August 22, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

Episode 7

FLASHBACK

Shahar ko‘chalari yengil yomg‘ir tomchilari asfalt ustida mayda halqalar hosil qilardi. Chiroqlar yaltirab yonar, odamlar shoshilib o‘z yo‘llaridan ketar, hech kim kichkina qizchaga qarashni xohlamasdi. Qizcha qo‘lida so‘lib qolgan gullarni tutib, to‘xtagan har bir odamning yuziga yalvorib tikilardi.

-Iltimos… atigi bitta gul sotib oling… – deya titroq ovozda gapirardi u.

Lekin odamlarning nigohi sovuq edi. Ba’zilar go‘yo uni ko‘rmaganlikka olib, chetga o‘tar, ba’zilar esa qahrli qarash bilan “yo‘limni to‘sma” degandek yuzini burib ketardi. Qizcha asta sekin umidini yo‘qotdi. Ko‘z yoshlari yonog‘idan sirg‘alib tushdi.

U bilardi , agar gullarini sotolmasa, agar pul topib qaytmasa, uni yana urishadi, yana o‘sha qattiq qo‘llar badanini tilka-pora qiladi. Qo‘rquvdan titragancha shivirladi:

- Xudo, hech bo‘lmasa bitta odam olsaydi… Ammo hech kim to‘xtamadi.

Shu payt tashlandiq joyga olib borilgan bolalar galasi ko‘chaga yaqinlashdi. Bu joy chirkin devorlari qop-qora, yerida zanglagan temir bo‘laklari yotgan, havosida namlik va chiriyotgan hid aralashgan xaroba edi. Har kuni bolalarni shu yerga olib kelishar, safga tizishar, ularning to‘plagan pullarini olishardi.

O‘sha bolalar orasida bir bola bor edi Jimin. Uning yuzi yoshiga nisbatan jiddiyroq ko‘rinardi. Nigohi sovuq, ammo ko‘zlarida chuqur og‘riq yashirin edi. U ham boshqa bolalardek biror narsa topib kelishga majbur edi. Lekin ich-ichida u ham bu hayotdan charchagan, bu adolatsizlikdan toliqib bo‘lgan edi. Aylin yig‘lab, yo‘l chetida cho‘kib qoldi. Ko‘zlaridan sochilayotgan yosh gullar ustiga tomib, ularni yanada xira qilardi. Shu payt yoniga Jimin kelib, sekin ovozda so‘radi:

-Nega yig‘layapsan?

Qiz uning ovozidan cho‘chib boshini ko‘tardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, lablari titrardi.

- Pulim yo‘q… – dedi u ko‘z yoshlarini yashira olmay. – Ular meni urishadi… men… men hech nima qilmadim…

Jimin bir zum unga qarab turdi. Uning so‘zlari yuragiga og‘ir tig‘dek sanchildi. O‘zining ham pulini yetkazish qiyin bo‘lsa-da, u qizning ko‘z yoshlariga chiday olmadi. Sezilar-sezilmas jilmayib, cho‘ntagidan bir necha burishib ketgan pulni chiqardi-da, uning qo‘liga tutqazdi.

- Mana, ol.

Aylin hayron bo‘lib unga tikildi.

- Nega beryapsan? O‘zing-chi? Sen ham kerakmasmi? - Chan ko‘zini olib qochdi. Yuragi tez ura boshladi, lekin u o‘zini dadil tutishga urindi.

- Menda yana bor… – dedi u yolg‘on gapirayotganini bilgan holda. – Menga seni yig‘lash yoqmaydi, shuning uchun beryapman.

Aylin uning qo‘lidan pullarni oldi, ko‘zlaridan yana yosh chiqdi. Bu safar og‘riqdan emas, balki kimningdir mehridan edi.…

Bir ozdan so‘ng hamma bolalar safga tizildi. Ularning boshida turgan qattiqqo‘l odam - yuzida chandiq izlari bor, sovuq nigohli bir yigit navbatma-navbat bolalardan pulni yig‘a boshladi. Kimda pul bo‘lsa, uni bir chetga itarib yuborardi. Kimda bo‘lmasa… jazo tayin edi. Navbat Aylin oldiga keldi. U titrab, Jimin bergan pullarni cho‘zdi. Odam ularni qo‘polgina tortib oldi va qahrli ohangda dedi:

- Keyingi safar ko‘proq top . So‘ng uni yon tomonga surib yubordi. Aylin nafasini ichiga yutdi. Yuragi gursillab ura boshladi.

