Obsession
Ular kechki ovqatni ham tugatishdi. Taehyung Jungkookni xuddi sevgilisidek koʻrayotgandi. Ammo Jungkook uni xafa qilmaslik uchun hoʻp degandi. Jungkook esa bu uy va Taehyungdan qanday qutulishni oʻylardi.
Idishlarni va stoll ustini Taehyung yigʻishtirdi. U Jungkookka ish qildirmadi. Hammasini oʻzi qanday bezatgan boʻlsa xuddi shunday yigʻishtirdi. U bu kundan hursand edi
Tae: Hyuung ertadan ishga bormaysiz! Bugun directorga men va siz ketishimiz haqidagi arizani elektron pochtasiga tashlab qoʻyaman. Endi biz birga yashaymiz. Hozir esa xonamizga chiqing! Yuvinib olib shkafdan kiyimlarni kiying hyung.
Jk: nega unday qilding? Kimdan soʻrading Taehyung? Indamasam xaddingdan oshma!
Tae: menga jahl qilmang hyung! Men shuni istadim
Jk: men oilam uchun pulni qayerdan olaman? Ularni kim boqadi? Sen shuni oʻyladingmi?
Tae: ularga har oy men pul beraman! Endi esa jahl qilmang va xonamizga chiqib kiyimingizni alishtiring hyung. Qaysarlik qilmang!
Jk: jim boʻl! Koʻzimga koʻrinmay tur
Jungkook shunday deb xonaga chiqib ketdi. Taehyung esa yana xafa boʻlgancha qolaverdi. U psix boʻlsa ham oʻsmir. Ular tez xafa boʻladi. Taehyungga ham Jungkookning etibori kerak. Lekin qachongacha Jungkook uchun gʻururini chetga suradi? Bu qachongacha davom etadi? Yana qachongacha Jungkook unga etibor bermay hissitoylarini etiborsiz qoladiradi?
Taehyung koʻzida yosh va gʻazab bilan xonaga chiqdi. Jungkook xali ham xonada edi. Xonaga gʻazab bilan kirgan Taehyungni koʻrib sal choʻchidi
Taehyung Jungkookka yaqinlashib bilagidan qattiq ushladi. Bu Taehyungning gʻazab ishorasi edi
Tae: nega tushunmaysiz? Sizga tushuntirmoqchi boʻlyapman Hyung! Siz endi menikisiz! Menga tegishlisiz! Siz mendan oʻzgasini oʻylamaysiz, mendan oʻzgasiga kulmaysiz! Va bu bir umr davom etadi! Bizning sevgimizga hamma havas qiladi! Biz eng baxtli oila boʻlamiz, shundaymi?......AAA SHUNDAYMI?
Jungkook sezdiki Taehyungni hozir kasali qoʻzidi. Bu vaqt unga faqat hoʻp deyish kerak, boʻlmasa ohiri yaxshi boʻlmaydi! Qanday qilib boʻlmasin uni tinchlantirish kerak
Jk: ha Taehyung! Shunday! Nega asabiylashasan? Asabiylashma! Boya men ham qizishib ketdim...bilasanku ishimni yaxshi koʻraman. Bundan biroz jahlim chiqdi. Mendan bir ogʻiz ham soʻramadingda
Jungkook oʻzidagu qoʻrquvni bir ammalab yashirib Taehyungni tinchlantirardi. Har bir soʻzini Taehyungga yoqadigan qilib mayin tabassum ila gapirardi. Taehyung ham bunga ishonardi
Taehyung Jungkookni quchoqladi
Tae: hyung kechiring! Bilaman xato qildim, sizdan soʻrashim kerak edi. Ammo oʻzboshimchalik qilib qoʻydim. Mendan xafa boʻlmang~
Jk: agar ota-onam bilan yashasam seni kechiraman! Men ular bilan yashayman sen ham oʻz oilang bilan, hoʻpmi?
Tae: nega? Men siz bilan yashamoqchiman! Uyimizda...
Tae: hoʻp hyung...faqat siz xafa boʻlmang
Jk: aqlli bolasanda Taehyung. Endi esa men uyimga ketdim. Sen ham boraqol. Otangga yordam ber....menimcha u qarib qolgan. Endi sen unga yordamchi boʻl, unga yordam ber. Otang hursand boʻladi, maylimi?
