Bu mening hikoyam
Johiliyat meni o’ldirdi lekin, Islom qayta hayotga qaytardi. Hayotiy hikoyamni o’qib juda hayratlanishingiz aniq. Sizlarga foydasi tegadi degan umiddaman.
Onam, mening yagonam, mehribonim, nur yuzligim. Ularni, Allah tomonidan yuborilgan bir farishta deb bilaman. Ularsiz bir hayotni tasavvurimga sig’dirolmayman. Onam mening kalitim, oddiy bir kalit emas, Jannat kalitim. Hayot ularni juda qiynab, charchatdi. Lekin baribir shu qiynoqlarga bardosh berib, bizga ham ona, ham ota bo’ldilar. Onamning birgina tilaklari bor edi, bizga Allah’ni tanitishlik va Allah yo’lida go’zal tarbiya berishlik. Va hozirda so’rasangiz “Niyatimga yetdim!” deydilar.
Katta ukam, Fayzullah. U haqida gap boshlasam, so’zlar tomog’imda tugum bo’lib qoladi go’yo. Oilamizda Allah tomon birinchi qadamni u bosdi. Hech qanday yomon odatlari yo’q edi. Men hayratlanardim. Atrofidagilar uni haromga yetaklashsa ham u doim bosh tortib, harom bilan orasiga chegara qo’yardi. Men kabi nafsiga emas Allah’ga qul edi. Qalbining tozaligi, yuziga aks etardi. Kichik ukam Ali. Erkatoyim, oppog’im. Uni juda ko’p urishsam ham qattiq yaxshi ko’raman. Lekin o’ziga bildirmayman.
Men, ismim Emina. Yigirma ikki yil avval dunyoga keldim lekin aslida ikki yoshdaman. Chunki men Robbimga taslim bo’lgan kunim hayot topdim. Yil 2018. Shu paytlar kimdir menga;
“Allah’ni sevasanmi?” desa “Albatta sevaman, Allah’ni kim sevmaydi?” derdim. Lekin, mana shu sevgimning bir dalili yo’q edi. Bir oyda bir marotaba esimga tushib qolsa namozimni ado qilardim. Shunda ham to’liq emasdi. Qur’anning nimaligini vallahi bilmasdim. Holbuki onam va ukalarim nimaligini va o’qishni ham bilishardi. Men esa, o’z olamimda hech narsadan behabar holda yashayotgandim. Onam qo’limdan qattiq ushlagandilar. Qiz farzandman ahir. Bir marotaba ham ko’chaning tarbiyasiga tashlab qo’ymadilar, qilayotgan har bir ishimdan habardor bo’lib, doim tergab turardilar. Lekin ular menga Allah’ni tanitsalar ham, men tanishni, tanishishni istamasdim. Bu qanday razillik… Mendagi muammo faqatgina shu edi.
Vaqt o’tgan sari gunohlar va hatolar ko’payib borayotgandi. Men esa, nima qilayotganimni sezmayotgandim. Men kimman o’zi? Nega keldim dunyoga? Vazifalarim nima? Mana shularni bilmasdim. Hayotimda qiyinchiliklar boshlandi. Huddi dunyo qarshimda turib, men bilan kurashayotganini sezardim. Huzurga muhtoj bo’lib qoldim. Lekin qayerdan topishim mumkin edi bu huzurni? Oilamdanmi? Yo’q, menga juda o’zgacha bir huzur kerak edi. Qalbimga hotirjamlik beradigan muhabbatni izladim.
Mayyitdan bir farqim qolmadi. Onam va ukalarim ibodatlarini ado qilib kunlarini fayz va barokatga to’ldirardilar. Lekin men g’aflat ichida vaqtimni uvol qilishlikda davom etardim. Bir necha marotaba hijobga kirishga harakat qildim. Onam eng chiroyli ko’ylaklarni olib berdilar lekin men o’zimda kuch topolmadim. Hijob menga nasib qilmayotgandi. Balki, men chin dildan xohlamaganligim va harakat qilmaganligim uchun.
Ozgina vaqt o’tdi, Istanbulga bir ish yuzasidan yana qaytishga qaror qildik. Fayzullah qoldi. Endi ozgina chalg’isam kerak degan umidda borgandim. Atigi 10 kunga. Ishlarimiz bitdi. Toshkentga qaytish vaqti keldi. Ayrim sabablarga ko’ra, men ketolmadim. Aslida Allah xohlamagan ekan. Holalarim bilan qoldim. Ular Istanbulda turmushga chiqishgan. Onam va Ali Toshkentga qaytdilar.
Yana ozgina vaqtdan so’ng, diniy kitoblar o’qishga boshladim, payg’ambarlar hayoti menga juda yoqdi, ta’sirlandim. Lekin Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam haqlarida o’qimadim. Bir kuni qalbimda qandaydir bir hissiyot sezdim. Huddi kimdur yoqamdan ushlab siltalaganday bo’ldi, tinmay yig’ladim, sababini bilmagan xolda. Tashqariga chiqib, yana yig’ladim. Qalbim yonayotganini sezdim. Chidolmadim va to’kdim qalb haybamdagilarni;
“Robbim, kechir meni. Kuchim qolmadi, menga yordam bergin. Meni bu g’aflat qafasidan ozod qilgin. Senga va’da beraman, mana shu hafta hijob farzingga amal qilaman. Sen uchun o’zgaraman!” dedim. Juda qisqa tavba bo’ldi bu. “Allah’ga va’da berishlik? Bu nima degani? Nima qilib qo’ydi bu qiz? Qo’lingdan kelmasachi? Agar qo’lingdan kelmasa, Uning yuziga qanday qaraysan? Ahmoq qiz! Hato qilding! Ahmooq!”
Mana shunday vasvasalar bilan meni yo’limdan qaytarishlikga harakat qildi. Men mana shu va’dam bilan uning bir oyog’ini sindirdim. Juda qiynalgan bo’lsa kerak. Mendan buni kutmagandi. Oradan 3 kun o’tdi. Endi esa hijobga mos kiyimlar olishim kerak. Ozgina mablag’ bilan chiqdim tashqariga. Hali Nur Surasining oyatlarini o’qimagandim, o’zimcha birnimalar oldim hijobga mos bo’lmasa ham. Uyga keldim, ro’molimni bir unday o’radim, bir bunday o’radim. O’zim xohlagan Eminani ko’rolmayotgandim ko’zguda. Eng ohiri holam o’rab qo’ydilar. Tashqariga chiqishim kerak. Shu payt go’yoki kimdir yo’limni to’sib turgandek his qilayotgandim. Haqiqatdan ham eshikni ochib chiqib ketishlikga kuch topolmadim. Hattoki soatlab kutdim. Qiynalayotganimni ko’rib holam tepib chiqarib yubordilar uydan. Birinchi qavatga tushib “Bismillahir Rohmanir Rohiym” dedim va chiqdim. Ozgina oldin meni qiynayotgan har narsa birdan g’oyib bo’ldi. Huddi atrofimdagi daraxtlar, gullar va qushlar meni tabriklab;
“Muborak bo’lsin!” deyayotganini sezardim. 15 kundan so’ng Toshkentga qaytdim. Oradan ozgina vaqt o’tib, onamga habar keldi;
“Fayzullah avtohalokatga uchradi, kasalxonaga yetib keling!”
Farzandlarini jonidan ortiq ko’rgan inson uchun, eng og’ir sinov emasmi bu? Bunga qanday bardosh berishlik mumkin? Yo’lga tushdik. Ukamni ozgina jarohatlanib, hushidan ketgan bo’lsa kerak deb o’ylagandik. Borsak, men ukamni olgan jarohatlaridan sabab tanimadim. Eng yomoni esa, doktorlar ukamning tepasida uni tamosha qilishdan boshqa bir ish qilmayotgandilar. Aperatsiya boshlandi. Men onamni, o’zlarini yo’qotib qo’yadilar, dod faryod qiladilar deb o’ylagandim. Lekin kuch yig’ib, o’zlarini qo’lga olgan xolda sabr qildilar. Buni sababi nima bilasizmi?;
“Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!” Allah’dan keldik, va yana Allah’ga qaytguvchimiz. Nima bo’lsa ham, onam kuch yig’ib, Allah’dan kelgan har bir sinovga, rozi bo’lishliklari shart edi. Ukam Fayzullah, Robbimning fayzi, o’n yetti yillik jon yo’ldoshim, jigarim. Ich ichimdan Robbimga yolvora boshladim;
“Unday qilma Robbim. Bunday sinama. Har narsaga ko’nikaman, lekin bu og’ir. Iltimos Robbim, iltimos unday qilma. Ukamni hech qanday aybi yo’q, bu azobga men loyiqman!” deb yolvorayotgandim. Bir necha soatdan so’ng aperatsiya tugadi. Qarasam, ukamni o’ralmagan bir joyi ham qolmagandi. Ukamni orqasidan ketayotganda, buvim hushlaridan ketdilar. Kimni orqasidan yugurishni bilmay qoldim. Buvimni bir xonaga olib kirdik, o’zlariga kelishlari ancha qiyin bo’ldi, chunki ukamning ahvoli shu daraja yomon edi.
Mashinada ukam va yana ikki kishi bo’lgan. Ular ishdan qaytayotganda, mashina yo’lning narigi tomoniga ag’darilgan. Shunda ukam, mashinadan yo’lga otilgan. Boshiga olgan zarbasidan sabab, o’sha yerda komaga tushgan. Eng ajoyibi nima bilasizmi? Ukamdan boshqa hech kim jarohatlanmagan. Ruldagi odam va uning yonidagi odam ham, soppa sog’ edi. Demak Allah, ukamni xohlagan ekan. Reanimatsiya xonasi oldida birgina stulda o’tirib farzandini kutayotgan bir ona, hech narsadan habari bo’lmagan Ali va qo’lidan hech narsa kelmayotgan men. Shu vaqt oralig’ida ukam uchun qilingan du’alarni, hatmi Qur’anlarni bir ko’rsangiz, son sanog’i yo’q. Hattoki biz tanimaydigan insonlardan sanoqsiz du’alar kelayotgandi. Men hayratlandim. Allah, ukamni mana shunchalar qattiq sevishini bilmasdim.