Keyin navbat Chan oldiga yetdi.

- Pul qani? – deb so‘radi odam sovuq ohangda.

Jimin boshini egib, past ovozda javob berdi:

- Men topa olmadim…

Odamning ko‘zlari chaqnadi.

- Nima? Balki yashirgandirsan? – deb uning cho‘ntaklarini titkilay boshladi. Lekin hech nima topolmadi.

Shunda u boshlig‘iga qarab, sovuq kuldi:

- Uni puli yo‘q. Demak, jazolash kerak. Boshqalarga saboq bo‘lsin!

Bir lahzada ikki-uch odam Jiminni ushlab, ura boshladi. Uning kichkina tanasi zarbalardan yiqilib, yerga quladi. Yonoqlarida qon izlari paydo bo‘ldi, lablari yorildi. Bolalar qo‘rqib, qo‘llarini qaltiratib qarashar, ba’zilar ko‘zlarini yumib oldi.

Aylin esa yuragi yorilib ketgudek bo‘ldi. “Axir bu mening aybim… agar u pulini menga bermaganida, hozir uni urishmas edi…” - deya o‘zini ayblardi.

Jimin, og‘riqdan qiynalib, yerda qoldi. Nafasi tez-tez chiqardi. Bir ozdan keyin hamma tarqaldi. U, qon va chang ichida qolib, o‘tirib qoldi.

Shu payt yoniga Aylin keldi. Ko‘zlaridan yosh hali ham oqardi.

- Kechir meni… – dedi u pichirlab. – Bu hammasi mening aybim… Sen menga pulingni bermaganingda, bu bo‘lmasdi. Jimin ko‘zlarini asta ko‘tardi. Shuncha urilgandan keyin ham u jilmayishga urindi.

- Yo‘q, – dedi u asta. – Men shunchaki… senga yordam bermoqchi edim. Men… senga yaxshi boʻlishini xohladim.

Aylin qo‘lidan kichkina non parchasini chiqardi. U nonni ikkiga bo‘ldi-da, yarmini Jiminni qo‘liga qo‘ydi.

- Mana, ol. Sening ham qoring ochdir.

Jimin hayron bo‘ldi. Uning ko‘zlari katta ochildi, so‘ng sekin qo‘lini cho‘zdi.

- Men… qabul qila olmayman…

- Olasan, – dedi Aylin qat’iyat bilan. – Chunki sen menga yordam berding, men ham senga yordam beraman.

Ular yonma-yon o‘tirib, nonni sekin yeya boshlashdi. Issiq ovqat emas edi, lekin yuraklarida ilk bor bir nur paydo bo‘lgandi.

Jimin asta so‘radi:

- Isming nima?

- Aylin, – dedi qiz jilmayib. – Sen-chi?

- Jimin.

Aylinning ko‘zlari chaqnadi.

- Do‘st bo‘lamizmi?

Jimin bir zum o‘ylanib turdi. So‘ng qo‘lini uzatdi.

- Bo‘lamiz.

Shu ondan boshlab ikki yetim qalbning yo‘li birlashdi. Qorong‘u dunyoda ular uchun birgina yorug‘lik bir-birining borligi edi.

FLASHBACK TUGADI. "Aylin va Jiminni tanishuvi edi"

~~~

Tungi qamoqxona sokin edi. Faqat vaqti-vaqti bilan uzoq koridorda qadam tovushlari eshitilib, yana jimlik hukmron bo‘lardi. Temir panjaralarning sovuq hidini Yoongi endi o‘rganib qolgan. U yostiqqa yuzini bosarkan, ko‘zlari og‘riqdan emas, balki xotiralar og‘irligidan yumildi. Har safar ko‘zlarini yummoqchi bo‘lsa, o‘sha bolaligi eng og‘ir, eng qattiq xotiralar qaytib kelardi.…

~~~

U endi atigi to‘qqiz yosh edi. O‘sha kun hammasi uning xotirasida aniq saqlanib qolgan. Onasi unga doim qarshilik qilardi:

- Yoongi, bolam uni yoniga borib nima qilasan? - derdi.

