻuborlik, masumlik meni oʻziga asir qilgan. Bilasanmi men aslida qamoqdagi mahbusman. Qamoq bu sensan, men esa mahbus. Qochoq boʻlishim ham mumkin edi ammo men mahbus boʻlishni tanladim. Sening oshiqlaring koʻp edi ammo ishon...hech biri menchalik sevolmaydi. Sen mening yagonamsan, hayotimsan. Yashash uchun soʻngi sababimsam. Iltimos qaytib kel. Sensizlik qiyin ekan. Meni boshqa bardoshim yetmaydi
Edvan shunday deb yigʻlab yubordi. Aslida hammasiga aybdor Aran edi. Junghyungni urmaganida qoʻl-oyogʻi ham eng muhumi oʻgʻli ham bunday holatda boʻlmasdi. Ammo Aran ham oʻgʻlini koʻrib azob chekyapti. Oldingi qaysar, injiq va erkatoy oʻgʻli yoʻq boʻlib oʻrniga boshqasi kelganga oʻxshardi
Edvan oʻrnidan turdi. Onasi mehmonxonada edi. Edvan ham mehmonxonaga gʻazab bilan tushdi
Ed: SIZ...SI AYBDORSIZ. HAMMASI SIZNI AYBINGIZ. SEN MENING XOTINIMNI URMAGANINGIZDA JUNGKOOK UNI OLIB QOʼYMASDI. MENING YONIMDA BOʼLARDI....SIZ QANAQA ONASIZ. OʼGʼLINGIZNI BAXTI SIZNING OBROʼYINGIZDAN USTUNMIDI? KETING...HOZIROQ KETING AMERIKAGA. QAYTIB KELMANG. MENGA XOTINIMNI TOPIB BERING! SIZNI DEB KETIB QOLDI. YERNI TAGIDAN BOʼLSA HAM TOPING. ISHIM YOʼQ MENI. KETING HOZIROQ. QAYTIB KELGUNIMCHA SIZNI KOʼRMAY
Edvan shunaqangi baqirdiki ovozi koʻchagacha eshitildi. Aran bir ogʻiz ham gapirishga ulgurmadi. Yigʻlab narsalarini yigʻib eri bilan Amerikaga ketdi. Edvan allaqachon chiqib ketgandi. Nima qilishni, Junghyungni qayerdan izlashni, Junghyung qayerda boʻlishi mumkinligini bilmasdi. Axir Jeonlar oilasini deyarli 10 ta davlatga uyi bor. Angliya, Germaniya, Rossiya, Qatar, Kanada, Turkiya, Polsha, Xitoy, Briyaniya va Yaponiyafa uyi bor.
( me: ha bular boy. Ian men ham sen bilan yashay )
Bu vaqt Junghyung Fransiyada Jeon Holding kompaniyasini ochyapti. U kompaniya uchun harakatda. Bu haqida allaqachon Jungkook bilan maslahatlashgan. Jungkook yana Ianga qoʻngʻiroq qildi
Jk: salom Ian. Ishlar qalay ketyapti? Kompaniya ochildimi? Sen yaxshimisan?
Jh: salom Kookie. Men ham yaxshiman. Kompaniya ertaga ochiladi. Kelasanmi?
Jk: bilasan borolmayman. Taehyung izimdan keladi. Seni koʻrin Edvanga seni Fransiyada ekanligingni aytadi. Shoshma sen menga uyingni suratini tashlamading! Uying xavfsizlik choralari koʻrilganmi? Qoʻriqchilar yetarlimi? Hammasi yaxshimi?
Jh: ha xavotir olma. Hammasi yaxshi uyimni suratini tashlayman. Mening uyim sal kattadek koʻrinyapti. Kichikrogʻiga alishtiraman
Jk:hoy avval men koʻray uyingni. Katta boʻlsa yaxshi. Yashirin xonalar tayyorlab qoʻy
Ular shu bilan suhbatni yakunlashdi. Junghyung Jungkookka uyini suratini tashladi
Jk: bu uy kichikku. Nimasi katta? Mening uyimni oldida bu qoʻngʻizchalik ham emasku. Aran Ianni boshiga urmaganmidi?
Jungkook Junghyungha sms yozdi
Jk: bu uy kichik. Hech qanaqasiga katta emas. Sen yaxshisi kattaroq uy top. Buni sot yoki hisobingga pul tashlayman. Boshqasini olasan.
Jungkook shu bilan uyiga qaytdi. Jungkook shu kunlarda juda koʻp ovqat yeyapti. Taehyung uni homilador deb ham oʻylab qoldi
Jungkook uyga keldi. Muzlatgichni ochib shirinliklar, ramyeon, pizza va bananli sut oldi. Taehyung hali ishdan kelmagandi. Jungkook ovqatlanib, kino koʻrib uxlab qoldi. Taehyung sal kechroq keldi. Qarasa Jungkook mehmonxonada uxlab qolibdi
Taehyung uni asta koʻtarib xonaga olib chiqdi. Har tun Jungkook shunday boʻlib qoldi. Taehyung yana uni oʻzi yuvintirdi va yotqizib quchoqladi
Taepov: eh hayotim sen nega oʻzingni oʻylamaysan? Axir sen ham odamsanku. Mayli men seni har doim oʻylayman