February 16

Toxic love

2-qism

Taehyungni askarlari koʻlni oʻrab olishdi va bundan Jungkook choʻchib ketdi. Jungkook tanasini suvni tubiga berkitdi va boʻynigacha suvga botdi

Faqat kunduzi

Tae: Jungkookim...chiroying dunyoda bitta. Senga oldin yaxshilikcha gapirdim ammo sen tushunmading. Endi esa majburlab olib ketaman

Taehyung shunday deya koʻlga sakrab Jungkookni koʻtarib oldi. Koʻldan chiqgandan keyin hamma askar boshini yerga egdi. Hech kim Jungkookga qaramadi. Taehyung Jungkookni tanasiga qarar ekan xirsi oshdi

Taehyung ustidagi kiyimini yechib Jungkookga kiydirdi. Yana Jungkookni koʻtarib otga mindirdi va olib ketdi

Jk: Hoy qoʻyib yuboring meni....jinni boʻlganmisiz? Nima qilyapsiz? Tushuring meni!

Tae: ha jinni boʻldim. Sen meni jinni qilding va endi men bilan ketasan. Gap tamom

Jungkook yoʻl boʻyi tipirchilab keldi. Ammo Taehyung uni mahkam ushlab olgandi va boʻynini bazida oʻpdi. Jungkook bundan jirkandi

Ular saroyga yetib kelishdi. Hamma hayron edi. Birinchisi kimsan Jeon Jungkook shu yerda edi. Ikkinchisi uni qirol olib kelgandi. Bazilar havas qilsa bazilar hasad qilardi. Yani Taehyungni oshiqlari Jungkookga nafrat bilan qarasa,Jungkookni oshiqlari Taehyungga nafrat bilan qarardi

Taehyung Jungkookni koʻtarib xonasiga olib kirdi va yerga qoʻydi

Jk: nega meni bu yerga olib keldingiz? Haqqingiz yoʻq men ketaman

Tae: Sen hech qayerga ketmaysan. Qochishga urunma baribir befoyda. Hozir senga kiyim olib kelaman shularni kiyasan

Taehyung xonadan ketdi va Jungkook uchun kiyim olib keldi

Tae: mana buni kiyib chiq

Jungkook kiyimni olib kiyinidh xonasiga kirib ketdi

Taepov: Men har doimgidek oʻz ishlarimni qilayotgandim. Ammo biroz charchadim. Xonamga kirmoqchi boʻlganimda xizmatkorlarni gapini eshitib qoldim. Jeon Jungkook ismli yigit haqida gaplashishar edi. Naxotki u mendan ham chiroyli boʻlsa. Men uni koʻrmoqchi boʻldim va vazirga uni suratini chizib kelishini buyurdim. U ham menga chizdirib olib keldi. Men qarar ekanman yuragim jiz etgandek boʻldi. Rasmdagi yigit shunchalar chiroyli ediki yeb qoʻyishinga oz qoladi. Oppoq yuz, qizil rangli lab, katta jigarrang doe koʻzlar va sochlari. Bu goʻzallik meniki boʻlishini istayman. Men uni koʻrish uchun oʻrmonga yoʻl oldim. Oʼrmondaligimda qulogʻimga bir ovoz eshitildi. Men ovoz kelayotgan tomonga qarab yurdim. Askarlarimga ovoz chiqarmaslikni buyurdim. Men bir yigitni koʻrdim. U qoʻshiq kuylardi. Ovozi shunchalar mayin ediki men shu ovozga sehrlandim. Ammp soʻnggi lahzani oʻzim buzib yuboribman. Men oyogʻim ostidagi choʻpni bosib olgandim va u buni eshitib ortiga qaradi. Men uni qarshisiga chiqdim. U hattoki rasmdagidan ham chiroyli edi. Unga men bioan ketishini aytdim ammo u qochib ketdi. Men butun askarlarim bilan unga yetolmadim. U quyondek tez yugurardi. Biz charchadik. U miyigʻida kulib keldi va meni masxara qildi. Men asabiylashdim. Men qirolman ammo birgina yigitni tutolmadim. Oradan 3 kun oʻtib men yana shu oʻrmonga bordim. U koʻlda choʻmilish bilan band edi. Men unga tikilar ekanman tanasi mukammal edi. Meni askarlarim koʻlni oʻrab oldi. Tabiiyki u qoʻrqdi va boʻynigacha suvga tanasini tiqdi. Men suvdan uni majburlab chiqarib oldim va ustiga oʻzimning kiyimimni ilib qoʻydim. Men uni yana majburlab otga chiqardim. Bu bola buncha kuchni qayerda oladi. Yoʻl boʻyi tipilab keldi. Biz saroyga yetib keldik va men uni xonaga olib kirdim. Unga koʻyalk berdim va u kiyinish xonasiga kirib ketdi

