𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦
Qorong‘i tun osmonni ko‘k-moviy tutun bosgan, xuddi yurakni siqib turgandek. Tun kim uchundir sokinlik, kim uchundir yolg‘izlik. Ko‘pchilik odamlar bu paytda yaqinlari bilan issiq choy ustida suhbatlashayotgan, ba’zilar yotoqlarida bola-chaqasi bilan quvnoq voqea aytib yotgandir.
Uni hech kim kutmaydi. Uning eshigini hech kim ochmaydi. “Qizim, yaxshi keldingmi?” deb so‘raydigan bir og‘iz so‘z yillar davomida u uchun faqat orzu bo‘lib qolgan.
Jisoo ohista eshikni ochdi. Uy hali-hanuz o‘sha kichik, sovuq va sukunatga to‘la. Xuddi bu devorlar ham baqirmoqchi, yig‘lamoqchi, kimnidir ayblamoqchidek. U yerda Jisooning bolaligi qolgan, ammo o‘sha xotiralarda issiqlik yo‘q edi. Faqat ko‘z yoshi, jim yig‘i ovozi eshitilardi.
U og‘ir nafas bilan oshxonaga kirdi. Biroz bo‘lsa ham odatiy hayot ko‘rinishini saqlashga urinardi. Tushlik qilganiga ko‘p bo‘lgan bois ovqat qilmoqchi edi. Ochlik bu uyda eng yengil azob.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, tashqi eshik “taq” etib ochildi. Uyga otasi kirib keladi. Undan spirtli ichimlik hidi kelib turar, bazoʻr kresloga borib oʻtiradi. Koʻzlari qizargan, kaftlari titradi. Jisooni koʻrdiyu yuzlari sovuq qattiq ohang bilan gapira boshladi.
-Befoyda, qachon kelding? - dedi arang
Jisoo jim turardi, chunki u bilardi otasiga mast payti gapirgani foydasizligini. Otasi yana gapira boshladi, u doim uchun kelsa ichida bor dardini aytardi.
- Sen qiz boʻlmaganingda onang men bilan birga boʻlardi! Nega tugʼilgansan kasofat ? U sen tufayli kasalga yoʻliqdi. Befoydasan ... Uni oʻrniga sen oʻlsang boʻlmasmidi!? - dedi.
Sevgan ayolini yoʻqotgan unga ham ogʻir lekin faqat bunga qizini ayblardi. Bu gaplarni Jisoo doim eshitadi, ammo har safar bu gaplar uni yuragini tilka pora qilardi. U nima qilsin axir? aybi bu dunyoga kelganimi? Bu taqdirni oʻzi xohlamagankuu? Ammo uni eshitadigan dardini tinglaydigan odam yoʻq .
Jisooni koʻzlariga yosh toʻldi, titroq bilan
- Axir buni men ham xohlamaganmanku?
-Sen tugʻilmaganda u oʻlmasdi!!
Jisoo hech nima deyolmasdi. Bu gaplar qanchalar ogʻir boʻlmasin u jim qoldi.
Otasi birdan joyidan turdi, jahli bilan baqirdi:
-Yoʻqol xonangga seni koʻzim koʻrmasin!
Jisoo qattiq titradi va xonasiga yugurib kirdi. Bu zulmat choʻmgan xonaga oy nuri tushib turardi. U yostiqqa boshini qo‘yib, yig‘lay boshladi. Qorong‘ilikda faqat bir pichirlash eshitildi:
- Oyi... nega meni tashlab ketdingiz... men... yolg‘iz qoldim. Sizsiz qiynalib ketdim...
Ko‘zlaridan yosh jimjit oqardi. Xonani g‘am bosdi. Bu yerdan faqat uni hiqillagan ovozi eshitilib turardi.
Yillar ilgari yuk mashinalari kelib-ketgan bu joy hozir chiriyotgan temirlar, chang, va jimjitlikka to‘la. Eshik qarsillab ochiladi va omborxonaga ichkarisiga Aylin va Xan Minho kirib kelishadi. Bu yerda ularni bir yigit kutib turardi.
