Killer
Hamma oʻquvchilar yugurardi. Shu jumladan bizning yoqimtoy Jungkook ham. Sababi maktabga kech qolayotgan edi.
Bizning yana bir qahramonimiz esa yana bir qotillikni bajarib kelayotgandi. Ammo yoʻlda bir bolaga toʻqnashib ketdi. Taehyung unga qararkan u bolani yuzini koʻrolmadi. Chunki bola yuzida kepka bor edi. Koʻrinishidan bolakay maktabga shoshilyotgan edi. Bola oʻrnidan turdi va kepkasini yechdi. Taehyung endi gapirmoqchi edi. Jim qoldi. Xuddi talqon yutgandek jim qoldi. Sababi qarshisida goʻzallik turardi. Oppoq yuz, doe koʻzlar, olchadek qizil lab, tun kabi qora sochlar va ajoyib qoshlar egasi unga qarab turardi
Jk: Amaki kechiring. Men maktabga shoshilyotgandim. Kepkamdan sizni koʻrmay qolibman
Taepov: Men yana bir qotillikni bajarib qaytayotgan edim. Barcha oʻquvchilar maltabga shoshardi. Burulishga yetay deganimda menga bir bola urulib ketdi. U maktab oʻquvchisi ekanligini formasidan bildim. U yerga yiqilgandi va yuzida kepka bor edi. U oʻrnidan turdi. Men endi gapirmoqchi edim u birdan kepkasini yechdi. Men goʻyo tildan qolgandek boʻldim. Naxot shunchalar inson chiroyli boʻlsa. Bu goʻzallikni qayerdan olgan bu bola. Oppoq teri, doe koʻzlari rangi esa jigarrang, tun kabi qora sochlar, olchadek qizil lablar va ajoyib qoshlar. Men bunday goʻzallikni oldin hech qayerga koʻrmaganman. Agar kimdir shunday inson bor desa ham ishonmagan boʻlardim. Lekin bu bola nega bu qadar chiroyli? Oh bu ovoz naqadar mayin. Men sevib qoldimmi? Ha balki sevib qolgandirman
Jkpov: Men kechasi bilan video oʻyin oʻynaganim uchun maktabga kech qolayotgan edim. Kiyinib uydan hattoki nonushta qilmay chiqdim. Har doimgidek oyim ishga ketgandi. Men yugurib ketayotgandim. Ammo burulishga yetay deganimda men bir erkakga uruldim. U menga hech narsa demadi va yordam ham bermadi. Keyin men turdim va kepkamni yechdim. U menga tikilgancha qoldi. Men kechirishim soʻradim ammo u hali ham jim. Ammo erkak juda ham chiroyli edi. Siren koʻzmar, ajoyib yuz shakli, lablari, oq yuz terisi juda ham ajoyib edi. Men bunday insonni uchratmaganman
Jk: janob yaxshimisiz? Meni kechiring. Buni ataylab qilmadim
Jk shunday deya maktabga yugurib ketib qoldi. Jk bir narsani bilmagan. Oddiy shu gapni aytsh uni hayotini oʻzgartirib yuborishini bilmagan. Bilganda aslo aytmasmidi yoki kechasi bilan pyib oʻynab uxlab qolmagan boʻlarmidi. Ammo bu taqdir.
Shu kundan boshlab Taehyung har kuni Jungkookni kuzatadigan boʻldi. Unga kim yaqin, kim dushman, yana kim bilan munosabati qanday hammasini kuzatdi. Jungkookni oshiqlari koʻpligini ham bildi va rashk qila boshladi. Jungkookga yaqinlashgan oʻsha oshiqlarini, unga zarar yetkazgan koʻcha bezorilarni barchasini ayamay oʻldirdi. Ammo Taehyungga yoqgan narsa Jungkook hammaga rad javobini berardi. Shu Taega yoqardi. Taehyungni yotoqxonasi va kabineti Jungkookni rasmlariga toʻlib ketdi. Nimalarni yoqtirishi, nimalarni yoqtirmasligi, oilasi. Hammasi haqida bildi. Endi yagona ish Jungkookni oʻziniki qilish qoldi. Ammo Taehyungda qoʻrquv uygʻondi. Jungkook uni ham rad etsach degan oʻy uni qoʻrqita boshladi. Chunki Jungkook hali hdch kimga rozilik berganini koʻrmadi.
Va bir ishni qilishni oʻyladi.........