July 30, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

Episode 2

Ota- onalarni aybi deb baʼzida bolalar tovon toʻlaydi.....

— Min Yoongi... — dedi komissar chuqur ohangda, — Sen hozir yakuniy bosqichdasan. Iqtidoring, aqliy salohiyating, jismoniy tayyorgarliging — hammasi mukammal. Bu borada hech kimda shubha yo‘q. Ammo...

Bu “ammo” xonadagi haroratni birdan pasaytirgandek bo‘ldi.

Komissar sekin davom etdi:

— Biz bu haqida sen haqingdagi maʼlumotlarni koʻrib chiqayotganda shuni aniqladikki sening otang... jinoyatchi boʼlgan ekan . U mafiyalarga aloqador boʻlgan va oʻz boshligʻini saqlab qolish uchun uni barcha ayblarni oʻz boʻyniga olgan , qamalgan va oʻsha yerda vafot etgan.

Yoongi bir zum boshini egdi, nafasini ichiga yutdi. Lablarini tishladi ichidagi chidab bo‘lmas og‘riq jim turib yuragiga o‘rnashdi.

Komissar gapirishda davom etdi:

Har qancha urinma, tashqaridagilar seni doim jinoyatchining o‘g‘li sifatida eslaydilar. Sening otang ham bir paytlar xuddi senga o‘xshagan edi orzulari bor edi, komissar bo‘lishni xohlagan. Lekin u adashdi va katta xatoga yoʻl qoʻydi. Pul uni koʻzlarni koʻr qildi.

Yoongi boshini ko‘tardi.

— Men... Men otam emasman, — dedi u nihoyat.

Komissar bir zum sukut saqladi. So‘ng iloji boricha bosiqlik ammo aniqlik bilan so‘radi:

— Xuddi u kabi bo‘lib qolmasligingga kafolat bera olasanmi?

Bu savol Yoongining yuragidagi barcha iztiroblarni yuzaga chiqarib yubordi. U ichidagi barcha-barchasini tiliga ko‘chirdi:

— Men uni yomon ko‘rib ulg‘aydim!

Har kecha o‘zimga so‘z berdim!

U kabi bo‘lmasligim kerak deb

Men har doim undan nafratlandim!

Onam u uchun yigʻlagan, u sabab hamma meni mazah qilgan. Xoʻsh ayting men qanday bu insonga oʻxshashim mumkin- dedi gʻazablanib

Komissar yuzini bir chetga burdi. Lekin ovozida hech qanday his yo‘q edi:

— bu qaror anchadan beri tayyor edi.

Sen bu joyga, bu formaga, bu diplomga — loyiq emassan.

Diplom bo‘lmaydi.

Yoongi bu gapdan gʻazablanib ketdi.

— Nega bu gaplarni bitirishimga bir hafta qolganda aytayapsiz? Men sizga otamga oʻxshamayman dedim. Men u insondan nafratlaman!! deb aniq aytdim

— Sen bu gʻazabing bilan politsiyachi boʻla olmaysan. Sen bu joyga loyiq emassan.

— Siz bu ishingiz uchun javob berasiz, — dedi. Yoongi gʻazab bilan xonadan chiqib ketdi. U eshikni yoparkan bu eshik faqat kabinetdan chiqish emas — bu eshik uning butun orzulari, doimiy harakatlari, ustiga yopgandi....

Hozirgi vaqt. Dengiz bo‘yi.

To‘lqinlar uning oyoqlariga urilib, sekin chekinmoqda. Tanasi qimirlamaydi. Ko‘zlari esa hech qayerga qarayotgan-dek emas, go‘yo hech qanday yo‘nalishsiz yurib yurgan bir ruhday.

Qo‘lida siqilgan nishonni mahkam ushlagancha dengizga qarab oʻtirardi.

— Yoshligimda hammasiga chidadim meni qancha mazah qilishsa ham, otamni gapirishsa, "jinoyatchini oʻgʻlisan" deyishsa ham... Bular bari tugaydi hammasi unut boʻladi deb oʻyladim. Barchasi bekor ekan hech narsa oʻzgarmadi men haliyam "jinoyatchini oʻgʻliman"

Siz sababli kelajagim barbod boʻldi.. Barcha yomon ishlar siz tufayli ota !

Sizdan nafratlanaman-dedi pichirlab.

Bu dengiz boʻyida yana bir inson bor edi - bu Aylin.

