August 17, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

Episode 6

"𝐔𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢 𝐱𝐨𝐡𝐥𝐚𝐲𝐦𝐚𝐧"

" Qizning ko‘zlari dahshatga to‘ldi. Uning quchog‘ida yotgan yigit asta-sekin soviy boshlardi. Qiz uni bag‘riga mahkam bosib, qaltirab pichirlardi:

- Yo‘q… iltimos, meni tashlab ketma… sen buni qila olmaysan… sen mening hamma narsamsan…

Yigitning lablarida kuchsiz jilmayish paydo bo‘ldi. Ko‘zlari charchoqdan yarim yumilgan bo‘lsa-da, qizga qarashdan to‘xtamadi.

- Men… ketmayapman, - dedi u bo‘g‘iq ovozda. - Men sening yuragingda qolaman.

Qiz yig‘lab boshini chayqardi:

- Sen yashashing kerak! Sen bilan hali mingta orzularimiz bor edi… bizning kelajagimiz bor edi…

Yigit sekin qo‘lini ko‘tardi, qizning yuziga tegizib, ko‘z yoshlarini artishga urindi. Ammo qo‘li titrab, asta pastga tushdi.

- Sen… mening kelajagim… -dedi u, nafaslari og‘irlashib. - Sen yashasang, men abadiy yashayman…

Qizning yuragi yorilib ketayotgandek edi. Uning ko‘z yoshlariga yigitning issiq nafasi aralashib ketdi. Bir lahza ichida butun dunyo to‘xtagandek bo‘ldi. Qiz yig‘lab baqirdi:

-Yo‘q, iltimos! Meni bu dunyoda yolg‘iz qoldirma!

Yigitning nigohi so‘nggi marta qizning yuzida to‘xtadi. U lablarini arang qimirlatdi:

- Men seni sevdim… abadiy sevdim…

So‘ng uning ko‘zlari yumuldi. Qiz uning sovuqlashayotgan qo‘lini o‘z bag‘riga bosdi. Uning yuragi esa bo‘shab qolgandi - go‘yo bir parcha ruh undan uchib ketganday.


Sevgi - bu oddiy so‘z emas. U inson hayotiga kirib kelganda vaqtning ma’nosi yo‘qoladi. Kunlar ham, oylar ham, yillar ham ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Muhim narsa – sen yoningda kim bilan nafas olayotganing, kimning ko‘zlarida o‘zingni ko‘rayotganing.

Sevgan odam bilan birga bo‘lgan xotiralar hech qachon o‘chmaydi, u sen bilan yashashda davom etadi. Sevgi ba’zan birga yashash emas, balki kimnidir yashatish uchun o‘zingdan kechishdir. U yigit esa o‘zi ketgan bo‘lsa-da, qizning hayotida abadiy yashab qoldi...."

Muallifning shu soʻzlarini oʻqir ekanman bu soʻzlar meni o'ylantirib qo'ydi. Sevgi shunchalar buyuk tuyg'umi xatto o'zidan kechishga boradigan? Nega odam sevadi? Baxtli bo‘lish uchunmi, yoki azobini his qilish uchunmi? Balki sevgi hayotning o‘zi kabi - ham quvonch, ham og‘riqdir. U holda, inson sevgisiz yashay oladimi?..

Yigitning so‘nggi so‘zlarini yodida qayta-qayta takrorlardi:

-"Sen yashasang, men abadiy yashayman…"

Shu payt telefon ovozi jaranglab, xayollar ipini uzdi. Aylin seskanib ketdi, qo‘lini cho‘zib, ekranga qaradi. Ovoz uni o‘z olamidan tortib chiqarib, qayta hayotning shovqiniga qaytardi.

- Sen qiz tirikmisan, - telefon ortidan yigitni noligan ovozi yangradi.

-Tirikman albatta, - dedi Aylin ham kulgu bilan.

- Men telefon qilmasam sen oʻzingdan bilib menga telefon qilay demaysan , - dedi yigit soxta araz bilan.

- Kechir ishlarim koʻpayib ketdi .

- Kechirmayman

- Nima qilsam kechirasan

- Meni tushlik bilan mehmon qil.

