August 29, 2025

𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦

Episode 8

"𝐎𝐫𝐚𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐢𝐫 𝐲𝐢𝐥 𝐨'𝐭𝐝𝐢"

Bugun Yoongining ozodlikka chiqadigan kuni edi. Qamoqxona tomon asta suzib ketayotgan qora mashina ichida Min xonim va Jisoo yonma-yon o‘tirishardi. Yo‘l jimjit, ichkarida esa og‘ir sukut hukm surardi.

Min xonimning yuzida g‘amgin bir ifoda aks etib turardi. O‘g‘li qamoqdan chiqayotganini, uni quchoqlashiga oz qolgani xabarini eshitganda yuragi quvonishi kerak edi. Ammo negadir qalbini bir g‘ashlik, og‘irlik bosib turardi. Go‘yo ko‘ngli kelajakni his qilib, o‘zicha ogohlantirayotgandek.

- Xolajon, - dedi Jisoo jilmayishga urinib, uning yuziga qararkan. - Nega bunchalik xomushsiz? Axir Yoongi bugun qaytadi-ku.

Min xonim asta boshini ko‘tardi, nigohlari mungli edi.

- Yoongi... nega chiqishini bizdan yashirdi? Nega bir og‘iz xabar bermadi?

- Balki bizga surpriz qilmoqchi bo‘lgandir, -dedi Jisoo samimiyat bilan. -Xabar bermagani shundandir.

- Balki... - dedi Min xonim sekin, ammo ohangida ishonch yo‘q edi.

Jisoo xolasini qoʻlini ustiga qoʻlini qoʻyib, mehr bilan kuldi.

- Xolajon, endi Yoongi qaytadi. Sizlar bir oila bo‘lib yashaysizlar. Balki uning politsiyadan ketganida ham bir yaxshilik bordir. Axir u ish og‘ir va xavfli edi.

Min xonim chuqur xo‘rsindi.

- Endi boshqa tentakliklar qilmasa bo‘ldi... Balki bu bo‘lgan ishlarda ham bir yaxshilik bordir...

Shu payt mashina qamoqxona darvozasi oldida to‘xtadi. Temir eshiklar og‘ir ovoz bilan ochildi. Bir yil deganda Yoongi tashqariga chiqdi.Uning qadamlarida ehtiyotkorlik, yuzida esa sovuqlik bor edi. Onasi yugurib bordi va uni mahkam quchoqlab oldi.

-Seni sog‘indim, o‘g‘lim... - dedi u, ko‘zlaridan yosh to‘kilarkan..

Yoongi sukut saqladi, ammo boshini sekin onasining yelkasiga qo‘ydi.

-Vayy, men ham qolib ketmay! - dedi Jisoo sho‘x ovozda va ular yoniga yugurib bordi. Uchovlon quchoqlashib, bir zumga dunyo to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Ammo shu payt ularning yoniga qora mashina kelib to‘xtadi. Eshik ochilib Mingyu tushdi.

U Min xonimni ko‘rib tanidi va jilmayib:

- Yaxshimisiz?

Ammo Min xonim yuzini burib oldi unga javob bermadi . Sovuq nigohi baribir ko‘p narsani ifodalardi.

Yoongi bir zum ikkilanib qoldi, keyin esa onasiga qarab shivirladi:

- Hozir qaytaman.

-Bu kim? - dedi Jisoo, hayrat bilan.

- Yoongining otasining do‘sti, -dedi Min xonim og‘ir ohangda. - Ba’zida uyga kelib turardi. Yoongining bu odam bilan nima ishi bor?..

Yoongi Mingyu oldiga bordi. Ular quchoqlashib ko‘rishishdi..

- Telba yigit, yaxshimisang? - dedi Mingyu samimiy ohangda.

- Ha, yaxshi, - dedi Yoongi qisqa qilib

Ularning suhbatini kuzatib turgan Min xonimning yuragi g‘ash bo‘ldi. Nigohida alam va nafrat alangasi yonib chiqdi. Yoongi bir zum onasining qarashlarini ilg‘adi.

- Onang meni yoqtirmaydi, shekilli, - dedi Mingyu yarim hazil, yarim jiddiy ohangda.

- Bo‘lishi mumkin, - dedi Yoongi.

Keyin u onasi va Jisoo yoniga qaytdi

- Jisoo, onamni olib ket. Men kechqurun uyga boraman.

- Qayerga ketmoqchisan? - dedi Min xonim hayron va ozroq gʻazab aralash ovozda.

- Biz seni kutib keldik-ku!

- Yaxshi, oyijon, kechqurun gaplashamiz, -dedi Yoongi sokin ohangda.

- Yoongi, - dedi Min xonim titrab, - bu odam bilan nima qilmoqchisan? Qanaqa ish boshlamoqchisan?

