Mine
Jungkook va Taehyung u yerdagi narsalarni ham olib chiqishdi. Jungkooknk yordamchisi keldi va
Jk: sen menga hammasini oldim deganding? Bular oʻyinchoq ekanmi?
Jk: shapkoʻr boʻlganingdan keyin koʻrmaysanda
Jungkookni shu gapidan keyin Taehyung qah-qaha otib kulib yubordi
Jk: maymun oʻynatayapmanmi Janob Kim? Qah-qaha otib kulasiz
Tae: biram ajoyib gapirasanki kulmaslikni iloji yoʻq
Jungkook indamay ketayotgandi koʻzi Lisaning shkafiga tushdi. Negadir shu shkafni ochishni istadi. Shkafni ochganda kiyim bor edi. U Kiyimmarni pastga tushurdi. Shkaf ortidan qandaydir bir boshqacha narsa bor edi. Jungkook qoʻriqchilariga qaradi va
Qoʻriqchilar unga boltani berishdi va Jungkook bolta bilan shkafni urib yordi. Hamma hayron edi. Lekin eng koʻp hayron qolgan Taehyung edi
Jk: Senlarni shapkoʻr desam butunlayga koʻr ekansanlarku! Bu nima?
Qoʻriqchilar hech nima deya olmadi. Jungkook ichkariga kirdi va u yerda ham pullar topdi. Ammo kamroq edi
Jk: nima hamma Thailandlik mafialar shunaqa boymi yoki bitta shu aqli pas boymi?
Tae: aqli pas boʻlsa ham boyligi yetarli ekan
Jk: ammo endi ular meniki. Olib chiqing
Jungkook va Taehyung uydan chiqishdi. Jungkook qarasa Taehyungni mashinasi yoʻq ammo rahm qilish niyati ham yoʻq
Jk: yaxshi yetib oling Janob Kim
Tae: meni olib borib qoʻy...seni deb keldimku
Jk: Kim senga kel dedi? Menmi?
Jk: unda oʻsha yuragingga aytasan seni olib boradi uyingga
Taehyung borib uni quchoqladi. Yani erkalanib quchoqladi
Jk: sogʻinmay oʻl! Qoch men ketdim
Taehyung oʻzining oʻsha hammani yengan yoqimtoy yuzi bilan soxta xafa boʻldi
Ammo Jungkook bunga yengiladiganlardan emas. Jungkookni oʻzi Vincenzoni xuddi shunday aldardi. Bu hiyla Jungkookga tasir qilmadi. U mashinaga minib ketib qoldi. Taehyung boʻlsa uni ortidan ola qarash qildi va
Tae: mendek yoqimtoyni olib ketmadiya! Ha mayli bir kun qoʻlimga tushasanku tulkicham. Yaramas, yovvoyi quyon, it, echkemar, ibliszoda. Shoshma hali ering boʻlib olay
Taehyung shunday deb Jungkookni qargʻab piyoda ketdi. U officega 3 soat deganda yetib bordi. Chunki Lisani uyi shaharni chekkasida edi. Jungkook boʻlsa allaqachon yetib borgan va ancha ishlarini hal qilgandi. U charchadi va mashinaga minib ketdi. Yoʻlda qizi Semmi uchun shirinlik oldi.
Jkpov: bugungi kunim yaxshi oʻtdi deyolmayman. Ammo Taehyungga aytib toʻgʻri qildimmi? U boshqalarga aytsachi? Eehhh nimalar qilib qoʻydim balki aytmas. Men ahmoqman oʻzim ahmoqman! Nega ham aytdima? Tilimni tiysam nima boʻlardi? Ammo koʻz yoshiga qarab turolmasdim. Nima boʻlsa peshonadan! Qizim hursand boʻlsa boʻldi
Jungkook yoʻlni bir chetida toʻxtadi va telefonidan Vincenzoni rasmiga qarab gapirdi
Jk: Vincenzo nima deb oʻylaysiz men baxtli boʻlamanmi? Xavotir olmang sizni meni yuragim va hayotimdagi oʻrningizni hech kim egallay olmaydi. Siz men uchratgan eng yaxshi insonsiz. Ammo meni tashlab ketishga haqqingiz yoʻq edi. Siz bu ishni qilishingiz kerak emasdi. Qizingizni birga katta qilardik. Birga yaxshi hayotda yashardik. Lekin sizga rahmat men hohlagan hayotni oʻlimingizdan oldin hadya qildingiz! Vada beraman hech qachon sizni unutmayman. Agar unutsam siz tushimga kirib oʻzingizni eslating
Jungkook shu gaplarni aytguncha yigʻlab yubordi.
Haqiqatdan ham Jungkookning hayotidagi birgina inson yani Vincenzo Jungkook istagan hayotni bergan. Jungkook nima soʻrasa ikkilanmay hoʻp degan. Chunki Jungkookni jonidan ortiq sevgan. Lekin bu sevgini Jungkook kech tushundi. Bu Jungkookning soʻngi pushaymoni edi.