- Seni uyating yoʻq qiz boladan tushlik soʻraydigan, - dedi Aylin kulib

- Sen aybingni yuvishing kerak baribir olib berasan, - yigit ham kulib

-Mayli,- dedi Aylin

-Seni kutaman, - dedi yigit

Shu bilan qoʻngʻiroq yakunlandi..

~~~

Kafe eshigi “ching” etib ochildi. Ichkariga shovqinsiz qadamlar bilan Jungkook kirib keldi. Havoda yangi qaynatilgan qahvaning hidlari aralashib yurardi. U bir zum atrofga qaradi. Stollar, devorlardagi suratlar, qandillar… hammasi o‘sha-o‘sha. Vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, bu joy deyarli o‘zgarmagandi. Go‘yo kafe vaqtning qo‘lidan yashirinib, o‘zini abadiyatda asrab qolgandek edi. Jungkook asta kassaga yaqinlashdi. Ishchi qiz jilmayib qarshi oldi. U samimiy ovozda so‘radi:

-Qanday qahva xohlaysiz?

Jungkookning nigohi unga bir lahza tushdi, keyin esa biroz chalg‘igan ohangda

- Americano, - dedi qisqa. Qiz bosh irg‘ab, ortga o‘tdi. Oradan ko‘p o‘tmay, iliq tutgan chashkada qahva keltirib qo‘ydi. Jungkook esa beparvolik bilan:

- Rahmat, - dedi.

U stoldan joy oldi. Issiq qahvaning bug‘i ko‘z oldida ko‘tarilib, xayollarini tortib ketgandek bo‘ldi. Jungkook boshini biroz yon tomonga burdi va oynadan tashqariga qaradi. Kechki shahar chiroqlari jimirlab yonar, odamlar esa o‘z hayotiga shoshilardi. Shahar o‘z hayotini yashar, hech kim hech narsani sezmadi. Faqat Jungkookgina bu ovozlarni o‘z xotiralari bilan aralashtirib, ichida sukut bilan o‘tirardi. Uning ko‘zlarida uzoq xotira jilvalanardi. Bolaligining yetimlik izlari, yolg‘izlikka to‘la kechalari va shu joydagi mayda orzulari.

Tasavvur uchun

Bu kafe… bu joy men uchun oddiy emas. Shu yerda men bolaligimda birinchi marta ishlaganman. Yetimxona devorlaridan chiqib, hayotning og‘irini his qilgan kunlarimda ham shu devorlar meni qarshi olgan edi. Shu yerda idish-tovoq yuvib, ortiqcha gap eshitib, ammo qahva hidiga to‘yib ulg‘ayganman…Qarang… hamma narsa o‘zgaradi, odamlar ketadi, yangi yuzlar keladi. Ammo bu kafe o‘zgarar ekanmi?.. Yo‘q. Go‘yo vaqt shu yerda muzlab qolgandek. Faqat men o‘zgardim. Faqat men endi boshqa odamman. Yaxshi insondan bir yomon odamga aylangan mahluqman xolos, - deb oʻylardi Jungkook.

~~~

Vaqt oʻtaveradi, hayot davom etadi. Har odamni oʻz hikoyasi bor. Balki ayanchli oʻtmishi yoki kelajagi......

~~~

Kechki shahar jimjit edi. Fonar chiroqlari ostida Yuna mashg‘ulot zalidan chiqib, sokin qadamlarda yo‘l yurardi. Oyoqlari hali ham raqsning charchog‘ini sezdirar, ammo har bir qadami baribir nafis edi. Uning ichida esa raqsda topgan erkinlik ohangi hali ham yashardi.

Shu payt, burilishdan chiqqanida, u kutilmaganda bir yigit bilan qattiq to‘qnashib ketdi. Yuna muvozanatini yo‘qotib, yiqildi.

- Ah… - dedi u, nafasini qisilib.

Oldida qora kepkasi yuzini qisman bekitgan yigit turardi. Ust-boshi ham qoraga burkangan, ammo ko‘zlari fonar yorug‘idek yaqqol porlardi. Yuna bir zum jim qoldi . So‘ngra o‘zini qo‘lga olib, shoshib dedi:

-Ko‘zing yo‘qmi?..

Yigit boshidagi qora kepkasini biroz ko‘tardi. Labining chetida yengil istehzo paydo bo‘ldi.

- O‘zing ham ko‘zingga qarab yursang bo‘larmidi,

- Men yo‘lni to‘g‘ri yurib kelayotgan edim. Sen kutilmaganda chiqib qolding.

- Ha, albatta, hamma o‘zini haq deb biladi

- Hech boʻlmasa kechirim so'ra

- Nega so'rarkanman men ayb ish qilganim yoʻq.

-Sen bilan talashishdan foyda yoʻq ekan , oʻz aybingni ham boʻyningga olmaysan ekan,- dedi Yuna va yoʻlida davom etdi.

Jimin qizni orqasidan qarab qoldi va gʻirt gʻalati qiz ekan degan xayol keldi. U yoʻlida davom etdi oʻz yaqin insoni bilan koʻrishish uchun .

Tasavvur uchun

~~~

Sohil sukunatida faqat to‘lqinlar shovqini eshitilardi. Oy nurida dengiz yuzasi kumushdek yaltirardi. Aylin va Jimin yonma-yon yurishar, qumlar izlari ketidan to‘lqin bilan o‘chib ketardi.

Bir payt Aylin yengil jilmayib dedi:

- Bu dengiz boʻyi bizga koʻp xotiralar bergan toʻgʻrimi?

- Albatta bu yer bizga o'tmishni eslatadi. Oʻsha bolalik, kaltaklar va yetimlikni...

- Bu bizga yangi hayot ham bergan.

Jimin chuqur nafas oldi. Shamolda kepkasini tuzatib, dengizga qaradi.

-Bilasanmi, Aylin… men haliyam oilamni topishni xohlayman. Oyimni va akamni koʻrishni xohlayman. Ular qayerda, meni eslashadimi, yo‘qmi bilmayman. Ammo ularni topishni xohlayman. Har safar yolg‘iz qolganimda, men o‘zimni hech kimga kerakmasdek his qilaman.

U bir zum to‘xtadi, so‘ng asta davom etdi

- Lekin seni borliging meni tinchlantiradi. Rahmat hammasi uchun Aylin.

- Jimin yonimda hech kim bo'lmaganda sen menga yordam bergansan ota - onamdan keyin menga birinchi bor kimdir yordam bergandi bu esa sen eding. Aslida senga rahmat aytishim kerak.

Aylinning ko‘zlari yoshga to‘ldi, u yuzini chetga burdi. Shu on, shahar shovqini, hayot tashvishlari, hamma narsa unutilgandek edi.

E'tiboringiz uchun rahmat. Qism haqida fikringizni kutaman.

𝓐𝔂𝓵𝓲𝓷