September 28, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

𝘌𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 10

"𝐐𝐚𝐫𝐳𝐢𝐧𝐠𝐧𝐢 𝐨'𝐳𝐢𝐧𝐠 𝐭𝐨'𝐥𝐚𝐲𝐬𝐚𝐧!"

Minhoning xonasi hushyorlik va hukmronlik bilan yo‘g‘rilgandek edi. Devorlardagi qora ramkali suratlar ostida esa odamlar jim, og‘ir havoga to‘lib turardi. Stol ortida o‘tirgan Minho birdaniga o‘rnidan turdi. Uning nigohi chaqnab, yuzidagi qat’iyatli chiziqlar qotib qolgandek tuyulardi

Qizining yonida Mingyu ham boshini egib turgancha jim edi. Ammo Minho birdan g‘azab bilan unga yuzlandi:

-Nega uni olib bording?! - ovozi butun xona devorlariga urildi, quloqni teshib yuborday. - Kaltafahm miyang shunga yetmaydimi? Mening qizimni ham xavfga tashlading-ku!

Mingyuning nafasi qisildi. Tomog‘idan ovoz chiqmay qoldi. Yelkalari titrar, lablari orasidan “janob” degan so‘z chiqmoqchi bo‘ldi-yu, lekin qo‘rquv uni bo‘g‘ib qo‘ydi. Atrofdagi odamlardan taralayotgan muzdek nigohlar ham uni yanada kichraytirardi.

Aylin ham bu taranglikga jim tura olamay

- Dada Mingyu aybdor emas. U meni majbur qilmadi. Men o‘zim xohlagan edim u yerga borishni.

Minho bir zumda unga qaradi. Uning nigohi chaqmoqdek chaqnadi.

- Sen gapirma, Aylin! - dedi sovuq, qarsillab tushgan ovozda. - Bu tentak nega o‘z odamlarini bilan bormadi? Nega aynan seni olib bordi?!

Xonada taranglik avj oldi. Mingyu titroq qo‘llarini musht qilib oldi, bo‘g‘iq ovozda javob bera oldi:

- Bu… bu hujjat ishlari uchun edi… - u gapini zo‘rg‘a tugatdi. - Shu sababli Aylinni olib borgan edim…

- Senga kim xujum qildi oʻsha itni ismni ayt Mingyu

- Jake... Chon Jake u menga pistirma uyushtirdi.

-Oʻsha itni toping tez!! - dedi Minho odamlariga. - Tirigi kerak menga tushunarlimi!!!! Mingyu agar yana bir qizimni hayotini xavfga qoʻyadigan boʻlsang teringga shilaman shuni bilib qoy!

Shu payt chekkada turgan Jungkook ovoz chiqardi. U hali jim kuzatayotgan bo‘lsa-da, endi orag kirishga qaror qilgandi. Uning ovozi sokin, ammo xavotir ohangda yangradi:

- Xo‘sh… sizlarni kim qutqardi?

Minho stol ustiga qattiq urdi. Uning ovozida alam bilan

- Ha, ayting! Kim sizlarni tirik olib qoldi?!

Mingyu esa qaltirab, lablarini arang ochdi:

- Min Yoongi.

- Kim deding? - Minhoni nigohi chaqnab ketdi.

- Min Jaehyunning o‘g‘li, -dedi Mingyu asta. - Sizni oldin qoʻlingizda ishlagan Jaehyun Minhoning peshonasida tomirlar bo‘rtib chiqdi. Nigohi o‘tkir, ammo ich-ichida qandaydir hayrat paydo bo‘lgandi.

- Nega uni yoningizda olib kelmadingiz? - dedi u, ovozi dag‘allashib.

Mingyu chuqur nafas olib, qisqa so‘zlar bilan javob berdi:

- Sizning ismingizni eshitishi bilanoq… u “Men bormayman” deb chiqib ketdi… Xonada faqat bir necha soniya davom etadigan og‘ir sukunat hukm surdi. Shu lahzada hamma odamlar bir xil savolni ichida o‘ylayotgandi:

Nega?

- Uni men uni sizning yoningizga olib kelaymi? — dedi u, ovozini past qilib Jungkook gapirdi.

Minho chuqur o‘yga toʻldi. Nigohi uzoqqa qadalgandek bo‘ldi. So‘ng asta, sovuq ohang bilan javob qaytardi:

- Yo‘q… Uni yoniga o‘zimiz boramiz.

~~

𝐌𝐚𝐡𝐤𝐚𝐦𝐚

Kunduzgi mahkama odatdagidek shovqinli edi telefon qo‘ng‘iroqlari, yozilayotgan protokollar, qog‘ozlarning shitirlashi. Jimin bularning hammasidan chetda, o‘z stoliga engashib, hujjatlarni birma-bir ko‘zdan kechirardi. U bir joyda to‘xtab qoldi — oddiy ko‘cha bezorilari deb yozilgan guruh hujjatlarida boshqa narsalar ham yashiringandi. Ular ko‘chadan pul undiradigan mayda bezorilar emas, endi qora dori tarqatishni boshlagan katta tarmoqning ildizi ekan. Qogʻozlar orasida yashirin aloqa manzillari, qora bozor tilidan yozilgan kodlar, soxta hujjatlar birma-bir yuzaga chiqardi.

Jimin hujjatni qoʻliga olib, pichirlab oʻqidi:

- Ko‘chadagi bezori… endi qora dori bilan shug‘ullanayapti.

U yon daftariga qayd yozib, oʻzi izlayotgan zanjirning bir boʻlagini topgandek his qildi.Shu payt Komissar Lee xonasining eshigi ohista taqillatildi.

- Kiring,- dedi ichkaridan qat’iy, ammo charchoq aralash ovoz.