Lekin kichkina Yoongining yuragi qaror qilgan edi. Qanchalar ko‘ndirishmasin, u o‘z gapida turardi:

- Men dadamni ko‘rmoqchiman! Men uni sog‘indim.

Onasining ko‘zlari hamisha mungli bo‘lardi. Nihoyat u yon berdi. Qo‘lidan mahkam ushlab, sovuq qamoqxona darvozasi oldiga olib bordi. Og‘ir temir darvoza ochilganida, Yoongining yuragi gursillab urdi. Ichkariga kirgan sari nafas olish qiyinlashdi.Ular uzoq koridorda kutib turishdi. Qorong‘u, rutubatli havoda Yoongi sabrsizlanib, ko‘zlarini eshikdan uzmasdi. Ammo vaqt o‘tdi, dadasi ko‘rinmadi. Barcha oilasi bilan gaplashardi ammo uni otasi chiqmasdi. Tezda politsiyachining oldiga yugurib bordi:

- Dadam qachon chiqadi?

Politsiyachi beparvo ohangda yelkasini qisdi:

- Biz unga aytdikkuya, bolam.. Lekin chiqadimi-yo‘qmi, biz ham bilmaymiztdi. U yugurib chiqmoqchi bo‘ldi, onasi esa uning qo‘lini mahkam ushlab qoldi. Ammo bola sabr qila olmadi.

Otasi chiqib keldi. Qo‘llari kishanlangan, yuzida sovuq va qahrli ifoda. Qovog‘idan qor yog‘ardi.

-Dada! - deya Yoongi yugurib borib, uni quchoqlashga intildi.

Ammo hammasi birdan buzildi. Otasi uni qo‘liga olish o‘rniga, keskin itarib yubordi. Sovuq, qattiq ovozda dedi:

- Nega bu xotin bilan kelding?

Yoongi karaxt bo‘lib qoldi. Min xonimni ham qovogʻidan qor yogʻardi.

- Bu yerga siz uchun kelganim yoʻq!! Tezda chiq! - Yoongiga shunday deb, yuzini burib chiqib ketdi.

Yoongi otasiga qarab, umidvor jilmaydi:

- Dada, men sizni sog‘indim. Qarang, qarang, nima oldim, — u kichkina qo‘llarida qizil rangli o‘yinchoq mashinasini ko‘rsatdi.

-Katta bo‘lsam, sizdek bo‘laman..

Ammo otasining yuzi sovuq edi. Uning ko‘zida na quvonch, na mehr, faqat g‘azab chaqnardi.

Men senga bu yerga qaytib kelma degandim! Nega yana kelding?!

Bu so‘zlar kichkina bolaning qalbini parcha-parcha qildi. O‘zini tutolmay, ovozi bogʻilib dedi:

- Men… men faqat sizni sog‘indim…

Ammo otasi indamadi. Uning yuzi oʻzgarishsiz oʻsha -oʻsha qahrli koʻzlar bilan qarab

-Kelma bu yerga qaytib!!!! - dedi

Shu onda Yoongining ichida alam va g‘azab uyg‘ondi. U qo‘lidagi o‘yinchoq mashinasini yerga urib yubordi.

- Endi kelmayman! Sizga o‘xshagan ham odam bo‘lmayman! — dedi u titrab.

Otasi esa hech nima demasdan yuzini burib ketdi.

~~~

Yoongi hozir, qamoqxona to‘shagida yotarkan, o‘sha manzaralar ko‘z oldida filmdek aylanardi. Ichidagi yara hamon ochiq edi. Har safar o‘sha so‘zlarni eslasa, yuragi yanada siqilib, qahr bilan birga og‘riq ham ko‘tarilardi. U ko‘zlarini yumdi, lablari esa titrab pichirladi:

- Onajon… meni kechiring. Men bunday qilishga majburman...

Uning ko‘zlari yoshga to‘ldi, ammo u ularga erkinlik bermadi. Ko‘ksini to‘ldirgan og‘ir xotiralar ostida asta-sekin uyquga cho‘mib ketdi.