5-kun, Fayzullah takroran ketma-ket aperatsiya bo’ldi. Shu 5 kun davomida o’ziga kelmadi. Faqatgina bir marotaba ko’zini juda ozgina ochib, yana uyquga ketdi. Eng ohirgi aperatsiyada, boshidagi suyagining yarimi olib tashlandi. Chunki u suyak sinib, ko’ziga ozor berayotgandi. Ukajonimni sog’ joyi qolmagandi. 17 yoshlik bir bola uchun qanday og’ir dard? Bunday og’ir dardga faqatgina zolimlar arziydiku derdim. Lekin tushunib yetdimki, Allah faqatgina o’zi suygan bandalariga og’ir dardlar berar ekan.
O’sha kuni, uni yonida qolishni juda xohladim, lekin Ali uyda bir o’zi qolgani uchun onam ketishimni xohladilar. Qalbimda qandaydir bir ovoz “Ketma!” dedi takror-takror. Ketishni xohlamasam ham majburan ketdim. 6-kun, bomdod vaqti. Fayzullahning yoniga borishga tayyorlanayotgandik. Onamdan telefon keldi. Ho’ngrab yig’lagan xolda;
“Yo’q, o’g’lim meni tashlab ketmaydi!” deganlarini eshitdim. Shu payt huddi boshimdan qaynoq suv to’kilgandek his qildim. “Tez yetib kel qizim!” dedilar. Ko’chaning boshiga qanday chiqib qolganimni bilmayman. Bir necha daqiqa mashina kutdik Ali bilan. Ohiri mashinaga o’tirdik. Onamdan yana telefon keldi, yana yig’layotgandilar. Oddiy bir yig’i emasdi bu. Ular yig’lagan sari ichim yanada kuyib ketayotgandi. Shu payt yig’i ovozlari bilan birga bir ikki so’z eshitdim;
“Darhol yetib kel qizim, ukangni berib qo’ydik!”
Fayzullahim, mana shu zolim dunyodan abadiy bo’lgan ohirat yurtiga ko’chdi. Robbim uni shunchalar suygan ekan, bu zolim dunyoga tashlab qo’ymadi. Tortgan dardlari esa, kafforat edi. Inson umri davomida qanday yashasa, o’limi ham shunday bo’ladi deydilar. Yo’q, unday emas. Agar yomonlarga, yomon o’lim nasib qilganida edi, Sahobai kirom quloqlari, qo’llari, burunlari kesilib, ko’zlari o’yilgan xolda Shahid bo’lmasdilarku. Bu haqida habar bergandilar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
“Bir mo’minning boshiga kelgan har bir dardni, hattoki oyog’iga botgan tikonni ham, Allah uning gunohlarini mag’firat qilishlik uchun vasila qilur!”
Bordim, yoniga kirdim. Tepasida doktorlar, yana yig’ilgan. Qo’lidagi temirlarni yechib, uni qayergadir tayyorlayotgandilar. Bir tomonda onam meni ko’rib;
- Jim qizim...
Doktorlar esa;
- Singlim, rozilik so’rang! dedilar.
Nima? Rozilikmi? Men hali ukam o’lganiga ham ishonmagandimku, qanday rozilik? Ukam o’ldi, ukam! Yoniga borib oppoq badaniga tikilib qoldim. Muzlab qolgan yuzidan o’pib;
“Uyg’on ukam, iltimos uyg’on!” dedim. Shu payt o’zimga o’zim gapirishni boshladim;
“Nega Allah ukamni oldi? Nega meni olmadi? Nega o’ldi ukam? Shuncha qilingan du’alar nega yordam bermadi?” Mana shunday johillikga to’la so’zlar miyyamda aylana boshladi..
Janoza.
Ali bel boylagan, boshida esa bir do’ppi. Uyimizda bir xonaga joy qilingan. Kim uchun bu joy? Ukam uchunmi? Hali ham o’zimga tushuntira olmadim. O’limni bunchalar tez kelishini bilmasdim. Vaqt o’tgan sari, qandaydir odamlar va tog’orada ovqatlar kela boshladi. Va boshimga og’riq berayotgan yig’i ovozlari. Istanbuldagi ikki holam, aslida ular meni opam. Ularni qo’lida katta bo’ldik. Shundan sabab ularni ham bizga o’zgacha mehrlari bor. Ular ham bir ona. Ularning juftlari, aslida akadan ham yaqinroqlar. Telefon qilib tinmay yig’ladilar. Ular ham ishonolmayotgandilar. Shunchalar qattiq yaxshi ko’rardilar Fayzullahni. O’sha kun Fayzullahning vafotini eshitib, yetib keldilar Toshkentga. Kechki payt Fayzullahni olib kelishdi. U kelgandan so’ng, holalarim ham keldilar.
Men juda hayratlanayotgandim. Chunki onam va holalarim bir marotaba ham faryod qilmadilar, o’zlarini yerga otib, qiynamadilar. Bir tarafdan shu hayratim ila, ukamni yonida, muzlab qolgan oppoq yuziga tikilib qolgandim. Farzandining yonida tomchi-tomchi ko’z yosh ila Qur’an o’qiyotgan bir ona. Mening onam. Kelgan har bir insonga “Jim! Jiming!” deyayotgandilar. Chunki Allah’ga isyon bo’lishini va uyimizdan baland ovozda faryodlar eshitilishini xohlamayotgandilar.
Takbirlar, salavotlar, tavhidlar bilan ukamni abadiyatga kuzatdik. Men umrimda, bunday chiroyli janoza ko’rmagandim. Aytilayotgan takbirlar qalbimga sanchilayotgandi. Ukamni eng katta orzusi shahidlik martabasiga erishishlik edi. U doim eshitib yuradigan shahidlar uchun atalgan bir nasheed bor edi;
Ona bugun ramallahda bir go’dakni o’ldirdilar.
Qonli belagiga belab, onasiga topshirdilar.
Meni ham sizga bersalar qizil qonlar ichida.
Aslo hafa bo’lmang, yig’lamang, gul qizil bo’lur ona.
Men sizning gulingiz emasmanmi?
Gul qizil bo’lur ona.
Bir kuni mana shu nasheedni eshitayotganda;
- Ona, bir kun meni ham sizga shu xolda olib kelishsa, nima qilasiz? dedi.
Buni eshitib onam;
- Allah asrasin. Unday dema o’g’lim! degandilar.
Bomdod vaqtida olib ketdilar ukamni. Yomg’ir yog’ayotgandi. Qabristonga borgan bir yaqinim aytib berdi;
“Yomg’ir tinmay quydi. Yerlar loy bo’lishiga qaramay, umuman qiynalmadik. Hech kim joyidan qimirlamayotgandi. Odam shunchalar ko’p ediki, Fayzullahni qo’lma-qo’l uzatgan xolda qabrga yetkazdik. Holbuki qabriston darvozasi bilan Fayzullahning qabri orasida ancha uzoq masofa bor edi. Mana shu yo’l odamlar bilan to’lgandi. Men o’sha yerdagi bir domladan bu yomg’ir nimaning alomati deb so’ragandim, u domla esa, bu Allah’ning rohmati ekanligini va Fayzullahning gunohlarini yuvib ketishini aytdi. Hayratlandim, yomg’irga qaramay juda yengil va chiroyli janoza bo’ldi.” dedi.
Yil 2019.
Holalarim ham ketishdi. Onam, men va Ali. Uyimiz jim jit. Ukamni yo’qligiga hali ham ko’nikolmadim. Kun sari dunyoga bo’lgan nafratim yana ham ko’proq oshib, o’limni kutayotgandim. Endi hech nima oldingidek bo’lmaydi. Hayotga qaytolmayman derdim. Ukamni bunchalar yaxshi ko’rishimni bilmasdim. U ketgan kundan boshlab, uni eng chiroyli ko’rinishda tushlarimda ko’ra boshladim, doim hursand xolda kelardi meni ko’rgani.
Yanvar oyidamiz. Menda yana o’sha ahvol. Qalbimda qandaydir bir siqilish, tinmay kelayotgan yig’i va yana o’sha siltalash. Bu safargi siltalash shunchalar kuchli bo’ldiki, o’zimni qo’yishga joy topolmadim. Hatti-harakatlarim ham o’zgardi. Ichimda nima bo’layotganini hech kimga tushuntirib berolmadim. Ora-orada o’qiyotgan namozimni esladim. Joynamozni yerga solib, ikki rak’at namoz o’qidim. Ana endi boshlandi. Ko’z yoshmi bu? Yoki daryomi? Yig’laydigan bir ish bo’lmadiku? O’sha vaqtga qadar bunchalik uzoq du’a qilganimni eslolmayman. Allah bilan chin dildan suhbat qurishlik juda o’zgacha bir tuyg’u ekan. Endi esa, hursandligimdan yosh to’ka boshladim. Mana shu to’kilayotgan har bir yosh, qalbimdagi olovni o’chirayotgandi. Men endi topdim haqiqiy sevgimni, baxtimni va huzurimni. Endi esa, sevgimdan sabab yonayotgandi qalbim.
Avvalroq topmaganimning sababini tushundim. Chunki men samimiy tavba qilmagandim. Allah’ga taslim bo’lmagandim. Takror va takror tavba qildim. Menga bir yo’l ko’rsatishini istadim. Namozni tugatib, onamning yonlariga kirdim;
“Istanbulga ketsam maylimi ona?” dedim. Aslida onam bir o’zimni uzoq joyga yubormaganlar bir marotaba ham. Lekin menimcha, ahvolimni ko’rib rozi bo’ldilar. O’zimni chalg’itishim shart edi. Avtohalokatga sabab bo’lgan odamga qarshi nafratim kun sari oshib, sabrim tugayotgandi. Shundan sabab men, bu shaxardan tezroq qochishim kerak edi. Ertasi kuni bilet oldim va 25-Yanvar kuni Istanbulga bir o’zim ketdim. Yana holamnikiga bordim. Ularga aytmagandim kelishimni. Ko’rib juda hursand bo’ldilar.