Eshik ochildi va Yuna quvnoq qiyofada kirib keldi:

- Salom, dadajon! - dedi u sho‘x ohangda.

Komissar Lee darrov jilmaydi, yuzidagi qattiqlik yumshab ketdi:

- Qizalog‘im! - dedi u, o‘rnidan sal ko‘tarilib. - Keldingmi ?

Yuna jilmayib, dadasining qarshisiga o‘tirdi. Bir zum xonani uning kulgusi yoritib yuborgandek bo‘ldi.

- Dada, sizdan bir iltimos qilib keldim, - dedi u, ovozini sekinroq qilib.

Komissar Lee qiziqsinib kafti bilan stolni taqillatdi:

- Nima, qanday yordam kerak?

~~

𝐌𝐢𝐧𝐠𝐲𝐮𝐧𝐢 𝐮𝐬𝐭𝐚𝐱𝐨𝐧𝐚𝐬𝐢

Ustaxona ichida temir taqalgan ovozlar, motorning g‘ichirlashi va asboblarning shitirlashi jaranglab turardi. Yoongi qo‘llarini moy bilan bulg‘ab, mashina kapoti ostida egilib ishlayotgan edi. Yigitlar yonida, unga yordam berib, detallarni uzatib turishardi. Xonada benzin va moy hidi aralashib, og‘ir bir muhit hosil qilgan, ammo Yoongi o‘zini bu joyda eng erkin his qilardi. Shu payt ustaxonaga tashqaridan qora mashinalar kelib to‘xtadi. Qadam tovushlari aniq eshitildi. Yoongi sekin kapot ustidan boshini ko‘tardi.

Eshik oldida Minho odamlari ko‘rindi, ular orasida Aylin ham bor edi. Minho yoniga yaqinlashib, sovuqqina ohangda gap boshladi:

- Eshitishimcha, bizning oramizda muammo bor ekan.

Yoongi qaddini rostladi, qo‘llarini latta bilan artib, unga tik qaradi:

- Bordir.

Minho nigohini sal pastga soldi, keyin yana Yoongiga qarab davom etdi:

- Sen bizni odamni qutqaribsan . Oldingda qarzdorman. Ayt, qarzimni qanday to‘lay? Nima so‘raysan?

Yoongi jilmaymadi ham, qoshini chimirib, qisqa javob berdi:

- Men kimnidir qutqarish uchun narsa so‘ramayman. Bu uchun hech narsa kerak emas.

Bu gapdan keyin ustaxonada qisqa sukut cho‘kdi. Minho Yoongiga boshdan-oyoq qaradi, so‘ng xuddi sinayotgan odamni kuzatgandek, yengil bosh chayqadi.

- Men sen haqingda eshitdim. Juda jasur emishsan. Ko‘zlaringda ham qo‘rquv ko‘rinmayapti, - dedi u, negadir shu so‘zlarni rostini topgandek.

Minho biroz sukut saqladi, keyin boshini qiyshaytirib, so‘radi:

-Bir narsani o‘ylab qoldim... Nega buni oldin qilmagansan? Shunchalik zo‘r ekansan, nega politsiyadan ham ketding?

- Bu ishlarim sening ishing emas, - dedi Yoongi qat’iyat bilan. Ammo zoe ketgan to‘rt yilim uchun ular ham javob berishadi.

Ikkalasi bir lahzaga jim turib, bir-biriga tik qarashdi. Vaqt to‘xtagandek, ustaxonadagi hamma narsa orqaga chekingandek tuyuldi. Keyin birdan Minho kulib

- Sen otangga sira ham o‘xshamas ekansan.

Yoongi jilmayib qo‘ydi:

- Xayratdaman yaqin kunlarda faqat buning teskarisini eshitayotgandim.

Minho jiddiy qaradi:

- Ular adashibdi. Sen boshqa, otang boshqa edi.

Shundan so‘ng Minho chuqur nafas oldi, go‘yo ichidagi og‘irlikni chiqarayotgandek:

- Umuman olganda, sendan qarzdorman. Qizimning hayotini saqlab qolganing uchun... Men qarzdor bo'lishini yomon ko'raman.

Yoongi yana qo‘lida latta bilan mashina kapotiga suyanib, sovuqqina ohangda dedi: - Men buni biror narsa uchun qilmadim. Ammo orqadagi mashinaga qarab shuni bersang bo'ladi.

- Qizimni hayoti bundan qimmat turadi!!

- Unda bu Mingyuni qarzi boʻla qolsin.

-Ammo men baribir oldingda qarzdor boʻlib qoldim deydi.

Bundan so‘ng Minho Aylinga qaradi. Aylin esa jim turib, Yoongiga qarashdan o‘zini to‘xtata olmadi. Yoongi ham ko‘z qiri bilan unga qarab qo‘ydi.

- Mingyu bilan ishingni davom ettiraver. Agar yana kerak bo‘lsang, chaqirsak kelasanmi?

Yoongi boshini sal qiyshaytirib, shoshilmay javob berdi:

- Ko‘ramiz

Minho unga g‘alati qarab qo‘ydi-da, sekin ortga burildi. Odamlari ham unga ergashdi.Chiqib ketar chog‘ida Minho yonidagilarga sekin dedi:

- G‘alati yigit ekan bu... Jungkook.

Shu payt Aylin ham tashqariga chiqayotgan edi. Mashinaga suyanib turgan Yoongi uni ko‘zlari bilan kuzatdi. So‘ng birdan yoniga borib, uning qo‘lidan mahkam ushladi va o‘ziga tortib qaradi.

- Sen mendan osonlikcha qutulib keta olmaysan. Qarzingni o‘zing to‘laysan.