July 29, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

Ruhiy kasalliklar shifoxonasi

2025 yil Kuz

Oq rang, balki u yigitga sokinlik baxsh etardi, uyning har bir burchaki aynan shu rangda boyalib turarkan, hatto karavot va shiftlar ham aynan shu rangda jilolanardi barchasi oq rangda, xuddi yigitning jimligi kabi, rangsiz va bezaklarisz, faqatgina oq rang...

Ammo bu oq rangda — sokinlik emas, sovuqlik bor edi. Har bir burchak, shift, devor, karavot, hamma narsa bir xil tusda — xuddi yuraksiz hayot singari, yashovsiz, rangsiz.

Hamma narsa toza, dezinfeksiya qilingan — ammo bu tozalikdan xotirjamlik emas, balki g‘ayritabiiy sovuqlik ufurardi. Derazalar — temir panjarali. Bu xona yashash uchun emas — yashay o‘lmaganlar uchun edi.

Bu yerda faqat oq rang va sukunat hukm surardi. U sukunat yigitning yuragiga qor kabi yog‘ardi. Bu yerdagi jimlik quloqni emas — ichni teshadigan, ichni o‘yib yutadigan jimlik hukm surardi...

Karavotda yotgan yigit uxlardi.

U yomon tush koʻrayotgandi. Qoshlari chimirilgan, koʻzlarini qattiq qisib olgandi. Peshonasidan sekin ter sizib chiqardi, yuragi qattiq urardi. Nafasi qisqarardi. Birdan chuqur nafas olgancha koʻzlarini ochdi...

Koʻrgan dahshatli voqea tushi ekanligini anglagan yigit sekin nafas

oldi ....

Yuzidagi har bir burma — gunoh izidek. Lablari titrardi. So‘zsiz, lekin ko‘rinarli azob bilan:

— Men... aybdorman... men qildim... — pichirlardi u.

Bu oddiy soʻzlar emasdi. Bu uning ruhiga muhr bo‘lib bosilgan edi. U har kecha shu soʻzlar uxlab, har tong shu ibora bilan uyg‘onardi. U bu iborani hatto tushida ham aytardi.

Nafasi titrar edi. Nafasi hayotdan emas, darddan kelayotgan edi. Tanasini yostiqdan tortib oldi, to‘shakda yarim o‘tirgan holatda qoldi. Ko‘zlari ochiq. Yorug‘lik yo‘q — lekin qorong‘ilikda ham bir ko‘rinish bordek: U

Bo‘sh devorga tikildi.

Ammo u yerda hech narsa yo‘q edi — lekin yigit ko‘rardi....

Uni hayoti mazmuni Qora koʻzli sevgilisi oq libosda xuddi farishtadek qarab turardi.

— Qora ko‘zligim... seni sog‘indim... kel... — deya oldi yigit. Bu so‘zlar o‘ziga emas, u ko‘rayotgan ko‘zlarga,hecham unutmagan insoniga , yuragidan sugʻrilmagan sevgisiga aytilgandek edi.

— Ular... ularga ayt... men aybdor emasman... Iltimos...

Sukut laʼnati jimlik yana uni ovozini faqat devorlar eshitdi. Ammo doimgidek javob yo‘q.

Bu yigit yig‘lamasdi. Ko‘zlari quruq va yig‘i yo‘q. Yig‘lashni unutgandir ehtimol. Balki, yuragida yig‘lashga ham joy qolmagandir. Ammo ichida chinqiriq bor edi — ovozsiz chinqiriq. Qon yutgan dard singari. Tashqariga chiqmaydi — faqat ichkaridan yeydi

Xonaga hamshira eshikni ohista ochib kirdi yigit bunga xatto parvo ham qilmadi. U bu yigitni taniydi. Har kuni shu ahvol. Shu dard, shu ibora.

U yigitga yaqinlashdi. Yigit qarshilik ko‘rsatmadi. Hatto ko‘zini qimirlatmadi ham. U tirik, lekin hayotdan yashamayotgandek goʻyo.

Yigit qimirlamadi. Faqat lablari yana... yana qimirladi.

Yigit qimirlamadi. Faqat lablari yana... yana qimirladi.

— Men aybdorman… Shifoxona yana jim.2020 yil. Dengiz bo‘yi.

5 -YIL OLDIN

2020-yil. Dengiz bo‘yi.

Havo bulutlar bilan qoplanib, yomg‘ir boshlanish arafasida edi. Osmon qattiq tortilgan qora bulutlar bilan to‘lib, go‘yo osmonda o‘zining noroziligini qasam ichayotgandek edi. Mayin shamol to‘lqinlarni ohangsiz shivirlab urar, suvning yuzasida qora bulutlarning akslari — ko‘z yoshlari singari g‘amgin va sokin edi. Jimjitlik — ayni damdagi eng og‘ir ovoz.

Yoongi qirg‘oq toshlariga suyanib, boshini egib o‘tirardi. Nigohi dengizning tub-tublarida edi, ammo u na yerga, na atrofga qarayotgandi. Uning qarashi ichidagi bo‘shliqni, haligacha yopilmagan yaralarni izlar edi. Ko‘ylagining tugmalari befarq ochilgan, yelkasi quyi tushgan, ammo kaftida so‘nggi kuch bilan mahkam siqilgan nishon — uning hayotidan ortiqcha narsalar yutib olgan edi.