Tae: mayli. Siz nima desangiz shu
Taehyungning oʻzi Jungkookni uyiga tashlab qoʻydi va otasini oldiga ketdi. Otasi Taehyungni boshqa farzandiga qaraganda koʻproq yaxshi koʻrardi. Sababi Taehyung unga oʻxshaydi. Janob Kim ham xotiniha erishish uchun koʻp narsalardan kechgan, xotinini sevadi va aytganini qiladi
Kim Taemin - 56 yoshli mafia! Hamma farzandini yaxshi koʻradi biroq Taehyungga mehri boʻlakcha. Kichkina ekanligi uchun emas unga oʻxshagani uchun! Xotinini qattiq sevadi va aytganini qiladi! Lekin asabiga tegish yomon! Ohiri bahayr boʻlmaydi
Taehyung otasining qarorgohiga kirib borar ekan hamma uni tanin salom berardi!
U toʻgʻri otasining xonasiga kirib keldi. Bu payt Janob Kim xonasida sigareta chekib oʻtirgandi
J.k: kel oʻgʻlim! Otangni yoʻqlab qolibsanmi? Muammo chiqdimi kompaniyada?
Tae: yoʻq men idollikdan ketdim endi sizni yoningizda boʻlaman
J.k: barakall oʻgʻlim! Bir kun shunday boʻlishini bilardim. Xush kelibsan otangni yoniga!
Taehyung shunday qilib asta-sekin ishni oʻrgana boshladi. Oradan vaqt oʻtardi! Taehyung ulgʻayib boshlagan va bundan mamnun edi. U har oy Jungkookning hisobiga 15 mln won oʻtkazardi va bu bilan Jungkookning oilasi yaxshi yashardi. Taehyung har doim, har qaysi vaqt Jungkookka etibor beradi. Har yakshanba kuni uchrashishadi va kuni ajoyib oʻtadi
Oradan 2 yil oʻtdi! Taehyung 18 yoshga kirdi! Biroq Janob Jeon yani Jungkookning dadasi uning toʻyini qilmoqchi. Jungkook shu paytgacha Taehyung haqida oilasiga aytmagan! Baribir ajrashaman deb gʻing etmagan. Shu 2 yil ichida koʻp narsa oʻzgardi. Taehyung chinakamiga telba boʻldi, sababi hamma Jungkookka qiziqar, koʻchadagi hama unga qarardi. Jungkook vaqt oʻtgan sayin oʻzidan chiroy ochardi va bu chiroyga qaramaslikni iloji yoʻq edi goʻyo
Bugun ular uchrashishdi. Taehyungdagi rashk va nazorat Jungkookning joniga tekkandi va bu ajoyib bahona edi. Ular koʻrishishdi. Taehyung har doimgidek qoʻlida Jungkook yoqtirgan qizil lolalar!
Tae: hyuuuung mega kech qoldingiz? Bunaqa odatingiz yoʻq ediku
Jk: Taehyung men sen bilan ajrashaman
Jk: sendagi rashk ha nazorat jonimga tegdi! Biz endi uchrashmaymiz, tushundingmi? Meni boshqa bezovta qilma!
Jungkook shunday deb ketdi. Ammo bu yoqda yuragi chil-parchin boʻlgan Taehyung qoʻlida gullar, koʻzida yosh va yuragida alam bilan qolgandi
Axir Taehyung buni hammasini sevgani uchun qilmadimi? Jungkookni oʻzgasiga berib qoʻyishni istamagani uchun qilmadimi? Nahotni shu rashki endi uni Jungkookdan ayirsa? Taehyung Jungkookni xafa qiladigan ishni qilmaganku
Tae: men hammasini sizni sevganim uchun qildimku Hyung
Taehyung shunday deya ketdi. Mashinasiga minib yana oʻsha uyiga bordi va bir xonaga kirdi. Bu xona Taehyung va Jungkookning yotoqxonasi edi. Taehyung oʻshanda ichida bir umid bilan shu uyni bezatgandi
Yotoqga yotib yostiqni quchoqladi va koʻzidan yoshlar oqdi. U shularga loyiqmidi? Shu soʻzlarga loyiqmidi? Shu savollar uni qiynardi. Lekin u Jungkookning toʻyi haqida bilmasdi