Vaqt o’tdi, kundan kunga yana ham ko’proq kitob o’qishni boshladim. Namozlarimni ham. Bu orada Qur’an o’qishni ham bir o’zim uyda o’rgandim. Har kuni Robbim ila suhbatlashib, ancha yengil tortardim. Bir kuni hayotimdagi eng buyuk mo’jizani yashadim. Bu Allah’dan kelgan eng buyuk lutuf edi. Kechki payt osmonga qaragan xolda, salavot keltira boshladim. Shundan so’ng uyquga ketdim. Yo’q, uyquga emas, mo’jiza tomon ketdim.
Qandaydir eshikdan, bir masjidga kirdim. Yonimda holam, lekin ular boshqa tomonga ketib qoldilar. Men esa to’g’riga qarab yuraverdim. Atrofda insonlar ham bor edi lekin huddi ular menga yo’l ochib berayotgandilar va huddi kimdur menga yo’l ko’rsatayotgandi. Yurdim, yurdim va yana yurdim. Bir eshik tagida tohtadim. Tilladan, baland va juda chiroyli bir eshik. Eshik oldida bir marmar ustun. Shu ustun ustida esa nur yuzli bir inson menga qaragan xolda uhlayotgandi. Ko’rib tanimadim. Lekin;
“Assalatu vassalamu alayka ya Rasulullah!” dedim. Va yonlariga o’tirib oldim. Ka’baning Robbisiga qasamki, umrim davomida bunday go’zallikni uchratmagandim. Uzun kiprikli, surmali ko’zlari, huddi chizib qo’yilgandek chiroyli qoshlari. Yaltirab, yelkalariga tushib turgan sochlari, peshonalarining o’rtasidagi va yuzlaridagi nur. Bu qanday go’zallik? Bu qanday nur? Uhlayotgan bo’lsalar ham, menga qaragan xolda kulib turgandilar. Kulayotganlarida, har bir tishlarining orasidan nur taralib turardi. Uzun soqollari va ularning orasida faqatgina bir necha muborak qillari oqargandi. Kiyimlari va boshlaridagi salla shunchalar chiroyli, oppoq, toza va nur ustiga nur.
Bir oz termulib yonlarida o’tirdim. So’ngra, o’rnimdan turib yana masjid eshigi tomon ketdim. Masjid eshigi oldida holam meni kutib turgandilar. “Men Rasulullahni ko’rdim!” dedim. Lekin ishontirolmadim. Ortimga o’girilib qarasam, Sarvari olamning yonlariga hech kim yaqinlashmayotgandi. Masjiddagilarga ham aytdim lekin hech kim parvo qilmadi. Chunki hech kim ularni ko’rmayotgandi. Faqatgina men ko’rgandim. Yo’lda kimni uchratib aytib bergan bo’lsam ham hech kim menga ishonmadi.
Uyg’ondim, avval hech nimani tushunmadim. “Afsus tush ekan…” dedim. Kayfiyatim ham tushib ketdi. Lekin baribir shu haqida ma’lumot qidira boshladim. Ko’rinishlari hayotda qanday edi? Ularni tushda ko’rishlik mumkinmi? Shu payt bir hadislarini uchratib qoldim;
“Kimki meni tushida ko’rsa, darhaqiqat meni ko’rgan. Chunki shayton mening suratimda ko’rina olmaydi!”
Allahu Akbar...
Robbim, bu qanday lutuf? Bu qanday baxt? Men bunga loyiqmanmi? Shuncha gunoh, shuncha hato. Men chindan ham Payg’ambarimni ko’rdim. SubhanAllah. Yana bir hadisda buyurgandilar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
“Sodiq tushni to’g’ri so’zli kimsalar ko’rur va bu kimsalarning tushi Allah azza va jalladan bir hushhabardir!”
Qachonki bir umidsizlikga tushib qolsam mana shunday hadislarni, umidga to’la oyatlarni o’qib, umidim qayta tiklanadi. O’sha paytlar, “Men bunga loyiqmanmi?” derdim. Vaqt o’tib bir narsani tushundim. Men nimaga loyiqman va nimaga loyiq emasman, buni faqatgina Robbim biladi. Faqatgina taqvo egasi bandalariga emas, men kabi gunoh botqog’ida cho’kib ketgan bandalariga ham lutfi ila mo’jizalar berar ekan. Bunga bir necha marotaba guvoh bo’ldim.
Mana shu kundan so’ng, ruhan o’zgara boshladim. Bu ne’mat. Sultonimdan kelgan eng katta ne’mat. Gunoh botqog’ining eng chuquridan qutqarib oldi meni. Unga bo’lgan sevgim kun sari oshib, qalbim mana shu sevgi ila yonayotgandi.
Tugadimi? Yo’q albatta.
Bir kuni, bir yaqinim menga bir kitob tavsiya qildi. Aslida kitob o’qish uncha yoqmaydi menga. Lekin bu kitobga juda qiziqdim. “Agar Payg’ambaringni tanishni xohlasang, shu kitobni olib o’qi, boshqa bir kitob o’qimasang ham bo’ladi…” dedi. Boshqa bir ish yuzasidan, to’g’rirog’i jiyanimga kitob olishlik uchun bir do’konga kirdik. Qarasam, bir chetda o’sha kitob. Atigi bir dona qolgan. Kitobni narhi 40 lira. Yonimdagi pulni sanadim, u ham 40 lira. Bu bir ishora. Allah’im, Sen meni yaxshi ko’rasan a? Kitobni oldim;
Allah’ning elchisi Hazrati Muhammad sallallahu alayhi va sallam’ning hayoti.
Nomli bir kitob. Bu kitob ikki jilt ekan. 860 sahifa. Uyga borib o’qishni boshladim. Kitobni birinchi sahifalarida Hazrati Aisha va Hazrati Ali radiyallahu anhum rivoyat qilgan hadis. Shu hadisda Sarvari olam sallallahu alayhi sallam’ning tashqi ko’rinishlari aytib berilgan ekan. O’qidim, o’qidim va yana o’qidim. Ular, men Payg’ambarimni tushimda qanday ko’rgan bo’lsam, huddi shunday ta’riflab bergandilar.
Bu kitob ham men uchun bir mo’jiza. Payg’ambarimni yanada yaqinroqdan tanishimga sababchi bo’ldi. Kitobni o’qib, huddi saodat asrida yurgandek bo’ldim. To’g’rirog’i kitobni ichiga kirib qoldim. Zamzam, fil voqeasi, Abrahaning o’limi, Hazrati Abdullah’ning o’rniga qurbon qilingan 100 tuya, Payg’ambarim dunyoga kelishlari, Hazrati Amina, Hazrati Hadicha, Hazrati Aisha, Hazrati Asma, Hazrati Abubakr Siddiq, Hazrati Ali, Hazrati Umar, Hazrati Hamza.
Uhud va Badirni o’qib huddi Sahobalarga qo’shilib men ham mushriklar bilan jang qilayotgandim. Badirda Jabroil alayhissalom 3.000 farishta bilan birga kelib kofirlar bilan jang qilganichi? SubhanAllah, osmonga “Allah’ning arsloni Hamza” deya yozilganichi? Sa’d bin Muaz, Ansarning eng fazilatlisi, uning janozasiga kelgan 70.000 farishta va vafotidan sabab Rohmanning Arshi titragani. Ey buyuk Robbim, mo’jiza bular! Saodat asrida nimaki bo’lgan bo’lsa har biri yozilgan. Hayajonim kun sari orta boshladi.
Shu orada onam va Ali ham Istanbulga qaytdilar. Biz uchun yangi hayot boshlandi. Men kitobimni o’qishda davom etdim. Ora-orada yana bir necha marotaba gul Nabiy sallallahu alayhi va sallam tushlarimni nurga to’ldirdilar. Birida, masjid al Nabaviyda aylanib yurgandim. Qabri Sharif yonida, bir marmar ustun ustiga meni yotqizib qo’yishgandi. Masjid al Nabaviyda o’lgandim. Sarvari olamning qabrlariga qaragan xolda yotardim. Ularning qabrlari bilan oramizda bir necha qadamchalik masofa bor edi.
Shu payt yonimga kimdur kelib, yelkamga qo’lini qo’ydi, yana Rasulim. Allahumma solli a’la Sayyidina Muhammad. Masjidda aylanib yurgan mening ruhim ekan. Marmar ustidagi esa janozam. Sarvari olam menga qarab tabassum qildilar. Bu safar birinchi kundagi kabi ko’rolmadim. Faqatgina nur edi.
Ba’zi kunlar esa Sahobai kiromni ko’ra boshladim. Abu Bakr Siddiq. Yuzlarini ko’ra olmagan bo’lsam ham, juda hayratlandim. Chiroy, asolat, jasurlik har biri bor. Kiyimlari, bellaridagi qilich, to’g’risi ta’rifga ojizman. Rasulimni ham qayta ko’rdim. Bellarida bir qilich, ot ustida shunchalar tezlik bilan ketayotgandilarki, yer yuzi titrayotgandi. Ustilarida bir kiyim, uzun va oppoq. Shamolda uchishini bir ko’rsangiz. Tushlarimda har kuni ot ko’ra boshladim. Bilasizmi ot Muroddir. Hayrli bir ish va yuksak martabaning habardoridir. Yana bir mo’jiza sari olib borayotgandi bu tushlar meni. Lekin bu mo’jiza dunyo hayotidagi nasibam edi.
Alif Lam Mim.
Mana shunday tushunilmas xoldaman.
Hijratim sengadir Ey Yor.
Men senga Muhajirman, Sen menga Ansar.
Mana shu so’zlarda aytganim kabi, men yorimga hijrat qilishim kerak edi. Muhajirlar Yasribga ya’ni Madinaga hijrat qilganlari kabi. Kitobni o’qigach menda, Makka va Madinaga bo’lgan sog’inch boshlandi. Kundan kunga Robbimga yolvora boshladim;
“Allah’im, meni ham chaqirgin. Yuragim to’la og’riq. Qalbimni bu azobdan halos etgin Robbim!”