Yoongi jilmaydi, ammo ko‘zlari sovuq edi.

- Xavotir olmang, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Mingyu gapga aralashdi.

- Qo‘yavering, endigina chiqdi-ku. Bir oz aylanib kelsin, xolos.

Min xonimning yuragi yanada cho‘kdi. Jisoo uning qo‘lidan ushlab, mashinaga chiqishga yordam berdi. Mashina asta sekin uzoqlashdi.

Yoongi esa Mingyu bilan yonma-yon qolib, s ko‘chaga nigoh tikkancha jim turardilar biroz vaqtdan keyin ular mashinada qayergadir ketishdi.

Uning qamoqdan chiqqan ilk kuni ana shunday boshlanib borardi...

𝐊𝐞𝐜𝐡𝐠𝐢 𝐩𝐚𝐲𝐭

Uy ichida og‘ir jimjitlik hukm surardi. Min xonim deraza yonida turib tashqariga tikildi. Sovuq shamol pardani ohista silkitib o‘tar, ammo uning ko‘nglidagi bo‘ronni bostira olmasdi. Ko‘chada esa Yoongi va Mingyu yelkama-yelka turib, nimadir gaplashishardi. Ularning ovozi eshitilmasa-da, qo‘llarining ohirida qattiq siqilib, so‘ng qo‘yib yuborilishi Min xonim yuragini tilka-pora qildi.

Yoongi asta uy tomon yurdi. Onasi derazani yopdi, nafasini ichiga yutib unga qarshi chiqdi.

- U odam kim edi bilasanmi... -dedi Min xonimning ovozi titrab. - Nimalarga aralashyapsan, Yoongi? Otang kim edi, sen bilasan. U ham xuddi shunday odam edi....

Yoongi kulimsirab, beparvo qaradi.

- Endi nima farqi bor, oyi? Farqi qolgani yo‘q.

Min xonimning tomirida qon qaynadi.

- Qanday qilib farqi bo‘lmas ekan?! — dedi u ovozini ko‘targancha. - O‘sha odamlar bizning dushmanimiz! O‘g‘lim, sen uchun yillar davomida kurashdim. Seni politsiyachi qilaman deb o‘zimni qiynadim, tunlarni uxlamay o‘tkazdim. Seni bekorga o‘qitdimmi?! Otang kabi bo‘lishing uchun azob chekdimmi?!

Onasining ko‘zidan yosh dumalab tushdi. Ovozida esa nafaqat alam, balki umidsizlik ham bor edi.

Yoongi chuqur nafas oldi. Uning ko‘zlarida o‘tkir iztirob yondi.

- Siz meni o‘qitdingiz... ammo ular meni baribir qabul qilishmadi. Bilasizmi nega? Chunki meen JINOYATCHINI OʻGʻLIMAN. Qancha urinmay, qancha intilmay, bu haqiqatni o‘zgartira olmayman.

Uning ohangi sovuq edi. Xuddi taqdirni tan olgandek.

Min xonim qo‘lini yuziga qo‘ydi, ko‘z yoshlarini to‘xtatolmadi

- Yoongi... o'g‘lim... mendan shuni eshitishim kerakmidi? Men sendan faqat yaxshilik kutdim. Men sendan ukangni ham ko‘raman. Agar sen bu yo‘ldan yursang, ukangning ham nomiga dog‘ tushadi.

Yoongi birdan jahl bilan yuzini burdi.

- Ukamni aralashtirmang, oyi! U boshqa, men boshqa. Men endi o‘zgarmayman! Hammasi tugadi!

- Esingni yig‘ib ol, Yoongi! - dedi Min xonimning ovozi qattiqlashib.

Yoongi esa qahr bilan ovozini balandlatdi:

- Esim joyida doimgidan-a yaxshi. Meni borimcha qabul qiling! Endi otam kabi bo‘lishdan boshqa choram qolmadi!

Shu so‘zlar onaning yuragini yirtdi. U sabrini yo‘qotib, ilk bora Yoongining yuziga tarsaki tushirdi. Ovoz butun uy bo‘ylab jarangladi.

Yoongi karaxt bo‘lib qoldi. Nafasini ichiga yutdi, onasining ko‘zidan oqayotgan yoshlarni ko‘rib yuragi zirq etdi, ammo yuzida hech qanday ifoda yo‘q edi.

Zina yonida esa Jisoo qotib qolgancha ularni kuzatayotgan edi.

Yoongi bir zum Jisooga qarab qo‘ydi va yigʻlayotgan onasi bilan ham koʻzlar toʻqnash keldi so‘ng ortiga burilib, indamay tashqariga chiqib ketdi.

