Tanxo qirolicha
Erta tong Taehyung, Jungkook, Taemin va askarlar Xitoyga yoʻl olishdi. Taehyung va Jungkook bir aravada, Taemin esa otda ketardi. Taemin har ehtimolga qarshi deb Jungkookning qurollarini oʻzi bilan olib oldi. Taehyung uyquga toʻymagani uchun koʻzini yumib uxlab ketardi. Jungkook esa jim oʻtirolmay erini yuzini har qayerini ushlab ketardi. Jungkook Taehyungni sal boʻlsada seva boshladi. Jungkook har lahza Taehyungga yaqin boʻla boshladi, albatta, bu Taehyungni dilini shod qilardi
Tae: tanxoyim yana qancha yuzimni ushlab, teginib ketasan?
Jk: yoqmayaptimi? Mayli tegmayman
Jungkook shunday deb Taehyungdan uzoqqa borib yotib oldi. Taehyung esa Jungkookning oyogʻidan tortib oʻziga yaqinlashtirdi. Jungkook gaz edi. U Taehyungga sevishini aytmoqchi edi
Tae: tanxoyim senga hamma narsa mumkin. Mayli hohlasang boshqa joyimni ham ushlab ketaver.
Taehyung bu soʻzdan koʻziga yosh keldi. Axir shu 3 ta soʻzni 3 yil 5 oy 2 kun kutdi. Axiyri shu soʻzni Jungkookning ogʻzidan eshitdi. Hozirda dunyoda Taehyungdan baxtli inson yoʻq edi. 3 yil mobaynida Jungkook faqat unga nafratlanashini va hech qachon uni sevmasligini aytardi. Bundan Taehyung xafa boʻlardi, gʻazablanardi va shu gʻazabi Jungkookni oltin qafas ichiga solardi. Taehyung Jungkookni toʻylari boʻlib oʻtgandan soʻng 46 kun oʻsha oltin qafasga solgan. Ammo Jungkook Taehyung bergan ovqatlarni yemagan va 3 kun oʻtib kasal boʻlgan. Tabib uni davolagani kelganida Jungkookni oltin qafas ichida koʻrgan.
Tae: sen....sen aldamayapsanmi? Rost aytyapsan a? Meni sevasan a? Hazil emasmi?
Jk: yoʻq hazil emas. Seni sevaman
Tae: men ham seni sevaman. Juda qattiq sevaman tanxoyim mening.
Taepov: men bu baxtni koʻrmayman deb oʻylardim. Tanxoyim meni sevmaydi, bu orzuligicha qoladi, u aslo meni sevmaydi deb oʻylardim. Ammo u meni sevdi. Xudoyim oʻzingga shukur. Men ham sevilish baxtini tuydim. Bu ajoyib ekan. Ikki ogʻiz soʻz meni juda ham hursand qildi.
Taehyung Jungkookni qattiq quchoqladi. Jungkook ham uni quchoqladi. Taehyung endi sevgan insoni tomonidam sevilish baxtini his etishi mumkin. Axir bu baxtni u 3 yil kutdi. Jungkook ham oʻz sevganini uchratishni koʻp kutdi. Oyisi yoshligida sen eng baxtli bola boʻlasan derdi. Balki onasi aytgan baxt shudir.
Ular 3 kun yoʻl yurib Xitoy qirolligiga yetib kelishdi. Jungkook yuzini niqob bilan yopib oldi. Xitoy imperatori Xitoyga shaxsan Tanxo qirolichaning va Qirolning oʻzi kelyotgani uchun hammasi alo darajada boʻlishini aytdi. Axir deyarli butun dunyo Tanxo qirolichaning kimligiga qiziqar, u Qirol olamdan yashirganchalik chiroylimi? Xitoy imperatori, vazirlar, shaxzodalar hattoki oʻsha sarkardani ham qiziqtirardi. Qirol yashirganchalik chiroylimi? Bu savol hammaga qiziq
Ular saroyga kirib borishar ekan hammaning koʻzi Tanxo qirolichada edi. U yuzini niqob bilan berkitgan faqat munchoq koʻzlari koʻrinardi xolos.
