September 10, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

𝐸𝑝𝑖𝑠𝑜𝑑𝑒 9

"𝐒𝐞𝐧 𝐦𝐞𝐧𝐠𝐚 𝐝𝐨𝐢𝐦 𝐭𝐚𝐬𝐡𝐯𝐢𝐬𝐡 𝐨𝐥𝐢𝐛 𝐤𝐞𝐥𝐚𝐝𝐢"

Yoongi uyidan ketganidan keyin Mingyuniga boradi. Shamol yengilgina derazalarni taqillatib o‘tar, chiroqlar esa ko‘chaga soya tashlab, go‘yo Yoongining ichki holatini aks ettirayotgandek edi. U sekin yurardi.

Mingyu tashqarida Yoongini ko‘rib, qoshlarini chimirdi:

- Nima bo‘ldi, allamahalda bu yerlarda yuribsan? — dedi hayron ohangda

Yoongi boshini egib, biroz jim turdi, so‘ng past ovozda javob berdi:

- Oyim bilan biroz tortishib qoldim... Shunga uyga bora olmayman.

Mingyu chuqur xo‘rsindi.

- Yoongi, oying ham seni bu ko‘rinishingga asta-sekin ko‘nikishi kerak. Sen endi oldingiday emasligingni tushunishi kerak.

- Ha bilaman shu uchun uydan ketdim. Menga bir joy topiladimi? — dedi sekin Mingyuga qarab.

Mingyu atrofdagilarga qo‘l ishora qildi. Bir yigit darhol yaqinlashdi.

- Uni bir xonaga joylashtiringlar.

Yoongi ularning ortidan yurarkan, u yer usta xona va mashinalar bor edi. Uni yigitni ortidan ikkinchi qavatidagi bir xonada kirib joylashdi. U asta karovatga cho‘zildi. Ko‘zlarini yumdi. Yuragi ichida ming xil savol, hech biriga javob yo‘q...

~~~

(𝐁𝐢𝐫 𝐧𝐞𝐜𝐡𝐚 𝐤𝐮𝐧𝐝𝐚𝐧 𝐬𝐨'𝐧𝐠)

Yoongi ustaxonada mashina tuzatishga yordam berib yurarkan yoniga Mingyu keldi. U shu kunlar ichida faqat ustaxonada yurdi.

Mingyu kirib kelib, uni ko‘rib kulimsirab bosh chayqadi:

- Nima yurish bu? Janoza tutganday yuribsansan. Yur, aylantirib kelaman. Koʻngling sal boʻlsayam koʻtariladi. Hozir senga kiyim ham topib berishadi.

Yoongi ham yaxshi dediyu oʻrnidan turdi. Bir yigit kelib unga yangi kiyim berdi. U ham kiyinib Mingyu bilan ketdi.

~~~

𝐓𝐮𝐧𝐠𝐢 𝐤𝐥𝐮𝐛 (Bar)

Yorqin chiroqlar, baland musiqa va odamlarning shovqini. Tungi klubda shovqin-suron hukm surardi. Yorqin chiroqlar ostida bir qiz sahnada qo‘shiq kuylayotgan, odamlar esa qo‘llarini ko‘tarib, ritmga ergashayotgan edi. Mingyu Yoongini yoniga olib kirganda, ular bilan birga uning ishonchli yordamchisi ham bor edi. Uchovlon bitta stolga joylashdilar.

- Bu joy yoqdimi? - dedi Mingyu

Yoongi o‘tirib, atrofni kuzatdi. Boshini biroz egib, jilmayib qo‘ydi.

- Ha... hammasi yaxshi. - javob berdi Yoongi.

Shu payt stol ortidan Jake ko‘rindi. U qarab turib, hayrat ovozda dedi:

- Oooo Mingyu seni ham koʻradigan kun bor ekanmi?

- Ha mana endi doim koʻrasan meni bu yerlarda, - dedi Mingyu kulib.

Jakeni yuzi oʻzgarib ketadi bu gapni eshitib.

Jakening nigohi Yoongi va yordamchiga qadaldi. Ularning jahl bilan qarab turganini sezdi. Ammo Mingyuning qarab , jilmayib gap boshladi:

- Ko‘rinishing yaxshi, Mingyu. Yonidagilar kim? Yoongiga ishora qilib

Mingyu labining chetida kinoya bilan jilmaydi:

- U haqida yaqinda eshitasan. Ismi Yoongi. Bu joylarni tanishtirish kerak, - dedi.

Jake sekin stolning boshqa tomonidan Yoongiga yaqinlashdi. Yoongi ham tik qarab, kulimsiradi. ( ular stolni ikki tomonida oʻtiribdi)

- Omad tilayman, yigitcha. Ehtiyot bo‘l. - dedi Jake mazax ohangida.

Yoongi lab burchagini ko‘tarib, kulib qo‘ydi. Mingyu ham unga qo‘shildi.

Jake yana Mingyuga yuzlandi:

- Yangi ish boshlabsan deb eshitdim

- Fursat bo‘ldi deguncha ish haqida gapirasan , - deb kulib qo'ydi Mingyu.

- Maynavozchilikni bas qil, Mingyu. Sen men olmoqchi bo‘lgan loyihaga qo‘shilibsan. Narxlarni oshiribsan yetmaganiga ,- dedi Jake jahl bilan.

Mingyuni yuzi jiddiylashdi

- Nima deding Jake men yoʻq boʻlganimga oʻzingdan ketibsanmi?

- Shunaqayam qilasanmi axir Mingyu,- dedi

Yoongi va yordamchisining sovuq qarashlarini sezgan Jake bir zum to‘xtab qoldi. Ularning nigohi qattiq edi, go‘yo bir zarbada yiqitishga tayyor turgandek. Shu lahzada Jake ovozini pasaytirib, gapni burdi:

- Mayli, boshqa gap. Senga taklifim bor. Yuk tashuvchi katta mashinalarim bor, ulardan foydalansang bo‘ladi.