- Yoongi! - deb Jisoo yugurib ortidan chiqdi. Unga yetib olib, qo‘lidan ushlab oldi. - Nimalar deyapsan sen? Aqling joyidami?!

Yoongi g‘azabdan yonib, qahr bilan qaradi.

- Sen ham esingni yig‘ib ol, Jisoo! Mening hayotimga aralashma! Oʻz hayoting bilan yasha men bilan ishing bo'lmasin!!!

Jisoo titrab, ovozini zo‘rg‘a chiqarib dedi:

- Bu sen emassan... Men bilgan Yoongi bunday emasdi...

- Yana meni to‘xtatma, Jisoo. Oyimni ham umidlantirma. Meniyam oyimniyam hayotidan ket. Oʻzi nega oyimni bugun olib kelding ? Diplom olish marosimiga ham sen olib kelgansan ?! - dedi u, so‘ng Jisooning qo‘lini qo‘pol siltab tashladi.

U qorong‘ida izsiz ketib qoldi.

Jisoo esa qotib qoldi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. U faqat bitta narsani his qilardi: Yoongi endi u bilgan inson emasdi...

~~~

Aylin kafega kirib, ko‘zlari bilan dugonasini qidirdi. Burchakdagi stol yonida Riya boshini engashtirib, nimadandir xayolga cho‘mgan holda o‘tirardi. Labida mayin tabassum, nigohlari esa uzoqda go‘yo u butunlay boshqa olamda sayr qilayotgandek edi.

Aylin ko‘zlari chaqnab, sekin qadam tashlab orqasiga bordi. O‘zi bilib-bilmay yengilgina kulib qo‘ydi va birdan qo‘lini Riyaning beliga qo‘ydi.

- Voy! - Riya sapchib ketdi, stoldagi qoshiqni ham tushirib yuboray dedi. Orqasiga qarasa, jimirlab kulib turgan Aylinni ko‘rdi.

- Aylin! - dedi u mehr bilan, so‘ng o‘rnidan turib dugonasini bag‘riga bosdi.

-Sog‘indim sizni!

Kim Riya

- Men ham! - dedi Aylin samimiyat bilan.

Ular quchoqlashib ko‘rishishdi, keyin Aylin Riyaning qarshisiga o‘tirib, piching aralash so‘z boshladi:

- Nimalarni o‘ylab o‘tirgandiz? Yoki yana shaxzodangizni xayollari bilan bandmidingiz, a?

Riya dugonasining iljayib turganini ko‘rib, o‘zi ham kulib yubordi:

- Yo‘q, bu safar hayol bilan emas... kecha ko‘rgan tushim haqida o‘ylab o‘tirgandim.

Aylin kulimsirab boshini chayqadi:

- Ha, bilaman, tushiz aniq Taehyung haqida bo‘lsa kerak.

- Doimgidek meni topdingiz, - dedi Riya kulib.

- Men bilmasam, sizni kim biladi? - dedi Aylin va ikkisi ham kulib yuborishdi.

- Xo‘sh, aytib bering unda, qanday tush bo‘ldi? — dedi Aylin qiziqib.

Riya sekin oh tortib, gap boshladi:

- Tushimda Taehyung kemada ekan... men ham kemada edim, lekin biz boshqa-boshqa kemalarda edik. Uni yonida boshqa yigitlar ham bor edi. Soʻng ularni kemasidan qayiq orqali bir yigit bizni qayiq yoniga keldi lekin u Tata emasdi ,- deb Riya yolgʻondan koʻz yosh kelganday qiladi

Shuni aytishi bilan Aylin birdan qah-qah otib kulib yubordi.

Riya ham dugonasining kulgusiga qarab, o‘zini tutolmay qah-qah otib yubordi.

- Men dramatik bo‘lay dedim, siz esa meni kuldirdingiz! -dedi u hanuz kulib.

Ikkovlari ko‘z yoshlarini artib, kulgidan zo‘rg‘a tinishdi.

- Bilasizmi, Aylin… -dedi u sekin, ko‘zlarini chiroqning yorug‘idan olib chetga qararkan. - U meni doim yonida bo‘lishni xohlayman.

Aylin dugonasiga qarab kulib qo‘ydi:

Sizlar do‘stsiz-ku, - deb hazilomuz ko‘z qisdi, - menimcha, tez orada sevishgan ham bo‘lasizlar. Axir Taehyungning yagona qiz bola do‘sti sizsiz!

Riyaning yuzlari qizarib ketdi, u labini tishlab, jilmayib boshini chayqadi:

- Balki siz haqdirsiz… -dedi u pichirlab.

Shu payt ofitsiant issiq qahvani olib kelib qo‘ydi. Ularning suhbatlari esa davom etdi...