Killer
Jungkook battar yigʻladi. Chunki unga qoʻngʻiroq qilgan kishi politsiya xodimi edi. U Jungkookga onasini jasadini topishgani haqida aytishgandi
Jkpov: Men kech Taehyung bilan shirinlik doʻkoniga kirdim. Ammo sotuvchi menga gap ota boshladi. Men shunchaki indamay shirinlik sotib olib bu yerdan ketmoqchi boʻldim. Biz shirinlikni oldik. Ammo Taehyung jiddiy edi. Men qimmatroq shirinlik olganim uchunmi yoki koʻproq olib yuborganim uchun jahli chiqgan deb oʻylab uni hursand qilmoqchi edim. Ammo u menga jahlini koʻrsatdi. Men xafa boʻldim va unga gapirmadim. Uyga borganimizda ham shirinlikni muzlatgichka qoʻydim va xonaga kirib ketdim. U kechirim soʻradi ammo men yonimda hech kim yoʻqdek oʻtiraverdim. Ohiri u oyogʻimni ushlab moʻltirab qarab kechirim soʻradi lekin men etibor bermay telefonimni quvvatlashga qoʻyib uxladim. Uxlaganimda ham u meni quchoqladi, oʻpdi, hattoki tishladi ammo men miq etmay uxlayverdim. Tongda maktabga ketdim ammo negadir koʻnglim gʻash edi. Xuddiki bugun nimadir boʻladigandek edi. Men maktabdan chiqdim tahmin qilganimdek Taehyung meni kutib turgan ekan. Men yana unga etibor bermasdan ketaverdim. U mashinani men bilan teppa teng haydab kechirim soʻradi. Men unga gapirmadim. Menga qoʻngʻiroq boʻldi. Men javob berganimda politsiya xodimi menga onamni oʻldirib ketishganini aytdi. Men muzlab qoldim. Toʻgʻri u meni haqoratlagan boʻlsa ham u meni dunyoga keltirgan onam edi. Men yigʻlab yubordim. Taehyung darrov kelib meni quchoqladi ammo men yigʻlashdan toʻxtamadim
Tae: Jungkook nega yigʻlayapsan? Kim qoʻngʻiroq qildi? Nima dedi? Gapir!
Jk: oyim....oyimni oʻldirishibdi
Taehyung turgan joyida qotib qoldi. Naxotki jasadni topishgan boʻlsa.
Taepov: Men Jungkookni onasini qiynab oʻldirdim va uyga qaytdim. Biroz uxladim va soatga qarasam Jungkookni darsi tugaydigan payt ekan. Men mashinaga minib maktabga yoʻl oldim. Jungkook maktabdan chiqdi, ammo yana menga gapirmadi. Unga qoʻngʻiroq boʻldi. U javob berganidan soʻng u yigʻlab yubordi. Undan nega ekanligini soʻraganimda onasini oʻldirishganini aytdi. Men qotib qoldim. Naxotki qotil kimligini ham bilishgan boʻlsa. Agar bilsa Jungkook meni tashlab ketadimi? Men yana usiz qolamanmi? U boshqasiniki boʻladimi? Uni boshqasi oʻpib quchoqlaydimi? U boshqasini sevadimi? Yoʻq men bunga yoʻl qoʻymayman. Jungkook meniki. Kerak boʻlsa uni uyga qamayman ammo meni tashlab ketishiga yoʻl qoʻymayman
Taehyung va Jungkook tezda morgga yetib borishdi. Jungkook koʻrgan manzarasidan yuraklari oʻgʻridi. Onasini ikki qoʻli chopilgan, tili ham sugʻurib olingan. Tanasida koʻkarish izlari koʻp edi. Hattoki ayrim suyaklari urulgandan ichkariga kirib ketgandi
Jungkook yerga oʻtirib qoldi va yigʻlay boshladi. Bir paytlar unga mehr bilan ovqat pishirgan, uni quchoqlagan qoʻllarni chopishgandi. Unga mehrli gaplarni aytgan tilni ham sugʻurib olishgandi. Har kun Jungkook massaj qiladigan tanani buzib tashlashgandi. Jungkook oyisini yoniga bordi va uni quchdi
Jk: oyi...siz ketmang...keyin men nima qilaman? Siz yoshligimda seni tashlab ketmayman deb vada bergansiz...nega vadangizda turmadingiz? Uygʻoning ketamiz siz, men va Tete birga yashay boshlaymiz.....Tete yaxshi inson qotil boʻlsa ham ammo siz uygʻonmayapsizku....vada beraman xar doim aytganingizni qilaman, sizni xafa qilmayman siz....esa faqat koʻzingizni oching oʻgʻlim deng
Jungkook shunday deya yigʻlardi. Taehyung uni quchoqlab ovutdi
Tae: mittivoyim oying seni bu axvolda koʻrsa hursand boʻlmaydi. Yigʻlama. Senga yigʻlash yarashmaydi boʻldi boshqa yigʻlama
Jk: Tete oyim uxlayapti shundaymi? Keyin uygʻonib biz bilan ketadimi?