Qanchalar yolvorganimni tasavvur ham qilolmaysiz. Ko’z yoshlarim qo’llarimga to’lib, yig’layverganimdan nafasim orada tohtab qolardi. Lekin baribir, du’alarimning qabuliga ishondim.
Yil 2020.
Va yana Yanvar oyi.
Men yana yolvorishda davom etardim. Albatta bir habar kelishini bilardim. Sabrdan bir uy insho etdim va shu uyda yashadim. Bir yaqinimizning maslahati bilan, Inzar nomli turizm firmasiga bordik onam va men. Ajva va zamzam bilan kutib oldilar. Ajva? Umrimda birinchi marotaba yedim. Zamzam? Umrimda birinchi marotaba ichdim. Dasturxon ustida yana bir zamzam bor edi. Ko’zimni shu zamzamga tikdim. Turizm firmasidagi rahbar, Allah ulardan rozi bo’lsin isimlari Seyyid. O’sha zamzamni menga uzatdilar. Uni ham ichdim alhamdulillah. Madinadan kelgan edi, ichmay qo’yarmidim?
Seyyid aka bizga Makkani va Madinani ta’riflab berdilar. Huddi kitobimdan o’qib berayotganday tuyildi. Nimaki o’qigan bo’lsam, barchasini aytib berdilar. Ko’zlarimga yosh kela boshladi. Sabrsizlanib ketayotgandim. Makka haqida gap ketayotganda;
“Makkaga borgach ehtiyot bo’lishingiz kerak, chunki u yerda hali ham Abu Jahillar bor. Mahramsiz tashqariga chiqish havfli!” dedilar. Ularning har bir tavsiyalarini diqqat bilan eshitib, qabul qildim. Va ketish kunini tanladik. Bu oy. Bu oymi? Bu oy... Birinchi istiqomadimiz Jeddah so’ngra Makka. Hayajondan qo’l oyoqlarim titray boshladi. Hursandligimdan Seyyid akaga raxmat aytib quchoqlab olgim keldi. Shunchalar hursand edim. Qalbimdagi shukrim Rohmanning Arshiga qadar eshitilib, go’yoki farishtalar ham men bilan birga hursandchilik qilayotgandilar.
Bu Yanvar oyi juda ko’p mojarolarga to’la bo’ldi. Yana shu oydamiz. Seyyid aka, yonimizda bir erkak mahram bo’lmay turib ketolmasligimizni aytgandilar. Biz esa mahram qidirishga tushdik va Toshkentdagi holamning juftlari bilan birga borishga qaror qildik. Bir necha kundan so’ng Seyyid akadan habar keldi. Hujjatlarda ozgina muammo bo’layotgan ekan. Kun sari qandaydir bir muammolar chiqib kelayotgandi. Eng ohiri onam “Ketmaymiz, nasibamizda yo’q. Men charchadim!” dedilar.
Lekin men umidimni uzmadim. Yana ozgina sabr qilishimizni qayta-qayta iltimos qildim. Onamni ko’ndirish juda qiyin bo’ldi. Men sezayotgandim, Robbim meni ozgina qiynayotgandi. Unga yanada ko’proq yolvorishimni istab, sabrimni juda qattiq sinadi. Va bu orada Undan aslo umid uzulmasligi kerakligini ham o’rgatdi menga. Yanvar oyining 10-kuni, Seyyid akadan qayta habar keldi. Aslida men ularga tinmay yozib, jonlariga tegdim. Onamni sabrlari esa tugab bo’lgandi. Seyyid aka esa telefonda “Tayyorlaning, 14-Yanvar kuni safar bor!” dedilar.
14-Yanvarmi? Atigi 3 kun qoldi. Biz darhol tayyorgarchiliklarga boshladik. O’sha kuni, yana Seyyid akadan telefon keldi. Ular har telefon qilganda qo’rquvdan yuragim urishining ovozini eshitayotgandim;
- Samalyotda joy qolmadi. Ketolmasangiz kerak.
Shu 5 jumlani eshitib nafasim tohtab qoldi. Shu payt esa;
- Hazil, tezroq tayyorlaning. Safar ertaga.
Ertagami? Robbim, yuragim. Endi qarang. Bu ham bir mo’jiza emasmi? 3 kun qanday o’tadi deya sabrsiz xolda o’tirgan paytim, Robbim meni kuttirmadi va 3 kun bo’lmasidan chaqirdi. 14-Yanvar kuni uchishi kerak bo’lgan samalyotda joy qolmadi va biz 12-Yanvar kuni ketadigan bo’ldik.
Yanvar oyining 12-kuni. Hamma narsa tayyor. Aeraportga bordik, ihromga kirdik. Seyyid aka bizni kuzatib yubordilar. Vaaa... Jeddah shaxriga yetib keldik. U yerdagi aeraportni bir ko’rsangiz. Pasport kontrolda faqatgina ayollar ishlar ekan, ularning barchasi niqobda. Ko’rib juda havasim keldi. Jeddah shaxridan, Makka shaxriga yetib bordik va mehmonxonaga joylashdik. Soat ancha kech bo’lib qolgandi. Bir necha soatdan so’ng bomdod namozini o’qidik va Ka’baga borish uchun tayyorlandik. Ah... Ka’bam...
Qanday go’zal yarashgan ko’ylaging senga,
Sog’inchim qalbimni tirnaydi Ka’bam.
Sen tomon borsam, seni tavof etsam,
Hajar ul Asvadni o’pib, hidiga to’ysam.
Ko’zlarim seni qidirar Ka’bam,
Sog’inchim qalbimni tirnaydi Ka’bam.
Biz qolayotgan mehmonxonaga bir necha daqiqalik masofada edi Masjid al Haram. Yo’lda, ovozimni chiqarmay jimgina yig’lab ketdim. Yo’q, yo’q. Bu yig’i emas daryo. Vaa... Yetib keldik. Oyoq qo’lim qaltiragan xolda mashinadan tushdim. Hayajondan o’lib qolmasam bo’ldi deya du’a qilayotgandim.
Tilimdan to’kilayotgan Labbayklar qalbimga sanchilayotgandi. Takbirlar, tavhidlar va hamdlar bilan yurib borayotgandim qalbim tomon. Bilasizmi, Ka’bani ilk marotaba ko’rilganda qilingan har bir du’a maqbuldir. Dunyo hayoti yoki ohirat hayoti uchun nimaki so’rasangiz, Allah albatta qabul qiladi. Orada hech qanday bir parda bo’lmay turib, har bir iltijoga lutuf etadi. Asta sekin yura boshladim. Qanot chiqarib, uchib borgim keldi. Chunki yurishga kuchim qolmagandi. Oyoq qo’llarim yana ham ko’proq qaltirayotgandi. Safa va Marva yo’lidaman. O’ng tomonimdagi zinadan ikkinchi qavatga chiqdim.
“Zamzam ich Emina!” dedi rahbar.
Icholmadim, tezroq Ka’baning chiroyi ila qalbimni huzurga to’ldirishni xohlayotgandim. Qo’llarim bilan ko’zlarimni yumib oldim, ko’z yoshlarimni ko’rishlarini xohlamayotgandim. Vaa... Keldim. Ko’zlarimni ochdim. Ka’ba qarshimda.
Allahu Akbar.
Umri davomida bir marotaba ham meva yemagan bir insonga uning ta’mini qanchalar ta’riflasangiz ham, yeb ko’rmaguncha bilolmaydi. Hozir, mening ham sizlarga Ka’bani ta’riflab berishim yetarli bo’lmaydi.
Ka’ba.
Haybatli, nurli, asolatli va muazzam. Juda o’zgacha bir chiroy bilan qarshimda edi. Ko’zlarimni ochishim bilan ko’z yoshlarim daryo bo’lib oqdi ishoning. Qaltirashimni ko’rsangiz. Men bunday go’zallik bilan uchrashaman deb o’ylamagandim. Shunchalar nurli ediki, ko’zlarimni qayta yumib oldim. Quyosh huddi Ka’baning ustida turib nur sochayotganchalik nurli edi Ka’ba. Qora rang qanchalar yarashgandi unga. Ustida tilla iplardan yozilgan oyatlar, asmolar va du’alar. Ochdim qo’llarimni, qaltirashini ko’rsangiz. Nima deyishim kerak edi? Du’alarimni yodlagandimku. Barchasini unutib qo’ygandim. Dunyodagi eng buyuk hamdlarni, shukurlarni taqdim etdim Robbimga.
Kechir... Mana shu so’zni necha marotaba takrorlaganimni bilmayman. Juda ko’p du’alarim bor edi. Lekin eslolmadim. Chunki o’sha du’alarimdan ham yanada go’zalroq du’alar nasib etdi Robbim. Yana bir necha so’zlar aytdim Unga, ular Robbim bilan oramda bir sir. Dunyo hayoti uchun hech narsa so’ramadim, chunki Ka’bani ko’rgan zahotim vallahi dunyoni unutdim. Ohiratga bo’lgan sog’inchim o’sha payt shiddat bilan boshlandi. Birinchi qavatga tushdik. Ka’ba tomon borayotgandim. Tavof niyatini qildim va tavofga qo’shildim. Ko’zimni Ka’badan uzolmayotgandim. Shunchalar haybatli va baland ediki, hayratim yanada oshdi. Men avval tasvirlarda ko’rgan Ka’ba emasdi bu. Haybatini bir ko’rsangiz. Juda baland va juda katta. Unga yanada ko’proq yaqinlashishni istadim lekin atrofida insonlar shunchalar ko’p ediki, yetib borolmadim. Maqomi Ibrohim, hijri Ismoil alayhimussalom. Ularni ko’rmadim ham, chunki ko’zimni Ka’badan uzolmayotgandim. Juda yaqin edi menga. Lekin qo’llarimni uzatolmadim.
