𝐃𝐚𝐫𝐤 𝐁𝐥𝐨𝐬𝐬𝐨𝐦
U qora kostyumda edi. U oddiy tuyulardi, ammo undagi jiddiyatni, tinimsiz og‘irlikni yashirib tura olmasdi. Sochlari ortga taralgan, har bir tolasi tartibda. Yelkasi tik, qadamlarida izchillik va sovuqqonlik. Ko‘zlarida esa — loqaydlik pardasi ortiga yashiringan og‘ir sirlar bor edi.
Hamma uni Xan Minhoning eng ishonchli odami sifatida tanirdi. Buyruqlarni so‘zsiz bajarar, xatoga yo‘l qo‘ymas, tuyg‘ularga joy qoldirmas edi. Uning harakati — qat’iylik, sukunati esa — kuch edi.
Ammo bu tashqi ko‘rinish ortida yillar davomida yuragini kemirayotgan bir tuyg‘u bor edi. U tuyg‘uni na inkor eta olgan, na oshkor. Chunki u bu tuyg‘u bilan yashashga haqli emasdek his qilardi.
Aylin zinadan tushib kelgandi. U har doim chiroyli edi. Ammo bugun... bugun unda nimadir boshqacha bor edi. Jungkook uzoqdan kuzatdi. Yuragi ohangini yo‘qotdi, nafasi qisqardi, ammo chehrasida hech narsa sezilmasdi. U — har safar Aylinni ko‘rganda shu holatga tushardi.
U har safar Aylinni ko‘rganda shu holatga tushardi.
To‘rt yildan beri u shu qizni sevardi. Har bir ohangini, yurish uslubini, qanday ovqatlarni yoqtirishini, qanday joylarni yoqtirishi, hatto ko‘zlarini qachon sokin, qachon notinch boqishini ham yod olgan edi.
Ammo bu sevgi faqat ko‘zlarda yashar, hech qachon tilga ko‘chmas edi. Chunki u Aylinga sevgisini aytishga, hatto yaqinlashishga ham haqli emas deb bilardi. Ammo yurakni buyruq bilan boshqarib bo‘lmaydi.
U Aylinga xuddi birinchi bor quyosh nurlarini ko‘rayotganday, hayotining yo‘qolgan ranglarini unda topayotganday nazar tashlardi Jungkook unga qaraganida, vaqt sekinlashardi. Atrofdagi shovqinlar yo‘qolib, atrof koʻzdan gʻoyib boʻlar, faqat Aylinni koʻrar. Ko‘zlarida bir umr uchun yetadigan sokinlik va mehr bor edi.
Doim sevgisiga koʻzlarida iqror boʻlar, ammo tilida emas....
Zalda porloq chiroqlar yaltirardi. Shampanlar silkitilar, uzun qadahlar bir-biriga tegib, go‘yoki yolg‘on tabassumlar bilan kelishuv tuzar edi. Mayin musiqa, qimmatbaho parfyuumlar, sirli nigohlar orasida yuraklarda nima borligi — hech kimga ayon emasdi. Zalda yurgan har bir inson — niqobda. Yuzida tabassum, yuragida hisob-kitob. Kulgular quloqqa emas, manfaatga yo‘naltirilgan. Kiyimlar nafis, so‘zlar muloyim, lekin niyatlar — silliq pichoq singari o‘tkir. Hammasi bezak va bezaksiz ichki bo‘shliqlarni yashirish uchun.
Aylin zal chekkasida turar bu soxtalik uni boʻgʻayotgandek edi goʻyo shu payt yonidan ayol ovozi eshitildi.
- Bu libosni oʻzing tanladingmi?
Ovoz egasi uni ogʻay onasi Xan Yuraga tegishli edi. Bu uning doimiy soʻzlari, Aylinni chayon chaqganday qilib soʻzlari bilan chaqib olardi.
- Ha, o‘zim — dedi Aylin sokin ohangda.
- Insonni libos chiroyli qiladi. Xuddi seni chiroyli va aslzodaga oʻxshash qilgani kabi! — deya yana bir o‘tkir kinoya qildi. Bu gaplar shunchaki oddiy gaplar emas, bu yillar davomida to‘planib kelgan sovuq munosabatlar edi.
Aylin javob bermadi. Faqat ko‘zlarini boshqa tomonga burdi. Ammo shu payt... orqadan yengil quvonch bilan aytilgan ovoz eshitildi.