Tae: yagonam oying endi har doim uxlaydi. Biz uni bezovta qilmasligimiz kerak. U bizni xar doim kuzatadi. Sen xafa boʻlsang oying ham xafa boʻladi
Jk: YOʼQ OYIM UYGʼONADI...ULAR UXLAYAPTI...SEN ALDAYAPSAN...
Jungkook shunday deya Taehyungni koʻksiga mushtlab urardi. Ammo bilmasdiki onasini qotili uni hozir quchoqlab turganini. Oradan 1 hafta oʻtdi. Jungkook juda ham oʻzgardi. Avvalgi shoʻx, erkatoy, koʻp gapiradigan va koʻzlari porlaydigan Jungkookdan asar ham qolmadi. Taehyung unga nima demasin Jungkook kulmasdi. Maktabga borar va oʻqir edi. Har kun Taehyungni oʻzi uni olib borib oʻzi uni olib kelardi. Jungkookni onasini dafn marosimi ham boʻlib oʻtdi
Taepov: Biz Jungkook bilan morgga borganimizda onasini axvolini koʻrib yigʻladi. U onasini uxlayapti dep oʻyladi. Ammo men unga tushuntirdim. U buni istamadi. Oradan 1 hafta oʻtdi ammo men avvalgi Jungkookni koʻrmadim. Xuddi oʻsha kun qabrga Jungkookni onasi Sena bilan birga Jungkookni shoʻxligini koʻmilganday boʻldi. U kulmadi, kamgap boʻlib qoldi. Men nima qilsam ham nima desam ham u kulmadi. Koʻzlari porlamay qoldi, erkalikni unutdi. Ammo onasini oʻldirishim evaziga katta pul oldim. Biz bu pullarga yaxshi yashaymiz. Vaqt hamma marsani davosi. Vaqt oʻtgan sayin Jungkook eski holiga qaytadi. Ammo onasini qotili men ekanligimni bilib qolsachi? Meni tashlab ketadimi? Boshqa birovniki boʻladimi? Boshqa birovga erkalik qiladimi? Yoʻq men bunga yoʻl qoʻymayman. Jungkook buni hech qachon bilmaydi va bilolmaydi. Buning uchun qoʻlimdan kelganini qilaman. Men Jungkooksiz yasholmayman. Men koʻplarni yoʻqotdim, koʻplar meni tashlab ketdi. Ammo Jungkook mendagi yagona yaqin kishim, sevganim, borligʻim. U meni tashlab ketsa yashashdan maqsadim qolmaydi. Men nima qilib boʻlsa ham buni yashirishim kerak. Jungkook buni bilmasligi kerak.
Bugun yakshanba edi. Taehyung bir ish bilan ketdi ammo telefoni uyda qolib ketgandi. Uni telefoniga sms keldi. Jungkook uni ochib oʻqiganda ishonolmadi. Smsda ..............