Billionaire is a psycho
Tae: Tete degan tillaringdan seni ha koʻzmunchogʻim?
Jk: men bilan qoʻriqchi yubormang. Hamma menga gʻalati qarayapti
Tae: koʻzmunchogʻim bu seni xavfsizliging uchun, sen oʻsha sinfdoshlaringga etibot berma
Jkpov: Lisa haqida aytsammikin yoki yoʻqmikin? Ey aytmay
Jungkook Taehyungni yuzidan oʻpdi. Soyun aytgan gaplarga astalik bilan amal qila boshladi. Taehyung Jungkookning bu oʻpichidan uyalib yerga qaradi
Jk: Soyun xonim meni uyatchan deydi. Mana haqiqiy uyatchan
Jungkook shunday deb Taehyungni yuzidna biroz chimdib qoʻydi. Oradan 1 soat oʻtdi. Hozir majlis boshlanishi kerak edi. Taehyung istamaygina kostumini kiydi va Jungkookni quchoqladi
Tae: koʻzmunchogʻim men majlisga ketishim kerak sen shu xonada istagan ishingni qilib tur xoʻpmi?
Jk: ketsam maylimi? Charchadim
Taehyung shunday deb Jungkookni istamaygina quchogʻidan chiqardi. Jungkook narsalarini olib chiqib ketdi va uyga bordi
Jungkook xonaga kirishi bilan oʻzini yotoqga tashladi
Jkpov: oh yomon charchadim. Dadamni yoniga bormadim, oyimni axvoli yaxshimikin? Balki meni sogʻinishgandir. Ertaga yakshanba ularni koʻrib kelaman
Jungkook shunday deb yuvinib chiqib uxladi
Ammo bilmasdiki uning oilasi bu vaqt Jungkookni Kim Taehyungga bergani uchun oldingidan ancha yaxshi yashayotgandi. Janob kim ularga har oy katta miqdorda pul beradi. Hozir Jeon honim boy ayoldek yashayotgandi. Ularga Janob Kim yangi va yaxshiroq uy olib bergandi. Jungkook ularga omad kaliti boʻldi. Jungkookni Taehyungga berish evaziga 3 kun ichida boy ayolga aylandi, eri ham davolanyapti. Hozir eng muhumi esa Jungkookning tirikligi va Taehyungning yonida ekanligi. Agar Jungkook Taehyungning hayotida boʻlmasa Jeon xonim boy ayol boʻlmasdi va eri ham davolanmasdi. Ammo oʻgʻlini sogʻinardi
Jungkook uxlab qoldi. Yarim tun! Taehyung, Soyun va Janob Kim uyga kirib kelishdi. Xizmatkor uni kutib oldi
Tae: Mening koʻzmunchogʻim qayerda?
Taehyung hech kim va hech narsaga etibor bermay xonaga chiqib ketdi. Qarasa Jungkook shiringina boʻlib uxlab yotardi. Jinglalak va uzunroq sochlari yostiqga yoyilgan, mukammal yuzi oʻng tomonga qiyshaygandi.
Taehyung bu manzarani koʻrib ich-ichidan qandaydir baxtli edi. Taehyung ham kiyimini alishtirib yuvinib chiqdi. Jungkookni yoniga yotdi va yuzini silan oʻyga toldi
Taepov: Men oyimdan keyin jinni aylandim. Tan olaman men 3 yil oʻsha yer yutkur kasalxonada edim, men hech qachon seva olmayman deb oʻylardim. Ammo qani edi hayotimga mening koʻzmunchogʻim oldinroq kirganida edi. Balki hozir dunyoning hamma baxti menda boʻlar edi. Uylanib bolali ham boʻlardim. Oyijon qarang oʻgʻlingiz baxtli u sevdi va sevildi. Yaqinda uylangan boʻladi. Oyijon siz rost aytgan ekansiz, sevgi har qaysi insonni oʻzgartirar ekan. Mendek qaysar va bosh egmaydigan erkakni ne koʻylarga soldi. Men Jungkooksiz yasholmayman. Agar Jungkook meni va bu hayotni tashlab ketsa men uni ortidan ketaman. Kerak boʻlsa qabrimiz ham bitta boʻladi. Biz bitta qabrda oʻlamiz, u meni quchogʻimda oʻsha qabrda yotadi, men esa uni shu qoʻllarim bilan sovuqda asrayman. U meni quchogʻimda issiqqina boʻladi. Men uni hamma narsadan himoya qilaman. Uni aslo xafa qilmayman, ammo kasalim xuruj qilin qolmasin. Asabiylashganimda unga nimadir qilib qoʻymayin, uni oʻzimdan sovutib qoʻymayin. U meni sevar ammo oʻzimdan sovutsam u meni koʻrishni ham istamay oʻzgasini deydi. Men esa bunday ishkarni qilmasligim kerak. Jungkook meni kechirmasligi mumkin
Taehyung ham uni quchoqlab uxladi. Taehyung 3 yil mobaynida davolanmadi. U buni istamadi, doctorlar unga yaxshi munosabatda boʻlmadi, Jungkookdek shirin soʻz bilan siylamadi, Jungkookdek kulib qaramadi, Jungkookdek mehr ila quchoqlamadi. Balki doctorlar shunday qilganida Taehyung hozir sofdil Jungkookni uchratmas edi. Taehyung oilasida onasi va singlisini juda ham yaxshi koʻrgan. Oyisi unga har doim mehr bergan, singlisi esa eng yaxshi inson boʻlgan Taehyung uchun. Taehyungni sirlarini sotmagan, nima soʻrasa ham yoʻq demagan edi
Taehyung Jungkookni rasmga oldi va telefonini quvvatlagichga qoʻyib uxlab qoldi