Taehyung esa bu yoqmasdi. Chunki hamma uning xotiniga qarardi, unga qiziqardi. Ammo bunda oʻzining ham aybi bor. Jungkookni 3 yil olamdan yashirmaganida balki hozir unga bu qadar qiziqishmasdi. Bu qadar uning chiroyini koʻrish uchun shoshilishmasdi
Xitoy imperatori: Xush kelibsiz Tanxo qirolicha. Sizni koʻrish men uchun buyuk sharaf. Choson qiroli sizni olamdan yashirgandi...vanihoyat sizni koʻrdik. Yuzingizni koʻrmagan boʻlsamda siz juda ham chiroyli ekanligingizga ishonchim komil
Xitoy imperatori Jungkookka Xitoycha gapirdi. Jungkook ham kulib javob qaytara boshladi. Ammo ularning suhbatini Taehyungning odamlari tushunmas edi. Lekin Tanxo qirolicha qanday qilib Xitoycha gapirishni bilishi hayratga soldi ularni. Taehyung ham Taemin ham Xitoychani bilmasdi
Jk: siz bilan uchrashish men uchun ham buyuk sharaf. Bizdek oddiy xalqni shaxsan siz, shaxzodalar va sarkarda kutib olgani meni hursand qildi. Etiboringiz uchun katta rahmat Imperator
Xt: Xijolar boʻlmang Tanxo qirolicha. Qani ichkariga
Ular ichkariga kirishdi. Afrof muhit ajoyib bezatilgan va odamga yoqardi. Bu ham Jungkookka yoqdi. Jungkookka bu zamon shunchalar yoqdimi u kelajakni oʻylamay qoʻydi. Ota-onasi va pullari uni qiziqtirmay qoʻydi
Jk: imperator asosiy masalaga oʻtsak. Biz tezroq mamlakatga qaytishimiz kerak. Davlat ishlari kutib turibdi. Biz siz bilan bitim tuzmoqchimiz. Biz sizga kumush idishlar beramiz siz esa bizga shoyi va ipak matolaringizni berasiz. Menimcha biz uzoq va tinch hamkorlik qilamiz
XI: Tanxo qirolicha mening hammaga shartim bor. Men bilan bitim tuzmoqchi boʻlganlar mening sarkardamni yengishlari kerak. Shundagina men ular bilan hamkorlik qilaman. Xafa boʻlmang
Jk: yoʻq! Aslo xafa emasman. Sarkarda bilan men jang qilaman
Bu gap Imperatorni hayratga soldi va ichi-ichidan negadir kulgisi keldi. Axir uning sarkardasini manaman degan erkaklar ham yemgolmagan. Tanxo qirolicha qanday yengsin?
Sarkarda qilichi bilan oʻrtaga chiqdi. Boʻsh kelgisi kelmagan Jungkook ham Taehyungning ulkan qilichini olib chiqdi. Jungkook sarkardani oldiga borguncha ustidagi ogʻir kiyimlarni yechdi. Jungkook oʻziga qulay kiyimda qoldi. Ammo hamon niqobini yechmadi.
Taehyung xavotirga tusha boshladi. Nima boʻlsa ham telbalarcha sevgan xotini. Jungkook va sarkarda jangni boshlashdi. Jungkook sport bilan birga qadimgi qilich sanatini ham oʻrgangandi. Kuchlar teng edi. Xitoy imperatori buni koʻrib koʻzi kosasidan chiqay derdi. Uning afsonaviy sarkardasi Chosonning afsonaviy Tanxo qirolichasiga yengilishi mumkin edi. Axir ikkala afsona bir-biri bilan jang qilardi. Sarkarda Jungkookning niqobini qilichi bilan kesishga va uning yuzini koʻrishga urunardi. Albatta bu Imperatorning buyrugʻi. Sarkardaga Jungkookning chiroyi qiziq emas ammo butunlay qiziq emas deyolmaymiz. Oz boʻlsada qiziqadi
Oradan yarim soat oʻtdi va Sarkarda Jungkookning niqobini kesib tashladi. Niqob yerga tushdi. Jungkook esa sarkardaga kulib qarab turardi. Sarkarda bunday goʻzallikni umrida koʻrmagani uchun u joyida qotib qoldi. Bitta u emas. Butun saroy Jungkookning chiroyidan hayratda edi. Hattoki imperator ham hayratda edi. U koʻp goʻzallarni koʻrgan lekin Jungkookchalik emasdi ularning hech biri. Bu goʻzallikdan sarkarda qotib qolgan va qilichi qoʻlidan pastga tushdi. Paytdan foydalangan Jungkook sarkardani qattiq yaraladi. Keyin hamma oʻziga keldi. Magʻlub boʻlgan sarkarda tabibning oldiga joʻnatildi. Jungkook esa imperatorga kulib qarardi
Imperator ham Jungkookni sevib qolishiga oz qoldi. Jungkook Taehyungga qaradi. Taehyung niqobni taq degandek qaradi. Keyin Jungkook boshqa niqobni olib taqdi va
Jk: Endi bitim tuzamizmi.....Imperator? Men sarkardangizni yengdim. Demak bitim tuzildi.