Mingyu kulib qo‘ydi:

- Gapni shundan boshlasang bo‘lardi-ku. Albatta, olaman.

- Ertaga kelsang shartnoma tuzamiz

- Albatta boraman.

Jake ular yonidan ketdi.

- Unga ishonsangiz bo'larmikan? -dedi yordamchisi

- Ertaga ko'ramizda u bizdan baribir qo'rqadi menimcha xavotirga o'rin yoʻq, - dedi.

~~~

𝐄𝐫𝐭𝐚𝐧𝐠𝐢 𝐤𝐮𝐧

Yuk mashinalari saf tortib turgan keng maydon. Metall hidi aralash chang havoda suzib yurardi. Atrofni beton devor bilan o‘ralgan o'rtada esa bino qad roslagandi. Shu yerda Mingyu Yoongini Jake bilan shartnoma tuzishga olib kelgan edi.

Qora mashina sekinlik bilan maydonga kirib, mashinalar safi orasida to‘xtadi. Eshik ochildi, ichkaridan Aylin tushdi. U Mingyu tomon qaraganda koʻzlari Yoongiga tushdi. Nigohlar to‘qnashgan shu on — atigi bir daqiqa davom etdi.

Mingyu jilmayib, odatdagi beparvo ohangda gap qotdi:

-Aylin bu Yoongi.

Yoongi uning gapini tugatishga qo‘ymadi. Labini sekin qimirlatib, ovozida sovuq ohang bilan:

- Biz tanishmiz, - dedi. - Advokatlikni tashlab yuk mashinalariga o‘tdingizmi endi? Garajdan ham qanday qutulish yo‘lini topasizmi?

- Sen hali ham yosh boladeksan. O‘sha beayov so‘zlaring bilan hammani sinashga urinishingdan charchamaysanmi?

Yoongini yuzi burib Aylinga qaramay gapirdi.

- Menga tashvish olib kelasan.

- Bu bilan nima demoqchisan? - deydi Aylin

- Men sen bilan oxirgi suhbatimdan keyin boshimga tashvish tushdi. Xoʻsh bu safar nima boʻlarkin , - dedi.

- Yoqimsiz bir suhbat yana nima boʻlishi mumkin,- deydi Aylin

Mingyu ularning o‘rtasidagi taranglikni kesib tashladi:

-Bo‘ldi keyin davom etasizlar. Hozir ishimiz bor.

Yoongiga qaradi:

- Sen mashina yonida qol. Biz ichkariga kiramiz.

Yoongi mashinalar safi orasida qoldi. U atrofni sinchiklab kuzatib turarkan, g‘alati bir yigitni payqadi. Yigitning qo‘lida qurol bor edi. Mingyu ichkarida Jakeni qidirdi ammo binodan hech kim yo'q.

Bino atrofiga qurollangan yigitlar yaqinlasha boshladi. Mingyu endi tashqari chiqmoqchi edi uni orqasida Aylin chiqmoqchi edi. Ammo ulgurishmaydi.

Binodan ular chiqishyotganini koʻrgan odamlar shu oʻqqa tutib otishma boshlandi. Binodan odamlar chiqib, o‘q uzishdi. Yoongi esa binoning orqasiga otib ketdi.

Ichkarida Aylin va Mingyu qolib ketishdi. Mingyu qurolini chiqarib, tashqariga qarata o‘q uzdi. Jake ham odamlari bilan qo‘shilib, binoni o‘qqa tutdi.

- Senga endi mashinalarimni beramanmi? - Jake baqirdi. - Bizning adovatimiz bugun tugaydi. Bu yerdan sening o‘liging chiqadi!

- Jake sen kim bilan oʻynashyotganini bilmaysan. Oʻzingga yomon boʻladi toʻxta deb baqirdi ichkaridan Mingyu

Jake uni eshitib ham odamlariga baqirdi :

- Toʻxtamang ular oʻlishi kerak!!!

Uning ovozi binoda jaranglab ketdi. O‘qlar yog‘ilardi. Mingyu ham qarshi o‘q uzar, ammo o‘q tugayotgan edi. U qurolini almashtirishga ulgurdi.

-Yoongi nima qochib ketdimi? -dedi Mingyu

Ammo Aylin javob bermadi.

Tashqaridan motor tovushi yangradi. Yuk mashinasining shovqini otishmalarni bosib o‘tdi. Yoongi rulda edi. U yuk mashinasini haydab kelib, binoning eshigini to‘sib qo‘ydi.

- Chiqinglar! - uning ovozi baland, ammo aniq eshitildi.

Mingyu Aylinni yoniga oldi, ular yugurib chiqib, mashinaga sakrab o‘tishdi. Yoongi pedalni bosdi. Mashina shiddat bilan harakatga tushdi. Jake va uning odamlari esa ularni quvishga tushdi.

- Tutlaring hammasini!!! - baqirdi Jake

Ular hammasi yengil mashinaga oʻtirib ortidan quvishga tushmoqchi edi ammo shu payt yuk mashinasi kelib ularni oldini tosib qoʻydi.

Mashina ichida hamma jim edi. Nafas olishlari og‘ir, yurak urishlari esa quloqlarida jaranglayotgandek. Yoongi sekin ovozda kulib Aylinga qarab dedi:

- Musiqani balandlat. Hayajonlanib ketdim dedi.

Aylin hayratdan unga qarab qoldi. Yoongining labida yengil jilmayish bor edi.

Mingyu esa orqaga qarab, o‘qlar ostidan omon chiqqanlarini ko‘rib, kulimsiradi.