- Amaki... yaxshimisiz? -yoritilmagan burchakdan bir ovoz eshitildi.
Ular jilmayishdi, bu yerda xuddi ular xuddi kichik oila birlashgandek boʻldi.
-Albatta oʻgʻlim oʻzing yaxshimisan
-Ha amaki yaxshiman- dediyu Aylinga qarab,
-Pakana boʻying haliyam oʻsmadimi? dedi oʻzini kulgudan tiyib
-Pakana deyishni koʻrsatib qoʻyaman deb Aylin uni yelkasiga urib qoʻydi. Ular xursand bir birini koʻrishganidan..
- O‘g‘lim... kutgan kunlaring yaqin.
-Ha, amaki... oz qoldi. — dedi u asta.
- Men senga ishonaman. Yuzimni yerga qaratmaysan.
U jilmaydi ammo so‘zida qat'iylik bilan edi:
-Albatta, amaki. Ishonchingizni oqlayman.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, tashqi eshik “taq” etib ochildi. Uyga otasi kirib keladi. Undan spirtli ichimlik hidi kelib turar, bazoʻr kresloga borib oʻtiradi. Koʻzlari qizargan, kaftlari titradi. Jisooni koʻrdiyu yuzlari sovuq qattiq ohang bilan gapira boshladi.
Xan Minho yelkalariga qo‘l qo‘ydi. Bir necha soniya sukunat.
-Meni ishlarim bor ketishim kerak
So‘ng, orqaga burilib, eshik tomon yurdi.
-Eski kunlarni bir eslamaymizmi?
-Albatta eslaymiz dedi Aylin xursand boʻlib, ular shu bilan bu joydan chiqib ketishdi.
Bulutlar sochilib ketgan, osmon tiniq edi. Quyoshi iliq, ammo o‘tkir nurlari bilan tantanali marosimni yoritardi. Odamlar – harbiy kursantlarning oilalari, do‘stlari, ustozlari – keng, tartibli joylashtirilgan kursilar atrofida o‘tirgan edi. Rang-barang guldastalar, bayroqlar hilpirardi. Bugun ularning ko‘p yillik mashaqqatlari oqlangan, mehnat mevasi uziladigan kunda edi.
Scenaning oldida bir necha politsiya zobitlari, komissar va akademiya rahbariyati turgan edi. Har bir bitiruvchi navbatma-navbat sahnaga chaqirilmoqda, ularning yelkasiga faxriy medallar ilinar, diplomlar tantanali ohangda topshirilar edi.
O‘sha maydonning o‘rtasida, kursilar orasida bir ayol – Yoongining onasi – ikki qo‘lini duoga qo‘yib, ko‘zlarida yosh bilan o‘g‘lini kutardi. Uning yuzida g‘urur, yuragida esa hapqirardi, axir u bu kunni qancha kutdi.
— U bugun meni yuzimni yorug‘ qiladi... u otasiga oʻxshamaydi. Adolat yo‘lini tanladi, politsiyachi boʻladi, deb hayolidan oʻtkazib oʻtirardi.
Yonida esa Jisoo, oppoq ko‘ylakda, sal boshqacha – his-hayajon bilan edi. Min xonim birga u ham xursand.
Mikrofon orqali birma bir barcha sahnaga chiqib qasamyod qilardi.
Park Jimin — sahnaga! Ovoz keldi.
Atrofda qo‘l olqishlar, hayajonli shovqin aralash ohang kirib keldi.
Shu payt, sekin qadamlar bilan, qora sochli, qaddi qomatiga mos harbiy forma kiygan bir yigit sahnaga chiqdi.
Uning yelkasi tik, yurishi ishonchli, har bir qadami – shu yillik mashaqqatlarni orqada qoldirgan insonnikidek edi. Formasi unga yarashgan, o‘ziga xos jiddiy ko‘rinish berib turardi. Qora ko‘zlari yonib turardi, yuzida kulgu u bugun juda hayajonda edi.