Jungkook kiyimni kiyib chiqdi. Bu kiyim xuddi Jungkook uchun tikilgandek edi

Ot yoʻq deb oʻylaylar

Tae: ajoyib. Senga bu saroyda qonunlar bor. Mendan boshqalarga yaqinlashmaysan, qochishga urunmaysan, aldamaysan, xiyonat qilmaysan evaziga men senga qirolichalarnikidek hayotni beraman

Jk: menga erkinlik bering. Shuni oʻzi yetadi

Tae: yani?

Jk: hohlagam vaqtim aylanishga chiqaman, hech kim meni kuzatmaydi va men bilan bormaydi

Tae: Yoʻq! Sen saroydan chiqmaysan, askarlar seni kuzatishadi

Jk: men sizga choʻrimanmi? Aytsangiz qiladigan

Tae: shu tiling bir kun boshingga ketadi ammo oʻsha bir kun bugun boʻlmasin

Jungkook bu saroyda yashay olmaydi. U har doim erkin boʻlgan va yolgʻizlikni yoqtirgan. Ammo hozir mutlaqo boshqacha. Hamma uni kuzatadi. Taehyungga nimalar qilganini yetkazishadi. Hech qayerga chiqolmaydi. Kunlar shu tariqa oʻtdi. Ammo bir kun Jungkook bu yerda siqilib ketdi va yashirincha qochdi. Hamma uni hozir xonasida deb oʻylardi ammo u derazadan qochgandi. U otga minib oʻrmon tomon ketardi.

Qochoq Jk

Ammo buni Taehyung sezib qoldi va

Tae: SENLAR QAYOQQA QARADING? QANI JUNGKOOK? SENLARNI VAZIFANG UNI KUZATISH? HAMMANGNI QATL QILAMAN

Taehyung bu yoqda asabiylashib otga mindi va oʻrmon tomonga ketdi

Bu payt Jungkook bir qabrni yoniga keldi va gapira boshladi

Anavi qizni oʻrniga Jk

Jk: Salom men yana keldim. Kechir ammo biroz vaqt kelolmadim. Seni oʻrning bilinyapti. Seni sogʻindim. Sen bilan oʻtgan kunlarimni hech qachon unutmayman. Biz doim shoʻx edik. Sen mendan kattasa ammo men seni sensirayman. Toʻgʻri akamsan ammo buni qizigʻi yoʻq menga. Sen har doim menga mazali taomlar pishirib berarding. Ammo menga bular qanday qilinishini oʻrgatmading. Senga oʻrgataman derding lekin oʻrgatmading. Sendan xafaman. Ammo yonimga kelsang hammasini unutaman. Senga sizlar mujorat qilaman. Seokjin aka deyman. Sen mendan ham chiroylisan. Ammo meni tashlab ketding. Sen bunday qilmasliging kerak edi. Ammo ketding. Menga hizir juda ham kerak boʻlyapsan akajon

Taehyung allaqachon shu yerda edi va barcha gaplarni eshitib turardi. Jungkook yigʻlab yubordi

Yomgʻir yoʻq

Jk: har doim menga mehribon eding. Qara seni ukangni oshiqlari juda ham koʻp ammo oʻz yurtidagi qirolga bir foxisha boʻldi xolos. Sen dunyolarga alishmagan ukang hozir oʻyinchoq kabi boʻlib qoldi aka. Seni yonigga ketishni istayman. Menda bor xayotni boshqamar orzu qiladi. Qirolni shaxsiy foxishasiman ammo hali menga teginmagan. Sen gul kabi oʻstirgan ukangni bir qirol shunchaki uzdi va oʻzi bilan olib ketdi. Seni erka ukangdan asar qolmadi aka. Sendan boshqalarga erkaligim yoqmadi