Vijdonim qiynalyabdi... Chunki men bugun bir jinoyatchini himoya qildim. Uni ozodlikka chiqishiga yordam berdim. Bularni oʻzim xohlab qilmadim albatta bu otamni iltimosi edi. Ularni gapini ikki qila olmayman. Men doim himoya qilgan, oʻz qizidek koʻrib katta qilgan insonni gapini qanday ikki qilishim mumkin axir.

Ular boʻlmaganda men balki oʻsha koʻchalarda oʻlib ketgan boʻlardim.

Shu payt telefon jiringladi . Aylin sumkasidan telefonini olib qaradi va unga telefon qilgan inson hozir biz aytib turgan inson uni otasi qoʻngʻiroq qilyotgandi.

- Qizim ziyofatga kelasanmi?

- Salom dada albatta birozdan keyin boraman .

- Tezroq kel

- Hoʻp dada

Shu bilan qoʻngʻiroq yakunlandi. Aylin endi ziyofatga borishi kerak lekin u bunday ziyofatlarni yoqtirmaydi.

Aylin mashinasining yonida bordi. Qattiq jilo berilgan qora rangdagi, qim-mat avtomobil unga oʻtirmay oldin yana bir bor dengizga qararkan.

Uzoqda, yosh bola va qizcha oʻynab yurganiga koʻzi tushadi. Ularga bu yoqimsiz havo ham taʼsir qilmay mazza qilib quvlashmachoq oʻynashardilar. Qiz qochardi uni orqasidan bola esa quvardi. Ular goʻyoki dunyoda muammo yoʻqdek oʻyin kulgi ichida yashaydilar.

Aylin chuqur nafas oldi. Bir zum uni oʻtmish tortib ketdi. O‘sha bolaligidan faqat xotiralar qolgan, ammo hayot allaqachon uni boshqa dunyoga olib ketgandi.

U asta mashinaning eshigini ochdi va unga o‘tirdi. Oynadan yana bir marta dengiz bo‘yidagi bolalarga qaradi. So‘ng... mashina harakatga tushdi.

U hashamatli villada yashardi. Shahar da oq rangdagi zamonaviy arxitekturaga ega imorat. Uning oldida favvora, yonida uzun daraxtlar bilan o‘ralgan bog‘ va eng yuqori qavatidan butun shahar manzarasi ko‘rinardi.

Aylinni mashinasini koʻrgan qoʻriqchilar darvozani ochishdi. U darvozadan kirib toʻgʻri mashinasini favvora oldiga haydadi va oʻsha yerda tushdi.

Aylin uy ichiga kirdi . Uni yoniga uni bu uydagi eng yaqin insoni sirdoshi boʻlgan qiz Somi keldi.

– Xush kelibsiz, xonim, — dedi yuzini kulgidan tiyib

- Somi qoʻysangchi, —dedi Aylin jilmayib

-Seni ziyofatga shu ahvolda chiqmoqchisan,

- Yoʻq albatta

- Unda tezroq tayyorlan

-Hoʻp men ketdim

Aylin zinapoyalardan yuqoriga koʻtarila boshladi. Toʻgʻri xonasiga chiqdi va oyna oldiga borib tashqariga qaradi.

Quyosh endi botib bo‘lgandi. Zulmat... asta bu qasrga ham yopirilib kelayotgan edi.

Ziyofat esa boshlanish arafasida

Aylin uzun oynaga qarab sochining o tekisladi. U bugun qora libosni tanladi — oddiy, ammo hammani lol qoldiradigan darajada nafis. Yelkalari ochiq, qomatiga mos tikilgan libos, go‘yoki u bilan birga yaratilgandek edi. Ko‘zlari qorong‘i tunda chaqnagan yulduzday porlayotgandi. U qora ko‘zli, uzun tim qora sochli , jiddiy nigohli, o‘ziga xos sirli go‘zalligi ega edi.

U zinadan tushar ekan, qadamlarida sokinlik bor edi. Har bir qadamda go‘zallik va ishonch mujassam edi. Pastda turgan mehmonlar nigohini bir zum undan uzolmadi.

Mehmonlar orasigi bir yigit unga oshiq doim sevgan. Hamma uni goʻzalligiga qoyil qolib qarashgan boʻlsa, bu yigit unga sevgi bilan qarardi. U Aylinni anchadan beri sevadi, ammo unga sevgi izhor qila olmaydi.