-Opa! Bu kechada eng chiroyli sen eding! Hamma senga qarab qoldi!
Bu — Aylinning oʼgay singlisi, Eunsoo edi. U o‘zining sodda, iliq tabiatiga ko‘ra Aylinni chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. U hali bu uydagi siyosatni, sovuq so‘zlar ortidagi zaharni anglamasdi.
Aylin uning yoniga yaqinlashib, burnidan chimdib :
- Rahmat, Eunsoo sen bugun juda chiroyli ko‘rinyapsan.
- Men senga oʼxshagim keladi. Juda jasur, kuchli, aqlli, — dedi Eunsoo. Bu so‘zlar Aylinning yuragiga oz bo‘lsa-da, iliqlik olib kirdi.
Ammo Yura ularning yonidan o‘tayotib yana pichirladi:
- Jasurlik? Yoki shunchaki muzdek yuz bilan yashashmi? Nimalar bilib aytilayotganini bilmayman...
Va u o‘tkir poshnalar tovushi ostida ularni yonidan ketdi.
Aylin sokin turdi. Singlisi esa hech narsani sezmagandek qo‘lidan ushlab, shunchaki jimayib qoʻyadi xolos.
Aylin asta- sekinlik bilan orqaroqga chekinib, odamlar eʼtiboridan uzoqroq boʻlgan balkon tomonga yoʻl oldi. Yuragim biroz tez urardi,nafas olishi ham qiyinlashib borayotgandek edi.
Havo sovuq edi. Osmonda bulutlar suzardi, shahar chiroqlari uzoqdan tovlanar, shamol esa yurakdagi gaplarni eshitgisi kelgandek yuziga ohangrabodek urilar edi.
Aylin balkon chetida to‘xtadi. Uning ko‘zlari manzaraga emas — ichki dunyosiga qaragandek uzoqqa tikildi.
Bir necha daqiqa sukut. So‘ngra yonidan ovoz eshitildi. Aylin cho‘chimagan holda asta balkon chetiga qaradi. Ko‘zlar to‘qnashgan lahzada vaqt bir zum to‘xtagandek tuyuldi, soʻngra
- Jungkook siz ham havo olish uchun chiqqandingizmi? — dedi Aylin, yumshoq ovozda
Jungkook bosh irg‘adi. Bir oz sukutdan keyin u, ohangida sal kulimsirash bor, dedi:
- Shunchaki havo olish uchun tashqariga chiqgandim. Sizchi nega ichkarida emassiz?
- Shunchaki bu odamlar davrasidan biroz uzoqlashgim keldi.
Ular jim shunchaki manzaraga qarab turishdi. Ko‘zlari hanuz atrofni kuzatsa ham hayollari umuman boshqa joylarda edi. Jungkook Aylinnin yonida ekanligidan baxtlidir balki...
- Ichkariga qaytish kerak , dedi.
- Toʻgʻri havo ham salqinlashdi. Maʼqullab Aylin orqasidan Jungkook ham zalga kirdi.
Ular zalga qaytganida zal markazidagi sahnada jimlik cho‘kdi. Chiroqlar sal pasaytirildi. So‘ng mikrofon yonida Xan Minho paydo bo‘ldi. Uning yurishida qudrat bor edi. Ko‘zlarida — yillar davomida erishilgan hukmronlik, o‘ziga ishonch mujassam edi.
— Hurmatli mehmonlar... — dedi u ovozi baland, og‘ir ohangda. — Bugun men bilan bo‘lganingiz uchun rahmat. Bu kecha oddiy kecha emas. Bu — mening yo‘lim, mehnatim, sabrim va tanlovlarim ortida yotgan 30 yillik hayotimning aksidir.
Zalda jimlik. Faqat Xan Minhoning tovushi eshitiladi.
— Bu yillar menga koʻp narsalarni oʻrgatdi . Atrofimga har odamlar keldi, baʼzilar sodiq boʻlib yonimda qoldi , baʼzilar sotqin boʻlib jazosini oldi. Hayot menga har xil sinovlar berib oʻz oʻyinlar domiga otdi. Ammo bu sinovlar meni kuchli, qudratli boʻlishga oʻrgatdi. Shu paytda yonimda turgan barchaga tashakkur. Shu uchun qadahlarni koʻtaraylik!