XI: ha Tanxo qirolicha. Bitim tuzildi. Siz juda ham chiroyli ekansiz. Men tan berdim. Men juda ham koʻp goʻzallarni koʻrganman ammo sizdek chiroylini hali uchratmaganman. Sevib qolishimga bir bahiya qoldi
Bu gapdan Jungkook kuldi. Xitoy bilan butim tuzilgandan Chosonliklar hursand edi.
Xi: men sizga sovgʻa sifatida mamlakatdagi eng chiroyli va eng sifatli shoyilarni beraman. Vazir mamlakatdagi eng yaxshi va eng chiroyli shoyilardan Tanxo qirolichaga keltirib bering
Vazir indamay chiqib ketdi. Jungkook borib Taehyungning oldiga oʻtirdi. Taehyung uning yuzidan oʻpdi
Tae: senga nimadir boʻladimi deb oʻylab juda qoʻrqdim. Xudoga shukur hech narsa qilmadi senga
Jk: men yaxshiman Teteyim. Xitoy Imperatori menga sovgʻa sifatida mamlakatdagi eng yaxshi va eng chiroyli shoyilardan berishini aytdi. Bitim ham tuzildi. Endi qaytsak ham boʻladi. Davlat ishlari sizni kutyapti
Tae: nega sen boya sarkardaga kulib qarading? Imperatorga ham kulding! Sen faqat menga kulishing kerak...bildingmi? Agar yana boshqalarga kulsang seni qattiq tishlayman
Jk: hoʻp hoʻp boshqalarga kulmayman. Ha Taemin 20 ta joriya tanlagandim...olib keldingmi?
Tm: ha olib keldim. Saroyda boʻlganimizda ming marta ayting oʻzing eng chiroylilarini tanlading
Jungkook Imperatorning qarshisiga 20 ta chiroyli qizlarni olib keldi
Jk: Imperatorim bu ham mendan kichik sovgʻa. Sizga yoqadi degan umiddaman. Har birini siz uchun oʻzim tanladim
Imperator har bir qizga qarab chiqdi. Ular rostan ham chiroyli edi. Axir ularni Tanxo qirolicha tanlagan. Uning didiga shubxa qilib boʻlmaydi. Lekin hech biri Tanxo qirolichaning soch tolasiga ham teng kelolmaydi
Xi: joriyalar menga juda ham yoqdi, Tanxo qirolicha. Sizning didingiz ancha yaxshi ekan. Menga koʻp joriya sovgʻa qilishgan ammo hech biri yoqmagan. Siz berganingiz eng chiroylilari. Menga yoqdi
Jk: yoqganidan boshim osmonga yetdi imperatorim. Endi ruhsatingiz bilan biz Chosonga qaytsak. Mamlakat ishlari kutib qoldi. Men kelganim uchun erim ham men bilan kelgan. Kumush idishlarni esa mamlakatga borishimiz bilan joʻnatamiz
Xi: mayli Tanxo qirolicha. Siz bilan yana koʻrishamiz degan umiddaman
Ular ketishdi. 3 kundan keyin Chosonga yetib borishdi. Vazirlar Tanxo qirolicha Xitoy Imperatorining afsonaviy sarkardasini yenganidan hayratda edilar. Axir Tanxo qirolicha 3 yildan buyon xonadan chiqmagan ammo u qanday qilib Xitoyning afsonaviy sarkardasiga bas keldi? Qirol qanday qilib Tanxo qirolichaning jang qilishiga indamadi? Oltim qafasdan 3 yildan beri chiqmagan Tanxo qirolicha qay yoʻl bilan Xitoyning afsonaviy sarkardasini yenga oldi?