Tavof tugadi. Sa’y vaqti keldi. Huddi men Ka’bani butunlay tark etayotgandek bo’ldim. Tavof namozini o’qib, zamzam ichdim. Yana ikkinchi qavatga chiqdim. Safa va Marva yo’lida, sa’y boshlandi. Huddi qayergadir shoshib ketayotgandim. Yonimda onam va Ali. Atrofimda, insonlar keltirayotgan takbir va tavhid sadolari. Tavakkul, taslimiyat va xar bir yo’limda zamzam. Qalbim shunchalar hursand ediki, jo’shib bayram qilayotgandi. Uning har bir zarrasida gullar ochayotganini sezardim. Hushbo’y hidlari ruhimni o’rab olayotgandi. Sa’y ham tugadi va ihromdan chiqdim.
Shunday qilib, birinchi umramiz tugadi. Mehmonxonaga qaytib, bir oz dam olgandan so’ng tahorat yangilab, Masjid al Haramga yana qaytdik. Ka’ba xovlisiga kirgach, yana u tomon bordim. Uning atrofi odamlar bilan to’la edi. “Qanday qilib yetib boraman unga?” dedim va tinmay;
“La havla va la quvvata illa billahil aliyyil aziym” deya boshladim. Shu payt odamlar menga yo’l ochib berayotgandi. Va... Ka’bam meni bag’riga bosdi. Uning asolati oldida shunchalar ojiz edimki, uyalgan xolda unga qo’llarimmi uzatdim. U juda muzdek sovuq va undan mushkambar hidlari kelayotgandi. O’pdim, tinmay o’pdim. Haybatini ta’riflashga til ojiz. Hidiga to’yolmadim.
Men Ka’baning haybatini, asolatini va chiroyini ko’rgach shunchalar hayratlanib, uning qarshisida ojiziyatga ko’milgan bo’lsam, Ka’baning Sohibi bo’lgan, Robbimning huzuriga chiqgach qanday ahvolda bo’laman? Ka’baga shunchalar muazzam go’zallik bergan Allah, O’zi qanchalar go’zaldir? SubhanAllah. Ertasi kuni, yana bir mo’jiza. Ka’baning eshigi tagiga borishga niyat qildim. Yetib borish shunchalar qiyin ediki, qo’llarimni huddi Robbimga uzatib, yetolmayotgandim. Orqaga qaytdimmi? Yo’q albatta. Yarim soat o’tdi, bir soat o’tdi va yetib bordim. Juda qiyin edi, chunki atrof odamlar bilan to’la. Va men endi eshik tagida edim. Ta’rifiga ojizman, meni ma’zur ko’ring. Robbimning, uyining eshigi edi bu. Qanday ta’riflashim mumkin? Qayta-qayta tavbalar qildim. Qilgan barcha gunohlarimdan afsuslanayotgandim.
Hato qilgan bir qul, avvallari hatosini tushunib yetmaydi. So’ng Allah azza va jalla unga jazo yuboradi. O’sha hatoni qayta takrorlamasligi uchun. Bu faqatgina Allah tomonidan sevilgan qullar uchun bir ne’matdir. Eng qizig’i, Allah meni sevadimi? Buni ko’p marotaba o’yladim. Tafakkur qildim, agar sevmasa, O’zidan uzoq va dunyoga yaqin qilardiku. Men esa kun sari dunyodan yana ham ko’proq nafratlanayotgandim. Avvalgi hayotim ko’zimga juda jirkanch ko’rinardi. “Mayli, muhimi tavba qildim. Eslashning bir foydasi yo’qku” derdim.
Bir insonga, tavba qilganidan so’ng o’tmishidagi gunohlarini eslatmang. Tavba qilgan bo’lsa, Allah albatta kechiradi. Agar Allah uni kechirgan bo’lsa, gap tamom. Sizning eslatmangiz shunchaki o’zingizga zarar bo’lib qoladi. Allah va qulining orasiga kirishlik eng katta hatodir. “Avval kim eding?” deyishlik ham. Muhimi avval kim bo’lganligi emas, xozirda kimligi ham emas. Muhimi qabrga kim bo’lgan xolda kirishidir.
Ka’badagi namozlarim.
Buni ta’riflash qanchalar qiyin. Azon ovozi, shunchalar go’zalki, go’yoki Hazrati Bilolning ovozlaridan eshitayotgandim. Bu ta’rifsiz tuyg’u. Mayin esayotgan shamol yuzlarimni, ro’molimni va ko’ylagimni silab, atrofimni o’rab olayotgandi. Shu shamolga qo’shilayotgan, Ka’ba imomining Allahu Akbar sadosi. Ka’ba xovlisida va tashqarisida necha mingta odam bor bilmayman. Lekin, imomning birgina takbiri ila har biri huddi Allah’ning askarlari kabi bir tekisda terilib qiyomda turardilar. Va yana Allahu Akbar sadosi ila rukuga va sajdaga borardilar. Imom qayta takbir keltirmaguncha sajdadan bosh ko’tarmasdilar. Ular orasida men ham bor edim. Hattoki farishtalar ham bor edi. Ba’zilari inson qiyofasida, ba’zilari Ka’ba atrofida uchayotgan qush qiyofasida va ba’zilari esa ko’zga ko’rinmas edi. Farishtalar bilan birga namoz va Ababil qushlarini bir ko’rsangiz, tinmay Ka’bani tavof qilayotgandilar.
Men bundan avval ko’p marotaba masjidlarda jamoat ila namoz o’qigandim lekin bunchalar ko’p jamoatni ko’rmagandim. Va u masjidlar, Masjid al Haram emasdi. Seyyid aka bilan birga yana bir marotaba umra qildik. Sa’y qilayotganda javshan o’qiyotgandik. Baland ovozimiz bilan tinmay Allah’ning go’zal isimlarini takrorlab, masjiddagilarning e’tiborini tortayotgandik. Tabassumlarini bir ko’rsangiz.
Seyyid aka bizga bo’lgan bir voqeani aytib berdilar. Usmoniylar davrida, taom tayyorlashi uchun bir askarga go’sht olib kelishini buyurdilar. Askar go’sht olgani bordi va oldi. Qaytayotganda, ko’zi Ka’baga tushdi. Qarasa, Ka’baning atrofi tanho. “Shu Ka’bani bir tavof qilay” deb tavofga boshladi. Tavof tugagandan so’ng namozini o’qib, yo’lida davom etdi. Borib, go’shtni oshpazga berdi. Oshpaz esa, go’shtni bir qozonga qo’yib, tagini yoqdi. Bir qancha vaqt o’tdi, qarasa go’sht pishmayabdi. Yana kutdi. Qarasa yana o’sha ahvol. Kutdi, kutdi yana kutdi. Go’shtda hech qanday o’zgarish yo’q edi. Eng ohiri boshliqqa habar berdi. Boshliq boyagi askarni chaqirtirib go’shtni olgandan so’ng nima qilganini so’radi. Askar esa;
⁃ Go’shtni olib qaytayotganimda Ka’ba tanho edi. Bir tavof qilib keyin ketaqolay dedim. Go’shtni quchoqlab, tavof qilib, namozimni o’qib qaytdim. Boshqa hech narsa qilmadim. Boshliq hayratlandi va ko’z yoshlari bilan;
⁃ Qarang! Allah azza va jalla, Ka’bani tavof qilgan jonsiz bir go’shtni ham olovda yoqmadi.
Shunday ekan, uni tavof qilgan bir insonni Jahannam olovida yoqadimi?
Arofat.
Jabal ar Rohmah. Rohmat tog’i. Hazrati Odam va Hazrati Havva alayhimussalom Jannatdan chiqarilgach, bir muddat birbirlaridan uzoq qolib va nihoyat mana shu yerda uchrashgandilar. Hazrati Odam alayhissalom mana shu yerda tavba qilgandilar va mana shu yerda qabul bo’lgandi tavbalari.
Tog’dagi toshlarga ko’zim tushdi. Har biri juda katta va Hazrati Odamning zamonlaridan buyon o’sha yerda edi. Bir necha kundan so’ng yana bir mo’jiza. Men Allah’dan kelgan har bir ne’matni mo’jiza deb bilaman. Vaqtida, menga bir Hiro kerak va Abu Bakr Siddiq radiyallahu anhu kabi sodiq bir do’st degandim. Hiromni topdim, do’stim esa Allah. Endi do’stim bilan birga Hiro tomon yo’l oldik. Kechki payt. Hayajonim yanada ortdi. Yuqoriga chiqgach, xuddi Payg’ambarimni ko’rib qoladigandek hayajon ila ketayotgandim. Yetib keldik.
Qarshimda Jabal an Nur. Nur tog’i. Haybatini ko’rib, hayratim yanada oshdi. Hammayoq qorong’u. Toshdan zinalar qilingan. Tog’ning balandligi 642 m. Hiro esa, mana shu tog’ning eng tepasida joylashgan bir g’or. Basmala bilan boshlab, asta sekin chiqa boshladim. Zinalar ham oddiy zina emas, har biri ancha baland. Yetib keldim.
Hiro.
Makkalik mushriklardan qochib, doim shu g’orga kelardilar Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam. Hattoki bir necha oylab qolardilar. Hadicha radiyallahu anha esa, ularga doim yegulik olib kelardilar. Yil melodiy 610. koinotning Fahri 40 yoshdalar. Nur sukut ichida. Mayin shamol. Birinchi vahiy kelishiga ozgina qolgandi. Allah’ning vahiy elchisi Jabroil alayhissalom olib kelayotgandi bu vahiyni. Juda sevinchli edi Jibriyl. Koinotning Fahri, Allah’ning Habibi, so’ngi Payg’ambar Muhammad sallallahu alayhi va sallam ila uchrashgani kelayotgandi.
Va... Go’zal bir inson qiyofasida keldi;
- O’qi! dedi.
Nur Nabiyni qo’rquv va hayrat o’rab oldi. Qalblari titrayotgandi;
- Men o’qishni bilmayman... dedilar.
Ummiy edilar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam. O’qish va yozishni bilmasdilar. “Onadan yangi tug’ilgandek” deganidir Ummiy. Hazrati Jibriyl esa ularni qattiq quchoqladi va siqib qo’yib yuborgandan so’ng takroran;
- O’qi! dedi.
Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam takror;
- Men o’qishni bilmayman... dedilar.
Jibriyl ularni takror quchoqladi va siqib qo’yib yubordi;
- O’qi!
Bu safar Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
- Men o’qishni bilmayman, ayt nima o’qishim kerak? dedilar.
Shundan so’ng sharafli farishta Jibriyl, Alaq surasining oyatlarini ohiriga qadar o’qidi;
- Yaratgan Robbing nomi bilan o’qi! U insonni alaqdan yaratdi. O’qi! Va Robbing eng karamlidir. U, insonga qalam bilan yozishni o’rgatgandir.
Mana shu oyatlarni Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam ham takrorladilar. Hayajon va qo’rquv orta boshladi. Endi, nozil bo’lgan mana shu oyatlar, Allah Rasulining tillariga va qalblariga joylashib olgandi. Hazrati Jibriyl esa vazifasini bajargandi va shu payt birdan g’oyib bo’ldi.
Hironing toshlariga qo’lim tekganda, qandaydir ajoyib hayajon sezdim. Chunki bu toshlar o’zgarmagandi, Payg’ambarimning qo’llari tekgan toshlar. Hiro esa, juda tor bo’lishiga qaramay o’zgacha huzur berayotgandi. Atigi ikki kishi sig’adiganchalik kichik edi. Biz Hiroga chiqganimizda, faqatgina 2-3 kishi o’tirgandi. Qaytishimizda esa, odamlar kelishini bir ko’rsangiz. Aslida u yer doim odamlar bilan to’la bo’lib, Hiroga kirish uchun avval navbatga turish kerak ekan. Biz chiqganimizda esa, yuqorida aytib o’tganimdek 2-3 kishi bor edi va hech qanday navbat ham kutmadik. Bu ham bizga Allah’dan bir lutuf edi.
Yana Ka’bada bir kunim. Seyyid aka bir idishda to’la ajva olib keldilar bizga. Juda barokatli ekan qolganini Haramdagilarga tarqata boshladim. Bir joyda turdim. Odamlar o’zlari kelib olayotgandilar. Hayratlandim, ajva shunchalar barokatli ediki, tugamayotgandi. Shu payt bir Sheyh;
- Ya Haji! dedi menga.
O’girilib salom berdim. Ajvadan bir dona oldi va cho’ntagidan bir qog’oz chiqarib berdi. Ochib qaradim va faqatgina menga bergani meni hayratga soldi. Qog’oz ichiga, 3 ayol surati chizilgan. Go’yoki ulardan 2 tasi hijobda. Lekin eng ohiridagi ayol. Ko’zlari ham ko’rinmayotgandi. Qog’ozda, Allah buyurgan hijob aslida qanday ekanligi yozilgandi. Va shu surat bilan ko’rsatilgandi. Bu menga bir ishora emasmi? Robbim hijobimdan rozi emas.
Ka’ba qarshisida o’tirgandim, bir payt baland bo’yli, haybatli, oppoq kiyimda, uzun soqolli bir inson oldimdan o’tdi. Tahminan ellik yoshlarda bo’lsa kerak. Lekin qaddi tikka va bo’yi juda baland. Yuzida juda o’zgacha tabassum. Ko’zimni undan uzolmadim. Qo’lida bir hassa, atrofidagilar bilan quchoqlashib salomlashayotgandi. Ko’zimni undan uzolmaganimni sababi, u inson shunchalar go’zaldiki, vahima qilmay aytaman, undan nur taralib turardi. Yuzlari ham oppoq va nurli edi. Buni aytishimdan sabab, Allah ba’zi insonlarga shunday bir chiroy beradiki, ularni ko’rgach huddi men kabi hayratlanib qolasiz. Buning sababi, Allah’ga bo’lgan chin sevgi va taqvo. Shu ikkisi insonning qalbini ham tashqi ko’rinishini ham shunchalar o’zgartirib yuboradiki, unga qaragach Allah’ni eslaysiz.
Ka’ba bilan xayrlashish vaqti keldi.
Bu orada menda bir o’zgarish bo’ldi. Bir tomondan hayajon, bir tomondan esa sevinch. Seyyid aka mendan niqob taqishimni iltimos qildilar, Umra safarimiz tugagunga qadar. Taqdim va menga juda yoqdi. Aslida Istanbuldaligimda ham taqib ko’rgandim. O’sha payt ham juda yoqgandi. Va shu niqobimni olib kelgandim Makkaga. Vaqtinchalik taqdi deb o’yladilar Seyyid aka. Lekin vaqtinchalik emas, butunlay taqgandim. Niqobim bilan birga Ka’ba tomon yo’l oldim. Makkada ohirgi kunimiz. 11-kun. Shu 11 kun ichida, Hajarul Asvadga yaqinlashish uchun qilgan harakatlarimni tasavvur ham qilolmaysiz. Odamlar unga yetib borish uchun birbirlarini urib, itarib yuborayotgandilar. Seyyid aka aytgandilar, Hajarul Asvad oldiga boraman deb jonidan ayrilganlar ham bor ekan.
Unga yetish mana shunchalar qiyin edi. U shunchaki bir tosh lekin, Jannatdan keltirilgan tosh. Kim olib kelgan uni? Albatta, Ruhul Qudus Hazrati Jibriyl. Vaqtida uni kim o’pgan? Albatta, Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam. So’ngra? Sahobalar. So’ngra? Avliyolar. 11 kun ichida bir marotaba ham yetib borolmagandim unga. Bir marotaba ham tegolmagandim, bir marotaba ham o’polmagandim. Alini qanchalar yig’laganini bir ko’rsangiz;
“Allah’im iltimos bir marotaba qo’limni teqqizay, bir marotaba o’pay. Atigi bir marotaba…” deya rossa yig’ladi. Eng ohirgi kun, bomdod vaqti. Yonimda onam va Ali. Bomdod namozidan so’ng, barcha erkaklarni Ka’ba oldidan uzoqlashtirib, ayollarni chaqirdilar. Namoz vaqtida ayollar yaqinlashishi mumkin emas. Ular namozni tepada o’qirdilar, erkaklar esa Ka’ba atrofida. Hullas, Ka’ba oldida navbatda turibmiz. Bir yarim soatdan so’ng…
Atigi 3 soniya. 3 soniya ichida unga tegdim va o’pdim. Alining hayajonini ko’rsangiz. Hajarul Asvadga bo’yi yetmay qoldi. O’sha yerdagi bir askar Alini ko’tardi va Ali ham nihoyat uni o’pdi. Bu ham bir mo’jiza. Bu baxtni, ohirgi kun nasib qilgandi Allah bizga. Har bir go’zallikning o’z vaqti bor;
Gul o’z vaqtida ochgani kabi.
Quyosh va Oy o’z vaqtida chiqgani kabi.
Daraxtlar o’z vaqtida meva bergani kabi.
So’ngi tavof, so’ngi namoz. Ko’zimda yosh. Qalbimda og’riq. Buni ta’riflashning iloji yo’q.
Habibim tomon.
Ertasi kuni Madinaga yetib bordik. Ko’zlarim yashil qubbaga tushdi. Yana o’sha hayajon, yana o’sha titroq va yana o’sha yig’i. Hattoki yana ham ko’proq. Va ko’z yoshlarim niqobim tagidan suzilayotgandi. Qalbimda tinmay salotlar va salomlar. Mehmonxonaga borib, tahorat yangilab, masjid tomon yurib borayotgandim. Atrofni tozaligiga va havoga juda hayron qoldim. Bu tozalikni, sukutni, huzurni va havoni Makkada uchratmagandim.
Ka’baning go’zalligi juda o’zgacha. Makkada esa Abu Jahil va Abu Lahab kabi Ummatning firavunlari yotardi. Shuning uchun u yerning ko’chalarida bunday huzur yo’q edi. Madinadachi? 10.000 Sahoba shu yerda. Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam ham shu yerdalar. Shundan sabab Madina juda o’zgacha bir huzurga, tozalikga va sukutga ega edi. Hech qanday shovqin yo’q. Faqatgina qush va shamol ovozi. Habibini bezovta qilmasliklari uchun, Allah butun Madina aholisiga sukutni buyurgandi go’yo. Vaa... Keldim. Yashil qubbaning tagidaman.
Assalamu alayka ayyuhannabiyyu va rohmatullahi va barokatuhu. Ya RasulAllah! Ya HabibAllah! Ya NabiyyAllah! Ya SafiyyAllah! Ya Nura Arshillah! Ya Zayyanahullah! Ya Imamal Muttaqiyn! Ya Sayyidal Mursalin! Ya Shafial Muznibin! Ya Rasula Robbil alamin!
Kunlardan Juma. Madina va masjid al Nabaviy juda go’zal. Men baxtliman. Boshqa qanday ta’riflashim mumkin? Eng go’zali esa, Fahri koinot ila oramda juda ozgina masofa bor. Tezroq ichkariga kirib, vaqt tohtab qolishini istayotgandim. Afsuski, ayollar faqat kechki payt kirishi mumkin ekan. Ungacha men nima qildim? Vaqt o’tmayotgandi. Masjid ichida bir u tomonga, bir bu tomonga yurayotgandim. Juma namozi, Juma hutbasi. Hayolimda faqat bir narsa, tezroq Jannat bog’iga, Payg’ambarimning yonlariga kirishim kerak va shuni o’ylab imomning hutbasini xam eshitmayotgandim.
Bir u yerga bordim, bir bu yerga bordim, vaqt tezroq o’taqolmadi. Masjid katta bo’lishiga qaramay men hech qayerga sig’olmayotgandim. Tashqaridan qaralgach, qalban nima yashayotganim hech ham sezilmayotgandi. Masjid al Haramda va masjid al Nabaviyda yashagan hissiyotlarimga faqatgina Allah va qalbim guvoh. Va shu hissiyotlarimni so’zlar bilan ta’riflab berolmayabman sizlarga.