Komissar mikrofon oldiga chiqdi:
- Bugun, xalqimiz uchun xizmat qilishga qasamyod qiladigan kelajagimiz posbonlariga olqishlar!
Jimin sahnaning markaziga yurdi. Qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ovozini baralla chiqardi.
-Men, Park Jimin, ushbu Vatan oldida...
...Ammo birdan osmonga qarata oʻq ovozi yangradi. Ko‘zlar esa o‘sha bir odamga qadaldi.
U qattiq, tez-tez nafas olib, qo‘lida miltiq bilan oldinga yurardi. Maydon ichiga odimlab kirganida odamlar nari-beriga qochib, qo‘rquv bilan undan uzoqlashdi. Askarlar saf tortgan, ammo hamma qotib qolgan edi. Barchaning ko‘z o‘ngida – qurol tutgan, qorong‘u ko‘zli, og‘ir qadamlar bilan yurayotgan Yoongi turardi.
U to‘g‘ri komissarga toʻpponchani o‘qtaldi.
Komissar ham unga tik qaradi. Nigohida na qo‘rquv, na hayrat bor edi. Faqat ajablanish...
Yoongi lablarini zo‘rg‘a qimirlatdi.
-Men sizga javob berasiz degandim... Bugun – shu kun hammasiga javob berasiz!!
Uning qo‘li qaltirardi. Ko‘zlarida qasosdan ko‘ra iztirob ko‘p edi. Go‘yo bu qurolni komissarga emas, o‘z taqdiriga tutayotgandi. Yuragi toshgandek, lablari shivirladi:
Men unga o‘xshamaslik uchun yashadim... endi qarang men otam bilan bir xilman...
Atrofdagi odamlarga jon kirdi askar qurollarini chiqarib Yoongini nishonga olishdi. Odamlar evakuatsiya qilina boshlab toʼs toʻpalon boshlab hamma qayoqga qarab qocha boshladi
Jimin hayolida ( Eng iqtidorli askar nega bunday qildi? Buyogʻi qiziq boʻldi!)
Qurolni tushir! Bu – buyruq! Politsiyachilar baqirishdi.
-Tentaklik qilma Yoongi ! Qurolni tushur dedi
Ammo Yoongi o‘sha yerda turardi. Harakat qilmasdi. Qurolni tushurmadi, ammo shu lahzada
Onasi odamlar orasidan yorib o‘tdi. Ko‘z yoshlari yonoqlaridan tushib, tuproqqa singardi. Nafasi siqilayotgan, ovozi bo‘g‘ilgan edi.
-Yoongi!... O‘g‘lim... Iltimos! Unday qilma! Sen bu emassan! Ovozi titrab chiqardi. Uni politsiyachilar ishlab qolishdi ular tarafga oʻtkazishmadi. Jisoo Min xonimni ushlab turar, u lablarini tishlab, oʻgʻliga qaradi. Qalqib turgan ko‘z yoshini yutib, yana zo‘rg‘a dedi:
Otangga o‘xshama... iltimos, unga oʻxshama, ahmoqlik qilma....
Yoongi bir zum jim qoldi. Nafasi sekinlashdi, lablarini qimirladi
-Meni kechiring .... undan shu soʻzlar chiqdi xolos
Politsiyachilar uni nishonga olishgan, otishga shay turishardi.
Qurolni tushir! Yerga qoʻy! Ovoz yangradi.
Yoongi Onasiga qarab koʻziga yosh oldi. U onasini ishonchini poymol qilgandi. Qurolni asta sekin tushirdi.
Darhol politsiyachilar yugurib kelishdi. Ular Yoongini qo‘lini orqaga qayirib, kishan soldi. Kishanning sovuq temiri terisiga yopishdi. Qo‘llari zanglagan ohangda "klik" degan tovush bilan bir-biriga ulanayotganda – bu ovoz taqdir muhri kabi yangradi.
U oxirgi bor onasiga qaradi. Onasi yigʻlardi... Yoongini koʻzlarida pushaymonlik, afsus bor uni koʻzlari yoshlangandi , ammo endi ortga yoʻl yoʻq edi.....