Qadahlar koʻtarildi, barcha xursand ziyofatdan zavq olardi.
Ba'zilar uchun u yangi umid, yangi sahifa bo‘lsa, boshqalar uchun u ichidagi og‘riqlarning yana bir bor uyg‘onishidir. Yangi kun kimgadir quvonch olib keladi, kimgadir esa yana bir bor tirikligining og‘irligini eslatadi. Tong saharda shunchaki yorug‘lik emas, u yuraklardagi sirlarni yana bir bor azoblab, har kimga o‘z qismatini eslatadi.
Quyosh endi ko‘tarilayotgan edi. Osmon oppoq bulutlar bilan qoplangan, ko‘chalar esa endi uyg‘ongan shahar odamlaridek sust harakatda edi. Havo iliq, lekin unchalik jazirama emasdi.
Yoongini onasi Min xonimni oʻz oddiy qahvahonasi bor edi, u har kunini shu yerda oʻtkazardi. Bu joy ko‘chadan qaralganda, oddiygina ko‘rinsa-da, ichkarida qandaydir tinchlik, ishonch va iliqlik bor edi. Devorlari ochiq bej rangda, oynalari katta, ichkariga quyosh nuri bemalol kirib turardi. Yon devorda bir nechta kitob javoni, stollarda kichik gulchambarlar turar, qahva hidi butun joyni to‘ldirib yuborgandi. Bu yer yoqimli esdaliklar bilan yashaydigan joy edi. U xayollarga cho‘mib, qahvani sekin aralashtirardi. U har doimgidek sokin, ammo ko‘zlarida bir oz cho‘zilgan dard bor edi. Xayoli nimadadir band, yuragi nimanidir sog‘inayotgandek.
-Xolajon! — deya bir ovoz keldi ortdan.
Min xonim bir zumda oʻziga keldi. Orqasidan kimnidir iliq quchogʻi yopishdi.
- Qizim, Jisoo! O‘takamni yoriding-ku!— deb kulib yubordi u.
Qiz esa kulib xolasi yuzidan o‘pdi va yoniga o‘tirdi.
- Qahva tayyorlab beraymi senga, qizim?
- O‘zim tayyorlayman bugun, — dedi Jisoo beixtiyor jilmayib. — Axir sizga o‘xshab tayyorlay olmasam ham, urinib ko‘raman.
U orqasiga o‘girilib, sekin-sekin qahva mashinasini ishga tushirdi. Issiq bug‘ chiqib, xona yana qahva hidiga to‘ldi. Jisoo nimadir sezdirmaslikka harakat qilardi, lekin ko‘zlarida qandaydir sog‘inch, ehtimol, otasi bilan bo‘lgan sovuq aloqalarning izlari bor edi.
Qahvani tayyorlab, u stolga olib keldi. Min xonim unga mehr bilan qarab oʻtiradi.
- Kechasi uxlay olmadingmi, koʻzlaring xorgʻin?
- Kechasi dars qilgandim ,balki shu uchundir.
-Kechasi dars qilama! Oʻzingni charchatma qizim
- Har tongda sizni ko‘rishim bilan charchoqlarim chiqib ketadi — dedi Jisoo kulib. U yolg‘izlikka, charchoqlarim ko‘nikkan edi, lekin Min xonimning borligi yuragidagi bo‘sh joyni to‘ldirardi.
Shu payt Min xonim lablarida iftixor bilan:
- Yoongi bir haftadan keyin diplom oladi, -dedi.
- Rostdanmi?! — Jisoo sevindi. — Bu juda zo‘r! U bu diplom uchun koʻp mehnat qildi...
- Ha, - dedi Min xonim chuqur nafas olib. - Lekin... qaniydi u ham biz bilan bo‘lsa edi…
Uning nigohlari qahvaxona devorida osilgan, allaqachon rangsiz tusga kirgan suratga to‘xtadi. Nigohlarida bir vaqtlar mavjud bo‘lgan baxt.
Jisoo xolasining yuzida og‘riqni sezib, sekin qo‘lini qo‘l ustiga qo‘ydi.
- Xolajon, iltimos... Siz bunday demang. U bo‘lganida, Yoongi bilan faxrlanardi. Siz bilan ham.
Min xonim jilmayishga urindi, lekin ko‘zlaridagi mayin sukunat hammasini aytib turardi.
