Tug'ulmasimdan hal qilingan taqdirim
Erta tong. Hamma uygʻondi. Toʻyga 2 kun qoldi. Taehyung buni oʻylab hursand Jungkook esa aksi. Uning yuragida havotir kuchli. Hamma nonushta qilyapti. Jungkook esa telefonini oʻynab oʻtiribdi. Buni payqagan Sera gap boshladi
Sr: bizning oilada ovqat payti hamma ovqatlanadi. Telefoningni oʻchir va ovqatlan
Jungkook esa bir qoshini koʻtarib qaradi. Xuddiki tushunmadim degandek
Jk: sizdan soʻraymi? Balki qornim toʻqdir?! Balki yegim kelmayotgandir?!
J.k: Jungkook erkalik qilmay indamay yeb ol! Keyin senga hech kim ovqat bermaydi!
Jk: koʻzim uchib turgani yoʻq.
Jungkook shunday dedida ketdi. Leon ham, Sera ham, Taehyung ham unga zoʻrga chidashardi
L: Jungkook va Taehyung bir-biriga mos emasdir?! Jungkookni muamolasini koʻryapsan. Taehyung unga chidolmaydi
Tae: dada toʻy oʻtsin. Keyin oʻzim bilaman nima qilishni. Mana shu uzun tilini tiyib hoʻp deydigan boʻladi
Jungkook motosikliga minib yana oʻsha oʻrmon tomon ketdi.
Ammo Suga bu payt oʻzining qora qasrida edi
Taxtxonasida Jungkook haqida tinmay oʻylardi
Sugapov: Men Jungkookni oʻsha Sorenga berib qoʻymayman. Bugun tunda u meni chaqiradi. Men unga Liorning qanotlarini sovgʻa qilaman. Bu qanotlar faqat kiyimni yechgandagina chiqadi. Boshqa payt chiqmaydi. Jungkookka bu yoqadi. Tan olaman Soren kuchli ammo Iblislarning eng kichlisiga uning kuchi ham aqli ham yetmaydi. Men 500 yoshdan oshdim ammo soʻngi 2 yil men baxtiyor boʻldim. Jungkook mening baxtim. Men oʻz baxtimni boshqa birovga qoʻsh-qoʻllab berib qoʻymayman.
Suga oʻrnidan turdi va noyob iblis Liorning qanotlari saqlanadigan xonaga bordi. Devorda Liorning qanotlari va kiyimi bor edi. Noyob iblis Liorning katta va qora qanotlari
Sg: Lior meni kechir. Ammo xotinim uchun sening qanotlaring menga kerak. Meni toʻgʻri tushunasan degan umiddaman, doʻstim
Suga va Lior doʻst edi. Ammo bundan 200 yil avval Lior vafot edi. Qanotlarni esa Suga olib qoʻydi va qasridagi bir xonaga qoʻydi
Jungkook koʻl yoniga keldi. Qoʻlidagi shirinlillar va mandarinni chiroyli qilib yerga qoʻydi
Jk: Suga men keldim. Men Jungkookman
Suga Jungkookni ovozini eshitib koʻl ichidan chiqib keldi. Bu koʻl aslida iblislar va odamlar oʻrtasidagi darvoza edi. Suga bundan 2 yil oldin oʻrmonda yaralangan va uni Jungkook koʻrib qolgan. Keyin Sugani yelkasini davolagan. Suga uni sevib qolgan va oʻzi haqida hammasini aytgan. Jungkook ham Sugani sevib qolgani bois hech kimga hattoki otasiga ham bu haqida aytmagan. Suga iblislarning eng kuchlisi ekanligi, odamlar unga zarar keltirishini, bu dunyodagi odamlardan ehtiyot boʻlish kerakligini aytgan. Jungkook ham bu gaplarni magʻzini chaqgan va Sugami tushungan, oʻsha kundan boshlab Jungkook har tunda koʻl yoniga kelar va Sugani chaqirardi. Suga uni koʻtarib shaharni aylantirardi. Jungkookka uchish yoqgani sababli ham mazza qilardi.
Suga keldi va Jungkookni quchoqlab oʻpdi. Jungkook esa koʻzida sevgi bilan unga kulib qaradi
Jk: ha sizni sogʻindim. Yana bu oʻrmonga mendan boshqa hech kim kelmaydi. Buni bilasizku
Sg: bilasanmi senga sovgʻam bor?!
Suga uni qoʻlidan ushlab oʻz olamiga olib kirdi. Jungkook atrofga qarar ekan qarshisida katta qora qasr turardi
Jungkook va Suga ichkariga kirishdi. Suga Jungkookni Liorning qanotlari bor xonaga olib kirdi. Jungkook qanotga qarar ekan lol qoldi
Jk: bu qanotmi? Hattoki siznikidan ham katta ekan
Sg: ha bu noyob iblis Liorning qanotlari edi. Ammo bundan 200 yil avval u vafot edi. Uni qanotlari endi senga
Jungkook shunday deb Sugani quchoqladi
Jk: Suga ammo qanotlarimni koʻrishadiku
Sg: bu qanotlar faqat kiyimingni yechsangina koʻrinadi. Kiyiming bor vaqt ichkariga kiradi. Qani boshlaymiz
Suga Jungkookka qanotni oʻtkazish marosimini qildi. Qanotlar Jungkookka mos tushdi
Sg: sen endi istagan vaqting ucha olasan.
Jk: ammo noyob qanotlarni oddiy insonga berganingiz uchun iblislar sizga hech narsa qilmaydimi? Balki qaytarib berarman?!
Sg: ularni menga kuchi yetmaydi. Men kuchliman. Sen bu qanotlar haqida aytma. Seni ham boshingga Sirenniki tushishini istamayman
Sg: u iblislarning eng chiroylisi edi. Siren hammaning etiborini torta olardi. Ammo uni odamlar tutib olishdi. Uning qanotlarini yulib olishdi. Unda har xil sinovlarni oʻtkazishdi. Ohirida uni tiriklayin yoqishdi. Uning aybi esa sevganiga iblis ekanligini aytganida edi
Jk: ha unga achindim. Ammo men unday qilmayman. Men hatto oʻlim yoqasida tursam ham sizga sodiq qolaman
Sg: menga sodiq qolma! Har doim oʻzingni oʻyla
Jk: iye men oʻzimni oʻylasam...siz ham meni oʻylasangiz kim sizni oʻylaydi? Shuning uchun men siz haqingizda oʻylayman
Sgpov: sendaka mehribon yana qayerda bor ekan?
Suga shularni oʻylar ekan yana bir iblis uning uyiga yaqinlashayotganini his qildi......