Bu aytib berganlarimni o’qigach qanchalar hayajonlandingiz a? Hattoki ko’z yoshlar bilan o’qib, qalbingizda sog’inch paydo bo’ldi. Lekin menchi? Meni sog’inchim siznikidan ham ko’proq. Chunki u yerlarga bormagan inson bir borsam deydi, bir borgan esa ming borsam deydi. Afsuslarim ko’p. Qani edi, shu 1-2 soatlik uyquga ham ketmasdan, shu 1-2 soatlik vaqtimni ham Allah’ga, Ka’baga va Payg’ambarimga sarflasam edi. Sog’inchim qanchalar azob berayotganini bir bilsangiz.
Allah’ga bo’lgan sevgi juda o’zgacha. Agar U qalbingizga kirsa, Undan o’zgasiga joy qolmaydi. Qolganlarni esa faqatgina Uning rizosi uchun sevasiz. Lekin bir qalbda ikki sevgi bo’lmaydi. Ahir Uning rashki bor. Uni sevib qolganingizni qayerdan bilasiz aytaymi? “Allah” Mana shu isimni eshitgach qalbingiz titraydi va qalbingizga qo’shilib butun badaningiz sizga bo’y sunmay qoladi. Uning oyatlarini eshitgach, ko’z yoshlaringizga hukm berolmaysiz. Tohta desangiz ham tohtamaydilar. Qalbimga bir o’q kabi sanchilgan so’zlarni aytaymi?;
“Ey Jannat ahli, sizga salomim bo’lsin.
Qani? Qani Meni ko’rmay turib Menga iymon keltirgan qullarim qayerda? Qani? Meni ko’rmay turib Menga muhabbat ila bog’langan qullarim qayerda?”
Mana shu so’zlar qachonki hayolimga kelsa, ko’z yoshlarim bo’y sunmay qoladi menga. Mana shu so’zlar qachonki hayolimga kelsa, Robbim Jannatda mana shu so’zlarni aytayotganda, shu Jannat ahli orasida men ham bo’larmikinman deb orzu qilaman.
Qizlardan salot va salom yig’gandim. Mana shu salot va salomlarni yetkazishim kerak. Kechki payt, masjid ichidamiz. Ayollarni ko’pligini ko’rsangiz. Chaqiruvni kutayabdilar. Ular orasida men ham borman. Men ham o’sha chaqiruvni kutayotgandim. Vaa.. O’sha chaqiruv keldi. Payg’ambarim tomon yugurib ketayotgandim. Yana niqobim tagidan suzilayotgandi yoshlarim. Hayajondan qalbim tohtab qolishidan qo’rqayotgandim. Masjid juda katta. Vaa... Jannat bog’iga keldim;
“Uyim va minbarim orasi, Jannat bog’laridan bir bog’dir va minbarim Jannat bog’larining ustidadir”
Sarvari koinot sallallahu alayhi va sallam.
Jannat bog’i, yashil gilam. Allah’im!!! Qarshimda esa Rasulimning minbarlari. Eng go’zali esa, chap tomonimda, qalbimga yaqin xoldalar Rasulim. Allahumma solli a’la Sayyidina Muhammad. Ishoning, nutqim tutildi. Go’yoki vaqt tohtab qoldi men uchun. Ovozim chiqmay qoldi. Faqatgina qalbim gapirayotgandi. Hamdlar, shukurlar, salotlar va salomlar. Omonat qilib olgan salot va salomlarimni ham yetkazdim. Barcha din birodarlarim uchun du’a qildim. Ayollar shunchalar ko’pki, namoz o’qishga joy yo’q. Bu yerda namoz o’qish. Eng katta orzularimdan biri. Chunki bu yerda, Payg’ambarimning yonlarida namoz o’qishlik, Jannatda o’qishlik kabidir. Chunki u yer Jannat bog’laridan bir bog’dir. Sahobalarning ham peshonalari tekgan edi bu yerga. Allah’im…
Yo’lim ochildi, namozga boshladim. Ko’zlarim negadur olov kabi yonayotgandi. Bu ko’z yoshlar jonimga tega boshladi. Bunga ishonasizmi yo’qmi, men eshitdim;
“Hush kelibsan qizim…” deganlarini eshitdim.
Allah’im… Bu qanday baxt? Bu qanday lutuf? Loyiqmanmi bunga? Ortimda shuncha gunoh bo’la turib, qanday keldim bu yerga? Men nima qildim Allah’im? Bu baxtga loyiq bo’lishlik uchun nima qildim? Hech qanday yaxshilik qilmadimku. Hech qanday bir solih amalim yo’qku. Qanchalar mehribonsan Allah’im. Sen uchun hech qanday bir fidokorlik qilmagan menga, eng buyuk ne’matlarni berding. Ojizman Allah’im. Mana shunchalar ojizman qarshingda.
Endi mendan ham baxtli inson yo’q edi bu dunyoda. Go’yoki qanot chiqarib uchayotgandim osmonda;
Emina! Gunohlardan uzoqlash. Dunyo ila orangga, Rohmanning Arshichalik masofa qo’y. Haddingni bil, ojiziyatingni bil. Robbingning mana shu ne’matlarini aslo unutma. Jannat tomon intil, Robbing tomon intil, Habibing tomon intil. Aslo aldanma. Nafsingga yengilma. Al Vadud bo’lgan Robbing uchun kurash. Ehtiyorlaringni tark et. Al Hamid bo’lgan Robbingni ulug’la. Va sabr qil. Har bir zarrangni yaratgan Robbing hurmati sabr qil. Robbing Al Qayyum’dir. Robbing As Somad’dir. Robbing Al Qadir’dir. Rohman va Rohiym’dir. Seni aslo tashlab qo’ymaydi. Sen, mana shu zolim dunyoning foniy ekanligini va shu zolim dunyoda shunchaki bir inson ekanligingni aslo unutma.
Seyyid aka bilan birga yo’lga chiqdik.
Qarshimda Jabal Uhud. Uning Fahri koinotga bo’lgan muhabbati juda o’zgacha edi. Bir kuni Habibullah sallallahu alayhi va sallam, Hazrati Abu Bakr Siddiq radiyallahu anhu, Hazrati Umar radiyallahu anhu va Usmon radiyallahu anhu bilan birga Uhudga bordilar. Uhud ularning tashriflariga suyunib, tebrana boshladi. Shunda Fahri koinot;
“Tinchlan ey Uhud! Ustingda bir Payg’ambar, bir Siddiq va ikki shahid bor!” dedilar.
Mushriklar bilan qilingan ikkinchi jihod, Uhud tog’ining etagida jarayon etgandi. Mujohidlar jang qilayotganda, Uhud ularning orqalarida, ularni himoya qilayotgandi. Mushriklarning zarbalaridan sabab Fahri koinotning muborak tishlari shahid bo’ldi. Lablari va yuzlari ham yaralandi. Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam Uhuddagi bir toshning ustiga chiqishga harakat qildilar, lekin kuchlari qolmagandi. Shu payt Hazrati Tolha radiyallahu anhu egildi. Uning yelkasiga bosib toshning ustiga chiqdilar Fahri koinot va;
“Tolhaga Jannat vojib bo’ldi” dedilar.
“Allah yo’lida qatl qilinganlarga o’liklar demang...” oyati ham Uhud shahidlari uchun nozil bo’lgandi.
Ali Imron 169-170
Va bir hadislarida Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam;
“Allah’im! Quling va Rasuling ularning shahidliklariga guvohlik beradi. Ular ham, qiyomat kuniga qadar kim o’zlarini ziyorat qilib, ularga salom bersa unga muqobala qiladilar”
Hazrati Hamza radiyallahu anhu va Musab bin Umayr radiyallahu anhu’ning qabrlariga ko’zim tushdi. Yanada hayajonlandim. Juda o’zgacha bir baxt bu. Ko’z oldimga Hazrati Hamzaning va Hazrati Musabning qanday og’ir ahvolda shahid bo’lganliklari kelayotgandi. Har biri yozilgandi o’sha kitobimda va har birini hayrat bilan o’qigandim. Quba masjidiga bordik. Islom tarihining ilk masjidi. Qurilishida Fahri koinot sallallahu alayhi va sallam ham mehnat qilgandilar. Bu masjidning fazilati haqida Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam;
“Har kim uyida chiroyli poklanib, tahorat olib, Quba masjidiga kelib ikki rak’at namoz o’qisa, unga bir Umra savobi beriladi” deb buyurgandilar. Rivoyatlarga ko’ra bu namoz shanba kuni o’qilgan namoz ekan. Seyyid aka so’radilar;
⁃ Bugun nima kun?
⁃ Shanba…
⁃ Allahu Akbar.
U yerdan chiqib, Qiblatayn masjidiga bordik, ikki qiblali masjid. Bir kuni shu masjidda Sarvari olam sallallahu alayhi va sallam, sahobalar bilan birga namoz o’qiyotganlarida, go’zal yuzlarini Ka’ba tomon burdilar. Chunki shu payt Baqara surasi 144-oyat nozil bo’lgandi;
“Yuzingni tez-tez samoga burilayotganini albatta Biz ko’rayabmiz. Seni, o’zing rozi bo’lgan qiblaga qaratamiz. Endi, yuzingni Masjid al Haram tomon bur. Qayerda bo’lsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz”
Atigi ikki kun qoldik Madinada. Menimcha, bir oy qolsam ham to’yolmasdim. Ikki kun ichida to’yolmaganim tabiy xol. Men tushimdagi eshikni ko’rolmadim. Chunki ayollarning joyi alohida edi. Eshik esa, erkaklar tomonida. Shundan sabab ham tinmay yig’layverdim. Qayta-qayta Allah’dan so’rayotgandim, o’sha eshikni menga ko’rsatishini. Sababini bilmayman, juda ko’rgim keldi. Madinada ohirgi kunimiz va hufton namozi vaqti. Aliga telefonimni berdim va ichkariga kirgach o’sha eshikni men uchun videoga olishini aytdim. Namoz tugadi va chiqdik. Ali ham keldi;
- Opaa! Videoga olish mumkin emas ekan. Lekin men oldim va hech kim hech narsa demadi…
Hursandligimni ko’rsangiz. Oldim va ko’rdim. Huddi tushimdagi eshik. Bir tomondan kulib, bir tomondan yig’layotgandim. Yashil qubba tagidaman. Bir eshikga, bir qubbaga qarab kulayotgandim. Robbim yana hursand qilgandi meni. Yana eng ohirgi kunga saqlab qo’ygandi bu niyatimni ham. Ortimga qaragan xolda ketayotgandim. Huddi qalbimni, joyidan yulib, qubba tagida tashlab ketayotgandim. Bu eng og’ir xayrlashuv... Lekin qandaydir bir ovoz;
Hafa bo’lma. Yana albatta kelasan… deyayotgandi.