Soatga qaragan Jisoo sapchib o‘rnidan turdi.
-Men o‘qishga kech qolyapman! Hamma vaqt siz bilan o‘tirgim keladi...
- Xolajon, men sizni yaxshi ko‘raman.
Jisoo eshikni ochib chiqib ketar ekan, qahvaxonaga yana sokinlik cho‘kdi. min xonim esa suratga yana bir qaradi. Og‘ir nafas olib, qalbida yashayotgan ohangsiz sog‘inchga quloq tutdi.
Tog‘lar orasidan chiqqan tong nuri dengiz sathiga asta taralayotgandi. To‘lqinlar beparvo urilar, go‘yoki hayotning tinmas suronlariga javob berayotgandek edi. Osmon hali ham noaniq ranglarda, yarim uyg‘onib turgan shahar singari sokin edi. Bu sokinlik orasida, sochlari shamolda sekin hilpirayotgan yigit jim o‘tirardi — Yoongi. Kechasi davomida bir lahzaga ham uxlamagan ko‘zlarida charchoqdan ko‘ra chuqurroq narsa bor edi — o‘tmish. Yelkasida osmondan og‘ir bo‘lgan xotiralar yukidek nimadir bor edi.
Lekin o‘sha daqiqada — qulog‘ini kesib o‘tgan g‘ayrioddiy qo‘ng‘iroq tovushi xayollarini yana parcha-parcha qildi. Telefoniga qaradi. Nomsiz raqam. Nigohida bir oz shubha va biroz qiziqish. Chuqur nafas olib javob berdi:
Qarshisida jimlik. So‘ng... notanish, baland bo‘lmagan, ammo qat’iy ohangda aytilgan ovoz eshitildi:
- Siz bilan ko‘rishib, gaplashib olsak bo‘ladimi?
Yoongi bir muddat jim qoldi, so‘ng ovozi ohangsiz yangradi:
- ........... Shu odamman. Gaplashib olamizmi?
-Kelishuv taklif qilmoqchiman.
Yoongi yuzini bir chetga burdi, nigohi uzoqqa dengizga qadalgandi. So‘ng shivirlagandek so‘radi:
- Bu haqida yuzma-yuz gaplashamiz. Agar rozi bo‘lsangiz, bugun soat o‘n ikki da Suel shahrini chekkasidagi eski omborxonada seni kutaman.
- Omborxona?.. Sizga ishonishim uchun asos bormi?
- Men faqat bir marta chaqiraman. Qolgani senga bog‘liq. Ammo... sen uchun bu qadam – o‘tmishdan qutulish yoki undan butkul yutilish yo‘li bo‘lishi mumkin. Qaror sendan.
Kecha yaqinlashar, Suel shahrining chekkasida joylashgan omborxona qorong‘ulikda allaqanday mahkumlikni eslatardi. Binoning usti zanglagan tunuka bilan yopilgan, devorlari esa vaqt va shamol tasirida xiralashgan edi. Atrof jim-jit, faqat qadam tovushlari – Yoongining yurishidan chiqqan tovush eshitilardi.
U kiraverishda to‘xtab, bir lahzaga atrofga quloq soldi. Yuragi bir maromda urardi, lekin o‘sha urishda notanish vahima va shubha bor edi. Ichkariga qadam bosdi.
- Men sizning chaqiruvni kutmagandim, - dedi Yoongi ehtiyotkorlik bilan.
Qorong‘uda turgan odam burilib, yuzining bir cheti yoritildi. U sal boshi bilan iljaydi:
- Seni chaqirishimga sabab bor.
- Demak, eshitaylik... qanday sabab?
- Men senga taklif qilmoqchiman:
Bu seni hayotingni oʻzgartirib yuboradi.
Yoongi chuqur nafas oldi. Nigohi bilinmas narsa bilan to‘qnashgan edi.
- Bundan sizga nima foyda bor?
- Bu taklifdan... oilamga zarar yetmaydimi?
- Yo‘q. Men kafolat beraman. Bu sir bo‘lib qoladi o‘rtamizda. Faqat men... va sen.
Yoongi bir lahzaga sukut saqladi. Nafas olish ritmi sekinlashgan edi. So‘ng boshini egdi:
Qoʻllar siqildi. Kelishuv esa tuzildi. Bu kelishuv Yoongini bugun hayotini oʻzgartirib yuboradigan kelishuv edi....