U past ovozda pichirladi:

— Sizdan nafratlanaman.

Ertalab Yoongini uyi

Derazadan tong nurlari kirib turardi. Kichkina mehmonxona ichida issiq choy hidi, yangi umid hidi aralashib turgan edi. Yoongi stolda o‘tirgancha choy ichardi. Onasi esa ro‘zg‘or yumushlarini shoshilmay bajarayotgan bo‘lsa-da, bugun yuragida nimadir porlab turardi. U o‘g‘liga qaradi — ko‘zlarida faxr, yuzida mehr.

— Og‘lim, bir hafta qoldi, a? Nihoyat... — dedi sekin

Yoongi jilmayadi, ammo oddiygina — bosh irg‘ab tasdiqladi.

Onasi uning qarshisiga kelib o‘tirdi. Qaltirab qo‘llarini ochdi. Narsani yashirib turgan karton qutini stol ustiga qo‘ydi.

— Qara, senga nima olib keldim...

Yoongi qiziqib qaradi. Qutini ochdi va toza, dazmollangan, rangi haliyam yorqin — politsiya formasini ko‘rdi. U beixtiyor chuqur nafas oldi.

— Oyijon... axir shart emasdi... bu hali rasmiy emas-ku...

— Shart, og‘lim. Chunki men senga bir umr ishonib yashadim. Hamma sening otang haqida gapirganida men yuragim bilan aytardim: Yoongi boshqa u mehrli, toza yurakli. U men bilan faxrlanadigan emas — men u bilan faxrlanadigan o‘g‘il.

— Endi, men seni butun dunyoga ko‘rsatib, "Bu mening o‘g‘lim" deya olaman... Nihoyat..

Yoongini bugun negadir yuragi gʻash edi. Shunda ham u onasiga mayin jilmayib

— Oyijon men sizni yuzingizni yerga qaratmay mana koʻrasiz hali bu formani kiyib Vatanimga xizmat qilaman. Jinoyatchilarni qoʻlga olaman. Siz boʻlsa oʻsh payti hammaga maqtanasiz "Meni oʻgʻlim politsiyachi deb"

Onasi bu gaplardan sevinib ketdi va jilmayib dedi:

—Men har doim senga ishonaman, Yoongi. Har doim senga tayanaman. Sendan boshqa ishonadigan insonim yoʻq oʻgʻlim. Men doim sen bilan faxrlanaman.

Yoongi onasiga jilmayib

— Albatta oyijon! Sizni yaxshi koʻraman. Sovgʻa uchun rahmat —deb onasini yuzidan oʻpib qoʻydi

Yoongini soatga qarab ko‘zlari kattalashib ketdi.

— Oyijon men kech qoldim Akademiyaga!

U yugurib, formasini olib, onasini bag‘riga quchdi. So‘ng darvozani ochib, toza tong havo bilan yo‘lga otlandi.

Politsiya akademiyasi

Yoongi tanish zinapoyalardan yuqorilab chiqdi.Boshini ko‘tarishi bilan kursdoshi yugurib keldi:

—

Yoongi! Tez, seni komissar chaqiryapti!

— Komissar?.. — Yoongi hayratlanib to‘xtadi. — Nega? Nima bo‘ldi?

— Bilmayman. Lekin hamma kutyapti. Eshitishimcha, u o‘z jamoasiga taklif yigitlarni taklif qilish uchun kelgan ekan. Balki seni ham oʻz jamoasiga qabul qilar.

Yoongi bir lahza jim bo‘lib qoldi. Ichida allanechuk iliq narsa g‘imirlay boshladi. Umid, ishonch, orzu. Nihoyat —uni mehnatlari behuda emasdi. U har doimgiday jiddiy, ammo ich-ichidan boladek quvonch bilan zinapoyadan yuqoriga qarab yurdi.

Kabinet eshigini ikki marta taqillatdi.

Komissar o‘z xonasida hujjatlariga tikilganicha boshini ko‘tarmadi. Stol ustida papkalar, ularning orasida Yoongining shaxsiy jildlari ham bor.

— Kiravering, — dedi u sokin ohangda, biroq ichidan har bir nerv tolasi tarang tortilgan edi.

Eshik ochildi. Formadagi yigit ichkariga qadam tashladi. Tik holatda to‘xtadi, yelkalari bukilmagan, nigohi aniq.

— Talaba Min Yoongi, buyrug‘ingizga binoan keldim! U to‘xtab, harbiycha salom berdi:

— O‘tir, — dedi komissar, yuz ifodasida jiddiylik aralash bir og‘irlik.

Yoongi stulga oʻtirdi.Yuragida esa bir narsa tipirchilab, bo‘g‘ziga tiqilayotgandek edi.

— Min Yoongi... — dedi komissar chuqur ohangda, — Sen hozir yakuniy bosqichdasan. Iqtidoring, aqliy salohiyating, jismoniy tayyorgarliging — hammasi mukammal. Bu borada hech kimda shubha yo‘q. Ammo...

Bu “ammo” xonadagi haroratni birdan pasaytirgandek bo‘ldi.