Istanbulga qaytdik. Menda har tomonlama o’zgarishlar bo’ldi. Endi men yuzlari satrlangan, hijobi yanada kengayib boshdan oyoq qoraga burkanib olgan edim. Makkadan va Madinadan ayrilish menga juda og’ir botdi. Juda qiynaldim. Har kuni tushlarimda ko’ra boshladim. Juda sog’inayotgandim. Madinadan olib kelgan ajvalarimni yeb o’tirardim har kuni. Go’yoki Jannatdan yana yer yuziga haydalgandek his qilayotgandim o’zimni. Ancha vaqt o’tdi. Birdaniga hujjatlarda muammo paydo bo’ldi. Shuning uchun ham Toshkentga qaytishga qaror qildik. Hayron bo’layotgandik, birdaniga bunday muammo paydo bo’lganligi uchun. Lekin men va onam “Albatta bunda bir hikmat bor. Allah bizni bekorga yubormaydi!” dedik.
Oktyabr oyidamiz. Toshkentga qaytdik. Toshkentdagi uyimdaman. Bu safar juda g’arib edi. Yana o’sha uy, yana biz. Lekin bu safar ukam Fayzullah yo’q edi. Uyning xonalariga kirsam, janoza yodimga tushardi. Ozgina vaqtdan so’ng, shu uyni sotib, kattaroq uy olishga niyat qildik. Men internetdagi e’lonlarga qarab uy qidirayotgandim. Lekin hech ham ko’nglimizdagidek uyni topolmayotgandik. Va bir kuni bir tanishimiz orqali bir uy topdik. Onam bilan ko’rgani borib juda yoqtirdik va shu uyni oldik. Shu orada juda ajoyib bir hodisa yuz berdi.
Onam ish yuzasidan bir yigit bilan tanishib qolgandilar. Va shu yigitdagi taqvoni, hayoni va odobni ko’rgach “Qani edi shunday kuyovim bo’lsa…” deb niyat qilgan ekanlar. U yigit esa uyimizga o’sha ish yuzasidan kelganida, juda ajoyib hissiyot sezgan ekan. Chunki uyimiz juda fayzli uy edi. Kirgan har bir insonning e’tiborini tortardi. Va u yigitga bizning oila ham yoqib qolgan ekan. 2-3 marotaba uyimizga keldi. U har kelganida ko’ziga ko’rinmasdim. Bir kuni ishi tufayli majburan uydagilar bilan birga oshxonaga kirdi. Birdan dovdirab nima qilishni bilmay qoldim, darrov chiqib ketdim. Nomahram bo’lganligi tufayli doim undan qochib yurdim. Bir marotaba ham yuzini ko’rmadim. U ham meni yuzimni ko’rmadi. Oradan ozgina vaqt o’tib, uyimiz sotildi. Yangi olgan uyimizda ham ta’mirlash ishlari boshlandi. Sotilgan bo’lsa ham bir necha oy eski uyimizda yashadik. Uyimizga ketma-ket sovchilar kelayotgandi. Men esa uchrashishni hattoki uyimizga kelishlarini ham xohlamayotgandim.
Bu xolat jonimga tega boshladi. Bir kuni tunda namoz o’qidim. Va du’a qildim. “Robbim, ko’rayabsan a? Bu xolat jonimga tegdi. Nega men rad qilsam ham kelaveradi? Ahir men hali tayyor emasman. Robbim, agarki vaqti kelgan bo’lsa, menga taqdirimdagi inson kim ekanligini bildirishingni so’rayman. Qanday yo’llar bilan bildirishni Sen yaxshi bilasanku. Sendan albatta habar kutaman Robbim. Faqat Sendan iltimosim, hayrlisi bo’lsin Allah’im. Sen men uchun kimni hayrli deb bilsang, men o’sha insonga rozilik beraman…” dedim va uhladim.
Negadir o’sha vaqtdan so’ng, boyagi yigitga qarshi qandaydir bir ajoyib hissiyotlar seza boshladim. Sevgi desam sevgi emas. Juda ajoyib. Qalbimda qandaydir bir ovoz “Bu yigit seni taqdiring!” deyayotgandi. Uni hali ko’rmagan bo’lsam ham hayolimdan va qalbimdan chiqarolmayotgandim. U haqida ismidan boshqa hech nima bilmayman. Kim o’zi u? Yoshi nechida? Uylanganmi? Yo’qmi? Hech nima bilmayman. Shunga qaramay qandaydir ko’zga ko’rinmaydigan iplar orqali bog’lanib qolgandim.
O’sha kuni bir tush ko’rdim. Onam bilan uydan chiqib, yangi uyimizga ketayotgandik. Taksiga o’tirdik. Men chap tomonda tashqarini tamosha qilgan xolda edim, onam esa o’ng tomonimda o’tirayotgandilar. Yo’lda ketayotganimizda onamga telefon keldi. Yana sovchilardan. Onam esa “Yo’q, men qizimni xozir turmushga bermayman, siz kimsiz? Qayerdan oldingiz raqamimni?” dedilar. Va telefon qilgan ayol boyagi yigitning ismini aytdi. Shu vaqt onam birdan hursand bo’lib “SubhanAllah, men ham uni birinchi ko’rganimda juda yoqtirgandim. Qani edi shunday kuyovim bo’lsa deb niyat qilgandim…” dedilar. Va ular kelishiga rozi bo’ldilar. Shu vaqt men uyg’ondim. Yana hayratdaman. Mayli, hayrlisi bo’lsin dedim.
Oradan 3 kun o’tdi. Yangi uyimizga ketayotgandik onam bilan. Taksiga o’tirdik. Men chap tomonda tashqarini tamosha qilgan xoldaman, onam esa o’ng tomonimda. Huddi o’sha tushimdagi xolatdamiz va huddi o’sha tushimdagi joydan o’tib ketayotgandik. Bir payt onamga telefon keldi. Huddi o’sha tushimdagi ayoldan va ishonasizmi huddi o’sha suhbat bo’ldi. SubhanAllah. O’sha paytdagi hayratimni va hayajonimni siz tasavvur qilolasizmi? Mana shunday qilib 3 kun avval ko’rgan tushim o’ngidan chiqdi. Bunda bir hikmat bor dedim va indamadim. Bir necha kundan so’ng o’sha yigitdan sovchilar kelishdi. Go’yoki 15 yillik qadrdonlar kabi samimiy suhbat bo’ldi onam va sovchilar orasida. Hayratim yanada oshdi.
Yigit uyimizga kelishi bilan juda ajoyib hissiyotlar sezgan ekan huddi men kabi. Meni yigitdan qochib yurganligim ham uning e’tiborini tortgan ekan. Allah’ni rejasiga qarang, u yigit ba’zi bir sabablar bilan Ansarga ulanib qolib yuqoridagi hayotiy hikoyamni va qolgan postlarimni boshidan ohirigacha o’qib yanada ta’sirlangan ekan. Bir necha kundan so’ng uyimda uchrashdik. Unda ham, menda ham juda kuchli hayajon. Kelgan hech qaysi bir sovchida bu hayajonning zarrachasini ham sezmagandim. Hali yigit gapiga boshlamasidan rozilik berib yubordim qalban. Va asta-sekin gapga boshladi. Juda uzoq suhbat bo’ldi. Aniq 1 soat suhbatlashdik. Va u menga eng ohiri;
“Robbimizning Shariatiga va Rasulimiz sallallahu alayhi va sallam’ning Sunnatlariga amal qilgan xolda menga turmushga chiqishlikga rozilik berasizmi?” dedi. MashaAllah. Ana o’sha vaqtda menga nimadir bo’ldi. Ana o’sha vaqtda amin bo’ldim, bu inson mening taqdirim ekanligiga.
Mana shunday juda ajoyib va aslo hayolga kelmaydigan sabablar orqali Robbim bizni uchrashtirdi. Huddi niyat qilganimdek, hech qanday haromga yo’liqtirmadi. Ortiqcha urf-odatlar va isrofgarchiliklardan uzoq bo’lib, shariatimizning chegaralaridan chiqmagan xolda atigi 1 oy ichida tanishib birbirimizga jufti halol bo’ldik. 2 oydan so’ng to’y qildik. Allah’ga hamd aytaman, to’yimiz ham orzu qilganimdan ham juda fayzli va barokatli bo’ldi. Buning uchun avvalambor Robbimga hamd aytaman. Alhamdulillah xozirda juda baxtlimiz. Turmushimizni iymon va taqvo nomli poydevorlar ustiga qurdik. Nikohsiz munosabatdan uzoq bo’lib, sabr qildik. Sabrimizning mukofotini ham oldik.
Ma Sha Allah.
Menga ishoning, siz sabr qilib, o’zingizni qanchalik haromdan tiysangiz, Allah sizning baxtingizni yanada go’zal qilib yuboradi. Siz undan hayrlisini so’rang, shoshqaloqlik qilmang. Qul reja tuzayotgan vaqtda, taqdir kular ekan. Allah’ning siz uchun yozgan taqdiri orzularingizdagidan ham yanada go’zal bo’lishi mumkin. Buning uchun faqatgina sabr qiling, iffatingizni saqlang. Allah ila orangizdagi munosabatingizni tiklang. Shariatning qonunlaridan chiqmasangiz, turmushingizni iymon va taqvo nomli poydevorlar ustiga qursangiz, ana shunda bu turmush aslo qulamaydi. Keraksiz urf-odatlar, ortiqcha sarpolar sizga baxt bermaydi. Baxtingiz Allah’ning qo’lida.
Esved Hanım.